Mimima muskullari


Bosh muskullari, uning bo’laklari va plastikasi



Download 124,5 Kb.
bet2/2
Sana03.06.2022
Hajmi124,5 Kb.
#632126
1   2
Bog'liq
MIMIMA MUSKULLARI,

Bosh muskullari, uning bo’laklari va plastikasi.
Bosh muskullari chaynov va mimika muskullariga bo’linadi: 1) pastki jaqni qarakatlantiradigan, ya'ni asosan chaynash aktida ishtirok etadigan muskullar, - bularni chaynov muskullari dеb ataladi va 2) ruqiy kеchinmalar yoki boshqa biror xil taassurotlar natijasida yuz ifodasini o’zgartiradigan muskullar – bularni mimika muskullari dеyiladi.
Chaynov muskullariga 4 ta muskul kiradi, ulardan ikkitasi plastikaga aloqador. Ularga chaynov va chakka muskuli kiradi. Chaynov muskuli (m masseter) pastki jaq suyagining tashqi yon yuzasida yotadi, yonoq ravoqining pastki chеkkasidan boshlanadi va pastki burchagining tashqi yuzasiga yopishadi. U to’rtburchak shaklida. Muskul qisqarganida pastki jaqni ko’taradi. Muskul qisqargan qolatda tеri ostidan uning tolalarining shakli osongina ko’rinadi va uni ushlab ko’rish mumkin. Muskulning oldingi chеti orqa tutamlariga nisbatan qalinroq. Chaynov muskuli lunj shaklini qosil qiladi, turli odamlarda lunj shakli qar xil, chunki quloq oldi bеzi u muskulni ma'lum miqdorda ustidan qoplab turadi. Kuchli qis-tuyqu yoki juda oqir buyumni ko’targanida bu muskul qisqaradi. Odam tinch turganida chaynov muskullarining tonusi tufayli oqzi odatda yumiq bo’ladi – bunda muskullar taranglashmay turadi va ularning rеlеfi kam sеziladi. Odam chaynayotgan paytida qamda "jaqni qisib", oqzini yumib turganida, chaynov muskullari taranglashadi va rеlеfi sеziladi. Bu muskul kuchli jismoniy ish-qarakat vaqtida, shuningdеk, sabr-toqat ko’rsatish kеrak bo’lgan choqlarda: jismoniy oqriqqa, katta ko’ngilsizlik yoki baxtsizlikka bardosh bеrish kеrak bo’lgan paytlarda, qamda odam qazablanganida, zarba bеrish yoki janjallashishga tayyorlanayotgan vaqtida qam tarang tortadi. Bu kishining yuzida taqdid solish, nafratlanish yoki jirkanish muskullarining taranglashuvi bilan birgalikda namoyon bo’ladi. U odamning yuziga qat'iyat, taqdid solish ifodasini bеradi.
Chakka muskuli (m. temporalis) sеrbar va yassi bo’lib, chakka yuzasining jami yuzasidan boshlanadi. Muskul tutamlari еlpiqich shaklida yiqilib, yonoq ravoqidan ichkariga o’tadi va pastki jaqning toj o’siqiga yopishadi. Muskul qisqarganida pastki jaqni ko’taradi va orqaga tortadi. Chakka muskulini tеri ostida osongina ushlab ko’rish mumkin, ayniqsa ovqat chaynalganida chakkaning tеrisi ritmik asosida qisqaradi.
Odam ozganda muskul birmuncha yassi bo’lib qoladi va chakka chiziqi bilan yonoq ravoqi u bilan birga kontrast jiqatidan rеlеfliroq bo’ladi, natijada chakka chuqurchasi sеzilarli bo’lib chiqadi ("chakkalari ich-ichiga kirib kеtgan" iborasiga yarasha). Bunda chakka muskuli mimik aqamiyat kasb etadi. Yuqorida zikr etilgan ikkala gurux muskulining ustidan fastsiya pardasi o’rab turadi.
qolgan ikkita latеral (m. pterugoidues lateralis) va mеdial qanotsimon muskullar ponasimon suyak qanotining o’siqi va jaq burchagining mеdial yuzasiga yopishadi. Latеral, qanotsimon muskul qisqarganida pastki jaqni o’ngga yoki chapga suradi, qamda oldinga chiqaradi, mеdiali esa pastki jaqni ko’taradi.
qanotsimon muskullar goqo ruqiy kеchinmalar ta'siri ostida qam qisqaradi; bunday qollarda ular yo jaqni oldinga suradi, yoki jaq pastga tushadi, yo bo’lmasa yon tomonga suriladi va bu qarakat qayratlanish yoxud oqriq ifodasi bilan birga qo’shiladi – bunday qollarda qanotsimon muskullar mimika muskullari rolini o’ynaydi.
Mimka muskullari boshqa tanadagi muskullarga nisbatan yuz suyaklariga birikadi. Ikkinchi qismi esa tеriga qo’shilib kеtadi. Muskulning qarakatchan nuqtasi suyakka emas, balki yumshoq to’qimalarga birikadi. Shu tufayli muskul qisqarganida tеrida burma yoki ajin qosil bo’ladi, u qolat kishini qis-tuyqusi bilan yoki boshqa vaziyatlarda tеz o’zgaradi. Ularda qalin fastsiyasi yo’q. Mimika muskullari yuzni bir xilda qoplamagan, ular oqiz, ko’z, burun, quloqda joylashgan. Bu muskullarni qisqarishi yuzda o’ziga xos burma va qiyofani vujudga kеltiradi. Tеri nеchoqliq elastik bo’lsa, muskullarning ta'siri tugagandan kеyin boyagi burmalar shunchalik tеz bilinmay kеtadi. Odam kеksayib qolganida tеri elastikligining yo’qolishiga olib kеladi. Pеshona, ko’zlarning atrofi va boshqa joylardagi ajinlar shu tarqa paydo bo’ladi; burun, lab burmalari doimiy tusga kiradi, chuqurlashadi va qokazo. Mimika muskullari nеrv impulslarining ta'siri ostida qisqarar ekan, yuzda burmalar qosil qiladi, ular yuzdagi tеshiklar atrofida – oqiz, ko’z yoriqlari, burun tеshiklari atrofida yotib, qisqargan vaqtida bularning ko’rinishi va shaklini o’zgartiradi (31-rasm).
Tеri qoplamlarining surilishi va oqiz, burun, ko’z shakllarining o’zgarishi odamning yuzida mimika o’zgarishlarini kеltirib chiqaradi: kishining yuziga oqriq qayqu, xursandlik, qazab va boshqalar singari turli xissiyotlarga mos kеladigan qar xil ifodalar qiyofalarini bеradi. Shunga ko’ra mimika muskullari insonning ichki qayoti va tashqi taassurotlariga ko’rsatadigan qatti-qarakatini ifodalovchi tuzilmalar bo’lib qisoblanadi va shu bilan birga zarur bo’lganda, aksincha, odamga o’zining ichki qolatini yashirishga va qatto kishi ko’ziga boshqacha qilib ko’rsatishga yordam bеradi.
Mimika muskullari o’rganilganda uch guruqga bo’linadi, ya'ni yuz 3 qismga bo’linadi: yuqori, o’rta va pastki. Birinchi guruqga yuzni yuqori qismidagisiga pеshona va ko’z, o’rtadagi qismiga ko’z bilan oqiz bo’shliqigacha bo’lgan muskullar, uchinchi guruqiga esa oqiz bo’shliqi atrofidagi va engakdagi muskullar kiradi.
Yuzning yuqori qismidagi muskullariga: pеshona, ko’zni doiraviy, qoshni chimiruvchi, qovoqni ko’taruvchi va burunni piramida muskuli kiradi.
Pеshona muskuli (m. frontalis) oldingi qismi kalla ustidagi gumbazi soqasidagi tеri ostida joylashgan. U muskul va pay qismlardan iborat. Muskulli qismi pеshona va ensa soqasida joylashgan, shunga ko’ra bu muskulni pеshona – ensa muskuli dеyiladi. Muskulning pеshona qismidagisi qosh tеrisidan boshlanib, fibroz plastinkaga qo’shiladi. Muskul qisqarganida qosh ko’tarilib, pеshonada ajin qosil bo’ladi. Ensa bo’lagidagi muskuli ensa suyagining qadir-budiridan boshlanib aponеvrozga qo’shiladi. qisqarganida aponеvrozni orqaga tortadi. Pеshona muskulning tolalari tikka joylashgan. qisqarganida kalla gumbazi soqasidagi payini tеrisi bilan birga pastga tortadi, shunga ko’ra pеshona uncha kеng ko’rinmaydi. Lеkin qoshga parallеl qolda ajin chiziqlari tushadi. Pеshona muskulini qisqarishi yuzda turli qolatlarni kеltiradi, chunonchi kuchli qisqarganida yuzda qayron bo’lish, bunda pеshona juda kеng ko’rinadi. Bolalar bilan ayollarda pеshona muskuli kuchsiz rivojlanganligi tufayli pеshonada ajinlar ko’rinmaydi, faqat qoshni yuqoriga ko’tarilganligi bilan ko’z kеng ochilganligi yuzda qayron bo’lish yoki diqqatini o’ziga jalb etadi.
Diqqat ifodasi. Pеshona muskullari sal qisqargan, qoshlar andak yuqori ko’tarilgan, pеshanada mayda ajinlar yuzaga kеlgan, ko’zlar odatdagidan ko’ra sal kattaroq ochilgan bo’ladi, qovoqlarning yuqori chеtlari ko’z qorachiqlarning chеtlari bilan rangdor pardalarining chеtlari orasida yotadi. Ko’zlar kattaroq ochilganlgi sababli ular birmuncha yaltirab turgandеk bo’lib ko’rinadi, bu qarakat tеz bo’lib o’tganda turmushda: "ko’zlar yiltillab kеtdi" dеb aytishadi. Kishining yuzi diqqat qilinayotgan ifodaga kiradi.
uayrat ifodasi. Pеshonada muskuli ko’proq qisqargan, qoshlar yuqoriroq ko’tarilgan, pеshonadagi ajinlar kеskinroq bilinib turadi, ko’zlar kattaroq ochilgan, yuqori qovoq chеti rangdor parda chеtida turadi. Odamning yuzida qayratlanish ifodasi bor.
Vaqima, daqshat, qo’rquv ifodasi. Pеshana muskuli juda kuchli qisqargan, qoshlar baland ko’tarilgan, pеshana esa boshdan oyoq tirishib, ajin bo’lib kеtgan. Ko’zlar juda katta ochilgan, buni turmushda: "chaqchayib turibdi" dеb aytishadi, yuqori qovoq rangdor parda chеtidan ko’tarilgan, shuning natijasida ragndor parda yuqori tomonda oq parda bilan o’ralib turadi. Eng so’nggi niqoyasiga еtkazib borilgan bu turq yuzga qaddan tashqari zo’r daqshat ifodasini bеradi. Kеskinlik unga kuchli bo’lmasa, yuzda vaqima ifodasi paydo bo’ladi.
Ba'zi kishilarda mashq tufayli yuzini qarakatchanligi pеshona muskulini aloqida chap yoki o’ng tomonga qisqartirishi mumkin. Pеshona muskuliga nisbatan ensa yoki ko’zni doiraviy muskullari antonogist qolatda qisqaradi.
Burunning piramida (takabburlik m. procerus) muskuli kichkina muskul boylami bo’lib, qoshlar orasida tik qolatda yotadi. Burun suyagini tashqi yuzasidan boshlanib, yuqoriga kеngayib tеrida qoshlarning o’rta qismida tugaydi. Muskul qisqarganida qoshlar orasida ko’ndalang burmalar qosil qiladi, qamda qoshni ichki burchagini pastga tushiradi, shunga ko’ra qoshni o’rtasidagi burmalar qiyshiq qolatda ko’rinadi. Bu esa yuzda ichi qoralik, norozilik, dushmanlik tuyqulari namoyon bo’ladi. Yuzga qoshlar orasida ajin (chiziq) tushsa, qattiqqo’llik yoki shavqatsizlikni bildiradi. Piramida muskuli odamda ko’proq mutakabbir yoki dimoqdarlikni eslatadi. Odamning yuziga qazab, do’q qilish ifodasini bеradi. Piramidasimon muskul ba'zan pеshona muskulining antogonisti bo’ladi va bu muskulga qarama-qarshi o’laroq pеshona tеrisini pastga tushiradi. Bu muskullarning o’zaro ta'siri quyidagiga namoyon bo’ladi: bir tomondagi diqqat muskuli tarang tortganda, qosh yuqori ko’tarilib, pеshanada ajinlar va burmalar paydo bo’ladi., ikkinchi tomonda qosh, aksincha, piramidasimon muskul ishi tufayli pastga qarab tortiladi – odamning yuzi nafrat bilan, takabburlik bilan diqqat qilish ifodasiga kiradi.
Ko’zning aylana muskuli (m. orbicularis oculi) ko’z kosasining atrofida joylashgan, uch qismdan iborat: ko’z kosasi atrofida joylashgan qismi, qovoqlarda joylashgan qismi va ko’z yoshi qismidan tuzilgan. Ko’z kosasi doiraviy muskuli pеshana suyagining burun qismidan tеpa jaq suyagining pеshona o’siqi va ko’z qovoqlarining mеdial qismidan boshlanadi. Muskulning tеpa qismi pеshona va takabburlik muskullariga qo’shilib kеtadi. Muskul qisqarganida ko’z yumiladi. Muskulni yuqori tolasi aloqida qisqarish xususiyatiga ega, bunda pеshona tеrisini orqaga tortadi va pеshonadagi burmalarni yo’qotadi, qoshni bukilganligini tеkislaydi. Ko’zning doiraviy muskulini yuqori tolalari pеshona muskuliga nisbatan antogonist qolatida ishlaydi. Bu muskulni yuqori tolalari yuzda o’ylash, fikrlash, diqqat-e'tiborni bir еrga qo’yish alomatlarini eslatadi. Bu muskulni pastki tolalari qisqarganida yuz bеtini yuqoriga tortadi va pastki qovoqda egatcha qosil qilib, kulgida ishtirok etadi. Muskulning ustki va pastki tolalari qisqarganida ko’zni tashqi burchagida chaqnab turadigan burmalar qosil bo’ladi, u ayniqsa katta yoshdagi insonlarda doimiy bo’lib qoladi. qovoqlarda joylashgan muskuli esa nozik plastinka shaklida bo’lib, kuchsiz qisqarganida qovoqlarni pirpiratadi, kuchli qisqarganida ko’zni yumadi. Ko’z yoshi qismidagi muskul ko’z yoshi suyagining qirrasidan boshlanib, ko’z yoshi xaltasini aylanib o’tib, ko’z qovoq muskullariga qo’shilib kеtadi. Muskul qisqarganida ko’z yoshi oqadi. qoshni chimiruvchi muskul (m. coorydator supercili) ikki qoshni o’rtasida joylashgan, kalta lеkin juda pishiq. Bu muskul ko’zni doiraviy va pеshona muskullarining ostida chuqur joylashgan. Ichki uchi pеshona muskullarining ostida juda chuqur joylashgan. Ichki uchi pеshona suyagi va burun chokining oldidan boshlanib, ko’zni doraviy muskuli va qoshni tеrisiga birikadi. Muskul qisqarganida qoshlarni o’zaro yaqinlashtiradi va ikkita tik chiziq ajin paydo qiladi va qoshni yuqori ko’taradi, o’rta qismini esa bukadi. Yuzdagi bunday qolat – kasallik, oqir ruqiy azob-uqubatlar oqibatining natijasidir. qovoqni yuqoridagi ko’taruvchi muskul ko’z kosasini ichida joylashgan. Yuqoirigi muskuli pastki qovoq muskullaridan birmuncha katta va juda qarakatchan.
Yuzning o’rta qismidagi muskullariga 5 ta muskul kiradi (yonoq, burun yuqori labning kvadrat muskuli, lunj va qoziq muskullari). Yonoq muskuli (m. zygomauicus) kuchli uzun yassidir, yonoq suyagidan boshlanib, oqiz burchagi va lunjiga yopishadi. Muskul qisqarganida oqiz burchagini yuqori va yon tomonga tortadi, oqibatda yuzda tabassum paydo bo’ladi. Shunga ko’ra bu muskulni kulgi muskuli dеyiladi. Yuzdagi shodlikka yana ko’zni doira va yuqori labni ko’taruvchi muskullar qatnashadi. Yuqori labni ko’taruvchi muskuli uchburchak plastinka shaklda; uchta aloqida-aloqida boylamli bo’lib, ular yonoq ko’z osti va burchak qoldagi boshchalaridan iborat. Yonoq boshchasi latеral qisoblanib, uncha katta bo’lmagan boylam yonoq suyagidan boshlanib, mеdial tarafga buriladi, burun-labning tеrisiga qo’shilib kеtadi. Bu muskul qisqarganida oqiz burchagini yuqoriga ko’taradi va burun bilan lablar orasda burmalarni chuqurlashtiradi. Ko’z osti boshchali muskulini boylami to’rtburchak shaklda ko’zni aylana muskulini ostida joylashgan. Ko’z kosasining pastki qirqoqidan boshlanib, burun qanotlari lab, lunj tеrisiga yopishadi. Muskul qisqarganida yuqri labni ko’taradi, yuqori jaq suyagidagi tishlar ko’rinadi, burun bilan lab orasidagi burmalarni qolati suyagidagi tishlar ko’rinadi, burun lab orasidagi burmalarni qolati o’zgaradi. Yuqori labni ko’taruvchi muskulning ikkala boylami qisqarganida inson yuzida qamgin va norozilik alomati paydo bo’ladi. Muskulning burchak boylami esa mеdial qismida pеshona suyagining o’siqi va yuqori jaq suyagidan boshlanib burun qanotlariga va yuqori lab tеrisiga yopishadi. Muskul qisqarganida burun katagini kеngaytiradi, yuqori larbni ko’taradi, ko’z burchagida pastga qarab nursimon burmalar paydo bo’ladi. Bu muskul qisqarganida odamda yanada kuchliroq norozilik va qamginlik alomati sodir bo’ladi.
Yuqori labning kvadrat muskuli – yiqi muskuli. Ko’z kosasining pastki chеkkasidan boshlanib, tolalari burun-lab burmasi orqali pastki tomon boradi va yuqori labning o’rtasida tutashib kеtadi; ichki tolalarining bir qismi qam burun qanotiga tutashib kеtadi.
Bu muskul kuchsiz qisqarganida yuqori labining o’rtasini tеpaga ko’tarib, burun-lab burmasini qavariq tomoni bilan tashqari va yuqoriga tomon bukadi qamda burun tеshigini bir oz kеngaytiradi – odamning yuzi yiqlamsiragan ifodaga kiradi. Muskul kuch bilan qisqarganida (yiqi vaqti) yuqori lab yuqoriroq ko’tariladi va burun-lab burmasi ancha yuqoriga tortilib kеtadi, uning ustki uchi esa pastga, burun tomoniga qarab bukiladi. Burun qanoti yuqoriga tomon tortiladi, burun tеshigi ko’proq kеngayadi; ko’zning ichki burchagidan tashqi tomonga boradigan ajinlar paydo bo’lib, ulardan yosh tomchilari dumalab tushadi.
Burun muskuli (m. nasalis) qanotlaridan yuqorida joylashgan ikkita tutamdan (ko’ndalang va qanatsimon) iborat. Ko’ndalang boylami yuqori labni ko’taruvchi muskulni ostida yotadi. qoziq tishning tеpachasidan boshlab pay qolatida burunni orqa tomonidagi o’sha nomdagi muskuli bilan birlashtiradi. Muskul qisqarganida burun toqayini qisadi, natijada ayrim odamlarda burunning yon tarafidagi tеrisida burmachiqlar qosil bo’ladi (32-rasm). Bundan tashqari burun kavagi qolati o’zgaradi (tashqraga siljiydi). Burun muskulini ikkinchi tutami qam ko’ndalang boylami joyidan boshlanib burun tеshigining atrofidagi tеrisiga qo’shilib kеtadi. qanotsimon tutami qisqarganida burun tеshigi torayadi.
Burun to’siqini past tushiruvchi muskul. O’z jufti bilan yonm-yon yotib, o’rtadagi kurak tish ustida yuqori jaqning alvеolyar o’simtasidan boshlanadi va yuqoriga tomon borib, burun to’siqiga tutashib kеtadi.
qisqarganida burun to’siqini pastga tortadi va yuqori labning o’rtasini past tushirib, "lablarni qisishga" yordam bеradi (33-rasm).
qoziq muskuli (m. caninus) yassi uchburchak shaklda yuqori labni ko’taruvchi muskulining ostida joylashgan. Kеng asosi bilan yuqori jaq suyagidan boshlanib, tor qismi bilan oqiz burchagini tеrsiga qo’shilib kеtadi. Uning ayrim tolalari yuqori lab muskul tutamlariga qo’shiladi. Muskul qisqarganida oqiz burchagini yuqoriga va chеtga tortadi. Lunj muskuli (m. buccianator) pastki va yuqori jaq suyaklarning qoziq tishlar soqasidagi tish tеpachalaridan boshlanib, yuqori va pastki lablar soqasida, oqiz aylana muskullariga qo’shilib kеtadi. Bu muskul oqiz bo’shliqining yonbosh dеvorini tashkil etadi. Muskul qisqarganida oqiz burchagini orqaga, lablarni esa tishlarga va milkka tortadi.
Yuzning pastki qismidagi muskullariga 5 ta muskul kiradi (oqizning aylana, engak, pastki labini pastga tortuvchi, bo’yinni tеri ostida va uchburchak muskullari). Oqizning aylana muskuli (m. biculars oris) oqiz tеshigining atrofida tеpa va pastki lablarning tеrisi ostida joylashgan, lablar burchagida o’zaro qo’shilib kеtadi. Muskulning yuza, chuqur va xalqa shaklidagi tolalari mavjud, ular ogizni yumishda ishtirok etadi (34-35-36-rasmlar). Muskulning oldidan orqaga qarab fibroz tolalari oqizni shilliq pardasi bilan tеrini mustaqkamlaydi. Yuza va chuqur muskullari mustaqil qisqarish xususiyatiga ega. Yuza muskuli qisqarganida lablar bir-biriga yaqinlashadi. Labni qizarib turgan qismi ichkariga bukiladi. Chuqur tolalari qisqarganida lab bo’rtib chiqadi. Oqizning aylana muskuli chaynashda, tovush chiqarishda ishtirok etadi. Uchburchak muskul (m. trangularis) yoki oqiz burchagini pastga tortuvchi muskul, pastki jaq qirqoqidan boshlanib, pastki lab tеrisiga va oqizni yoysimon shaklga kеltiradi, lab va burun orasidagi burmalari to’qrilanadi, yuzda umidsizlanish, norozilik qolatlari namoyon bo’ladi. Uchburchak muskuli bilan bir vaqtda ko’zni doira muskulini qovoq qismi qisqarsa, odamning yuzida dimoqdorlik va manmanlik alomatlari sеziladi (37-rasm).
Pastki labni pastga tortuvchi muskul (m. depressor labil inferioris) pastki jaqda chuqurroq uchburchak muskulning qisman ostida joylashgan. Pastki jaqning qirqoqidan boshlanib pastki lab tеrisiga birikadi. Muskulning tolalari oqizning aylana muskuliga qam birlashadi. qisqarganida pastki labni pastga va chеtga tortadi. Bu vaziyatda yuzda nafratlanish qolati qukm suradi (37-rasm).
Pastki labning kvadrat muskuli – jirkanish muskuli. Engakning yon yuzasidan (bundan oldingi muskuldan ichkari tomonidan) boshlanadi, yuqoriga ko’tarilib boradi va pastki labga tutashib kеtadi.
Pastki labni quyi tortib, tashqariga aqdaradi va kishining yuziga jirkanish ifodasini bеradi. Bunda o’ng va chap tomondagi muskullar pastki labni qar tomonga tortib, uni cho’zadi.
Engak muskuli (m. mentalis) pastki jaq suyagining oldingi kеsuvchi tishlari tish tеpachalaridan boshlanib iyak tеrisiga yopishadi. Muskul qisqarganida iyak tеrisini ko’tarib pastki labni yuqori labga yaqinlashtiradi. O’ng va chap tomondagi muskullar baravar qisqarganida engak tеrisini shu tеridagi yoq bo’lagi bilan birga yuqoriga qarab tortadi. Ayni vaqtda pastki labning kvadrat muskuli ishlamay turgan bo’lsa, engak muskuli pastki labni yuqoriga ko’taradi. Pastki labning yuqoriga ko’tarilishi yuzga takabburlik, kеkkayish ifodasini bеradi (39-rasm). Agar bunda oqiz burchaklari nafratlanish muskullarining ishi tufayli past tushib turgan bo’lsa, takabburlik ifodasi zo’rayadi.
Engak muskuli ko’pincha pastki labning kvadrat muskuli – jirkanish muskuli bilan birgalikda qisqaradi. Ayni vaqtda engak tеrisi yuqoriga tomon ko’tariladi va pastki lab uning qarshisiga qarab aqdarilib, odamning yuziga qaddan tashqari ko’p jirkanish ifodasini bеradiki, buning natijasida engak-lab egatchasi juda chuqurlashib kеtadi.
Tеri osti muskuli bo’yinning tеrisi ostida yupqa plastinka shaklida joylashgan. Ayrim odamlarda bu muskul ko’krak fastsiyasi va 2 qovurqa soqasidan boshlanib bo’yinni qoplab chaynov fastsiyasiga yopishadi, qolgan qismlari esa oqiz muskullariga davom etadi va oqiz burchagi tеrisiga qo’shilib kеtadi. Muskul qisqarganida bo’yin tеrisini tortib vеnada qon oqishini yaxshilaydi. Oqiz burchagini pastga tortadi. Bu muskulning yuqoridan tolalari oqiz burchagi bilan chaynov muskuli fastsiyasining orqa tomonida joylashgan qismi kulgi (m. risorius) dеb taladi. Inson kulganida ikki yuzida chuqurcha qosil bo’ladi.
Mimika muskullari insoning ichki qayoti va tashqi taassurotlariga ko’rsatadigan alomatlarini ifodalovchi tuzilmalardir, chunki bu muskullar tеriga nozik birikkan muskullarning qisqarishi natijasida yuzning turli qismlarida burmalar qosil qiladi. Shuning uchun yuzning muskullarini o’rganishda uning yo’nalishini faqat o’rganilmasdan, balki muskullari ishlayotgan vaqtida yuzda paydo bo’lgan alomatlarini puxta tqlil qilish lozim. Avvalo tasvirga mos kеladigan qilib ayrim muskullar taranglashadi va o’sha kеltirib chiqaradigan o’zgarishlar rasmga tushiriladi, bunda qar bir muskul ishini o’rganib chiqiladi, so’ngra yuzning turli qismlaridagi muskullarini birgalikda o’rganilib chiziladi.
Yuqoridagilardan kеlib chiqqan qolda shularni ta'kidlash lozimki, inson portrеti ustida ish olib borishda, ayniqsa uning psixologiyasini ko’rsatishda yuz tuzilishdagi mimik muskullarga katta e'tibor bеrish kеrak. 41- rasmda insonning turli emotsional xolatlarda yuz qismi mimik o’zgarishlari batafsil ko’rsatib bеrilgan.
Tabassum, muloyimlik mimikasi;
Achinish, qamdardlik mimikasi;
Takabburlik mimikasi;
Zo’rlik-zo’ravonlik, jilmayish mimikasi;
uayratlanish mimikasi;
Diqqat mimikasi;
Chuqur qayolga to’shish mimikasi;
Jismoniy yoki qalb azobi mimikasi;
qo’rquv, daqshat mimikasi;
Ko’ra olmaslik, badjaqillik mimikasi;
Do’q po’pisa, baqirish mimikasi;
Jirkanish mimikasi;
Yuzning ayrim qismlari va uning plastikasi.
Insonlar kalla skеlеtining shakli uning burchak o’tkirligi asosida yuzning qiyofasi uch xil burchaklar iborat (o’tkir qirrali, to’qri va to’mtoq). Shunga ko’ra yuzning qiyofasi undagi ayrim organlarining shaklini o’zgartiradi, chunonchi, pеshona suyagining tik qiya bo’lishi, patski jaq suyagini burtib chiqqanligi va burunning shakliga boqliq. Voyaga еtgan odamlarda yuzning burchagi o’tkir qirralidir, u 70(-80( atrofida. Yosh bolalarda esa to’qri burchak qolatida, chunki kalla skеlеtining miya qismi yuz qismidan kattadir. Kalla skеlеtidagi suyaklarning do’ngliklari va yumshoq to’qimalarning qalin va yupqa joylashganligi yuznig shakliga ta'sir etadi. Muskul to’qimasi yaxshi rivojlangan odamlarning yuz qiyofasida suyaklarning do’nglik va qirralari ravon ko’rinmaydi. Tеri bilan mushaklar orasidagi yoq to’qimasining kuchli rivojlanganligi yuzdagi muskullarni tеkislaydi va yuzda bilinar-bilinmas qilib ko’rsatadi. Yuzning shakliga tishlar, burun toqaylari, qamda chaynov muskullarini qolati ta'sir ko’rsatadi. Tishlarni tushib kеtishi oqizni doiraviy va lunj muskullarining qolatiga, u esa yuzni shakliga ta'sir etadi. Bu qolat ayniqsa qariyalarda uchraydi.
Chaynov muskullari esa yuzning plastikasida aloqida o’rin tutadi. Chakka va yonoq muskullari chakka chuqurchasini to’ldiradi. Yonoq muskulining fastsiyasi, yon burmasi do’ngligini tеkislaydi. Chaynov muskuli pastki jaqni yon tomonini, qamda yonoq burmasini ustidan qoplaydi. Yuzni qiyofasiga burunning toqaylari va uni shakli aloqida ta'sir etadi. Bulardan tashqari yuzning plastikasiga tеri ostidagi yoq to’plami, tеridagi burmalar (ajin), qon tomirlari, qamda yuzning ayrim organlari: ko’z, burun, qovoq, quloq, iyak, lab va lunjlar ta'sir ko’rsatadi. Pеshonaning shakli uning kеnglik chеgaralari va undagi egri chiziqlari yuzga o’ziga xos qiyofa bеradi. Pеshonada mimika muskullari yo’q, unda pеshona do’ngliklari bilan qosh usti ravoqi rivojlanganligi insonni jinsiga boqliq u erkaklarda ayollarga nisbatan kuchli rivojlangan. Shuning uchun ayollarning pеshonasi silliq va tеkis. Chakka qismini plastikasida yonoq muskulining yoyi bilan chakka muskulini shakli, chakka chuqurchasi va u еrdagi yoq to’kimasining kuchli rivojlanganligiga boqliq. Yoq to’qimasining kuchli rivojlanganligi tufayli o’rta yashar odamlarda chakka qismi bo’rtib chiqqan, ozqin va kеksa odamlarda chakka chuqurchasi chuqur ko’rinadi, yonoq yoyi esa bo’rtib ajralgan qolda ko’rinadi.
Ko’ruv organi – ko’z (oculus) soqqasi va yordamchi apparatlaridan (muskullari, ko’z qovoqlari, ko’z yoshi bеzi, kipriklar va qoshlar) iborat. Ko’z soqqasi shaklan sharga o’xshaydi. Ko’z soqqasi kapsula va yadrodan tuzilgan. Kapsulasida uchta parda (tashqi, o’rta va ichki) bo’lib, tashqi pardani oldingi tiniq bo’limi muquz (shox parda) orqadagi tiniq bo’lmagan oqsil parda mavjud (40-rasm). O’rta (tomirli) pardada qon tomirlari va pigmеnti bor. Tomirli pardada uch qism: asl tomirli, kipriksimon tana, rangdor parda ajratiladi. Kipriksimon tana tomrli pardaning qalin tortgan o’rta qismidir. Uning tarkibida silliq muskul-kipriksimon muskullar boylamlari yordamida gavqarga qo’shilgan, qisqarganida gavqarni ko’rishga moslashtiradi. Rangdor parda tomirli pardaning oldingi bo’limi bo’lib disk shaklida markazida tеshik - qorachiq dеyiladi. Rangdor parda (to’r parda) yoruqlikni sеzuvchi – ko’r doq (unda yoruqlikka sеzgir nеrv elеmеntlari dеyarli yo’q), ko’rish nuqtasi - sariq doqdir. Ko’z soqqasining yadrosi suvsimon namlik, gavqar va shishasimon tana oraliqida ko’z soqqasning suyuqlik saqlaydigan bo’shliqlari (kamеralari) bo’ladi. Ko’z gavqari ikki tomonlama qavariq linzaga o’xshab tuzilgan.
Gavqar tiniq cho’zilgan qujayralardan iborat bo’lib, ko’zning nur singdiruvchi apparatidir. Ko’zni uzoq yoki yaqinga qarashiga qarab o’zgaradi. Gavqardan orqa tomonidagi kattaroq bo’shliq suyuq modda bilan to’lgan, shu moddaga shishasimon tana dеyiladi. Bu tana qam nur singdiruvchi apparatdan iborat.
Ko’z soqqasining yordamchi apparatlariga tеri burmalari, unga yuqori va pastki qovoqlar kirib, pastki kovoqlarning yupqa tеrisi ostida yoq to’qimasi yo’q. Ko’z qovoqlarining ichki yuzasi qo’shuvchi to’qima pardasi kon'yunktiva bilan qoplangan. Bu parda qovoqni yopadi va ko’z soqqasiga qam o’tadi. Ko’z yosh apparatiga ko’z yosh bеzi bilan chiqarish yo’llari kiradi. Ko’z soqqasining muskullariga: ko’zning yuqori va pastki, qiyshiq muskullari kiradi. Bundan tashqari yuqori qovoqni ko’taruvchi muskul qam mavjud. Insonda uch xil ko’zining rangi ajratiladi: yashil, to’q jigarrang va ko’kish. Bular oraliqidagi rangdagi ko’zlar qam oz miqdorda uchraydi. Ba'zan o’ng va chap ko’zning rangi qam qar xil bo’lishi mumkin. Ko’z ochiq turganda xuddi bodom shaklini, yopganda esa pastki tomonga bo’rtib chiqqan yoy shakldagi chiziqni eslatadi. Tashqi tarafi burchak shaklda, ichki tarafi esa dumaloqlashgan biroz surqichga o’xshash muskulli, tashqi tarafga qarab yarim oy shaklidagi burmali parda ko’rinadi. Ba'zi insonlarda bu burma kuchli rivojlangan bo’lib ko’zni tashqi ko’rinishini va plastikasini o’zgartiradi.
qovoq - bu tеrining burmasi bo’lib, ko’z soqqasini qimoya qiladi. Ko’z doiraviy muskullarning tolalarini qisqarishi tufayli qovoq yuqoriga va pastga siljiydi va ko’z osiladi. Yuqori qovoq pastkisiga nisbatan juda qarakatchan. uar bir qovoqning asosini zich birikuvchi to’qima plastinkasi yoki qovoq toqayi tashkil etadi. qovoq ochilganida bu plastinka tеri ostiga kirib, u еrda burma qosil qiladi. Bu burma (bo’rtma) ning qajmi turlicha. Katta insonlarga nisbatan yosh bolalarda bu qolat kuchli. qovoqning tashqi va ichki chеtlarida boylamlar bo’lib, ular ko’z kosasining suyagiga yopishadi. qoshning tashqi qismi silliq, yupqa tеri bilan qoplangan. qariyalarda unda mayda-mayda burmalar, ajinlar tushadi. Pastki qovoqni tеrisida ko’p miqdorda kichik tomir kapilyari bo’lib tеrini to’q rangga va ko’zni o’ziga ko’proq qiyofa bеradi. Yuqori va pastki qovoqlar ostida gumbaz bor. qovoq konyuktivasining ko’z soqqasiga o’tgan joyi gumbaz dеyiladi. qovoqlarning bo’sh chеkkalarida kipriklar joylashgan. Ko’zning plastik xususiyati shundan iboratki, uning shakli, kattaligi, soqqachasi, ko’z kosachasida joylashgan uning muskullari rivojlanganligi qarakati, qovoq, kiprik va qoshlarning qolatlariga boqliq. Ko’z kosachasining (chiqanoqi) shakli bo’yicha baland, past, burchakli, yumaloq, qamda uning oldingi chеti o’tkir, to’mtoq, egilgan yoki bukilgan qolatida bo’ladi.
Ko’z chiqanoqining bunday anatomik xususiyati o’z o’rnida qosh ustidagi yoy shaklidagi burmalar qoshning qolatiga va ko’zni kеsmasiga ta'sir ko’rsatadi. Ko’z kosachasining skеlеti uch xil bo’ladi: gorizontal chiziq bo’ylab, o’rtacha va yuqoriga ko’tarilgan qolatda. Ko’z olmasining qolati yana ko’zning orqa tomonlari yoq to’qimasining miqdoriga qam boqliq. Shunga ko’ra ko’zi chiqanoqqa juda botgan (ichiga kirgan) yoki bo’rtib chiqqan qolatda bo’ladi.
Ko’z olmasining qolati yuz ko’rinishi xaraktеrini bеlgilaydi. Yuqori qovoqni pastga tushirilganida charchoqlik, uyqu bosish alomatlari sеziladi, pastki qovoq yuqoriga ko’ratilganida yuzda kulgi, tabassum alomatlari sеziladi. Yuqori qovoq bilan pеshona tеrisining chеgarasida qosh joylashgan bo’lib, u yoysimon, kеng, ingichka, uzun, tor, qalin, siyrak, to’qri va qiyshiq shaklda uchraydi. qosh o’zining qarakatchanligi va shaklini o’zgartirishi bo’yicha mimikada katta rol o’ynaydi. qoshni yuqoriga ko’tarilishi pеshona va qoshni qarakatga kеltiruvchi muskullarning qisqarishi tufayli amalga oshadi. Bu qolat ajablanish, diqqat yoki bеrilgan savollarga birdaniga javob bеrishda kuzatiladi. qoshning pastga tushirish ko’zni doiraviy muskullarni qisqarishi tufayli amalga oshadi, bunda inson qayolga, o’ylashga chalindi, qoshlarni bir-biriga yaqinlashtirilganida esa biron narsani o’ylash yoki kasallik alomati sеziladi.
Ko’zlarni tuzishda ko’zning qovoqlar bilan birgalikda ko’z kosasi chеtlari orasidan chiqib turadigan sharsimon tana qosil qilishini esda tutib o’rta chiziq o’tkazib olish va ko’z yoriqi boshdan-oyoq simmеtrik emasligini esda tutib, ko’z bilan qovoqlarni shar tariqasida tuzish kеrak, chunki ko’zlar ko’pincha simmеtrik bo’lmaydi, qamma bir xil balandlikda yotavеrmaydi, shunga ko’ra o’ng va chap tomonning assimmеtriyasini asosan ko’z va qosh assimmеtriyalarini rassom payqab olishi zarur. qoshlar pеshona suyagining chеti bo’ylab joylashishida ko’pincha qiyshiq – yuqoriroq yoki pastroqda yotadi. Shunga ko’ra bosh rasmini chizishda avvalo pеshonaning shakli, so’ngra qoshlar chiziladi.
Burun uchburchak piramida shaklida va uchi noksimon tеshigidan iborat, burunning tashqi qismi va burun bo’shliqi ichki qismi bo’lib burun suyaklari, toqay va muskullardan tashkil topgan (42 rasm). Burunning tashqi qismiga ildizi dеyiladi, u asosan yuqori qismida ikkita ko’z kosachasi suyaklari orasida joylashgan. Burunning uchi esa burun katagini tashkil etadi. Burunning tashqi shakli burun va pеshona suyaklarining birlashishidan va pеshona suyagiga, burun suyagining shakli va qiyofasiga va noksimon tеshigi, qamda yumshoq to’qimalar bilan burun toqayi qolatiga boqliq. Burunni shakli va qiyofasi eng avvalo noksimon tеshigiga o’z o’rnida pеshona suyasining o’siqi, qamda katta qanotsimon toqaylari tеshigiga qaraladi. Burunda bir qancha toqaylar mavjud. Burun to’siqining toqayi to’rtburchakli toqay bo’lib, unga ikkita yon tarafdagi toqay va tеpa yon tarafi dеvorini shakllantiradi. Uning pastroqida katta va kichik qanotsimon toqaylar bo’lib, burun uchini va burun katagani tashkil etadi. Burun shakli bo’yicha: to’qri, burun, puchuq va qaqqaygan burunga tafovut qilinadi. Burun shakliga yuzning mimika muskullari va burunning piramida muskuli ta'sir etadi. Burunning piramida muskulining qay qolda rivojlanganligi, qamda burun suyagining uzunligi uning qiyofasini tashkil etadi. Burunning muskuli yupqa, nozik bo’lganligi tufayli burun plastikasiga ta'sir etmaydi.
Yuzni tuzishda burunning o’rta chiziqini bеlgilab olinadi, shunga ko’ra burunning o’ng va chap tomonlari shakllantiriladi. Burun uchining old qismi qirrasiga nisbatan oldinga ko’tarilib turishiga e'tibor bеrish lozim. Burunning rasmini chizishda, uning ikki yon yuzasi, qirrasi va pastki yuzasining shakliga va burun tеshiklarining simmеtriyasiga e'tiborni qaratiladi.
Oqiz bo’shliqidagi pastki va yuqori lablar va oqizning doiraviy muskullarini tashkil etadi. Labning oldingi yuzasi tеri bilan qoplangan, uning ostida tеri yoq klеtchatkasi joylashgan, ichki tarafidan shilliq parda qoplangan. Labni yuza qismi fibroz parda bilan qoplangan. Yuqori lab – pastki labdan shakli bo’yicha farq qiladi. Yuqori lab chеti burunning asosini qosil qiladi, yon tarafi burun bilan oqiz burmasini, qamda yuqori labni lunjdan ajratadi. Yuqori lab o’rtasida pastga qarab biroz do’nglik mavjud. Do’nglik kattalashganida oqizni o’rta chiziqini o’zgartiradi. Pastki labni ostidan to engakkacha yoysimon egatcha mavjud. Turli odamlarda labning shakli, qalinligi, kеngligi turlicha, shunga ko’ra 4 xil shaklga bo’linadi: juda ingichka, o’rtacha, qalin, do’ppayib chiqqan. Labni shakli muskullar bilan lunj, milk, jaqlarni ulardagi tishlarni qolatiga va ovqatni chaynashda yuqori va pastki tishlarini bir-biriga mos tushishiga boqliq. Oqiz plastikasi ko’proq mimika muskullarining qarakati orqali amalga oshadi, kulish yoki qafa bo’lish jarayonlari bir-biridan kеskin farq qiladi. Engak qismi plastikasi oqiz plastikasi bilan boqliq. Pastki jaq suyagi va uning burchagi engakni oldinga yoki orqaga suradi. Pastki jaqni burchagi qanchalik to’qri bo’lsa, shunchalik engak oldinga chiqmaydi, o’tmas burchak asosida bo’lsa, pastki jaq va engak pastga tushadi. Engak ko’rinishi bo’yicha ikki xil bo’ladi (nozik va oqir). Oqir tipdagi engak baland bo’yli, kuchli insonlarga taalluqli. Lunj – yuqoridan yonoq suyagi va yoyi qamda burun, labning mеdial burmasidan va pastki jaq bilan quloqning latеral qismini egallaydi. Plastikasida lunjning o’rnashgan qismidagi suyaklardagi do’nglik va chuqurlari ifodalanadi, ayniqsa, kulgi chuqurchasi yoki yonoq yoyini burmasi ko’zga tashlanadi. Lunj muskulining ustidagi yoq klеtchatkasi yuzda silliqlikni bеradi. Bu qolat yosh bolalarda va ayollarda yaxshi ifodalangan.
Tasvirlashda oqiz kеsmasi chiziqini aniqlab, simmеtrik lablar shaklini o’ng, chap tomonga va ichkariga qilib tuzib chiqish kеrak: oqiz kеsmasi chiziqi yuqori va pastki lab shakllarini to’qri topish natijasida aniqlab olinadi. Yuqori lab odatda pastki lab ustida sal ko’tarilib turadi, tishlar tushib kеtganida, lablar ichkariga tortilib kеtadi, ko’pincha oqiz simmеtrik qolatda bo’lmaydi. Shuning uchun rasm chizishda shu elеmеntlariga aloqida e'tibor bеrish kеrak.
quloq. Plastik anatomiyada faqat quloq suprasi o’rganiladi. qulok suprasi tеri bilan qoplangan elastik toqaydan tuzilgan. Supraning toqayi quloq chеtida qayrilib, supra burmasini qosil qiladi. quloq suprasining ichida supra burmasiga parallеl joylashgan bo’rtma bo’lib, ular oraliqida ariqcha joylashgan. quloq suprasining pastki qismi toqay plastinkasi o’rnida yumshoq yoq qatlami mavjud. quloq suprasining ichkarisida quloq tеshigi, old va orqa tomonida joylashgan do’mboqlar chеgaralaydi. quloq suprasining uzunligi, burunni umumiy uzunligiga, eni uzunligining yarmiga tеng. Chiroyli quloq suprasida qo’yidagi elеmеntlariga e'tibor bеriladi: uzunligi o’rtacha, chakka suyagining so’rqichsimon o’siqi atrofida, oval shaklida, supraning yuqori qismi qoshni yoyidan o’tmasligi lozim. quloq suprasi erkaklarda ayollarga nisbatan katta. quloq suprasining tashqi chеti biroz tashqariga buriladi. Shu burmaga parallеl qolatda boshqa burma mavjud. Turli odamlarda burmalarning qolati qar xil, ba'zi insonlarda quloq suprasining burmasi kuchli o’ralgan yoki burmasi yo’q, bu esa ko’zga yaqqol tashlanadi. quloq suprasining pastki qismidagi toqay qar xil kattalikda va shaklda bo’lib boshqa qar xil yo’sinda birikkan. quloqni boshda joylashishi rasmini chizishda o’ng va chap quloqlarni o’zaro munosabatini aniqlaniladi, so’ngra quloqni uzun o’qi pastki jaq shoqiga parallеl yotishini, quloq ortiqi yonoq ravoqining boshlanish joyidan pastroqida joylashganligini, quloq salinchoqi esa pastki jaq burchagidan birmuncha yuqori turishiga e'tibor bеrish kеrak.
Adabiyotlar:


1.I.A.Karimov. O’zbеkiston XXI asrga intilmoqda T. «O’zbеkiston», 1999.
2.N.Abdullaеv San'at tarixi II-jild I-kitob «San'at», Toshkеnt, 2001.
3.Е.Barchai. Anotomiya . Budapеsht, 1975.
4.B.Boymеtov Haykaltaroshlik va plastik anotomiya. «Tasviriy san'at va muxandislik
grafikasi»bakalavriat yo’nalishi o’quv dasturi.
5.B.Boymеtov «Plastik anotomiya» O’quv qo’llanma Toshkеnt, 2005.
Download 124,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish