«Mintakaviy iktisodiyot va buxgalteriya xisobi» kafedrasi «Yashil iqtisodiyot» fanidan



Download 1,2 Mb.
bet43/62
Sana29.04.2022
Hajmi1,2 Mb.
#594424
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   62
Bog'liq
Яшил ИқтисодиётУМК

Energiya samaradorligi. Jahon amaliyotida energiya tejamkorligini oshirishning turli yo'llari mavjud. Jumladan, Xitoy qayta tiklanadigan energiya manbalarini o‘zlashtirishga qaratilgan yirik ob’ektlami qurish. Gennaniya qayta tiklanadigan energiya manbalarini o‘zlashtirishning keng tannoqli tizimini rivojlantirish, AQSh esa harbiy tadqiqotlar orqali energiya tejamkorligini oshirish strategiyasi va tashabbuslami ilgari surish yoiini tanlagan. Koreya Respublikasi esa butunlay boshqa yo‘lni tanlab, elektroenergiya ishlab chiqarish tizimini erkinlashtirish (raqobatni rag‘batlantirish maqsadida) va energiya tizimida IT-infrautzilmasini rivojlantirishga harakat qihnoqda. Bunda energiya tejamkorligini oshirishda intellektual (“aqili”) mikro tarinoqlardan foydalanish ko‘zda tutilgan.
Koreya Respublikasi hukumati tomonidan “yashil iqtisodiyof’ni shakllantirish strategiyasi doirasida energiya tejovchi texnologiyalami ishlab chiqarishga joriy etish borasida 2008 yildan boshlab “aqili tizim” (Smart Grid) strategiyasi ilgari surilmoqda. Ushbu strategiyani amaiga oshirishda asosiy e’tibor intellektual tizimli stansiya (Smart Grid Station (SGS)) va orol mikrotarmoqlari, deb nomlangan shahar tipidagi modulli konsepsiyani ishlab chiqishga qaratildi. Bu boiadagi Koreya Respublikasi strategiyasi AQShning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida qo‘llab-quvvatlash va mikrotarmoqlar orqali barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan harbiy strategiyasiga asoslanadi.
Koreya Respublikasi hukumati 2008 yilda Chedju orolida intellektual tarmoqlar uchun tajriba maydonini qurish uchun 76,6 mlrd. Von (66 mln. doll.) ajratdi. Xususiy investorlar tomonidan ajratilgan inablag'lar bilan birgalikda ushbu loyiha uchun jami 172,7 mlrd. von (149 mln. doll.) sarflandi215. Tajriba maydonida quyidagi texnologik sohalar ishlab chiqildi:
Aqlli energiya tizimi (Smart Power Grid) -elektr uzatish tarmoqlarini avtomatik tikiash tizimi va elektrga bo'lgan talabni intellektual monitoring qilish orqali elektr bilan ta’minlash sifati va ishonchliligini oshirish.
Aqlli iste’molchilar - iste’molchilar uchun intellektual uy-ro‘zg‘or buyumlarini (jumladan, smart-metrlarga asoslangan, ya"ni real ish davomida energiya iste’moli to‘g‘risida ma’lumot berib boruvchi mahsulotlar) ishlab chiqish orqali energiya iste’molini tejash;
Intellektual transport - elektromobillami quvvatlash uchun umummilliy infratuzilmani yaratish va “Tarmoqda avtomobil” (V2G) tizimini yaratish (elektr energiyasidan foydalanish darajasi past davrlarda avtomobillami quvvatlash va elektr energiyasidan foydalanish darajasi yuqori davrlarda ortiqcha eiektrni qayta sotish);
Qayta tiklanadigan intellektual energiya manbalari - elektroenergiyasini uzatishning mikrotarmoqlarini o'rnatish orqali uylar, binolar va fabrikalarda energiya ta’minotini oshirish;
Aqlli elektr xizmatlari (Smart Electricity Services) - elektroenergiya bozorida raqobatni kuchaytirish, yangi biznes modcllar hisobidan energiya iste’moli darajasini pasaytirish.
Ushbu strategiyani amalga oshirishda 168 ta koreya va xorijiy kompaniyalar ishtirok etdi. KEPCO kompaniyasi ushbu sohani rivojlantirish uchun 2030 yilga qadar 7 mlrd. dollar investitsiya sarflashini e’lon qildi.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra Koreya Respublikasi 2019 yilda barqaror rivojlanish uchun yo‘naltirilan obligatsiyalaming yetakchi emitentiga aylandi. Jahonda barqaror rivojlanish sohasidagi loyihalar uchun yo'naltirilgan obligatsiyalar miqdori 16.4 mlrd. dollarni tashkil etdi va uning 16%i Koreya Respublikasi hissasiga to‘g‘ri keldi. Mamlakat emitentlari tomonidan chiqarilgan “Yashil obligatsiyalar” miqdori 2013-2019 yillarda 0,5 mlrd. dollardan 5,8 mlrd. dollargacha yoki 11,6 martaga o‘sgan216.
“Yashil iqtisodiyot”ga o'tish jarayonini jadallashtirishda Koreya Respublikasi hukumati tomonidan qabul qilingan “Tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish rejasi 3020 (“RE3020”)” dasturi va “Vodorod iqtisodiyoti bo‘yichayo‘l xaritasi” muhim ahamiyatga ega.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish