Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti (OʻzMU)


Oʻzbekiston Milliy Universiteti



Download 108,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana01.01.2022
Hajmi108,89 Kb.
#305713
1   2   3   4   5
Bog'liq
Oʻzbekiston milliy universiteti - Vikipediya (1)

Oʻzbekiston Milliy Universiteti 

(O'zMU)

Fayl:National University of Uzbekistan Logo.jpg



Xalqaro nomi

National university of Uzbekistan



Asos solingan

1918


Oʻquv yurti turi

Universitet



Rektori

Inom Madjidov



Talabalari

25 000 dan ortiq

[1]

Fakultetlar

14

Bakalavriat

4 yil

Magistratura

2 yil


Aspirantura

3 yil


Doktorantura

3 yil


Manzili

Toshkеnt-100174, Talabalar shaharchasi, Mirzo

Ulug`bеk nomidagi O`zbеkiston Milliy

univеrsitеti, O`zbekiston

Tarixi



universitet olimi P.B. Grabovskiy. I.F. Belyanskiy bilan birgalikda elektron nur yordamida

harakatdagi tasvirni bir joydan boshqa joyga uzatadigan va qabul qiladigan „radiotelefot“

apparatini yaratdilar. 1928-yildan universitet ftlari asosida mustaqil tarmoq institutlar,

jumladan, Oʻrta Osiyo paxtachilik instituti, Oʻrta Osiyo paxtachilik va irrigatsiya politexnika

instituti (hozirgi Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti), Oʻrta Osiyo tibbiyot instituti,

Tojikiston qishloq xoʻjaligi instituti, Tojikiston agronomiyaped. instituti, Turkmaniston

zooveterinariya instituti, Oʻrta Osiyo irrigatsiya muhandislari va texniklari instituti, Oʻrta Osiyo

geol.qidiruv instituti, Oʻrta Osiyo industrial instituti (hozirgi Toshkent texnika universiteti),

Oʻrta Osiyo ipakchilik instituti, Oʻrta Osiyo moliyaiqtisod instituti (hozirgi Toshkent iqtisodiyot

universiteti) va boshqalar institut hamda ilmiy tekshirish muassasalari tarkib topdi. 1931-yil

untda biol., texnika, fizikamat., ishchi ftlari ishladi. 1935-yil tarix, tuproqshunoslikgeol.geogr.

ftlari tashkil topdi. 1938-yil sirtqi boʻlim ochildi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45)dan oldingi

davrda universitet oʻqituvchilar tarkibi uni tugatgan milliy kadrlar (T.N.QoriNiyoziy,

T.Z.Zohidov, T.A.Sorimsoqov, O.S.Sodiqov va boshqalar) hisobiga kengaydi. 1941-yil noyabrda

Oʻzbekiston Davlat Universiteti (hozirgi Samarqand universiteti) SAGUga qoʻshildi (1945-yil

yana ajralib chiqdi). Filol. (1942), sharq (1944), geogr. (1945), geol.tuproqshunoslik (1945)

ftlari tashkil etildi. 1943-yil aprelda aspirantura kengaytirilib, doktorantura ochildi. universitet

olimlari 1943-yil Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasshtnt tashkil topishi va

rivojlanishida asosiy rol oʻynadilar. Keyingi yillarda universitet faoliyati yanada kengaydi, oʻquv

jarayonlari takomillashdi, ilmiy tadqiqotlarlar yuksaldi. 1991-yil sharq va yuridik ftlari negizida

Toshkent sharqshunoslik instituti, Toshkent yuridik instituti tashkil topdi. Universitetda 14 ft

(fizika, mexanikamat., kimyo, biol.tuproqshunoslik, geogr., geol., oʻzbek filol.si, xorijiy filol.,

jurnalistika, tarix, falsafa, ijtimoiy-siyosiy fanlar, iqtisodiyot, huquqshunoslik), ft maqomidagi

tillar markazi, tayyorlov boʻlimi, 102 kafedra, Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti, Oliy

pedagogika instituti, Amaliy ekologiya va tabiatdan unumli foydalanish ilmiy tekshirish

boʻlimi, botanika bogʻi, 16 ilmiy laboratoriya, milliy qadriyatlar markazi faoliyat koʻrsatadi.

Shuningdek, oʻquv, oʻquvuslubiy, aspirantura, marketing, ichki nazorat va monitoring,

rejamoliya, hisob, kadrlar boʻlimlari, magistratura markazi, bosh muhandis xizmati va

boshqalar mavjud. Universitetda 3 mln. dan ortiq asarga ega 14 ta kutubxona (ulardan 13 tasi

ftlar qoshida) faoliyat koʻrsatadi. Kutubxonada toshbosma va nodir qoʻlyozmalar fondi bor.

Unt 34 taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar, 108 mutaxassislik boʻyicha magistrlar

tayyorlaydi. 68 mutaxassislik boʻyicha aspirantura, 20 mutaxassislik boʻyicha doktorantura

mavjud. 2005-yil 164 aspirant, 16 doktorant, 127 tadqiqotchi ilmiy tekshirish olib bordi, 14

ixtisoslashgan kengash (9 doktorlik va 5 nomzodlik) 30 mutaxassislik boʻyicha faoliyat

koʻrsatadi. 2004/05 oʻquv yili untda 10250 talaba taʼlim oldi, 1059 professoroʻqituvchi,



jumladan, 136 fan doktori va professor, 387 fan nomzodi va dotsent ishladi. universitet

professor oʻqituvchilari orasida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining

akademiklari (A.A.Abduvahobov, J.A. Azimov, T.A.Azlarov, Sh.A.Alimov, Sh.A.Ayupov,

T.N.Dolimov, T.J.Joʻrayev, T.S.Yoʻldoshboyev, A.T.Mamadalimov, J.A.Musayev,

M.M.Musaxonov, A.R.Muhammadjonov, T.M. Moʻminov, N.A.Parpiyev, S.Sh.Rashidova,

M.Salohiddinov, Sh.I.Solihov, N.Yu.Sotimov, B.O.Toshmuhamedov, S.Sh.Shermuhamedov va

boshqalar) bor. Universitetda muhim fan tarmoqlari boʻyicha ilmiy maktab va yoʻnalishlar

yaratildi. Xususan, universitet olimlarining mat. va mexanika (V.I.Romanovskiy, T.A.

Sarimsoqov,S.H. Sirojidsinov, Sh.Q. Farmonov, T.A.Azlarov, M.S. Salohiddinov,A.S. Sadullaev,

Sh.A. Ayupov, Sh.O.Alimov, M.T.Oʻrozboyev, A.Begmatov), fizika (S.V.Starodubsev, O.

Xolmuhamedov, Sh.Otajonov, S.U. Umarov, R.X.Mallin, kimyo (O.S.Sodiqov, R.Tillayev,

K.S.Ahmedov, Oʻ.N.Musayev, S.Sh.Rashidova, Sh.T.Tolipov), biol. (Ye.P.Korovin, T.Z.Zohidov,

A.T.Toʻlaganov, A.Vahobov), tuproqshunoslik va agrokimyo (S.N.Rijov, X.A.Abdullayev),

biokimyo va biofizika (Yo.X.Toʻraqulov), baland togʻlarni oʻzlashtirish (I.A.Raykova), genetika

(JA.Musayev), geol. (A.S.Uklonskiy, O.I.Islomov, T.N.Dolimov), geogr. (L.N.Korjenevskiy,

A.Soliyev, Z.M.Akramov, H. H. Hasanov), falsafa (A.T. Ayupov, K.S.Sodiqov, E.Yusupov, S.

Shermuhamedov, J.M.Boboyev, I.Rahimov), tarix (V.V.Bartold, A.A.Semyonov),

huquqshunoslik (H. S.Sulaymonova, O.E.Eshonov, Sh.Z.Oʻrazayev), sharqshunoslik

(Sh.Shomuhamedov), filol. (Gʻ.K.Karimov, O.Sharafiddinov, S.D. Dolimov, A.Gʻ.Gʻulomov,

L.P.Qayumov, B.Qosimov, U.Normatov, A.Abduazizov, Sh.Rahmatullayev), psixologiya

(E.Gʻoziyev), sotsiologiya (N.Aliqoriyev) sohasidagi tadqiqotlari mashhur.

Uni tashkil topgandan beri 110 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlandi (2005). Universitetda

taniqli shoir va yozuvchilardan Oybek, M.Avezov, A.Qahhor, A.Muxtor, P.Qodirov, O.Yoqubov,

Oʻ.Hoshimov, Oʻzbekiston Qahramonlari O.Sharafiddinov, A.Oripov, E.Vohidov va boshqalar

oʻqigan.

Unda „OʻzMU xabarlari“ jurnal (1997) va „Milliy universitet“ gaz. (1918) chiqadi. universitet oʻz

bosmaxonasiga ega boʻlib, unda har yili prof, oʻqituvchilarning 100 dan ortiq ilmiy asar va

oʻquv metodik adabiyotlari nashr etiladi.

1918-1918 — 

Munavvarqori Abdurashidxon oʻgʻli

1918-1918 — Aleksey Vasilyevich Popov

1918-1919 — 

Gleb Nikanorovich Cherdansev

Rektorlar




1919-1920 — 

Nikolay Dimo

1920-1921 — Andrey Fedorovich Solkin

1921-1926 — 

Abram Lvovich Brodskiy

1926-1927 — A. A. Znamenskiy

1927-1930 — Boris Grigoryevich Gorodetskiy

[2]


1930-1931 — M. A. Segal

1931-1931 — M. G. Antropov

1931-1932 — N. M. Murodov

1932-1933 — 

Toshmuhammad Qori-Niyoziy

1933-1936 — Vasiliy Yakovlevich Yarotskiy

1936-1942 — S. D. Muraveyskiy

1942-1943 — 

Sulton Umarov

1943-1944 — 

Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov

1944-1945 — Ya. E. Veliyev

1945-1950 — 

Sulton Umarov

1950-1952 — 

Tesha Zohidov

1952-1958 — 

Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov

1958-1966 — 

Sodiqov Obid Sodiqovich

1966-1971 — 

Saʻdi Sirojiddinov

1971-1983 — 

Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov

1983-1987 — 

Saʻdi Sirojiddinov

1987-1990 — 

Alimov Shavkat Orifjonovich

1990-1992 — 

Yusupov Erkin

1992-1996 — 

Toʻxtamurod Joʻrayev

1996-2004 — 

Toʻrabek Dolimov

2004-2006 — R. R. Ashurov



2006-2017 — Gʻofurjon Isroilovich Muxamedov

[3][4]


2017-2021 — Avazjon Rahimovich Marahimov

2021-h.v. — Inom Urishevich Madjidov




Download 108,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish