“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet4/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

aloqadorligi
“Moliya” fanini o‘rganishga astoydil kirishmoqchimiz? Uning Siz uchun naqadar zarur ekanligini his etishni istaysizmi? Unda, hech bo‘lmaganda, quyidagi hayotiy misol va savollarga bir e’tibor bering:

  • Siz pul to‘plash (jamg‘arish)ni boshladingiz va ularni bankdagi hisob varag‘ida saqlamoqdasiz. O‘z mablag‘ingizni biror bir o‘zaro fondga qo‘yishingiz to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa, aynan qaysi fondga qo‘yish kerak?

  • Sizga avtomobil kerak bo‘lib qoldi. Uni sotib olish kerakmi yoki shunchaki ijaraga olgan yaxshimi?.

  • o‘quv yurtida o‘qib yurganingizda Siz mardikorlik qilib pul topgansiz va o‘qishni tugatgach restoran ochishga ahd qildingiz. Sizning shunday qilishingizga bu arziydimi? Umuman, bu to‘g‘ri bo‘ladimi? Buning uchun qancha mablag‘ talab etiladi? Siz bu mablag‘ni qayerdan olishingiz mumkin?

  • O‘zbekistonda televizor ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyaning moliyaviy direktori Sizdan maslahat so‘ramoqda. U firmasining faoliyat sohasini kengaytirish arziydimi yoki yo‘qmi, shuningdek, telekommunikatsiya sohasida biznes bilan shug‘ullanmoqchiligi borasida Sizning fikringizni bilmoqchi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi biznes tashkil etish uchun firma keyingi bir necha yil ichida qariyb 300 mln. so‘m sarflashi, keyingi yillarda ko‘riladigan iqtisodiy samara esa har yili olinadigan 100 mln. so‘mlik foydada mujassam. Siz unga nimalarni maslahat berasiz?

  • Siz Jahon banki mutaxassislari guruhida ishlaysiz. Guruhning vazifasi O‘zbekistonning qarz so‘rab qilgan murojaatini tahlil qilishdan iborat. Mablag‘ni ulkan loyiha, ya’ni gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishiga sarflash ko‘zda tutilgan. Bunday vaziyatda Siz nimalarga asoslanib maslahat berasiz?

Bu savollarning haqqoniy yoki asoslangan javoblarini “Moliya”ni o‘rganmasdan ham topib bo’lmaydi.
“Moliya” fanini o‘rganish uchun eng kamida beshta o‘ta muhim sabab bor.
Ularni quyidagicha ko‘rsatish mumkin (1-rasmga qarang).
Demak, 1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, xususan, “Moliya”ni:



1-rasm. “Moliya” fanini o‘rganish sabablari

  • o‘z pul mablag‘laridan samarali foydalanish;

  • biznes dunyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish;

  • qiziqarli va daromadli karera qilish;

  • mamlakat iqtisodiy siyosatiga ta’sir qiladigan ongli fuqarolik qarorlari qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lish;

  • dunyoqarashni kengaytirish uchun o‘rganiladi.

Shunday ekan, yuqoridagilarning qay biri Sizga maqbul emas? Qaysisini men uchun kerak emas, deya olasiz? O‘zingizni ozgina bo‘lsa-da, hurmat qilsangiz, yuqorida qayd etilgan har bir holatlarga nisbatan befarq qarash huquqiga ega emasligingiz ma’lum bo‘ladi. Ularning Siz uchun har doim, butun hayotingiz “sikl”i davomida, “beshikdan – tobutgacha” kerakligini his qilasiz. Bunga bizning ishonchimiz komil.
Keling, endi bu sabablarni batafsil o‘rganib chiqaylik.
Birinchidan, ma’lum moliyaviy prinsiplar va qonunlarni bilish shaxsiy mablag‘dan to‘g‘ri foydalanish imkonini beradi. Shunday ekan, kim bunday imkoniyatlarga ega bo‘lishni istamaydi, deysiz?! Siz biror bir moliyaviy bilimsiz yashay olasizmi? Balki yashay olarsiz. Ammo, odam moliya sohasida butkul omi (savodsiz) bo‘lsa, boshqalarga to‘liq qaram bo‘lib qoladi. Yoki Siz bunga ishonmaysizmi? Bir aqidani eslang-a?: “Ahmoq puli bilan tez xayrlashadi!”. Bu

  • bekordan-bekorga aytilgan emas. Bu ham hayot sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan – aksioma. U isbot talab qilmaydi. Va aksincha, “Pul bo‘lsa, changalda sho‘rva”, “Vaqt – bu pul” degan maqollar bekordan-bekorga kundalik hayotimizga shiddat bilan kirib borib, tobora dolzarbroq ahamiyat kasb etayaptimi?! Ijobiy ma’noda “Hammasini pul hal qiladi”, deb ham bejizga aytilmayapti-ku?! Bunday sharoitda pulingiz bilan tezda xayrlashadigan ahvolda bo‘lsangiz, unda nima qildik?

Hayotda moliyaviy maslahatchiga biror masalada maslahat so‘rab muro-jaat qilinadigan vaziyat ko‘p va tez-tez bo‘lib turadi. Bugungi kunda ko‘plab xususiy maslahatchilar va maslahat firmalari: bank xodimlari, fond va sug‘urta brokerlari, o‘zaro fondlarning qimmatli qog‘ozlarini sotuvchi kompaniya xodimlari va ko‘plab shu kabi shaxslar shunday xizmatlarni taklif etadilar. Ko‘pincha bunday maslahatlar bepul beriladi, chunki yordam so‘rab murojaat qilgan mutaxassis yaqin kunlarda kompaniyaning yoki tegishli mutaxassisning potensial (salohiyatli) mijozig bo‘lishi mumkin. Ammo, olingan maslahatning sifatini qanday baholasa bo‘ladi? Sizni chuv tushirib ketishmadimikan? Balki, “oltin tog‘” va’da qilinib, qo‘yningiz puch yong‘oqqa to‘ldirilgandir? “moliya” (fani)ni chuqur o‘rganibgina shunday obyektiv baholash uchun zarur asosiy me’zonlar bilan tanishish mumkin.
Misol: Siz o‘zingiz uchun “Moliyaviy maslahatchining maslahati kerakmi?”, degan savolga javob topmoqchisiz. Buning uchun quyidagi foydali maslahatlardan ogoh bo‘lsangiz, foydadan xoli bo‘lmas yoki ayni muddao!
Faraz qilaylik, Siz 50,0 mln. so‘mlik moliyaviy aktivlar portfeli (shu jumladan, pensiya hisob varaqlari)ga, uy-joy, oddiy qarz majburiyatlari va aksiyalar opsioniga egasiz. Vaqti kelib, Siz bugungi kunda kapital qo‘yilmalaringiz qanchalik oqilona ekanini, pensiya jamg‘armangiz yetarlimi yoki yo‘qmi va o‘z investitsiyalaringizning samara-dorligini oshirish uchun yana qanday choralar ko‘rish (masalan, uzoq muddatli sug‘urta polisi olish yoki o‘z hayotingizni sug‘urta qilish) kerakligini bilishni istadingiz. Xullas, bir qancha reklama broshyuralarini o‘qib, katta tajribaga ega mutaxassisni tanladingiz. Mutaxassis o‘z mijozlaridan olgan tavsiyanomalarni Sizga taqdim etdi. U yaxshi inson. Xo‘sh, endi nima qilish kerak?
Bunday vaziyatda mana nimani kutsa bo‘ladi: moliyaviy maslahatchilarning aksariyati – yoki brokerlar, yoki sug‘urta agentlari bo‘ladi. Ularning vazifasi Sizni o‘z investitsiyalaringiz tarkibi va yo‘nalishini o‘zgartirishga ishontirishdan iborat (axir, ana shuning evaziga ular daromad oladilar-da!). Bundan tashqari, ba’zi maslahatchilar o‘z xizmat-larini xuddi yurist va buxgalterlar kabi soatbay baholaydilar. O‘zini moliya borasida maslahatchi deb ataydiganlarning taklifini tushunib olishingiz va to‘g‘ri qaror qabul qilishingiz uchun bir necha maslahat beramiz. Ularning eng muhimlari quyidagilardan iborat:


  1. Download 6,94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish