Mintaqaviy iqtisodiyot


Mintaqaviy iqtisodiyot fanining o’rganish ob’ekti, boshqa fanlar ichida tutgan o’rni, iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashdagi roli



Download 17,82 Kb.
bet2/3
Sana02.03.2022
Hajmi17,82 Kb.
#478262
1   2   3
Bog'liq
1-маъруза матни

3. Mintaqaviy iqtisodiyot fanining o’rganish ob’ekti, boshqa fanlar ichida tutgan o’rni, iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashdagi roli
Mintaqaviy iqtisodiyot ijtimoiy fan hisoblanadi. U muayyan hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etadi, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni o’rganadi. Mintaqaviy iqtisodiyot iqtisod nazariyasi, sotsiologiya, tarmoqlar iqtisodi, iqtisodiy geografiya, demografiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan uzviy aloqador. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi mamlakat xo’jaligining hududiy tashkil etilishi bilan chambarchas bog’liq. Mintaqaviy iqtisod va siyosatning nazariy va amaliy muammolarini o’rganish (renta munosabatlari, hududiy ijtimoiy jarayonlar va h.k.) iqtisod nazariyasini yanada boyitadi, yangi ilmiy xulosalar chiqarish imkonini beradi. Mamlakatimizda ijtimoiy va demografik yo’nalishdagi tadqiqot ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
“Mintaqaviy iqtisodiyot” va “Iqtisodiy geografiya” fanlari olib borayotgan ilmiy tadqiqotlarning maqsadlari o’zaro o’xshash. Amaliy jihatdan ular iqtisodiyot hududiy tuzilmasini takomillashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish masalalari bilan shug’ullanadilar. Lekin tadqiqot uslublari va yo’nalishlari bo’yicha tafovutlar mavjud. Mintaqaviy iqtisodiyot texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimiga tayanadi, ishlab chiqarish kuchlarini hududiy rivojlantirishda iqtisodiy samaradorlikni hisoblash usullarini keng qo’llaydi, ishlab chiqarishni joylashtirishning iqtisodiy boshqarish mexanizmini o’rganadi.

4. Mintaqaviy iqtisodiyot fanining asosiy tamoyillari va usullari
Shuning uchun mintaqaviy iqtisodiyotda ko’pgina iqtisodiy omillarni (mehnat unumdorligi o’sishi, milliy daromadni hududiy taqsimlash, renta munosabatlari, asosiy fondlarning tarkibi va samaradorligi, baho va tariflarning hududiy tafovutlari va h.k.) chuqur tahlil etiladi va shular asosida ushbu fan ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy yo’nalishlarini belgilaydi. Mintaqaviy iqtisodiyot bo’yicha tadqiqot ishlarini olib borishda bir qancha ilmiy uslublardan foydalaniladi. Ulardan eng muhimlari quyidagilar:
Tizimli tahlil. Ushbu uslub bosqichlilik tamoyiliga asoslanadi (maqsad qo’yish, vazifani aniqlash, ilmiy taxminni bayon etish, tarmoqlarni joylashtirish xususiyatlarini har tomonlama o’rganish); u tarmoqlar tuzilmasi, ularning o’zaro aloqadorligini o’rganish imkonini beradigan ilmiy bilish uslubidir.
Tizimlash uslubi. U o’rganilayotgan hodisalarni alohida belgilariga ko’ra guruhlarga ajratish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda tasniflash, turlash, umumlashtirish va boshqa usullar qo’llaniladi. Balans uslubida iqtisodiy tahlillar tarmoq va hududiy balanslar yordamida tushuntiriladi.
Iqtisodiy-geografik tadqiqotlar uslubi o’z navbatida yana 3 tarkibiy qismdan iborat: hududiy usul (ijtimoiy ishlab chiqarishni joylashtirish va rivolantirish yo’llarini mintaqaviy darajada o’rganish); tarmoq uslubi (tarmoqlar iqtisodiyotini geografik jihatdan tadqiq etish); mahalliy uslub (ishlab chiqarishni uning birinchi bo’g’ini - alohida shahar, aholi punkti darajasida joylashtirish va rivojlantirishni o’rganish).
Kartografik uslub. Ushbu uslub ishlab chiqarish xususiyatlarini ko’rgazmali aks ettirish imkonini beradi.
Iqtisodiy-matematik modellashtirish (mintaqa iqtisodiyoti rivojlanishining hududiy mutanosibliklarini modellashtirish, mintaqa xo’jaligini tarmoqlar bo’yicha modellashtirish, mintaqa xo’jalik majmualarining shakllanishini modellashtirish).
Taksonomik uslub. Ushbu jarayon muayyan hududni unga bo’ysunuvchi iyerarxik taksonlarga ajratib chiqishdan iborat. Taksonlar - iyerarxik pog’onaning quyi bosqichlarini egallab turgan ma’muriy-hududiy birliklar hisoblanadi. Masalan, viloyatga nisbatan tuman va shaharlar.
Ijtimoiy so’rovlar uslubi. Ular juda xilma-xil: standart holda intervyu; alohida tarmoqlar vakillari bilan yakka tartibda suhbat, olimlar, mutaxassislar va mintaqalar rahbar xodimlarining ochiq chiqishlari bo’yicha dalillarning tahlili va b.q.
SHunday qilib, mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni o’rganish nihoyatda ko’plab usul va vositalarga tayanadi. Ulardan mintaqashunos mutaxassislar o’zlarining ish jarayonlarida, shu bilan birga, talabalar va aspirantlar kurs, diplom ishlari va dissertatsiyalarini yozish davomida foydalanishlari mumkin.


Download 17,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish