Milliy qonunchilikda bola huquqlari kafolatlari


Bola huquqlari to`g`risida konvensiya



Download 89,5 Kb.
bet5/6
Sana07.09.2021
Hajmi89,5 Kb.
#167279
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MILLIY QONUNCHILIKDA BOLA HUQUQLARI KAFOLATLARI

4. Bola huquqlari to`g`risida konvensiya
"Bola huquqlari to`g`risidagi Konvensiya" - Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1989 yil 20 noyabrda qabul qilingan xalqaro hujjatdir.  Ushbu Konvensiya bolalarga taaluqli standartlar umumiy majmuini noyob vosita tarzida birlashtirgan hamda bola huquqlarini yuridik jihatdan shart bo`lgan zarurat sifatida belgilab bergan birinchi shartnomadir.

Bola huquqlari to`g`risida konvensiya ikki mamlakatdan bo`lak barcha mamlakatlar tomonidan ratifikatsiya qilingan. Shunday qilib, Bola huquqlari to`g`risida konvensiya jahonda juda keng ko`lamda ratifikatsiya qilingan, dunyo xalqlarining hamma davrlarda bolalar manfaatlariga alohida diqqat bilan qarash kerakligi to`g`risidagi majburiyatini ko`rsatuvchi konvensiya hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasi "Bola huquqlari to`g`risidagi Konvensiya"ni 1992 yilda tasdiqladi.   Konvensiya muqaddima, 3 ta qism va 54 ta moddadan iborat.

Bu hodisa inson huquqlarini himoya qilish va rag`batlantirish yo`li bilan butun jahonda adolat, tinchlik va erkinlikni mustahkamlash bo`yicha xalqaro harakatlarning muhim boshichi sifatida kutib olindi.

Bolalarning huquqlari sohasida avval qabul qilingan hujjatlar bilan tasdiqlaganda, Konvensiya, bu huquqlar xalqaro huquq normalari kuchini olgan birinchi va nisbatan to`liq hujjatdir.

Konvensiyaning bu qadar katta ahamiyati yana shu bilan izohlanadiki, u kelajakka oid majburiyatlarni ham o`z ichiga oladi.  Inson huquqlarini hurmat qilish, jamiyatning o`z bolalariga bo`lgan munosabatidan boshlanadi. Mehribon jamiyat, bolalar o`z qobiliyatlarini to`liq namoyon qila oladigan va balog`at yoshiga yetganda to`laqonli hamda samarali hayot kechirish asoslariga negiz sola oladigan sharoitlarni yaratib, ularning erkinligi va qadr-qimmatini ta'minlash to`g`risida qayg`uradi.

Konvensiya kelajakka qaratilgandir, chunki unda, jahon aholisining yarmini tashkil etuvchi bugungi bolalar, kelajakda adolat va insonparvar ijtimoiy tartib o`rnatish ishini davom ettirish oldida turganliklari e'tirof etiladi.

Bola huquqlari to`g`risidagi konvensiya, shuningdek zamonaviy hujjat hamdir.

Inson huquqlarining ba'zilari, bolalarning alohida g`amxo`rlik va e'tiborga muhtoj ekanligi, ularning zaifligi va kattalar olamidan farqliligini aks ettirgan holda, bevosita bolalar bilan bog`liqdir. Bu voqelik 1959 yilda qabul qilingan bola huquqlari Deklaratsiyasida e'tirof etiladi.  Ammo Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ushbu Deklaratsiya qabul qilingandan buyon o`tgan o`ttiz yil mobaynida, ko`pgina tasavvurlar o`zgardi va yangi tushunchalar paydo bo`ldi. Xususan, bola huquqlari konsepsiyasi yanada keng tavsifga ega bo`ldi.  Ayni paytda, bolalarni huquqlaridan bo`lgan mahrum qilishlar va suiste'mol holatlari haqida tobora ko`proq faktlar ma'lum bo`lib borgan sari,  xalqaro hamjamiyatning bolalarning huquqlarini mustahkamlashga bo`lgan intilishi ham kuchayib bormoqda. Quyida, aniqlangan faktlardan ba'zilari keltirilgan:

- oilasi tashlab ketgan 100 millionga yaqin bolalar faqat holdan toydiradigan mehnat, mayda o`g`rilik, fohishalik yoki tilanchilik hisobiga kun kechirmoqdalar,

- 50 milliondan ziyod bolalar sog`lik uchun xavfli va zararli sharoitlarda mehnat qilmoqdalar,

- 6 yoshdan 11 yoshgacha bo`lgan 120 million bola maktabga borish imkoniyatidan mahrum,

- har yili 3,5 milion bola oldini olib va davolab bo`lmaydigan kasalliklar tufayli hayotdan ko`z yummoqda,

- rivojlanayotgan mamlakatlarda 5 yoshgacha bo`lgan qariyb 155 million bola tamomila qashshoqlikda yashamoqda,

- millionlab bolalar, jumladan nisbatan boy jamiyatlarda ham, g`amxo`rlikdan mahrum bo`lib, yomon muomalaga duchor bo`lmoqdalar, jinsiy foydalanishga tortilmoqdalar yoki giyohvandlik moddalarini suiste'mol qilish qurbonlariga aylanmoqdalar.

Bular har bir bola:

-    Konvensiyaning mavjudligi to`g`risida bilishi,

-    unda e'lon qilingan huquqlarini anglab yetishi

-    ularni barcha bolalar uchun haqiqatga aylantirish harakatlarini qo`llab-quvvatlash muhim bo`lgan sabablardan ba'zilaridir xolos.           

 Bola huquqlari to`g`risidagi konvensiya dunyoning barcha mintaqalaridagi xalqlar uchun bir xil mazmunga egadir. Garchi konvensiyada umumiy normalar belgilangan bo`lsa-da, shuningdek unda alohida davlatlarning turli madaniy, ijtimoiy, ihtisodiy va siyosiy voqeligi hisobga olinganki, ularning natijasida hamma uchun umumiy bo`lgan huquqlarning asosida har bir davlat ushbu normalarni bajarish uchun o`ziga xos milliy vositalarni tanlashi mumkin bo`ladi.

Konvensiyaning asosiy maqsadi bola manfaatlarini maksimal darajada himoya qilishdan iborat.   Konvensiyaga binoan, agar milliy qonunlar nisbatan barvaht balog`at yoshi belgilanmagan bo`lsa, 18 yoshgacha bo`lgan har bir shaxs bola hisoblanadi.

Konvensiya insonning fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarining butun majmuini qamrab olgan holda, bitta huquqning amalga oshirilishini boshqalarni amalga oshirishdan ajratib bo`lmasligini e'tirof etadi. U bolaning aqliy, axloqiy va ma'naviy qobiliyatlarini rivojlantirishi uchun zarur bo`lgan erkinlik, bundan bo`lak, sog`lom va xavfsiz muhitni, sog`liqni sahlashdan foydalanish huquqi va ovqatlanish, kiyinish hamda yashashning eng minimal normalari bo`lishini talab etadi.

Konvensiya yangi sohalarni qamrab oladi. U bolaning o`z rivojlanishida faol ishtirok etish, o`z e'tiqodlarini ifoda etish hamda uning hayotiga taalluqli qarorlar qabul qilinganda bularning inobatga olinishini talab qilish huquqlarini belgilaydi.

Ba'zilari hoyat muhim bo`lgan, bir qator boshqa sohalarda Konvensiya amaldagi huquqiy normalar va amaliyotdan chetga chiqadi. Shular qatoriga uning:   yashash, omon qolish va sog`lom rivojlanishga bo`lgan huquqlar, tug`ilgan lahzadan boshlab nom va fuqarolik olish huquqi, farzandlikka olish bilan bog`liq huquqlar, nogiron bolalar va qochoq bolalarning, shuningdek, huquqbuzarlik qilgan bolalarning huquqlariga taalluqli qoidalari kiradi.

U bolalarni, ulardan har qanday foydalanishdan himoya qilib, milliy kamchilikni tashkil etuvchi xalqlar va tub joy aholisi guruhlarining vakil bolalari to`g`risidagi masalalarni, shuningdek giyohvandlik moddalarini suiste'mol qilish va bolalar to`g`risida g`amxo`rlikning yo`qligi muammolarini ko`rib chiqqan holda, inson huquqlarining  huquqiy doirasini kengaytiradi.

Konvensiya bolalarni himoya qilish va ularga hamxo`rlik ko`rsatishda oila va ota-onalarning birinchi darajali o`rnini e'tirof etadi, ularning o`z majburiyatlarini bajarishiga yordam ko`rsatish esa davlatning vazifasidir.   Nihoyat, unda juda ko`p xalqaro shartnomalarda qirq yil davomida e'lon etib kelingan bola huquqlari zamonaviy va global asosda bir yerga to`plangan.


Bola huquqlari deklaratsiyasida o’rnatilgan muayyan o’nta prinsipdan  farqli o’laroq Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya bolaning ijtimoiy va huquqiy sohadagi eng minimal normalarigacha belgilab berdi. Bu normalar esa konvensiyani ratifikatsiya qilgan barcha davlatlar tomonidan amal qilish majburiyatini yuklaydi. Konvensiya bolaning nafaqat ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy, ayni damda uning fuqarolik va siyosiy huquqlarini yanada to’liq ravishda o’rnatilgan birinchi xalqaro hujjat hisoblanadi. Konvensiyaning yana bir muhim jihati shundaki, bola huquqlari ilk marotaba xalqaro huquqda alohida kuchga ega bo’ldi. 

Demokratik prinsip va institutlarga tayangan holda hayotimizning barcha sohalariga kirib kelayotgan konvensiyaning qat’iy normalarini e’tiborga olgan holda birinchi I.A.Karimovning Oliy Majlisning XIV sessiyasida so’zlagan ma’ruzasida jamiyatda ayollar va yoshlarning o’rnini yanad ko’tarish muhimligini ta’kidlab o’tdi. Biz faol va doimiy ravishda bolalarimizning hayoti, ularning diniy, ma’naviy va jismoniy sog’ligi uchun kurashishimiz darkor deb alohida urg’u berganlar.

Shuningdek, BMTning Balog‘atga etmagan bolalarga nis- batan odil sudlov yuritishga doyr minimal standart qoidalari («Pekin qoidalari»), Balog‘atga etmagan bolalar o‘rtasida jinoyatchi- likning oldini olishga karatilgan dasturiy prinsiplari («Ar-Riyod Dasturiy prinsiplari»), Qamoqda saklash bilan bog‘liq bo‘lmagan cho- ralarga doyr minimal standart qoidalari («Tokio koidalari») hamda Ozodlikdan mahrum etilgan balog‘atga etmagan bolalarni qimoya kilishga doir qoidalari ham kiritilgan.

Bu xalqaro-huquqiy hujjatlar yuvenal yustitsiya sohasidagi xalqaro standartlarning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lumki, yuvenal yustitsiya - balog‘atga etmagan bolalar ishlari bo‘yicha odil sudlov yurituvchi organlar tizimi, sud sohasining o‘ziga xos huquq normapari majmui va protsessual prinsiplari, sudlov hokimiyatini amalga oshirishning alohida shakllari va usullari tizimidir. Hozirgi kunda butun dunyoda, shu jumladan, mamlakatimizda yuvenal yustitsiyaga e’tibor tobora ortmoqda. Yuvenal yustitsiya muammolarini o‘rganish bilan yuridika, sotsiologiya, psixologiya, tibbiyot kabi turli xil fanlar vakillari izchil shug‘ullanmoqda.

Shuningdek, to‘plamga «Bola huquqlarining kafolatlari to‘grisida»gi Qonun kiritilgan.

XULOSA
«Bola huquqlarining kafolatlari to`g`risida»gi Qonun O‘zbekistonning huquqiy tarixida bola huquqlariga oid birinchi alohida qonun bo‘ldi. Mo‘ljallangan maqsadga ko‘ra, u bolaning huquqiy ahvolini bel- gilashga doir munosabatlarni tartibga solishga, bola huquqlarini va erkinliklarini yuridik kafolatlashga karatilgan. Qonunning maksadiga binoan, bola huquqlari va manfaatlarini amalga tatbiq etilishini ta’minlaydigan kafolatlarni belgilash qonun bilan tartibga solinadigan asosiy ob’ekt hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, uning mod- dalarining yarmidan kupi bola huquqlarining kafolatlarini belgilashga bag‘ishlangan.

Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun-hujjatlar faqat «Bola huqukdarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonundan iborat emas. O‘zbekiston Respublikasida bola xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalarini tartibga soluvchi qonun-hujjatlar tizimi yaratilgan. Ushbu tizim: Uzbekiston Respubli- kasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, Oila kodeksi, Mehnat kodeksi, Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi, Jinoiy-ijroiya kodek­si, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «Uzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Res­publikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish tug‘risida»gi, «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunlarii va boshqa bola huquqlarini amalga oshirish masalalarini tartibga soluvchi va tegishli davlat organlarining hamda jamoat tashkilotlarining hamda ota-ona- larning ularni bajarish va buzilgan takdirda himoya qilinishini ta’­minlash bo‘yicha majburiyatlarini belgilaydigan qonun-hujjatlarni o‘z ichiga oladi.

Bundan kelib chiqadiki bola huquqlari muhofazasi nafaqat milliy balki xalqaro sur’atdagi global ahamiyatga molik masala ekanligi fikrimizning isbotini tasdiqlaydi. Bola huquqlari inson huquqlarining asosiy bo’g’ini bo’lib, boshqa so’z bilan aytganda aynan bola huquqlaridan boshlanadi. 

Bola huquqlari va erkinliklari O`zbekiston Respublikasi Pre­zidenta farmonlari va qarorlari, Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.




Download 89,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish