Missionerlik



Download 30,6 Kb.
Sana21.01.2022
Hajmi30,6 Kb.
#398469
Bog'liq
6-mavzu missionerlik


MISSIONERLIK” TUSHUNCHASINING MAZMUNI.MISSIONERLIK TAHDIDIDAN OGOHLIK.

REJA:

I.KIRISH:



II.ASOSIY QISM:

1.Missionerlik tushunchasi

2. Missionerlik: mohiyat, maqsadlar va oqibatlari.

3.Missionerlikning tashkil topishi.



III.XULOSA:

IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Kirish


Missionerlik (missiya soʻzidan), tabshir, mubashshirlik — biror dinga eʼtiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targʻib qilish. Missionerlik, asosan, xristianlikka xos.

13—16-asrlarda xristian missionerligi Hindiston, Xitoy, Yaponiyaga kirib bordi. Katolik cherkovida missionerlik Ispaniya va Portugaliya imperiyalari tashkil topgach (15—16-asrlar), faoliyatini kuchaytirdi. Missionerlik Rim imperiyasiga yangi yerlarni oʻz taʼsiri ostiga olishda katta yordam berdi. Katolik missionerligiga rahbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662-yilda Diniy targʻibot kongregatsiyasini taʼsis etdi.

Missionerlik 19-asrda faollashdi, ayniqsa, xristian missionerlari Afrikada faoliyatlarini kuchaytirdilar va oʻz mamlakatlarining siyosatini oʻtkazishga yordam berdilar

Oʻzbekiston Respublikasining „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida“gi qonuni 5-moddasiga koʻra, Oʻzbekistonda har qanday missionerlik faoliyati man etiladi.

Missionerlik haqida gap ketar ekan, avvalo ushbu tushunchaning lug‘aviy va istilohiy ma'nolarini tushunib olish muhim ahamiyatga egaligini alohida qayd etish lozim.

Ushbu so‘z lotin tilidagi “missio” fe'lidan olingan bo‘lib, “yuborish”, “vazifa topshirish”, missioner esa “vazifani bajaruvchi” degan ma'nolarni anglatadi. Missionerlik esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmuini bildiradi.

Turli lug‘at va kitoblarda missionerlikka ko‘plab ta'riflar berilgan. Jumladan, har yili qayta nashr etiladigan “World Book” (Jahon kitobi) ensiklopediyasida “Missioner biror diniy guruh tomonidan boshqalarni o‘z diniga targ‘ib qilish va kiritish uchun yuborilgan inson”, - degan fikr qayt etilgan. Moskva shahrida nashr etilgan “Kirill va Medofiyning katta ensiklopediyasi”da esa “Missionerlik biror diniy birlashma vakillarining o‘z e'tiqodini boshqa din vakillari orasida yoyish harakati”, - degan ta'rif keltirilgan.

Umuman olganda, turli lug‘atlar va manbalarda bayon etilgan ta'riflar bir-biriga juda yaqin va o‘xshash bo‘lib, ularga tayangan holda quyidagi xulosani chiqarish mumkin: missionerlik - bir dinga e'tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilishni anglatadi. Shunday ekan, har bir so‘z, har bir tushunchani o‘zimizcha tahlil qilmasdan, uning asl mazmun-mohiyatini chuqur anglashimiz va uni o‘zimizga to‘g‘ri targ‘ib qila olishimiz lozim bo‘ladi.

Missionerlik: mohiyat, maqsadlar va oqibatlari. Missionerlik so‘zi lotincha “missio” felidan olingan bo‘lib, “yuborish”, “vazifa topshirish”, missioner esa “vazifani bajaruvchi” degan manolarni anglatadi. Missionerlik bo‘lsa, belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmuini bildiradi. “Word Book” ensiklopediyasida “Missioner biror diniy guruh tomonidan boshqalarni o‘z diniga targ‘ib qilish va kiritish uchun yuborilgan inson”, degan izoh berilgan.

Prozelitizm biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaratilgan harakatlarni anglatadi. U o‘z mohiyatiga ko‘ra missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi. Prozelitizm harakatlari boshqa dinni qabul qilgan tub millat vakillari oilalarida nizolar va janjallarning avj olishiga hamda xristianlikning ayrim yo‘nalishlari vakillariga nisbatan dushmanlik hissiyotlarining paydo bo‘lishi orqali dinlararo nizolarning kelib chiqishiga zamin yaratadi. Bugungi kunda missionerlar dunyodagi barcha mamlakatlarda faoliyat yuritadilar. Konkret mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanishga harakat qilish zamonaviy missionerlikning eng muhim xususiyati hisoblanadi. Zamonaviy missionerlikni, belgilangan maqsadlarning mohiyatidan kelib chiqib, shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin.

Birinchi guruhga missionerlikni o‘ziga xos biznesga, shaxsiy boyish manbaiga aylantirgan tashkilotlarni kiritish mumkin. Bunday tashkilotlar asoschilari e’tiqod qiluvchilar sonini ko‘paytirish orqali ularning mulki va boyligiga egalik qilish va shu yo‘l bilan o‘zlarining moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilash va kengaytirishdek maqsadlarni ko‘zlaydilar. Zamonaviy sektalarning mutlaq ko‘pchiligini shu guruhga kiritish mumkin.

kkinchi guruhga missionerlikdan siyosiy qurol sifatida foydalanayotgan tashkilot va uyushmalarni kiradi. Bunday guruhlar ortida muayyan hududlarga nisbatan o‘zining aniq geosiyosiy rejalariga ega bo‘lgan davlatlar va siyosiy kuchlar turadi.

Missionerlar o‘z maqsadlariga erishish uchun xilma-xil va turli davrlarga mo‘ljallangan dasturlar ishlab chiqqanlar. Xristian nazariyotchilaridan biri Luis Bush xristian missionerlari alohida e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan hudud – shimoliy kenglikning 10 va 40-parallellari orasida joylashgan, deb hisoblab, uni “10/40 OYNA”, deb atagan edi. Ushbu parallellar orasi esa buddaviylik, konfutsiychilik, hinduiylik, islom, sintoizm va daosizm dinlari keng tarqalgan hududlar hisoblanadi. Bu hududda Osiyoning 40ga yaqin, Afrika qitasining 20dan ortiq davlati joylashgan. Zamonaviy geosiyosatchilar ushbu hudud yirik davlatlar uchun hayotiy-amaliy va geostrategik ahamiyatga ega ekanini qayd qiladilar.

Holbuki, din milliy manaviyatning tarkibiy qismi, millatni birlashtirib turuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Bir tilda gaplashadigan, umumiy tarix va yagona davlatga ega bo‘lgan, ammo turli dinlarga yoki diniy yo‘nalishlarga e’tiqod qiladigan millatlar hamon ichki milliy birlikni taminlay olmayotgani, kichkina bir sabab qayta-qayta nizoli vaziyatlar va fuqarolar urushining kelib chiqishiga zamin yaratayotgani va mamlakatlar o‘z taraqqiyotida o‘nlab yillarga orqada qolib ketayotgani esa afsuslanarlidir. Masalan, Livan aholisining 90 foizidan ortig‘ini arablar tashkil etadi. Rasmiy til arab tili hisoblanadi. Ammo livanliklarning bir qismi islomga (sunniy, shia), qolgan qismi xristianlikka (pravoslav, katolik) e’tiqod qilishi natijasida milliy birlikni ta’minlash qiyin kechmoqda. Mamlakatning amaldagi qonunchiligida davlat boshqaruv idoralarining diniy belgilar asosida shakllantirilishi mustahkamlab qo‘yilgani esa, ko‘pgina hollarda xilma-xil omillar tasirida uning to‘laqonli faoliyatiga to‘siq bo‘lmoqda.

Musulmonlar va xristianlar o‘rtasida vaqti-vaqti bilan kelib chiqayotgan fuqarolar urushi bo‘lsa bu birlikni taminlashni yanada mushkullashtiradi.

Missionerlar o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishadigan bo‘lsalar, ular faoliyat olib borayotgan mamlakatlarda xalqning parokandalikka yuz tutishi va manaviy tanazzulning kelib chiqishi shubhasizdir.

Bugungi kunda islom diniga nisbatan butun dunyoda qiziqish va intilish kuchayib, uning xayrixoh va tarafdorlari ko‘payib borayotgani hech kimga sir emas. Buning asosiy sababi muqaddas dinimizning haqqoniyligi va pokligi, insonparvarligi va bag‘rikengligi, odamzodni doimo ezgulikka chorlashi, hayot sinovlariga o‘zini oqlagan qadriyat va an’analarni ajdodlardan avlodlarga yetkazishdagi beqiyos o‘rni va ahamiyati bilan bog‘liq.     Xalqimizning ma’naviyatini shakllantirishga, har qaysi insonning Alloh marhamat qilgan bu hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashi, umrning mazmunini anglashi, avvalambor, ruhiy poklanish, yaxshilik va ezgulikka intilib yashashida uning ta’sirini boshqa hech qanday kuch bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g‘arazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va bo‘htonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga to‘g‘ri tushuntirish islom madaniyatining ezgu-g‘oyalarini keng targ‘ib etish vazifasi hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Bir necha diniy ekstremistik oqim va yo‘nalishlar faoliyati tobora keskinlashib borayotgan bir davrda muqaddas islom dinimizga va milliy ma’naviyatimiz hamda qadriyatlarimizga rahna solishga urinayotgan noislomiy yo‘nalishlardan biri bu Missionerlik yo‘nalishidir. 

Missionerlik to‘g‘risida so‘z ochganda, avval uning kelib chikishi va rivojlanishi davriga to‘xtalib o‘tish lozim bo‘ladi.

“Missionerlik” tushunchasi umumiy ma’noda biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar o‘rtasida boshqa dinni targ‘ib qilish ma’nosini anglatadi. Missionerlik, asosan xristianlik diniga xosdir. Bunday harakat xristianlik dini qadimiy Vizantiya imperiyasining davlat dini sifatida e’lon qilingan davrdan buyon amalga oshirilib kelmokda. Xristian ruhoniylari dastavval missionerlik harakatini Yevropa va Yaqin Sharqdagi ko‘pxudolikka e’tiqod qilib kelgan aholini yakkaxudolikka da’vat qilish bayrog‘i ostida olib bordilar. Shu tariqa IVasrda paydo bo‘lgan xristian missionerligi XIII-XVI asrlarda Hindiston, Xitoy, va Yaponiyaga kirib bordi.

Katolik cherkovida esa missionerlik Ispaniya va Portugaliya imperiyalari tashkil topgach (XIII-XVIasrlar) da taraqqiy etdi.

Missionerlik harakati Buyuk Rim imperiyasiga yangi yerlarni o‘zlashtirishga katta yordam berdi. Katolik missionerligiga raxbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662 yilda “Diniy targ‘ibot kongregatsiyasi” ni ta’sis etdi.

XIX asrga kelib esa missionerlik yangidan faollashdi.Ushbu harakat vakillari bo‘lgan missionerlar o‘z faoliyatlarini Afrikada keng tarzda yoyib, o‘z mamlakatlarining siyosatini o‘tkazishga yordam berdilar.

Missionerlarning turli davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida olib borayotgan faoliyati xristianlikni targ‘ib qilishda maxsus adabiyotlar, audio va videokassetalarni mahalliy tillarda tayyorlash va bepul tarqatish masalalariga e’tibor qaratadilar.

Yuqoridagi kabi misollarni yana davom ettirish mumkin. Ammo shularning o‘zi ham missionerlik harakati turli din vakillari o‘rtasida hamda musulmonlar orasida dinlararo va millatlararo nizolarni keltirib chiqarishga zamin yaratish mumkin ekanligiga dalolat beradi.     

AQShda asoslangan "Samaritan hamyoni" nomli xayriya tashkiloti xodimlari Mozambikda kunini ibodat bilan boshlaydi.

"Missiyamiz odamlar hayotini saqlab qolish va Iso Masih umidini ulashish", - deydi jamoa yetakchisi Nik Bekert.

"Samaritan hamyoni" Iday to'fonidan aziyat chekkan Mozambik xalqiga yordam berish uchun kelgan ko'plab diniy-gumanitar tashkilotlardan biri.

AQSh hukumatidan millionlab dollar grant oluvchi bu tashkilotlar, federal qonun talabiga ko'ra, davlat moliyalaydigan ishlarga diniy da'vatni aralashtirmasligi kerak.

"Samaritan hamyoni" qonun talablariga rioya qilishini, dindorlik hayotning uzviy qismi ekanini aytadi.

"Iso Masih umidini ulashish odamlarni dinga majburlashni bildirmaydi. Ayniqsa, yordam olishning sharti bu degan gap yo'q", - deydi Bekert.

Ba'zi tanqidchilar "Samaritan hamyoni"ni din va davlat ishini aralashtirib yuborayotganlikda ayblaydi. Tashkilot islomni yovuz deb atagan injilchi rahnamo Frenklin Grem tomonidan boshqariladi.

"To'g'risini aytsam, "Samaritan hamyoni" haqida jiddiy xavotirlarim bor. O'ta konservativ bu nasroniy tashkilotning maqsadi odamlarni o'zining diniga o'tkazish", - deydi huquq faoli Robert Boston.

Bostonga ko'ra, missioner tashkilotlar diniy ishlari uchun federal grantlardan foydalanmasligi kerak. Ularning hukumat moliyalagan loyihalarga faqat nasroniylarni ishga olishi ham noto'g'ri, deydi u. Tashkilotning Malayziyada musulmonlarni nasroniylikka undagani tanqidlarga uchragan.

Gumanitar yordamni diniy e'tiqoddan ayirib bo'lmaydi, deydi tashkilot rahbari Grem.

"Qiynalayotgan odamlarga yordam berish yo'llarini qidiramiz va buni Iso Masih nomi bilan qilamiz. Biz nafaqat yordam beramiz, balki Xudo ularni yaxshi ko'rishini, ularga g'amxo'r ekanini ham o'rgatamiz", - deydi diniy rahnamo.



Faollarning noroziligiga qaramay, Amerika prezidentlari diniy-gumanitar tashkilotlarni qo'llab-quvvatlab keladi. Shu bois davlatdan mablag' olish va jiddiy cheklovlarsiz gumanitar yordam ko'rsatish ularga qiyin emas.

MA'NAVIY TAHDIDLAR VA MISSIONERLIK

Keyingi yillarda yurtdoshlarimizni buzg'unchilik, qo'poruvchilik, soxta tariqatchilik, missionerlik singari guruhlar fitnasidan ogohlantirish niyatida bir qancha kitoblar chop qilinmoqda. Bu asarlar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
2011 yili “Movarounnahr” nashriyotida tayyorlangan «Ma'naviy tahdidlar: missionerlik va prozelitizm (mohiyati, kelib chiqishi, shakllari, muammolar)» kitobining ham bu boradagi ahamiyati katta. Kitob O'zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar taraqqiyotini muvofiqlashtirish qo'mitasining granti asosida chop etilgan. Uni Imom Buxoriy xalqaro markazi direktori o'rinbosari, falsafa fanlari doktori Baxtiyor To'raev boshchiligida ijodiy guruh, ushbu sohaning yetuk mutaxassislari tayyorlashgan.
Asar ommabop tilda yozilgan, unga ko'p kitobxonlarni qiziqtirgan ma'lumotlar jamlangan. Birinchi bobda mamlakatimizda davlat va din munosabatlari borasida olib borilayotgan demokratik o'zgarishlarning mohiyati hamda diniy ma'rifatni yuksaltirish sohasida erishilayotgan yutuqlar va diniy siyosatning huquqiy asoslari tahlil etilgan. Ushbu bobning keyingi qismida diniy qadriyatlar ma'naviyatimizning ajralmas bo'lagi ekani, unga qarshi qaratilgan tahdidlar batafsil ta'riflab 
berilgan.
Navbatdagi bobda ma'naviy hujumlarning turlari, shakllari va uning asosiy yo'nalishlari haqida ma'lumotlar o'ziga xos tarzda ilmiy tasnif qilingan. Jumladan, bunday keltiriladi: “Buzg'unchilar, missionerlar ...jamiyat hayotining barcha jabhalariga putur yetkazishi, jamiyat boshqaruvida tartibsizlik va parokandalikni vujudga keltirishi, ijtimoiy kuchlarni bir-biriga qarama-qarshi guruhlarga ajratib tashlashi, ijtimoiy qatlamlar, millatlar, dinlar va konfessiyalararo ziddiyatlarni 
tug'dirishi, mamlakatning ijtimoiy barqarorligini butunlay izdan chiqarishi mumkin”. Shu bobning ikkinchi qismida ma'naviy tahdidlarning alohida bir turi – missionerlik va prozelitizm haqida ham ma'lumot beriladi. Bobning uchinchi qismida esa missionerlikning vujudga kelishi, rivojlanish tarixi hamda ularning O'zbekiston va Markaziy Osiyodagi faoliyati tahlil qilingan.
Missionerlikning targ'ibot vositalari, usullarini yoritishga bag'ishlangan bobda ularning ta'sir etish usullari, qo'llanmasi, moliyaviy manbalari, targ'ibot yo'nalishlari, salbiy oqibatlari haqida ma'lumotlar keltirilib, ularga qarshi kurash borasidagi muammolar tahlil qilingan.
Missionerlikka qarshi kurashning ma'naviy-ma'rifiy va huquqiy asoslari batafsil yoritilgan bobda yoshlarni ularning changalidan asrashda siyosiy madaniyatning o'rni, missionerlarning e'tiqod erkinligi asoslarini qanday buzayotgani haqida asosli dalillar keltirilgan. Bundan tashqari, missionerlikka qarshi kurashda mahalla, davlat va jamoat tashkilotlarining o'rni ham to'g'ri ko'rsatib berilgan. Ushbu bobda asosli ta'kidlanganidek: “...insonning fikrlash, vijdon, din va e'tiqod 
erkinligi huquqini rag'batlantirish, himoya qilish hamda din va e'tiqod asosidagi nafrat, toqatsizlik va kamsitishlarning barcha shakllariga qarshi sa'y-harakatlarni kuchaytirish lozim”. Bu bobda keltirilgan ma'lumotlar ham targ'ibotchilarimiz uchun katta yordam beradi, deb o'ylaymiz.
Kitobni missionerlik tahdidiga qarshi kurashda asqotadigan amaliy tajribalar haqidagi, globallashuv sharoitida missionerlikka qarshi kurashda zamonaviy axborot-texnologiya yutuqlaridan foydalanish imkoniyatlariga doir amaliy tavsiyalar bilan yanada boyitish ham mumkin edi. Kitob oxirida matnda uchraydigan ayrim ilmiy atamalarning ma'nolarini qisqa va ommabop izohlovchi lug'at berilsa, yanada qiziqarliroq bo'lardi. Ammo uning hajmi va adadi cheklangani bunga imkon bermagan ko'rinadi. Bu kitob respublikamiz kutubxonalari, ma'naviyat va ma'rifat markazlari, mahallalar va o'quv yurtlaridan 
kengroq joy olsa, yaxshi bo'lardi. Shu sababli uni muayyan darajada qayta ishlab, yanada kengaytirib nashr etish maqsadga muvofiqdir.
Tinchlikni saqlash, vijdon erkinligi, inson huquqlarini ta'minlash uchun millatlararo totuvlik, diniy bag'rikenglikni asrashimiz kerak. “Ma'naviy tahdidlar: missionerlik va prozelitizm (kelib chiqish shakllari, muammolar)” kitobi bu borada har jihatdan foydali bo'lishi shubhasiz.

Xulosa


Xulosa qilib aytganda bugungi kunda missionerlik harakati insonlar orasida hamda ba’zi-bir yoshlarimiz nigohida  diniy mutaassiblikning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘lmoqda desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.   

Gumanitar yordam ko'rsatish uchun AQSh hukumatidan grant oluvchi diniy tashkilotlar davlatdan olinadigan mablag'ni missionerlik uchun ishlatishi mumkin emas. Ammo har doim ham bu tartibga rioya qilinmaydi.



Foydalanilgan adabiyotlar

1Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: Xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari T., «O`zbekiston» 1997.

2.Karimov A.I. Olloh qalbimizda, yuragimizda. T, 1999

3.1999 yil fevral voqealari T., 1999



4Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma'naviy-ma'fiy asoslari T., 2004.

5.Diniy ekstremizm va fundamentalizm T., 1998 y.
Download 30,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish