Milliy qonunchilikda bola huquqlari kafolatlari


Bola huquqlarining inson huquqlari tizimidagi o’rni



Download 89,5 Kb.
bet3/6
Sana07.09.2021
Hajmi89,5 Kb.
#167279
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MILLIY QONUNCHILIKDA BOLA HUQUQLARI KAFOLATLARI

2. Bola huquqlarining inson huquqlari tizimidagi o’rni
 Inson huquqlarini umumiy va sof holda e’tirof etish, uni mustahkamlashga va shu huquqlarnining xalqaro – huquqiy tartibga solishning mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishiga zamin yaratdi.

XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro tizimi yaratildi. Bu harakatni birinchi bo’lib BMT va uning ixtisoslashgan organlari va mintaqaviy hukumatlararo tashkilotlar tomonidan amalga oshirildi. Hozirgi paytda inson huquqlari bo’yicha xalqaro huquq 80 dan ortiq umumjahon va mintaqaviy konvensiyalarni o’z ichiga oladi. Ushbu hujjatlar a’zo davlatlar uchun imperativ norma hisoblanadi va bu bilan ular “qat’iy huquq”ni hosil qiladi. 

Inson huquqlari sohasida xalqaro standartlar, institut va mexanizmlar, tartib - qoidalar rivojlanib borayotganiga qaramay, inson huquqlari bo’yicha xalqaro huquq muammolarini ilmiy ravishda ishlab chiqiladigan ishlar ko’p. Xuddi shunday inson huquqlarining bir tarmog’i sifatida bola huquqlarini keltirishimiz mumkin.

Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan 1989 yil 20 noyabrida qabul qilinib, 1990 yil 2 sentabrida kuchga kirgan. Mazkur Konvensiyaning bosh maqsadi faol manfaatlarini iloji boricha kengroq va atroflicha himoya qilishdan iborat. Konvensiyani ratifikatsiya qilgan a’zo davlatlarning bolalariga ularning yashsab turgan davlatlarining ijtimoiy hayotida faol va ijobiy ko’rinishdagi sharoit yaratib berishga undaydi.

Jismoniy va aqliy sur’atda voyaga etmagan bolalarni muhofazasini ta’minlash maqsadida ota – onalar, erkak va ayollarni alohida shaxs sifatida, turli tashkilotlar, mahalliy o’zini –o’zi boshqarish organlari, milliy hukumatni  inson huquqlarini tartibga solishni nazarda tutgan holda xalqaro huquqiy va milliy qonunchilik normalariga rioya etishni talab qiladi.

1948 yilda Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida bolalar alohida himoya va e’tibot ob’yekti sifatida tan olinishi ko’zda tutilgan. Shu davrdan boshlab BMT bola huquqlarini universal xarakterga ega bo’lgan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida hamda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktlarda, shuningdek, 1989 yildan qabul qilingan Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiyaga asoslanib himoya qilinishi nazarda tutilgan.

Konvensiya 1989 yilda qabul qilinganiga qaramay bugungi kundagi bola huquqlari bilan moslashtirilgan holda adolatli va ijtimoiy gumanitar tartibni o’rnatish va barcha a’zo davlatlar uchun bir xil yuridik ahamiyatga ega ekanligi  insonni qoyil qoldiradi. 

Konvensiyaning asosiy maqsadi bola manfaatlarini yuqori darajada muhofaza qilish, shuningdek uni ratifikatsiya qilgan davlatlar tomonidan ularga sharoit yaratgan holda bolalarning o’z yashab turgan davlatining ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok e’tishini ta’minlashga  qaratilgan.

Mazkur konvensiya voyaga etmaganlar huquqini muhofazasi va tartibga solishning xalqaro standartlarini, bolalarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini bartaraf qilishni nazarda tutib, bolalarning kompleks huquqlari: erkinligi va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishda davlatlar tomonidan aniq majburiyatlari belgilangan.

1992 yilda ushbu Konvensiyaga O’zbekiston Respublikasi ham a’zo bo’ldi. Unga muvofiq 18 yoshga to’lmagan barcha insonlar bola sifatida tan olinadi. Huquqga bo’lgan layoqat tug’ilgan paytdan boshlanadi. Aynan shunday norma O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, Jinoyat kodeksi, Oila kodeksida va boshqa normativ hujjatlarda aks ettitilgan.

Huquq umumtusdagi xarakterga ega hisoblanadi, ya’ni uni hech kim olib qo’yish huquqiga ega emas, qonunda ko’rsatilgan istisnolardan tashqari.

Mazkur Konvensiya bola huquqlarini ta’minlab berishda asosiy universal hujjat hisoblanadi. Uning I qismida:

Ø “bola” tushunchasiga ta’rif  beradi va bola manfaatlari jamiyat oldida alohida ahamiyatga ekanligini belgilaydi (1-4 modda);

Ø bolaning yashash, ism tanlash, fuqarolik, ota-onasini bilish, ularning tarbiyasini olish hamda ulardan ayrilmaslik, ota-onalarning farzandlarini oldidagi burchini belgilaydi (5-11 modda);

Ø bolaning o’z qarashlari va fikrlarini erkin ifoda etishi, vijdon va din erkinligi, assotsiatsiya va yig’inlarga qo’shilishi, ommaviy axborot vositalarini tarqatishga bo’lgan huquqlarini belgilaydi (12-17 modda);

Ø alohida toifadagi bolalar huquqlarini, shuningdek bunday bolalarni muhofaza qilish va yordam ko’rsatishda a’zo davlatlarning majburiyatlarini belgilaydi (18-27 modda);

Ø bolalarning jismoniy, aqliy, ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishida muhim bo’lgan yashash sarajasini, shuningdek bolaning ta’lim olish, ish vaqti va dam olish vaqtini belgilaydi (28-31 modda);

Ø bolani ekspluatatsiya qilish, ularni giyohvandlik moddalarini g’ayriqonuniy ravishda iste’mol qilishi, shaxvoniy maqsadlarda foydalanish, bolani o’g’irlash va sotishdan himoya qilish maqsadida davlatlarning majburiyatini belgilaydi (32-36 modda);

Ø jazoni ijro etish muassasalariga tushgan, shuningdek qurolli mojarolar va urush davrida bola huquqlarini belgilaydi (37-41 modda);

         II qismida:

Ø konvensiyaning asosiy mazmunidan xabardor qilish usullari va bolaning 12 yoshdan mehnat qilishga bo’lgan huquqini belgilaydi (42-45 modda).

Bola huquqlari bo’yicha Qo’mitaning tuzilishi, funksiyasi, huquq va majburiyatlari haqida qoida ham nazarda tutilgan.

         III qismda:

Ø muammoli vaziyatlar yuz bergan taqdirda Konvensiyaning huquqiy normalarisa asoslanib hal qilish belgilangan (46-54).

Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya kirish ochiqligi bois dunyoning barcha davlatlari a’zo bo’lib kirishi bilan BMTning boshqa konvensiyalaridan farq qiladi. Mana shuninguchun BMT a’zosi hisoblanmagan Vatikan ham ushbu konvensiyaga a’zo bo’lgan.

2008 yil 17- apreldan kuchga kirgan, № 154-sonli  “Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi  Qonuni.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 8-iyuldagi № 911-sonli  “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligigni oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Qarori.

  Konvensiya, deklaratsiya, Pakt,  Protokol, “Pekin Qoidalari”, “Ar-Riyod dasturiy prinsiplari”, “Tokio qoidalari”, Bola va uning huquqlari haqida tushuncha, bolaning qonuniy vakillari, vasiylik va homiylik tushunchasi, bola huquqlari kafolatlarining xalqaro me’yorlari, bolalar pornografiyasi, yetim bola, bola huquqlarini himoya qilish bo’yicha davlat siyosati.

Odam savdosi, odam savdosi bilan shug’ullanuvchi shaxs, odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha davlat organlari va ularning vazifalari.

Odam savdosiga oid jinoyatlar uchun belgilangan jazo choralari.




Download 89,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish