Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Unversiteti Jizzax filiali Amaliy matematika fakulteti tabiiy va iqtisodiyot fanlar kafedrasi «Iqtisodiyot» yoʻnalishi 926-21-guruh talabasi Qahhorova Obidaxon Shukur qizining «Iqtisodiyot



Download 42,71 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2022
Hajmi42,71 Kb.
#684092
  1   2
Bog'liq
иктисод назария 1 referat



Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Unversiteti Jizzax filiali Amaliy matematika fakulteti tabiiy va iqtisodiyot fanlar kafedrasi «Iqtisodiyot» yoʻnalishi 926-21-guruh talabasi Qahhorova Obidaxon Shukur qizining «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan “Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlash usullari” mavzusida yozgan
MUSTAQIL ISHI
2022 yil

REJA:

1. Iqtisodiy muvozanat.

2. Iqtisodiy muvozanatni ta’minlash shart-sharoitlari.

3. Iqtisodiy muvozanatni aniqlash usullari.


Iqtisodiyot barqaror rivojlanishi uchun uning turli tomonlari o'rtasida ma’lum muvozanat bo'lishini taqozo qiladi.


Iqtisodiy muvozanat deb, iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga teng kelgan holatiga aytiladi. Shuning uchun ham butun iqtisodiyotning muvozanati to‘g‘risida gap borganda eng awalo, yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi tenglik e’tiborga olinadi.
Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatning shakllanish jarayoni, uni ta'minlash ancha murakkab va ziddiyatli. Chunchiga xususiy va umumiy tavsifdagi bir qator muvozanatlar tizimini oladi. Xususiy muvozanat - bu ikkita o‘zaro bog'liq bo‘lgan iqtisodiy ko'rsatidchlar yoki iqtisodiyot tomonlarming miqdoran teng.
Xususiy muvozanat ishlab chiqarish va iste’mol, aholining sotib olish layoqati va tovar taklifi masalalari, byudjet daromadlari va xarajatlari, alohida tovarlarga talab va taklif o'rtasidagi muvozanat ko'rinishida namoyon boMadi. Bu muvozanatlar ichida Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlab o'tganlaridek: «...ichki bozorda talab bilan taklif o'rtasida mutanosiblikka erishish, ya’ni chiqarilgan pul miqdori bilan unga sotib olinadigan mollar salmog'i o'rtasida to'g'ri nisbatni ta’minlash g'oyat katta rol o'ynaydi».
1 Umumiy muvozanat jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zaro teng kelishini bildiradi. Umumiy iqtisodiy muvozanat bozor sharoitida, avvalo, yalpi talab va yalpi taklifning teng kelishida ko'rinadi. Bu nafaqat iste’mol ne’matlariga, balki ishlab chiqarish vositalariga, ishchi kuchiga hamda barcha iqtisodiy faoliyat natijalariga umumiy talab va taklifning muvofiq kelishidir. Umumiy iqtisodiy muvozanat bir qator shart-sharoitlarni taqozo etadi. Birinchidan, bu ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlarning mos kelishidir.
Ikkinchidan, iqtisodiy muvozanat mamlakatdagi barcha iqtisodiy resurslardan samarali foydalanadigan xo'jalik mexanizmini taqozo qiladi.
Uchinchidan, muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi iste’molning tarkibiy tuzilishiga mos kelishi lozimligini bildiradi.
To'rtinchidan, iqtisodiyotda muvozanatning umunsy shart- sharoitlari bo'lib bozor muvozanati, ya’ni barcha asosiy bozorlar (tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va> hokazolar)da talab va taklif muvozanatga erishishi xizmat qiladi.
Iqtisodiy muvozanat erkin raqobat bozorida barcha xari- dorlar tengligi, iqtisodiy vaziyat barqarorligi kabi qator shart- sharoitlarni ham taqozo qiladi. Chizmadan ko'rinadiki, yalpi sarflar hamda ishlab chiqarish hajmi o'rtasidagi tenglik ushbu ko'rsatkichlar joylashgan o'qlarning o'rtasidan 45° burchak ostida o'tuvchi to'g'ri chiziq orqali ifodalanadi. Haqiqatan ham bu to'g'ri chiziqning har qanday nuqtasidan chiqarilgan yotiq va tik yo'nalishdagi chiziqlar teng miqdorlarni ko'rsatadi. S chizig'i esa, iste’mol sarflari miqdorini aks ettirib, daromad (ya’ni SMM) hajmi oshib borishi bilan uning darajasi ham o'sib boradi. Yalpi sarflar (S+In) chizig'ini hosil qilish uchun iste'mol sarflarining (S) turli hajmiga mos tushuvchi sof investitsiyalar (In) miqdori qo'shib boriladi. Bu o'rinda tadbirkorlar tomonidan amalga oshirish ko'zda tutilayotgan investitsiyalar hajmi daromad darajasiga bog'liq emas, deb qabul qilinadi. Shu sababli yalpi sarflar chizig'i iste’mol sarflari chizig'idan In miqdoriga teng uzoqlikda joylashadi.Chizmada iqtisodiy muvozanatga E nuqtada erishiladi, ya’ni aynan shu nuqtada ishlab chiqarilgan sof milliy mahsulot hajmi (SM M e ) iste’mol qilingan mahsulot hajmiga (S+In)E teng keladi. To‘la bandlik sharoitida yalpi sarflar SMM hajmi bilan mos kelmasligi mumkin. Bu mos kelmaslik chizmada retses- sion yoki inflyatsion farq ko'rinishida ifodalangan.
Yalpi sarflarning SMM hajmidan kam bo'lgan miqdori retsession farq, yalpi sarflarning SMM hajmidan ortiqcha bo'lgan miqdori in- flyatsion farq deyiladi. JamgKlassik nazariya qarashlariga ko'ra, jamg'arma investitsiya manbai boMib, jamg‘armaga nisbatan moyillikning yuqori darajasi muqarrar ravishda iqtisodiyotning yuksalishiga olib keladi. Keynscha nazariya esa klassik talqinga qarshi chiqib, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon o'zgacha kechishi ta’kidlanadi.
Chunki, rivojlangan mamlakatlarda jamg‘armaga bo'lgan intilish investitsiyalashga boMgan intilish- dan jadalroq borib, u quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
Birinchidan, yuqori foyda keltiruvchi kapital qo'yilmalarning muqobil imkoniyatlari qisqarib boradi. Natijada kapital jamg‘arishning o'sishi bilan uning amal qilishining keyingi qo'shilgan samaradorligi pasayib boradi.
Ikkinchidan, rivojlangan mamlakatlarda daromadlarning o'sishi bilan jamg'armaning ulushi oshib boradi.
Shunga ko'ra, jamg'arma hajmi investitsiya sarflari hajmidan oshib ketsa, jamg'arma egalari muvaffaqiyatsizlikka duchor bo'ladilar. Bu holatni iqtisodiy adabiyotlarda «tejamkorlik paradoksi» tu- shunchasi orqali izohlanadi. Bu paradoksning mohiyati shundan iboratki, investitsiyalar nazariy jihatdan avtonom va hosilaviy investitsiyalarga ajratilib, avtonom investitsiyalar milliy daromad hajmi va uning o'zgarishiga bog'liq bo'lmasa, hosilaviy investitsiyalar milliy daromadning o'zgarishiga ham bog'liq bo'ladi. Aynan avtonom investitsiyalarga qo'shimcha ravishda o'sib boruvchi hosilaviy investitsiyalar iqtisodiy o'sishni kuchaytirishi, uni jadallashtirishi natijasida akselerator samarasi ro'y beradi («akselerator» tushunchasi jadallashtiruvchi degan ma’noni anglatadi). Hosilaviy investitsiyalarning iqtisodiy tabiatidagi o'ziga xoslik shundaki, u milliy daromadning o'sishiga qanchalik uz- viy bog'liq boMsa, uning qisqarishiga ham shu darajada ta’sirchan bo'ladi. Ya’ni, iqtisodiyotdagi daromadlarning o‘laroq, hosilaviy investitsiyalarning milliy daromad hajmiga bog'liqligini ko'rsatadi Chizmadan ko'rinadiki, iqtisodiyotdagi jamg‘arma hajmi S dan S| ga qadar o'smoqda. Natijada, jamg‘armaning investitsiya bilan muvozanat nuqtasi E dan E| ga ko‘chdi. Biroq, bu o‘sish E nuqtadagi milliy daromad hajmi ON ning E| nuqta- dagi ON | hajmiga qadar qisqarishiga olib keldi. Tegishli ravishda investitsiya hajmi ham EN darajadan E(N| darajaga qadar qisqardi. E|EoE nuqtalarini tutashtirish natijasida hosil boMuvchi uchburchak yuzasi jamg‘arma hajmining o'sishi natijasida investitsiya imkoniyatlarining qisqarishini, EEo kesma esa, investitsiyalarning qisqarishini ko'rsatadi. Aynan shu holat, ya’ni jamg'armalarning o'sishi natijasida investitsiyalarning qisqarishi «tejamkorlik paradoksi» mohiyatini namoyon etadi.Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari balans usulidan hamda xarajat va natijalarni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi. Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi «Xarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqar- ishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori bilan olingan mahsulot hajmini taqqoslash orqali muvozanat darajasi tahlil qilinadi. ko'ra, ularning barchasini uniumlashtirib mutanosiblikning quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin Umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi tarkibiy qismlar: iste’mol fondi va jamg‘arish fondi o'rtasidagi; iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o'rtasidagi; aholining daromadlari bilan xarajatlar o'rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko'rsatish mumkin.Tarmoqlararo mutanosibliklar.
Milliy iqtisodiyotning muvozanatini ta’minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alo- hida o'rin tutadi. Mamlakat xalq xo'jaligi juda ko'p tarmoq va sohalardan iborat bo'lib, ularning rivojlanishi bir-birini taqozo qiladi. Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste’mol qilinadi yoki pirovard mahsulotga aylantirilib, o'z iste’molchisini topadi. Masalan, qishloq xo‘jalik mahsulotlarning ko‘pchilik qismi (paxta, g'alla, pilla, sut va h.k.) sanoal- ning tegishli tarmoqlarida qayta ishlanib, pirovard mahsulotga aylantiriladi va iste’molchilik tovarlari bozoriga chiqariladi. O’z navbatida sanoatning ishlab chiqarish vositalari yaratadi- gan sohalarning mahsulotlari xalq xo'jaligining boshqa tarmo- qlari (qishloq xo‘jaligi, qurilish va h.k.)da unumli iste'mol qilinadi. Bu ularning bir-biriga bog‘liqlikda rivojlanishini taqozo qiladi. Tarmoqlararo mutanosibliklarga sanoat bilan qishloq xo'jaligi va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari o'rtasidagi mutanosibliklar misol bo'ladi. Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoqlararo mu- tanosiblik va milliy ishlab chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarmoqlar ichidagi mutanosiblik orqali ta’minlanadi. Tarmo- qlar ichidagi mutanosiblik alohida olingan tarmoq tarkibidagi soha va ishlab chiqarishlar o'rtasidagi bogMiqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning ishlab chiqarish vositalari va iste’mol bu- yumlari ishlab chiqaradigan sohalari, qishloq xo'jaligining dehqonchilik va chorvachilik sohalari o'rtasidagi mutanosibliklar va h.k. Shu bilan birga, ta’kidlab o'tilgan sohalarning ichidagi tarkibiy bo'linmalar o'rtasida ham bogMiqlik boMishi zarur. Masalan, sanoatning qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari, chorvachilikning sut va go'sht ishlab chiqarish sohalari o'rtasida va boshqalar. Hududiy (territorial) mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojla- nish mamlakat ayrim hududlari o'rtasidagi bogMiqlikni ham taqozo qiladi. Yuzaki qaraganda hududlar o'rtasidagi mu- tanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to'liq namoyon boMmaydi. Lekin alohida hududiy bo'linmalar (viloyat, tuman, shahar va boshqa hududiy birliklar)ning bir- biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog'liqligi, ixtisoslashish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuqtai nazaridan qaralsa, bu bog'liqlikning ahamiyati yaqqol ko'rinadi. Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko'pchilik mam- lakatlari xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biri bilan bog'langan, ikkinchidan, shu bog'liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o'z iste’molining bir qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobiga qondiradi. Bu bog'liqlik qanchalik katta bo'lsa, sof eksport hajmi orqali makroiqtisodiy muvozanatlikka shunchalik kuchli ta’sir ko'rsatadi.
Qarab chiqilgan mutanosibliklarga erishish orqali milliy ishlab chiqarishning muvozanatli rivojini ta’minlab borishdan quyidagilar ko'zda tutiladi:
— mamlakatda mavjud bo'lgan iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda jamiyatning ehtiyojlarini to'laroq qondirib borish;
— to'la bandlilikka erishish, ya’ni mehnat qilishga layoqatli bo'lgan va ishlashni xohlaganlarni to'liq va samarali ish bilan ta’minlash;
— narx-navoning nisbiy barqarorligiga erishish va uni in- flyatsiya ta’siridan xoli qilish;
— iqtisodiyotning bir maromda o'sib borishini etarli dara- jada investitsiya bilan ta’minlash va muomaladagi pul mas- sasiga bog'lab borish;
— eksport va importni muvoflqlashtirish asosida tashqi savdo balansining faolligiga erishish.
Bu maqsadlar faqatgina ularga intilish bo'lib, bunga erishish muqarrar ekanligini bildirmaydi. Chunki mutlaq muvozanatga erishish mumkin emas, u buzilib va qaytadan tiklanib turishi orqali iqtisodiy o'sish notekis boradi.



Download 42,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish