Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari



Download 33,16 Kb.
bet1/3
Sana25.06.2022
Hajmi33,16 Kb.
#703601
  1   2   3
Bog'liq
BITIRUV M ISHI


MILLIY TIKLANISHDAN MILLIY YUKSALISH SARI” O'ZBEK FALSAFASINING ZAMONAVIY KONSEPSIYASI


KIRISH
I.BOB.MUSTAQILLIK VA MILLIY TIKLANISH DIOLEKTIKASI.
1.1.O`zbek xalqining mustaqillika erishishi.
1.2.Milli tiklanish va milliy o`zlikni anglash.
1.3.Gilabalashuv sharoitida milli o`zlikni asrashning dolzarb masalalari.
II.BOB.MILLI YUKSALISH SARI YO`L TUTILISHI.
2.1.Milli yuksalishga erishish davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi.
2.2. “Harakatlar strategiyasining” beshta ustuvor yo`nalishi va milliy yuksalish sari tamoyilining yoritilishi.
2.3. “Taraqqiyot strategiyasining” yettita ustuvor yo`nalishi milliy yuksalishning moddiy va ma`naviy asosi sifatida.

KIRISH

Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash — odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir”.


O`zbekiston respublikasi prezidenti
( Shavkat Miromonovich Mirziyoyev)

I.BOB.MILLIY TIKLANISHDAN MILLIY YUKSALISH SARI O'ZBEK FALSAFASINING ZAMONAVIY KONSEPSIYASI

Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g’oyasi xalqimizning milliy tiklanishiga xizmat qildi. G’oyaviy kurashlarda kunimizga yaradi. Xalqimizni birlashtirdi, buzg’unchi g’oyalar mohiyatini tushuntirdi. 2017-yildan boshlab O’zbekiston o’z taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichiga kirdi. Konstitutsiyamizga asoslangan, xalqimizning tub manfaatlariga javob beradigan O’zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi amalda. Keyingi yillarda erishilgan yuksak marralar xalqimizni baxtli qilishga qaratilgan islohotlar samaralarini yaqqol ko’rsatmoqda.


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida oldimizga qo’ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo’ladigan milliy g’oyani rivojlantirishimiz zarurligi alohida ta’kidlandi. 2019-yil 8-aprel kuni Prezidentimizning O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g’oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar to’g’risidagi farmoyishi qabul qilindi.
Mazkur hujjat qabul qilinishining zarurati nimalarda namoyon bo’ladi? Rivojlangan mamlakatlarda milliy g’oya davlat maqsadlarini xalq maqsadlariga uyg’unlashtiradi. “Bir hudud – bir xalq” e’tiqodini shakllantirib, mamlakatlar aholisini birlashtirgani, umumiy maqsad yo’lida safarbar qilganiga misollar ko’p. Ularning aksarida milliy g’oya milliy qadriyatlarga bog’lab singdirilganini ko’ramiz.
Mamlakatimizda milliy g’oyaga yangi davr, millatimiz tarixining yangi bosqichi talablaridan kelib chiqqan real talablar qo’yilmoqda. Ilgari milliy g’oyani tushunish va tushuntirishda noqulayliklar uchrab turar edi. Masalan, odamlarning quloqlari milliy g’oya davlat va xalq birligi tarannumini eshitardi. Lekin ko’zlarimiz hokimliklar, vazirlik va idoralarning oldidagi temir panjaralarni ko’rar edi. Xalq davlat organlariga xizmat qilishi kerak, degan noto’g’ri qoida amalda edi. Fuqaro hokimiyatga emin-erkin kirolmas, dardini aytolmas edi. Chunki amalda xalqdan davlatni ajratuvchi temir panjara bor edi. Panjaralar kesib tashlandi. Lekin ayrim amaldorlarimiz ongida bu panjara haligacha turibdi. Tafakkurdagi temir panjaralarni qo’porib tashlash qiyin kechyapti. Milliy g’oya ana shunday vaziyat talablaridan kelib chiqib yangilanmoqda.
Ilgari milliy g’oya ijtimoiy-gumanitar, ma’naviy-ma’rifiy masala, deb tushunildi. Bugun uning iqtisodiy-siyosiy poydevori – O’zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi bor. Taktikasi – har yilning bosh Dasturi, mablag’i, ijrochilari bor. Demak, yangi davrda milliy g’oya gumanitar masala bo’lib qolmaydi. Chunki uning natijasiga qaratilgan iqtisodiy tizim ishlamoqda. Milliy g’oya ro’yobi uchun demokratik muhit hal qiluvchi rol o’ynaydi. Demokratiya – to’g’rilik, rostlik, adolat, qonuniylikning sharti. Nohaqdan – haqni, zolimdan – mazlumni, zo’ravondan – ojizni himoya qilishga xizmat qiladi. Shu haqda jar soladi. Jamoatchilik nazoratini ishga soladi. Chunki milliy g’oya aholining bir toifasi emas, hamma yaxshi yashasin, hayotdan rozi bo’lsin, deydi. Mamlakatda adolat, qonuniylik buzilar ekan, demokratiya ham, milliy g’oya ham quruq shiorlar bo’lib qoladi. Xalq norozi bo’ladi. Xalq norozimi, demak, milliy g’oya o’z bongini urmayotgan, vazifasini bajarmayotgan bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan islohotlar milliy g’oya xalqimizning kuch-qudratiga aylanishi uchun sharoit yaratdi. Endi gap milliy g’oyani har bir o’zbekistonlikning niyatiga va harakatiga aylantirishda. Yaxshi fikr yaxshilikka, yomon fikr yomonlikka yo’l ochadi. Axborot maydonini nuqul negativ kontent egallab olmasligi uchun pozitiv, yaxshi, nekbin mazmun, mavzular bilan mutanosib to’ldirishga alohida e’tibor qaratmog’imiz zarur. Negaki, biz kattalar ham, bolalarimiz ham har kuni yaxshi-yomon fikrlardan ta’sirlanamiz. Bir-birimiz bilan ijtimoiy tarmoqda tortishamiz, aytishamiz, urishamiz. Lekin biz bularning negativ fikrlardan boshlangan g’oyalar kurashi ekanligini anglamaymiz.
Milliy g’oyamizning bosh g’oyasi “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”. Yuksalish – harakatni talab qiladi. Demak, milliy g’oyamiz harakatlar mafkurasi bo’ladi. Milliy g’oya odamlarga islohotlar kim uchun, nima uchunligini, ahamiyatini tushuntiradi. Yotganni – o’tqazadi, o’tirganni – turg’izadi, turganni – yurgizadi, yurganni – yugurishga undaydi. Tushuntiradi. Chunki shularni tushunmagan odamlar birlashmaydi, ko’r-ko’rona, yuzaki ishlaydi. Biri ishlasa, ikkisi tomoshabin bo’ladi. Tushunganlar birlashib, ixtiyoriy, zavq bilan ishlaydi. Natijada hayotidan rozi bo’ladi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” va “Yo’l xaritasi” ishlab chiqildi. Davlatimiz rahbari “Ma’naviyat – eng ta’sirchan qurolimizdir”, degan qat’iy fikrni bildirdi. Bu – bejiz emas. Chunki “Biz nima uchun o’zgarishimiz, birlashishimiz, kurashishimiz kerak?”. Bu savolga yakdil g’oyaviy javobi yo’q jamiyat – quroli yo’q qo’shinga o’xshab qoladi. Ma’naviyat va ma’rifat, mafkuraviy tarbiya O’zbekistonning turli millat, din, kasb, yoshlarga mansub xalqini g’oyaviy qurollantiradi. Islohotlar nima uchun, kim uchun kerakligini xalqqa uning orzulari bilan bog’lab uqtiradi, ko’rsatadi. Tushungan xalq – g’oya bilan qurollangan xalqqa aylanadi. Har birimizdan Vatanning bir o’g’il-qizi sifatida o’z lavozimimizga munosib bo’lib ishlash va yashash burchini eslatadi. O’z milliy g’oyasini anglagan xalqni to’xtatib bo’lmaydi.
Xаlq dаvlаt idorаlаrigа emаs, dаvlаt idоrаlаri xаlqimizgа xizmаt qilishi kеrаk. 2017-yil 12-dekabrda Prezidentimizning “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi va ushbu hujjat asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi. Bu ham, albatta, aholiga barcha sohalarda qulay imkoniyatlar yaratish, ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berish yo‘lida tashlangan yana bir muhim qadamdir. Ilgari “Yagona darcha” tizimi faqatgina tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatib kelgan bo‘lsa, endilikda oddiy fuqarolarga ham davlat idoralari bilan bog‘liq ishlarda ushbu tizim orqali xizmat ko‘rsatish maqsad qilindi. Natijada aholiga eng zarur va talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatish uchun mamlakatimizning barcha shahar va tumanlarida Davlat xizmatlari markazlari tarmog‘i vujudga keldi.
Mazkur tizimning davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan va amalda munosib samara bergan Xalq qabulxonalari negizida barpo etilgani ayniqsa ahamiyatlidir. Chunki shu jamiyatda yashayotgan har bir fuqaro hayoti davomida turli ehtiyojlar bilan davlat idoralariga duch kelishi tabiiy hol. Xalqning davlat idoralari bilan munosabatlarida yengillik yaratish, mushkulini oson qilish esa bugungi kunda davlatimizning asosiy e’tibor markaziga ko‘tarilgan. Davlat xizmatlari ko‘rsatishning yangi, zamonaviy konsepsiyasida fuqarolarning navbat kutib turishlarini keskin kamaytirish, hujjatlarni elektron tarzda yuritish hisobiga qog‘ozbozlikni qisqartirish, turli xil buyruqbozlik va sansolarliklarga chek qo‘yish ko‘zda tutilgan. Eng muhimi, davlat xizmatlari markazlarining ish prinsipi “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” degan tamoyilga asoslangan.
Qisqa fursatda respublikamizdagi har bir tuman va shaharda Davlat xizmatlari markazlari tashkil qilindi. 2018-yil boshida ushbu markazlarda aholiga qariyb 30 turdagi xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, 1-apreldan e’tiboran bunday xizmatlar soni 50 tadan ortdi. Iyun oyidan boshlab esa ular qatoriga yana 30 dan ortiq xizmat turlari qo‘shildi. Bu odamlarning qimmatli vaqtlarini tejash bilan birga, ortiqcha sarf-xarajatlarning oldini olish imkonini ham bermoqda. Misol uchun, yoshlar oila qurganda nikohni qayd etishi, farzand dunyoga kelganda unga guvohnoma olish, bolalarni bog‘chaga joylashtirish, mashinani boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasini olish yoki yangisiga almashtirish kabi kundalik hayotimizda ko‘p bora duch keladigan ishlar endilikda Davlat xizmatlari markazida hal etib beriladi. Buning uchun turli idoralarga qatnashga, uzoq vaqt kutishga endi hojat yo‘q.
Avvalo, shuni chuqur anglashimiz zarurki, bugun mamlakatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarish va islohotlarning zamirida “Nima qilsak odamlarimizning tashvishi kamayadi, ularga tejamli va qulay bo‘ladi?” degan jiddiy savol turadi. Ana shu yangilik va islohotlarning barchasi odamlarni ko‘pdan beri qiynab kelgan muammolarni bartaraf etish, ularni bugungi hayotdan mamnun etib, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini amalda mustahkamlashga xizmat qilishi kerak. Shu ma’noda yurtimiz hayotida yangilik bo‘lgan mazkur tizim faoliyatini boshlashda ham puxta o‘ylab qadam tashlandi. Bu borada davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida xorijiy mamlakatlar tajribasini muntazam ravishda o‘rganib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirga qadar Angliya, Germaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Rossiya Federatsiyasi, Gruziya, Ozarbayjon, Litva, Singapur, Qozog‘iston va boshqa davlatlar qonunchiligi o‘rganilib, Avstraliya va Kanadaning davlat xizmatlari elektron tizimi atroflicha tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra ma’lumotnomalar tayyorlanib, ularning ijobiy tajribasidan kerakli o‘rinlarda foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini olish, ipoteka shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, tibbiy faoliyat huquqini litsenziyalash, elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish, haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish, bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish, kommunal xizmat kabi masalalarda odamlar ko‘plab muammolarga, ortiqcha sarsongarchiliklarga duch kelar edi. Endilikda bunday masalalar Davlat xizmatlari markazida qisqa vaqtda hal etib beriladi. Masalan, haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirmoqchi bo‘lgan kishi markazga kelib, eski haydovchilik guvohnomasi va fuqarolik pasportini beradi va belgilangan miqdordagi to‘lovni istalgan shaklda to‘laydi. Mutaxassislar shu yerning o‘zida fuqaroni suratga olib, tegishli hujjatlarni hech qanday muammosiz rasmiylashtiradi. Qarabsizki, yarim soat ichida fuqaro yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini olib ketadi. Bolalarni bog‘chaga joylashtirish masalasida ham ota-onalar shu paytgacha turli qiyinchiliklarga duch kelganligini ko‘pchilik yaxshi biladi. Endilikda bu masala ham markazda hal qilinadigan bo‘ldi.



Download 33,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish