Milliy til umumiy hudud, iqtisod va maʼnaviy boylik bilan birga millatni tashkil etuvchi ijtimoiyarixiy kategoriya. Millatning oʻzaro aloqa vositasi hisoblangan Milliy til 2 shaklga ega: ogzaki va yozma



Download 0,64 Mb.
Sana09.01.2023
Hajmi0,64 Mb.
#898509
Bog'liq
Presentation(1)-WPS Office


Milliy til — umumiy hudud, iqtisod va maʼnaviy boylik bilan birga millatni tashkil etuvchi ijtimoiyarixiy kategoriya. Millatning oʻzaro aloqa vositasi hisoblangan Milliy til 2 shaklga ega: ogzaki va yozma. Milliy til kabila, elat tillaridan farqlanadi.U, odatda, millatni birlashtirib turuvchi yagona til vazifasini bajaradi.
Milliy til" tushunchasi tilning yashash shakllariga aloqadordir, u til mavjudligining alohida turi boʻlib, mavjudlikning boshqa tur(lar)iga (urugʻ, kabila yoki elat tiliga), shuningdek, boshqa Milliy tillarga qarama-qarshi qoʻyilishi (mas, oʻzbek tilining qozoq tilidan farqlanishi) mumkin. Har bir millat oʻz tiliga ega. Baʼzan bir millat bir necha tilga ega boʻlishi mumkin: belgiyaliklar — bir millat, lekin fransuz va vallon tillarida soʻzlashadi.
Adabiy til – muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va me’yorlash-tirilgan, mazkur tilda soʻzlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. "Qayta ishlangan" tu-shunchasi nisbiy (tarixan turli davrlar-da, turli xalqlarda Adabiy til oʻzgarib turgan). Hatto ayrim bir xalqqa ham Adabiy til turli davrda turlicha boʻlgan (mas, qadimgi tur-kiy adabiy til, hozirgi oʻzbek adabiy tili).
Ba’zi davrlarda bir xalq uchun boshqa bir xalq tili Adabiy til vazifasini oʻtagan. Mac, fors va turkiylar uchun mumtoz arab tili, yaponlar uchun mumtoz xitoy tili; ba’zi Yevropa xalqlari uchun lotin tili va boshqa Adabiy til boʻlgan.Adabiy til ning ikki – ogʻzaki ham yozma koʻrinishi mavjud. Har qanday Adabiy til xalq ogʻzaki nutqi asosida shakllanib, shu xalq tiliga xos shevalarni umumlashti-radi va barcha sheva vakillari uchun tushu-narli shakl oladi. Rivojlangan Adabiy til siz boy madaniyatga ega xalq boʻlishi mumkin emas. Shu ma’noda Adabiy til jamiyatning dol-zarb muammolaridan hisoblanadi.
Davlat tilini izchil joriy etish jarayonini takomillashtirish va lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga mukammal o‘tishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989-yil, № 26-28, 453-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti I. KARIMOV
Davlat tili — muayyan mamlakatda qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyatlarida ish yuritish uchun rasmiy belgilangan til. Odatda, koʻp millatli mamlakatlarda, mas, Hindiston, Kanada, Shveysariyada qaysi til yoki tillar rasmiy ekanligi konstitutsiyalarida belgilab qoʻyilgan. Davlatlarning koʻpchiligida rasmiy til bilan davlat tili aynan bir xildir. Faqat ayrim mamlakatlardagina rasmiy til davlat tili maqomidan farqlanadi. Mas, Shveysariyada konstitutsiyaga binoan nemis, fransuz, italyan tillari — rasmiy til; nemis, fransuz, italyan va retoroman tillari — D.t. sanaladi.
Sheva (fors. — harakat tarzi, tarz, usul) — tilning fonetik, grammatik va lugʻaviy jihatdan oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan eng kichik hududiy koʻrinishi — sezilarli lisoniy tafovutlari boʻlmagan bir yoki bir necha aholi maskani (odatda, qishloq)da yashovchilarning soʻzlashuv vositasi sifatida qoʻllanadi. Sheva — bu boshqa Sheva tizimlaridan fonetik, grammatik, soʻz yasalishi va lugʻaviy belgilariga koʻra farqlanuvchi lisoniy tizim sifatida mavjud boʻladi.
O’zbek tili qipchoq, o’g’uz,qarluq-chigil-uyg’ur kabi 3 ta til birligi sifatida shakllanib, murakkab dialektal tarkibi bilan ajralib turadi.
Unda 3 ta asosiy lahja bor, bular:
1) qarluq-chigil-uyg’ur lahjasi;
2) qipchoq lahjasi;
3) o’g’uz lahjasi.
Bu lahjalar tarkibidagi ko’plab shevalar fonetik,leksik va qisman morfologik jihatdan o’zaro farqlansa-da, ularning barchasi ham milliy O’zbek tilining, adabiy o’zbek tilining shakllanishida muayyan darajada ishtirok etgan.
Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish