Mol-mulklar


Xususiy va turga xos alomatlar bilan belgilanadigan ashyolar



Download 36,82 Kb.
bet3/6
Sana06.01.2022
Hajmi36,82 Kb.
#322259
1   2   3   4   5   6
Xususiy va turga xos alomatlar bilan belgilanadigan ashyolar: xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar alohida faqat o`zlarigagina xos belgilari va o`ziga xos, yolg`iz sifatlari bo`lgan ashyolar hisoblanadi. O`zining belgilari bilan boshqa o`xshash ashyolarda ajralib turadigan narsalar, masalan, ma'lum ko`chadagi, ma'lum sonli uy-joy xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyo bo`la oladi.

Xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar jumlasiga noyob, ya'ni o`zi bir dona bo`lgan ashyolar ham kiradi. Masalan, jahon birinchiligida chempion bo`lgan ot, ko`hinur olmosi va shu kabilar. Xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar boshqa ashyolardan muayyan usulda belgi qo`yish yoki muhr bosish, raqam qo`yish bilan farqlanadi.

Shu o`rinda pulning qaysi turdagi ashyoga mansubligi xususidagi masalaga e'tibor qaratish zarur. Zero, ko`pchilik holatlarda pulning xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyomi yoki turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyonmi degan savol tug`iladi.

Bir tomondan qaraganda, pullarda muayyan belgi va raqam qo`yilgani uchun uni xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyo deyish mumkin. Ikkinchi tomondan qaraganda pullar bir turga xos, ya'ni ularning barchasi bitta vazifani – to`lov ekvivalenti vazifasini bajaradi.

Pulning ashyolarning qaysi turiga (xususiy yoki turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolarga) mansubligi masalasiga javob FKning 87-moddasi 2-qismida ifodalangan. Ushbu normaga muvofiq, xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar boshqasi bilan almashtirib bo`lmaydigan ashyolardir. Pullarni esa boshqasi bilan almashtirish mumkin (masalan, yirik pulni mayda pulga va aksincha).

Turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar, son, o`lchov va og`irlik bilan ko`rsatiladigan narsalar hisoblanadi. Masalan, 100 dona shifer, 100 metr chit, 100 tonna paxta va hokazo. Turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar boshqasi bilan almashtirsa bo`ladigan ashyolardir. Shuning uchun ham bunday ashyolarga nisbatan persona non grataning (ya'ni, tur nobud bo`lmaydi) qoidasi qo`llaniladi. Fuqarolik huquqida ashyolarning xususiy va turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolarga bo`linishi katta ahamiyatga ega. Ayniqsa majburiyatlarni ijro etishda, burchni natura holida bajarilishida bunday bo`linishning o`rni beqiyos.




Download 36,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish