Minerallarning fizik xossalari


Minerallarning qattiqligi



Download 18,01 Kb.
bet2/3
Sana10.07.2022
Hajmi18,01 Kb.
#768199
1   2   3
Bog'liq
qazilma va mineral

Minerallarning qattiqligi
Minerallarning eng muhim diagnostik belgilaridan biri ularning qattiqligidir. Minerallarning qattiqligi deb, uni boshqa biror mineralning o’tkir tomoni bilan tirnalganda qarshilik ko’rsatish kuchiga aytiladi.
Minerallar qattiqlik shkalasini K.F.Moos (nemis geologi 1773-1839) 1811-yilda ishlab chiqqan. Shkala 10 ballik sistemadan iborat.
Shkaladan ko’rinib turibdiki, olmos talkka nisbatan 10 marotoba qattiqdir. Bu holat nisbiy ko’rsatgichdir. Aslida Olmos talkdan 4000 marotaba qattiqdir.
Qalamdagi grafitning qattiqligi – 1
Tirnoqning qattiqligi – 2,5
Bronza tanganing qattiqligi – 4
Shishaning qattiqligi – 5
Po’lat qalamtarosh qattiqligi – 6.
Minerallar qattiqligini juda aniq bilish uchun sklerometr asbobidan foydalaniladi.



Minerallarning nomi

Formulasi

qattiqlik birligi

Talk

Mg3[SiO410][OH2]

1

Gips

CaSO4* 2H2O

2

Kalsit

CaCO3

3

Flyuorit

CaF2

4

Apatit

Ca5(F,cl) [PO4]3

5

Ortoklaz

K[AlSi3O8 ]

6

Kvars

SiO2

7

Topaz

Al2[SiO4](OH,F)2

8

Korund

Al2O3

9

Olmos

C

10



Minerallarning ulanish tekisligi.
Kristallar va kristall donalarining haqiqiy yoki bo’lishi mumkin bo’lgan yonlariga parallel muayyan kristallografik tekisliklar bo’yicha ajralishi yoki sinishi natijasida hosil bo’lgan tekis yuzalarga ulanish tekisligi deb ataladi. Ulanish tekisligi faqat kristall tuzilishli minerallarga xos bo’lib, amorf jismlarda ifodalanmagan. Ulanish tekisligi yaxshi ifodalangan minerallar oson parchalanib juda silliq va tekis yuzalar hosil qiladi.
Ulanish tekisligining qay darajada namoyon bo’lishini ko’rsatish amalda muhim ahamiyatga ega. Quyidagicha 5 bosqichli shkala shu maqsadda qabul qilingan.
1. Ulanish tekisligi o’ta mukammal (masalan slyudalarda va xloritlardagi kabi) kristallar yupqa varaqchalarga ajralish qobiliyatiga ega. Ulanish tekisligidan boshqacha yo’nalish bo’yicha sindirish juda qiyin.
2. Ulanish tekisligi mukammal (kalsit, galenit, tosh tuzi va hokazo). Shunday minerallarni bolg’a bilan urib sindirganda doimo ulanish tekisligi bo’yicha ajralib, ko’rinishdan haqiqiy kristallarni eslatuvchi bo’laklar hosil qiladi. Masalan: galenitni sindirganda mayda to’g’ri kubchalar, kalsit maydalanayotganda to’g’ri romboedrlar hosil qilinadi. Boshqa yo’nalish bo’yicha (ulanish tekisligi boshqacha) sindirish ancha qiyin.
3. Ulanish tekisligi o’rtacha (masalan: dala shpatlari, magniy-kalsiy silikat va boshqa). Mineral bo’laklarida ulanish tekisligi ham tasodifiy yo’nalishlar bo’yicha notekis yuzalar ham aniq ko’rinib turadi. Ular maydalanganda yuzasi notekis bo’laklarga parchalanadi.
4. Ulanish tekisligi nomukammal (apatit, kassiterit, sof tug’ma oltingugurt va hokazo). Ulanish tekisligi yaqqol ko’rinib turmaydi, uni mineral parchasi sirtidan qidirib topishga to’g’ri keladi. Singan joylari odatda notekis yuzalardan iborat bo’ladi.
5. Ulanish tekisligi o’ta mukammal bo’lmagan, ya`ni haqiqatda ulanish tekisligi yo’q (korund, oltin, platina, magnetit va boshqa). Ularning deyarli ulanish tekisligi bo’lmaydi. Minerallarni bolg’a bilan urib sindirganda tasodifiy shakllar hosil bo’ladi.
Minerallarning sinishi
Minerallarning bu xususiyati ulanish tekisligi bo’lmagan minerallarga xosdir. Mineral urib maydalanganda u qonuniy yo’nalishda bo’lmagan tasodifiy yuzalar bo’yicha parchalansa, bu xususiyati uning sinish xossasi deyiladi.
Sinish yuzalari ba`zi minerallarni aniqlashda doimiy belgi sifatida muhim ahamiyatga ega. Yuza xarakteriga ko’ra sinishning bir necha turi ajratiladi.
1. Donador sinish (angidrit, magnetit, marmar, apatit, gipsning ba`zi turlari).
2. Kesaksimon sinish (gilli minerallar (kaolin, boksit, bo’r) uchun xarakterlidir.
3. Minerallar maydalanganda chig’anoqqa o’xshash yuzalar hosil bo’ladi.(kvars ,opal,xalsedon,magnezit)
4. Zirapchasimon sinish (asbest, kremen).
5. Ilmoqli sinish (oltin, kumush, mis) uchun xarakterlidir.
Yuqoridagi fizik xossalaridan boshqa yana minerallarning quyidagi fizik xossalari ham ularni o’rganishda yetakchi diagnostik belgilaridan hisoblanadi:
Minerallarning solishtirma og’irligi, magnitlik va elektrlanish xususiyati, radioaktivligi, ta`mi, hidi, yonuvchanligi, gigroskopikligi (nam tortuvchanligi), tovush chiqarish xususiyatlarini ham o’rganish ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir.

Download 18,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish