Mineralogiya va minerallar haqida tushincha


Rudali foydali qazilmalardan



Download 28,19 Kb.
bet3/5
Sana06.07.2022
Hajmi28,19 Kb.
#747847
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mineralogiya va minerallar haqida tushincha

2. Rudali foydali qazilmalardan O‘zbekiston hududida qora metallar (temir, titan, marganets, xrom), nodir metallar (volfram, molibden, kalay, vismut, simob, surma va boshqalar) topilgan.
Respublika hududida temir va titanning bir nechta konlari ochilgan. Bularning hosil bo‘lishi hududning geologik taraqqiyoti mobaynida sodir bo‘lgan vulkanik jarayonlar, cho‘kindi tog‘ jinslarining yotqizilishi hamda gidrotermal jarayonlar bilan bog‘liq. Vulkanik jarayonlar bilan bog‘liq temir rudalaridan biri Qorakalpogiston hududida joylashgan Tebinbuloq, Xisor tizmalaridagi Kazgantog‘, O‘zbekistonning sharkiy qismida joylashgan Syurenota, SHabrez, Mingbuloq, Ixnach, CHimgan va boshqalardir. CHo‘kindi tog‘ jinslari bilan bog‘liq qora metallar Orololdi, Qizilqum, Sulton Vays va boshqa joylarda borligi aniqlangan.
Vulkanik, cho‘kindidi va gidrotermal jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan marganets konlari Zarafshon, Zirabuloq, Koratepa va boshqa tog‘larda ochilgan. Biroq, ularning aniqlangan zaxiralari katta emas. Vulkanik jarayonlar bilan bog‘liq xrom konlari Tamditog‘, Sulton Vays tizmalarida topilgan.
O‘zbekiston hududida rangli metallardan misning ko‘plab konlari ochilgan. Konlarning uchtasidan (Qurama tog‘larining shimoliy yonbag‘irlarida Qalmoqqir, Sarichekuv, Dalnee) ma’dan qazib olinmoqda. Bu konlardan qazib olingan xom ashyo hisobiga Olmaliq tog‘ metallurgiya korxonasi ishlab turibdi. Konlardagi mis quyi paleozoy davriga mansub slanets, quyi devon davri effuzivlar, devon – toshkumir davrlari karbonat tog‘ jinslari hamda ularni o‘rta toshkumir davrida yorib chiqqan intruziv tog‘ jinslarida joylashgan. Bulardan tashqari, mis konlari O‘zbekistonning boshqa (Qizilqum, Janubiy O‘zbekiston) hududlarida ham borligi aniqlangan.
Qurg‘oshin va rux O‘zbekistonning ko‘pgina hududlarida topilgan. Bunday foydali qazilmalar Janubiy O‘zbekistondagi Xandizada ma’lum. Banday foydali qazilmalarga CHotkol – Qurama tog‘lari ancha boydir. Bu erlarda Qurg‘oshinkon, Miskon, Koshmansoy va boshqa konlar ochilgan.
Qurg‘oshin va rux konlari Jizzax viloyatidagi Uchqulochda, Toshkent viloyatidagi Konjaylau, Qulochaloq va boshqa joylarda ham ochilgan. Bulardan eng ahamiyatlisi Uchquloch konidir.
O‘zbekiston hududida nodir metallarning bir qancha konlari topilgan. Janubiy Nurota tog‘ tizmasidagi Langar, Kuytosh, Zirabuloq – Ziyovitdin tizmalaridagi Ingichka, CHakilkalon tizmasidagi YAxton, Kamangoron, Qoratepa tizmasidagi Jom, Sarikul, Sazagan va boshqa joylarda volfram konlari topilgan. Umuman O‘zbekistonda 6 ta katta volfram koni bor. 140 ga yakin joyda esa ozmi – ko‘pmi volfram borligi aniqlangan. Volfram konlari ichida Quytosh va Ingichka konlarida ko‘p yillardan beri bu ma’dan qazib olinmoqda.
O‘zbekistonning ba’zi hududlarida: Xisor tog‘ tizmalarining g‘arbiy qismida (Obizarang), Piskom tog‘larida (Oygaing), Qurama tog‘larida (SHaugaz) va boshqa joylarda molibden konlari ochilgan. Hozir molibden Olmaliqda boshqa ma’danlar bilan birga ko‘p miqdorda qazib olinmoqda. CHunki hozircha O‘zbekistonda sof molibden koni topilgan emas.
O‘zbekistonda 100 dan ziyod qalay konlari borligi aniqlangan. Lekin bularning hammasi kichik konlar bo‘lib, ulardan ma’dan qazib olinmaydi. Qalay konlari borligi Samarkand viloyatining Karnab chuli, Zirabuloq – Ziyovitdin tog‘larida, Toshkent viloyatining Maydontol, Kengkul, Sargardon, Oxangaron platosida va Jizzax viloyatining Nurota tizmalarida aniqlangan.
Vismut Piskom tog‘ tizmasining janubi – g‘arbiy qismida (Burchmulla qishlogi yaqinida) O‘rtasaroyda qazib olinmoqda. Bundan tashqari Qurama tizmasidagi Qizilgutda, CHotqol tizmasida Toshkesgenda va boshqa joylarda vismut borligi aniqlangan. Ular ko‘pincha qurgoshin – rux va mis – molibden rudalari tarkibida uchraydi. Vismutning ayrim uchoqlari Nurota, Zirabuloq – Ziyovitdin va Xisor tizmalarida ham ma’lum.
O‘zbekistonda 50 dan ziyod simob va surma konlari ochilgan. Biroq, ularning zaxiralari kam bo‘lganligi sababli, qazib olinmaydi. Lekin respublikada bir qancha simob konlari ochilishi mumkin bo‘lgan hududlar bor. Bularga Molguzor – Turkiston (Zomin ruda mintaqasi), Zirabuloq – Ziyovitdin (Oltinovul ruda mintaqasi). Qizilqum (Kuljuk – 1, Kuljuk – 2 va boshqa rudali mintaqalar) va boshqalar kiradi.
O‘zbekiston hududi asl metallarga boydir. Katta zaxiraga ega oltin konlari Qizilqum cho‘lida (Muruntog‘, Kokpatas va boshqalar) ochilgan va qazib olinmoqda. Bulardan tashqari Nurota, CHotqol, Qurama va boshqa qator joylarda kelajakda ochiladigan konlar va ruda ko‘rinishlari aniqlangan.
O‘zbekiston hududida bir nechta kumush konlari ham mavjuddir.

Download 28,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish