Moddiy ishlab chiqarish asoslari


«Ekologiya va geografiya» kafedrasi



Download 1,05 Mb.
bet2/114
Sana28.03.2022
Hajmi1,05 Mb.
#514541
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
moddij ishlab chiqarish asoslari

«Ekologiya va geografiya» kafedrasi.
1-BO‘LIM. MODDIY ISHLAB CHIQARISH ASOSLARI FANINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI


1.1. Moddiy ishlab chiqarish asoslari fanining ob’ekti, predmeti, maqsadi va vazifalari

Moddiy ishlab chiqarish asoslari fani iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, u sanoat, qishloq xo‘jaligi va transport ishlab chiqarishining hududiy muammolarini, joylashishi va iqtisoslashishi, rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi. Moddiy ishlab chiqarish xalq xo‘jaligining muhim tarkibiy qismidir. U jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan turli xil mahsulotlarni ishlab chiqaradi va iste’molchiga yetkazib beradi. Moddiy ishlab chiqarish iqtisodiy va ijtimoiy geografik masalalarni o‘rganishda yetakchi o‘rinni ishg‘ol etadi.


Moddiy ishlab chiqarish asoslari fani ham jamiyat haqidagi fandir. Hamma fanlardagi kabi har bir voqea va hodisalarni o‘rganishda unga avvalo falsafiy nuqtai nazari bilan yondashish kerak. Bu fan ham shu metodga tayanadi. Shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, tabiiy geografiya, iqtisodiyot nazariyasi, mintaqaviy iqtisodiyot, ekologiya, aholi geografiyasi va demografiya asoslari, matematika, tarix, siyosatshunoslik, kartografiya va boshqa fanlar bilan bir qator yo‘nalishlarda hamkorlik qiladi.
Ayni paytda bu «qo‘shni» fanlarda ham moddiy ishlab chiqarish chiqarishga e’tibor kuchaymoqda. Shubhasiz, biz ishlab chiqarishning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, demografik va ekologik tomonlarini hisobga olishimiz zarur. Albatda mazkur fanni o‘rganishda geografik dunyo arash ustunlikga ega bo‘lishi lozim. Ya’ni har bir talaba dunyoda sodir bo‘layotgan siyosiy va iqtisodiy-ijtimoiy voqealarning tub mohiyatini anglab etmog‘i zarur.
Umuman, xo‘jalik tarmoqlari-iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning eng asosiy mavzusi hisoblanadi. Xususan bu yirik masala jahon moddiy ishlab chiqarishning-sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport tarmoqlarini va ular bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan xalqaro iqtisodiy aloqalar sohalarini ham qamrab oladi. Bu masalani o‘rganish bilan, biz har bir xo‘jalik tarmoqlarining jamiyat hayotida tutgan o‘rni, rivojlanish va joylashishi xususiyatlarini, ularning atrof-muhitga ta’siri haqida atroflicha tushuncha olamiz.
Fanning ob’ekti-moddiy ishlab chiqarish sohasi, uning tarmoqlar tarkibi, joylashuv xususiyatlari, rivojlanish masalalari va soha oldidagi muammolar. Ushbu doirada qaraydigan bo‘lsak, moddiy ishlab chiqarish sohasi-ishlab chiqarish faoliyatining barcha turlari majmui bo‘lib, buning oqibatida mahsulotlar, energiya shaklidagi moddiy ne’matlar yaratiladi va yuklar tashiladi, mahsulotlar saqlanadi, navlarga ajratiladi, qadoqlanadi, o‘rab bog‘lanadi, joylanadi va muomala sohasidagi vazifalar amalga oshiriladi. Bizga ma’lumki faoliyatning moddiy ne’matlar yaratmaydigan boshqa turlari noishlab chiqarish sohasini tashkil etadi. Masalaga chuqurroq, ya’ni tarmoqlar doirasida e’tibor bersak, sanoat–moddiy ishlab chiqarishning eng yirik etakchi tarmog‘i bo‘lib, unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste’mol tovarlarining ko‘pchilik qismi yaratiladi. Shuningdek, qishloq-xo‘jaligi-moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan va sanoatni (oziq-ovqat va engil sanoatlarni) xomashyo bilan ta’minlaydi. Jumladan, transport-xalq-xo‘jaligining “qon tomiri” hisoblanib, xalq xo‘jaligi va aholining yuklarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z vaqtida muttasil ta’minlab turadi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish