Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana24.11.2022
Hajmi1,07 Mb.
#871772
1   2   3   4   5
Bog'liq
Канал сатҳ

 
 
12 
OSI modeli: Kanal sath 


Modernization of Higher Education in 
Central Asia through New Technologies 
(HiEdTec)
o‘zgartiriladi. Agar tarmoq qurilmasi simli muhitdan bit oqimlarni qabul qilib olsa 
yoki simsiz muhitdan bit oqimlarni qabul qilib olsa turli xil kadr formatiga 
o‘zgartiradi. Misol uchun 10Base Ethernet, 100Base Ethernet, 1000Base Ethernet, 
10 000Base Ethernet yoki Wi-Fi (a, b, c, d, e standartlari) texnologiyasining turli 
modellarida bit oqimlari turli xil ko‘rinishdagi kadr formatlariga o‘zgartiriladi. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, optik signallar ko‘rinishida uzatilgan ma’lum 
tezlikli va chastotali bit oqimlari qabul qiluvchi qurilma ham o‘sha parametrli 
signalni o‘qiy olishi lozim. Shunda uzatgich va qabul qilgich bitta standartda ishlashi 
mumkin. 
O‘z navbatida kanal sathida ishlatiladigan qurilma va protokollar fizik sathdan 
kelayotgan bit oqimlarini kadr ko‘rinishiga keltirib, kadrlarni paket ko‘rinishiga 
o‘zgartirib tarmoq sathiga uzatish jarayoni kanal sathining OSI modelidagi asosiy 
vazifalardandir, 12.1-rasm. Shunda kanal sathining quyi qismi bit oqimlari bilan 
ishlasa, yuqori qismi patkelar bilan ishlaydi. Kanal sathida uchta asosiy jarayon 
amalga oshiriladi: bitlarni qabul qilib olish va kadrga o‘zgartirish; kadrlarga ishlov 
berish; kadrlarni paketlarga o‘zgartirib tarmoq sathiga uzatish. 
12.1-rasm. Fizik sath bit oqimlarini kanal sathiga uzatib kadrga o‘zgartirilish 


Modernization of Higher Education in 
Central Asia through New Technologies 
(HiEdTec)
Kanal sathida kadrlarga o‘zgartirish (framing) jarayonidan tashqari fizik 
adreslash (MAC addressing), oqimlarni nazorat qilish (flow control), xatoliklarni 
nazorat qilish (error control) va kirishni nazorat qilish (access control) kabi muhim 
jarayonlar amalga oshiriladi. Har bir sathda ma’lumotga ishlov berish jarayoni 
yakunlanganidan keyin, sathni sarlovhasi umumiy sarlovhaga qo‘shiladi. Sarlovhani 
qo‘shishdan maqsad, qabul qiluvchi tomon kanal sathi uzatuvchi tomonidan 
kelayotgan kadr sarlovhasi bo‘yicha ma’lumotga ishlov beradi. Yuqoridagi jumlani 
hayotiy misol bilan izohlaymiz. Har bir mamlakat fuqarosi pasport kabi o‘zini 
tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘ladi deb tasavvur qilaylik. Fuqaro mamlakatning 
boshqa hududiga ko‘chib o‘tsa, o‘sha hududdan ro‘yxatdan o‘tishi lozim va bu 
ro‘yxatdan o‘tganligi pasport (kompyuter)da qayt etiladi. Chet elga chiqish uchun 
o‘sha fuqaro pasport buyurosidan chetga chiqish to‘g‘risida ro‘yxatdan o‘tishi va 
pasportiga qayt etilishi lozim. Qaysi mamlakatga bormoqchi bo‘lsa, o‘sha 
mamlakatga tegishli bo‘lgan elchixonaga murojaat qilib chiqish uchun ruxsat oladi 
va pasportiga viza uriladi.
Fuqaro mamlakatning boshqa joyiga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa va zarurat 
yuzasidan u fuqaroni tekshirish kerak bo‘lsa, nazoratchilar uning pasportidan 
ro‘yxatdan o‘tganligini tekshiradi. Xuddu shunday chet mamlakatga viza olgan va 
o‘sha mamlakatga kiruvchi fuqaroning pasportidagi ruxsati (OVIR) va vizasi 
tekshiriladi, yashash manzilida ro‘yxatdan o‘tganligi bo‘yicha tekshirilmaydi. Bitli 
oqimlar va kadr holati ham aynan yuqoridagi misolimizga o‘xshab ketadi. Fizik 
sathdagi qurilma faqat bitli oqimlar bilan ishlaydi va ularni kanal sathiga uzatadi. 
Kanal sathi ham o‘z navbatida bitli oqimlarni qabul qilib kadr ko‘rinishiga 
o‘zgartiradi va kadrlar bilan ishlaydi. Keyingi sath tarmoq sathi bo‘lib, unda kanallar 
paketlarga o‘zgartiriladi va tarmoq sathida paketlarga ishlov beriladi. Shunday qilib 
tarmoqdagi ikki qurilma o‘ratasidagi ma’lumot almashishdagi barcha barayonlar 
OSI modelida sathlar bo’yicha bo‘linib amalga oshiriladi. Kanal sathida esa 



Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish