Minerallarning fizikaviy xossalari



Download 154,63 Kb.
bet1/4
Sana01.07.2022
Hajmi154,63 Kb.
#722412
  1   2   3   4
Bog'liq
Minerallarning fizikaviy xossalari


Minerallarning fizikaviy xossalari

Har bir mineral boshqalaridan o‘ziga xos belgilari bo‘yicha farqlanishi mumkin.


Juda ko‘pchilik minerallarni ko‘p mehnat talab etuvchi tadqiqotlarsiz xarakterli tabiiy xossalari majmuasi bo‘yicha aniqlash mumkin. Ko‘pchilik minerallar faqatgina o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu, ayniqsa rangining to‘qligi, sinish xarakteri, yaltiroqligi va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Minerallarning bu xarakterli xossalari diagnostik belgilar bo‘lib xizmat qiladi.
Ko‘pchilik minerallarni ishonchli diagnostika qilish tafsiliy tadqiqotlar, xususan sifatli kimyoviy reaksiya o‘tkazishni, zichligini, optik, mexanik va boshqa xossalarini aniqlashni talab etadi.
Minerallarning bosh xossalariga quyidagilar kiradi: morfologik xususiyatlari - kristallarning ko‘rinishi, qo‘sholoqlari, tomonlarining chiziqliligi; optik xususiyatlari - shaffofligi, rangi, chizig‘ining rangi, yaltiroqligi; mexanik xossalari - ulanishi, sinishi, qattiqligi, mo‘rtligi, bolg‘alanishi, elastikligi, zichligi hamda magnitligi, radioaktivligi va b.
Minerallarning morfologik xususiyatlari. Tabiatda qattiq minerallar asosan noto‘g‘ri shakllardagi donalar holida tarqalgan bo‘lib, shakli va o‘lchamiga bog‘liq bo‘lmasdan ichki kristall tuzilishga ega bo‘ladi. Tabiiy tomonlari juda yaxshi shakllangan kristallar juda kam uchraydi.
Kristallarning ko‘rinishi. Minerallar izometrik shaklda, bir va ikki yo‘nalishda cho‘zilgan bo‘lishi mumkin.
Kristallarning qo‘sholoqlari. Qo‘sholoq deb muayyan bir mineralning ikki kristalli birga o‘sganligiga aytiladi. Qo‘sholoqlar eritmada vujudga kelgan kristallchalarning o‘sishi vaqtida bir-biriga tutashishi va mexanik ta’siri hamda kristall moddalarning polimorf o‘zgarishi tufayli kelib chiqadi.
Minerallarning optik xossalari. Minerallarning shaffofligi - bu ularning nur yo‘nalishini o‘zgartirmasdan turib o‘zidan yorug‘lik o‘tkazish xususiyatidir. Shaffoflik mineralning kristall strukturasi, rangining yorqinligi, mayda dispers qattiq va gaz-suyuq qo‘shimchalarning mavjudligi, ularning tuzilishi, tarkibi va hosil bo‘lish sharoitlari xususiyatlari bilan bog‘liq. Minerallar shaffoflik darajasi bo‘yicha shaffof, yarimshaffof, chetlari oqaruvchi, noshaffof turlarga bo‘linadi.
Minerallarning rangi eng avvalambor beixtiyor inson diqqatini o‘ziga jalb qiladi va shuning uchun ham muhim belgilaridan biri sanaladi.
Yorug‘likning butun ko‘rinuvchi spektori bir tekis yutilganda vujudga keluvchi axromatik ranglarga misol qilib rangsiz tog‘ xrustali, sutsimon-oq kvars, kulrang osh tuzi va qora pirolyuzitni ko‘rsatsa bo‘ladi.
Mineral chizig‘ining rangi - bu uning kukun holidagi rangidir. Bunda mineral mumkin qadar mayda talqon qilinishi lozim.
Noma’dan minerallar chizig‘ining rangini aniqlashda oq notekis (g‘adir-budur) chinni plastinkadan (glazurlanmagan oq bezak plitasi, hovancha tubining ostki qismi, oq chinni idishning siniq parchalari va h.k.) foydalanilgan ma’qul. Ma’danli mineral chizig‘ining rangini aniqlashda qora rangli plastinkadan, masalan, liditdan (kvarsitning qora xili) foydalanish mumkin.
Mineral qattiq bo‘lganda plastinkada chizig‘ining rangini bilib bo‘lmaydi. Bunda mineral bolg‘a yordamida maydalanib, hovanchada kukunga aylantiriladi. Kukunining rangi oq fonda aniqlanadi.
Minerallarning yaltiroqligi. Yaltiroqlik ikki omil ta’sirida: kristalli muhitdan o‘tayotganda yorug‘lik nurining sinish ko‘rsatkichi va ushbu muhit tomonidan yutish koeffitsienti orqali vujudga keladi. Shaffof minerallarda eng yuqori sindirish ko‘rsatkichida kuchli olmossimon (nometalli) yaltiroqlik kuzatiladi. Sindirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan moddalar (masalan, oltingugurtli minerallar) odatda shaffofmas va metalsimon yaltiroqlikka ega bo‘ladi. Sindirish ko‘rsatkichining yuqoriligi va nur qaytarish yuzasining xarakteriga bog‘liq holda minerallar shishasimon, sadafsimon, yog‘simon, shoyisimon, xira va yaltiroqlikning boshqa turlariga ega bo‘ladi. Tabiatda o‘rtacha sindirish ko‘rsatkichi 1,3 - 1,9 bo‘lgan shishasimon yaltiroq minerallar son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etadi.
Yaltiroqlik minerallarning rangiga deyarli bog‘liq emas. Yaltiroqlikning quyidagi turlari ajratiladi: metalsimon, nometall, olmossimon, shishasimon, yog‘simon, mumsimon, saqichsimon, sadafsimon va shoyisimon. Ba’zan xira yaltiroqlik ham ajratiladi.

Download 154,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish