Mirzo ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti arxeologiya yo‘nalishi O’rta Osiyoda Islom Madaniyati Tarixi Fani


ABUL MUIN NASAFIY VA UNING “BAHRUL KALOM” ASARI



Download 123 Kb.
bet2/3
Sana29.12.2021
Hajmi123 Kb.
#84535
1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish Abu Mu'in an-Nasafiy

ABUL MUIN NASAFIY VA UNING “BAHRUL KALOM” ASARI

Bahrul kalom” kitobi:

Ushbu “Bahrul kalom” kitobini o‘rganib, tahqiq qilgan va nashrga tayyorlagan olim Valiyiddin Muhammad Solih Farfur uning sharhlari va hoshiyalari izlab ko‘rilganda unga birgina sharh yozilgan bo‘lib, uni hijriy 867, milodiy 1463 yilda vafot etgan alloma Badriddin Hasan ibn Abu Bakr Ahmad Maqdisiyning “G‘oyatul marom fiy sharhi bahrul marom” deb nomlangan sharhi ma’lum bo‘lganini aytib o‘tgan.

Abul Muiyn Nasafiy o‘zining “Bahrul kalom” kitobini yozishda asosan quyidagi o‘zak kitoblardan foydalangan:

Imom Abu Mansur Moturidiyning “Kitabut Tavhid”

Imom Abul Hasan Ash’ariyning “Kitabul Lam’”

Imom Abul Hasan Ash’ariyning “Maqolatul Islomiyyin”

Imomul Haromayn Abul Mao’liy Abdulmalik Juvayniyning “Kitabul irshod” asarlari.

Abul Muin Nasafiy rahmatullohi alayh ushbu kitobida haqiqatga olib boruvchi munozara uslubini qo‘llagan. Muallif o‘zining ushbu kitobida o‘zining e’tiqodiga ko‘plab Qur’on oyatlari va sahih hadislardan dalillanganiga guvoh bo‘lamiz. Muallif aqoid fanidan kitob tasnif qilgan boshqa ulamolardan ushbu xususiyati bilan alohida ajralib turadi. Uning ushbu tarzda dalillanishi shar’iy dalillar bilan dalillanishga o‘ta kuchli ekaniga dalolat qiladi.

Bahrul kalom” asarining tarkibiy tuzilishi:

“Bahrul kalom” asari oltmishdan ziyod mavzuni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularning ba’zilari quyidagilar:

Muallif muqaddimasi. Barcha kitoblarda bo‘lgani kabi bu kitob ham dastlab muallif muqaddimasi bilan boshlanadi.

Munozara va jadal haqidagi fasl. Bu fasl kitobdagi eng qisqa fasl bo‘lib unda muallif munozaraning hukmi haqida, ya’ni uni bid’atchilarning so‘zlariga zid ravishda joiz deb aytgan. Faqat unda u qachonki riyo yoki obro‘, maqtov va dunyoga erishish uchun bo‘lsa makruh bo‘ladi, deb ta’kidlab qo‘ygan.

Alloh taolo maxluqotni yaratib Miysoq kuni Odam alayhi salomning belidan chiqarganligi haqidagi fasl. Ushbu faslda Alloh taolo insoniyatni miysoq kuni Odamning belidan chiqarib, yaratgan paytda ular mo‘min ham kofir ham bo‘lmaganliklari, so‘ngra, ularga iymon va kufr taklif qilingani, iymonni tanlab, uni e’tiqod deb qabul qilganlar mo‘min, Iymonni tanlamaganlar esa kofir bo‘lganini bayon qilgan.

Shu o‘rinda yana jabariylarning “Alloh taolo mo‘minlarni mo‘min holda, kofirlarni kofir holatda yaratdi degan e’tiqodiga ham raddiya berib o‘tgan.

Aql egasi bo‘lib, vahiy yetib kelmagan va Robbisini tanimagan kishi haqidagi fasl. Ushbu faslda muallif aqlini tanigan kishiga unga vahiy yetib bormagan bo‘lsa, uning o‘zi ham Robbisini tanimagan bo‘lsa, u uzrli hisoblanadimi yoki yo‘qmi, degan masalada so‘z yuritib, moturidiylarning “unday kishi uzrli bo‘lmaydi” degan so‘zini keltirib, bunga Qur’on oyatlari bilan dalillangan.

Mavjudotlarning ikki xil bo‘lishi haqidagi fasl. Bu faslda muallif asosan barcha mavjudotlarning ikki xil bo‘lishini, ya’ni qadim va muhdas bo‘lishini keltirgan. U Alloh taolodan boshqa barcha narsani muhdasdir va qadim esa, faqatgina U zotning o‘zi ekanligini bayon qilgan.

Alloh taoloni “Shay’” deb nomlash joizligi haqidagi fasl. Alloh taoloni maxluqotlar kabi “shay’” lafzi bilan nomlash joiziligi haqidagi ushbu faslda muallif U zoti taoloni shunday deb nomlash mumkinligini keltirgan.

Mushabbihalarning “Alloh taoloni yaltirab turuvchi nur” deb aytishlari haqidagi fasl. Bu faslda mushabbihalarning Alloh taoloni “nur” deb atash joiz degan so‘zlariga raddiya berilgan.

Mo‘tazilalarning “Alloh taoloni ko‘rish mumkin emas” degan so‘zlari haqidagi fasl. Bu mavzu asosan mo‘tazilalarning Alloh taoloni ko‘rish mumkin emas degan e’tiqodlari asosida paydo bo‘lgani uchun unda faqat mo‘tazilalarga raddiya berib o‘tgan.

Qur’on Alloh taoloning qadim kalomi ekanligi haqidagi fasl. Ushbu fasl ham kalom ilmida juda ko‘p bahs qilinadigan mavzudir. Bunda muallif najjoriya, mutaqqashifa, mo‘tazila va jahmiyalarga raddiya bergan.

Rizqlar taqsimlangan, ma’lum va taqvodorlarning taqvolari sababli ziyoda bo‘lmasligi haqidagi fasl. Ahli sunna val jamoa rizqlar taqsimlangan, ma’lum. U taqvodorlarning taqvosi sababli ko‘paymaydi. Fojirlarning fujurlari sababli kamaymaydi, deb aytadi”. Abul Muin Nasafiy ushbu so‘zlarini Qur’ondan oyatlar bilan birga aqliy dalillar ham keltirgan.

Xavorijlarning “Kim gunohi kabira qilsa, kofir bo‘ladi”, degan so‘zlari haqidagi fasl. Bu faslda Xavorijlarning “Gunohi kabira qilgan kishi kofir bo‘ladi. Ali roziyallohu anhu bog‘iylar va xavorijlarni o‘ldirishga buyurganligi sababli kofir bo‘lgan”, degan so‘zlariga raddiya berib o‘tilgan.

Payg‘ambarlarga hisob va qabr azobi va so‘roq qilinish yo‘qligi haqidagi fasl. Bu haqda Abul Muin Nasafiy payg‘ambarlarning barchalariga xisob-kitob, azob va qabrdagi so‘roq bo‘lmasligini aytgan.

Mo‘tazila, rofiziy va jahmiyalarning “Avliyolarning karomati botil” degan so‘zlari haqidagi fasl. Ushbu bahs ham aqoid masalalarida juda ko‘p uchraydigan va ko‘p ixtiloflarga sabab bo‘lgan bahsdir. Muallif ushbu faslda kimlar avliyolarning karomatini inkor qilishini aytib, ularning dalillarini ham batafsil keltirgan.

Mo‘tazilalarning “Me’roj bo‘lmagan” degan so‘zlari haqidagi fasl. Ushbu kitobda asosan mo‘tazilalarga raddiya berilgani sababli bu fasl ham ularning Me’roj voqe’asi bo‘lmagan degan so‘zlariga raddiya berish uchun yozilgan.

Mo‘tazilalarning shafoat borasida firqalanib ketishi haqidagi fasl. Ushbu faslda muallif mo‘tazila mazhabining shafoat masalasi borasida qilgan ixtilofini keltirgan.

Yahudiylarning “Shari’atning nasx bo‘lishi joiz emas” degan so‘zlari haqidagi fasl. Bu faslda shari’atlarni nasx bo‘lishini inkor qiladigan yahudiylarga qarshi yozilgan.

Bahrul kalom” asarining o‘ziga xos xususiyatlari:

Ushbu kitob o‘zining bir necha xususiyatlari bilan boshqa kitoblardan ajralib turadi. Shulardan biri muallif bu asarda boshqa kitoblarda uchramaydigan, bo‘lsa ham juda oz so‘z yuritilgan bir necha mavzularni jamlagan. Quyida mana shu mavzulardan dolzarb bo‘lganlari haqida so‘z yuritiladi:

Ilm aqldan afzal ekanligi haqidagi fasl.

Bu faslda ilmning aqldan afzalligi bayon qilingan. Boshqa aqida kitoblarda ilm haqida so‘z ketganda uni ko‘proq sabablari, ya’ni ilm maxluqot uchun nimalar orqali hosil bo‘lishi keltirilgan. Ilmning bir necha ko‘rinishda aqldan afzal ekanini bayon qilib o‘tgan.

Aql egasi bo‘lgan, Islomga da’vat qilish yetib kelmagan va Robbisini tanimagan kishi haqidagi fasl.

Muallif ushbu faslda balog‘atga yetib, aqlini tanigan kishiga Robbisiga iymon keltirish haqida xabar yetib kelmagan bo‘lsa uning hukmi nima bo‘lishi, u uzrli hisoblanadimi yoki hisoblanmaydimi, shu haqda haqida bahs yuritilgan.

Bu borada muallif moturidiylar bilan ash’ariylar o‘rtasidagi farqni ham bayon qilgan. Ash’ariylarga ko‘ra, vahiy haqida xabar yetib kelmagan kishi uzrli bo‘lib, unga dalil bilan Robbisini topishi lozim emas. Ularning bu boradagi hujjatlari: “Biz bir rosul yubormagunimizcha, ularni azoblamaymiz” (Isro;15), oyatidir.

Alloh taologa nisbatan “yad” kalimasini ishlatilishi haqidagi fasl.

Ushbu mavzu aqida kitoblarida juda ko‘p ixtilof qilinadigan masaladir. Bu masala haqida Qur’oni karimda kelgan oyatlar mutashobih oyatlar deb ataladi. Mutashobih oyatlarning turlari ko‘p. Bunday oyatlarning navlaridan biri Alloh taoloning sifatlari bayon qilingan oyatlardir. Ushbu oyatlardan nima iroda qilingani haqida juda ko‘p bahs qilinganidan mutashobih oyatlar deganda zehnga dastlab ushbu oyatlar keladigan bo‘lib qolgan. Ahli sunna val jamoa ulamolari mutashobih oyatlar haqida qanday e’tiqod qilish lozimligini shar’iy dalillar asosida isbotlab berganlar. Mazkur ulamolar ushbu masala to‘g‘risida umumiy ikki guruhga bo‘linadilar:

Tafviyz qiluvchilar, (ya’ni, iroda qilingan ma’noni Allohga topshiruvchilar).

Ta’vil qiluvchilar, (ya’ni, muhkam oyatlarga muvofiq qilib ma’no beruvchilar).

Tafviyz qiluvchilar deganda ahli sunna val jamoa ulamolarining jumhuri tushuniladi. Ta’vil qiluvchilar deganda esa zarurat taqozosiga ko‘ra ta’vil qilishga ruxsat bergan ozchilik ulamolar tushuniladi.

Biz bahs qilayotgan “Bahrul kalom” asari muallifi ham ahli sunna val jamoaning tafviz qiluvchilar guruhiga kiradi. Buni biz muallifning asarida ham ko‘rishimiz mumkin: “Biz aytamiz, oyatlarda kelgan “yad” so‘zidan murod quvvat va qudrat yoki ne’matdir, deb aytish joiz emas. Chunki Alloh taolo O‘zining kalomida: “Ey, iblis, “ikki qo‘lim” bilan yaratgan narsaga sajda qilishdan seni nima man etdi?!”, deb aytgan. Agar oyatdagi “yad” dan quvvat iroda qilinganida edi, u ikki qudrat va ikki quvvat bo‘lgan bo‘lar edi. Alloh taologa nisbatan ikki quvvat va qudrat ishlatilishi joiz emas. Chunki Alloh taoloning quvvati maxluqotlarning quvvatiga xilof o‘laroq foniy ham bo‘lmaydi, kamaymaydi ham”.

Karromiyalarning “Alloh taolo arshga qaror topgan” degan so‘zlari haqidagi fasl.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, biz suyanadigan moturidiya mazhabi ulamolari “Qur’on va sunnatda kelgan lekin amaliyotga taalluqli joyi bo‘lmagan narsalarni ta’vil qilishga urinish shart emas. Balki uning sobitligiga va undan iroda qilingan narsaning haqiqati nima bo‘lsa o‘shanga iymon keltirdim degan e’tiqodda bo‘lish lozimdir”, deganlar.

Iymon bu til bilan iqror bo‘lish va qalb bilan tasdiq qilish ekanligi haqidagi fasl.

Bu faslda kelgan “iymon” so‘zi asli nima degan savolga ahli sunna val jamoa ulamolari iymonning rukni haqida bir-biridan farqli uch xil qarashni aytganlariga guvoh bo‘lamiz.

Mo‘tazila va xavorijlarning “Agar gunohi kabira qilsa, qibla ahlining qonlari halol bo‘ladi” degan so‘zlari haqidagi fasl.

Muallif dastlab bu faslda mo‘tazila va xavorijlarning so‘zlarini keltirib, so‘ngra ularga qarshi dalillarni atroflicha keltirib o‘tgan.

Payg‘ambar alayhimus salomlarning adadlari haqidagi fasl.

Muallif ushbu faslda payg‘ambarlarning adadini qaydlamasdan, barcha payg‘ambarlarga iymon keltirishni salomat e’tiqod deb bayon qilgan. Bunga sabab – agar ular muayyan adadga qaydlansa, payg‘ambar emaslarni payg‘ambar deb e’tiqod qilish yoki payg‘ambarlarning ba’zilarini payg‘ambar emas deb e’tiqod qilish vujudga kelishi mumkinligidir.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, buyuk tarixga ega bo‘lgan zaminimizda yetishib chiqqan buyuk ajdodlarimizning bebaho merosini tiklash, ularn o‘rganib, hayotimizga tadbiq qilish bizni va yosh avlodni hozirgi kunda paydo bo‘layotgan turli buzg‘unchi oqim va firqalarga kirib ketishdan asraydi. Aynan ushbu “Bahrul kalom” kitobi ularga raddiya berishda yetarli manba bo‘lib xizmat qiladi.




Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish