Mineralogiya va minerallar haqida tushincha


Minerallar va mineralogik tadqiqotlarning sanoatdagi ahamiyati



Download 28,19 Kb.
bet5/5
Sana06.07.2022
Hajmi28,19 Kb.
#747847
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mineralogiya va minerallar haqida tushincha

Minerallar va mineralogik tadqiqotlarning sanoatdagi ahamiyati. Sanoatning bironta ham sohasi yo‘kki, unda biron foydali qazilma yo bevosita xom holicha, yoki qaytadan to‘plangan mahsulot sifatida qo‘llanilmasin. Inson uchun temir rudalarini qazib, undan metallurgiya yo‘li bilan tayyorlangan turli navli cho‘yan va po‘latning muhim ahamiyatiga ega ekanligi hammaga ma’lum. Temir-sanoatning asosiy asab tomiridir. U metallurgiya, mishinasozlik, kemasozlik, temir yo‘l, ko‘priklar, temir-beton inshootlari, kon asbob-uskunalari, keng iste’mol mollari va h.q uchun asosdir. O‘z navbatida, faqat birgina temir metallurgiyasining o‘zi qazib chiqarilayotgan qattiq mineral yoqilg‘ining-koksa aylantiriladigan toshko‘mirning 40% ga yaqinini talab qiladi. Sanoat taraqqiyotida suyuq mineral yoqilg‘i-neft va uning qayta ishlangan mahsulotlari ham nihoyatda katta rol o‘ynaydi. YOnuvchi gazlarning ahamiyati ham kundan-kunga ortib bormoqda.
Rangli metallurgiya, elektr sanoati, kemasozlik, samalyotsozlik, mashinasozlik va bshqa sanoat tarmoqlarining rivojlanishida rangli metallar deb ataluvchi mis, rux, qo‘rg‘oshin, alyuminiy, nikel, kobalt rudalaridan ajratib olinadigan metallar muhim rol o‘ynaydi. Nodir metallar: volfram, molibden, shuningdek, titan, kobalt va boshqalar juda katta mudofaa ahamiyatiga egadir.
Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi mineral o‘g‘itlar kaliy minerallari (kaliy tuzlari), fosforli mineralla (aptit, fosforit), azotli minerallar (selitra) va boshqalardan keng foydalanishga bog‘liqdir. Masalan, sulfat kislota oltingugurtiga boy kolchedan (pirit)dan olinadi; juda ko‘p minerallar sof tug‘ma oltingugurt, selitra, plalarning minerallari kimyoviy preparatlar tayyorlashda ishlatiladi; rezina sanoatida oltingugurt, talk, barit; kislotalar bilan o‘tga chidamli mahsulotlar ishlab chiqarishda asbest, kvars, grafit va boshqalar;
Inson hayotida bezak toshlar ham katta rol o‘ynaydi. Ko‘pincha bezak va badiiy buyumlar ishlanadigan qimmatbaho toshlardan boshqa juda ko‘p rangdor toshlar ham bor, ular devorlarni bezash uchun ishlatiladi. Mamlakatimizdagi eng yaxshi inshootlar pushti rangli rodonit, rang-barang yashma, marmar, kvarsit bilan bezatiladi. Kvars, island shpati, sirkon va boshqa minerallardan soatlar va boshqa aniq mexanizmlar uchun podshipniklar tayyorlanadi. Olmos (karbonado), korund, granat, kvarslar abraziv material sifatida bumlarni edirish va ularga jilo berishda ishlatiladi. YUmshoq va yog‘langandek unnaydigan minerallar (talk, grafit) to‘ldiruvchilar sifatida mexanizmlarning ediriluvchi qismlarini moylash uchn ishlatiladigan moylarga aralashtirib ishlatiladi.
Minerallarning va ulardan qayta ishlash yo‘li bilan olinadigan mahsulotlarning ishlatilishi haqida yuqorida keltirilgan qisqacha ma’lumotlardan mineral xom ashyolarning xalq xo‘jaligida qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rinib turibdi.
Xalq xo‘jaligining o‘sib borayotgan talablarini qondirish maqsadlarida xom ashyo bazamizni bundan buyon ham uzluksiz ravishda kengayib borishini ta’minlash zarurligi munosabati bilan geologlar oldida hali katta vazifalar turibdi.
Ularning oldida faqat yangi konlarni topish va yangisi sanoat rayonlarida kam uchraydigan foydali qazilmalar zapaslarini ko‘paytirishgina emas, balki topilgan mineral boyliklarini o‘zlashtirishda qatnashish vazifasi ham turibdi. Bunda mineral xom ashyodan kompleks foydalanish, ya’ni xom ashyo tarkibidagi asosiy foydali qazilma bilan bir qatorda qolgan boshqa qimmatli komponentlarning hammasini ham ajratib olish masalasi muhim ahamiyatga sazovor bo‘lmoqda. Bu vazifani esa rudalarni batafsil mineralogik tekshirmasdan va ishlatayotgan xom ashyoning texnologiyasi xossalarini hisobga olmasdan turib bajarish mumkin emas.
Mineralogiyani bilish razvedka ishlarini, ayniqsa qidiruv ishlarini olib borishda muhim ahamiyatga ega. SHu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun avvalo, minerallarni batafsil aniqlay olish, ularning tabiatda topilish sharoitlarini, bir-biri bilan birga bo‘lish qonuniyatlarini va hokazoni bilish zarur. SHunday voqealar ham bo‘lganki, qidiruvchilar u yoki bu minerallarni to‘g‘ri aniqlay almaganliklari tufayli sanoat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan konlarini topa olmasdan o‘tib ketganlar. Er yuziga chiqib turgan konlarni qidirishda ruda konlarining oksidlanish zonasining mineralogiyasi xossalarini bilish va shularga qarab er osti suvlari sathidan pastda yotgan birlamchi rudalar tarkibini aniqlashni o‘rganish ham muhim.
Bundan tashqari, minerallarning bir qator xususiyatlari (magnit tortuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligi, solishtirma og‘irligi va boshqalar) foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilishning geofizika usullarini (magnitometrik, elektrorazvedka, gravimetrik va boshqalar) ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega.
Qazib olinayotgan rudalarning sifat xususiyatlarini o‘rganish kon geologlarining asosiy vazifalaridan biridir. Mineralogiyani bilmasdan turib bu vazifani ham hal etib bo‘lmaydi. Kon geologi har kuni yangidan-yangi qazilgan joy devorlari bo‘ylab rudasi bor jinslar holatini kuzatar ekan, rudalar mineralogik tarkibining fazoviy o‘zgarishlari qonuniyatlarini boshqa birovdan ko‘ra yaxshiroq biladi, bu esa qazib chiqarish ishlarini boshqarishda ham juda muhim ahamiyatga egadir.
Qazib chiqarilgan rudalar ko‘p hollarda eritishdan avval yoki texnologik jihatdan ishlanmasdan avval maxsus fabrikalarda mexanik yo‘l bilan boyitiladi, ya’ni bo‘sh jinslardan ajratiladi yoki rudalar har xil yanchib boyitish maxsus joylarda, shu bilan birga ularning har xil xususiyatlarini: solishtirma og‘irligi, magnit tortuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligi, flotatsiyalovchi reagentlarga munosabati va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda olib boriladi. Rudalarni tashkil etuvchi mineral donalarini katta-kichikligi bilan ularning bir-biri bilan yopishib o‘sish xarakteri ham katta ahamiyatga ega. Mana shu hamma masalalarni hal qilishda, foydali qazilmalarni boyitish ilmiy tekshirish institutlarining mineragrafiya laboratoriyalarida olib boriladigan maxsus mineralogik tekshirishlar katta rol o‘ynaydi. Biroq mineralogik tekshirish usullarini bilgan har qaysi geolog rudalarining mineralogik tarkibi bilan tuzilishini maqsadga muvofiq ravishda tekshirib borar ekan, boyitish paytida qaysi rudalarning qanday holatda va qaerda bo‘lishi haqida to‘g‘ri xulosalar chiqara olishi va boyitishning qaysi usulida qanday komponentlari qancha miqdorda yo‘qoladi va uning qaysi sababdan ekanligini oldindan aytish mumkin.
SHunday qilib foydali qazilma konlarini mineralogik tekshirish, ularni qidirish va razvedka ishlaridagina emas, balki sanoatning konlari qazib chiqarish va rudalarni ishlash bo‘yicha tarmoqlarida ham juda muhim ahamiyatga egadir.

Download 28,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish