“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet7/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

To‘rtinchidan, moliya tizimi tub asoslari mohiyatini tushunish asoslangan
fuqarolik qarorlari qabul qilish uchun zarur. Moliya tizimi iqtisodiy hayoti bozor munosabatlariga asoslangan har qanday jamiyat infratuzilmasining eng muhim qismi hisoblanadi. Keng tarqalgan fikrga ko‘ra moliya institutlari ishini to‘g‘ri tashkil etish mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va taraqqiyoti uchun puxta zamin yaratadi. Biz, fuqaro sifatida, ko‘pincha siyosiy qarorlar qabul qilishimizga to‘g‘ri keladi. Bu qarorlar, oxir oqibat, mamlakat moliyaviy tizimi ishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, depozitlarning hukumat tomonidan sug‘urtalanishiga qarshi chiqayotgan yoki fond bozoridagi bitimlar ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishga chaqirayotgan siyosatchiga ovoz berish to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar shunday qilinsa, buning oqibati nimalarga olib kelishi mumkin?
Beshinchidan, ko‘pchilik shunchaki o‘z bilim doirasini kengaytirish uchun ham “Moliya”ni o‘rganadi va shunga qiziqadi. Moliya qonuniyatlarini bilish dunyoqarashni kengaytiradi va tashqi dunyo qaysi qonuniyatlarga asosan rivojlanayotganini bilishga yordam beradi.
“Moliya” fani quyidagi fanlar bilan o’zara aloqador hisoblandi:

  • Matematika;

  • Ekonometrika;

  • Moliya huquqi;

  • Barcha iqtisodiy fanlar.
3. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati

Moliyaviy munosabatlarning ilk shakllari insoniyat taraqqiyotining quldorlik jamiyati bosqichida jamiyatning sinflarga bo’linishi va davlatning vujudga kelishi bilan bog’liq ravishda paydo bo’ldi. Muayyan hududda boshqaruv organi sifatida davlatning vujudga kelishi uning hokimiyat apparatini moddiy jihatdan ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, mamlakatni himoya qilish, urush harakatlarini olib borish, ijtimoiy obyektlar va yo’llar qurish kabi vazifalarni bajarishi uchun ma’lum darajada pul mablag’lari ham bo’lishini taqozo eta boshladi. Xuddi shu holat o’z navbatida jamiyatda moliya paydo bo’lishini iqtisodiy zaruriyatga aylantirdi. Demak, davlatchilik tizimining vujudga kelishi moliyaning paydo bo’lishi uchun asosiy sabab bo’lib xizmat qildi. Moliya haqida so’z borar ekan, eng avvalo, bu atama qanday paydo bo’lgan, degan haqli savol tug’ilishi tabiiy. “Moliya” arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida eng umumiy tarzda “pul mablag’lari” ma’nosini anglatadi. Bu so’z ona tilimizda
ishlatilishining quyidagi ko’rinishlari mavjud:

  • maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag’larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliyaviy tizim);

  • biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag’lari (masalan, korxona moliyasi);

  • moliya ishlari bilan shug’ullanuvchi davlat organi (so’zlashuv tilida)1. Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg’armasi”, shuningdek,

“moliyat”, ya’ni “pul mablag’lari; soliq” so’zlari ham moliyaga daxldordir2.
Lekin jahon iqtisodiy adabiyotida lug’aviy ma’nosi jihatidan o’zbekcha “moliya” iborasining fransuzcha “finance”, lotincha “financia” va ruscha “finansi” kabi ekvi-valentlari yoki ma’lum ma’noda, sinonimlari3 qachon va qayerda paydo bo’lganligi haqida aniq ma’lumot yo’q4.
Ayrim olimlar “financia” (“finance”, “финансы” va hokozo shakllarda) tushunchasi aynan shu shaklda XIII-XIV asrlarda Italiyaning savdo shaharlarida paydo bo’lgan va dastlab “pul to’lovi” ma’nosini anglatgan, degan fikrlarni olg’a surishadi. Xalqaro savdo-sotiq ishlarining rivojlanishi mazkur iboraning Italiyadan boshqa davlatlarga ham tarqalishiga sabab bo’lgan. XV asrda “financia” tushunchasi Fransiyada “davlat daromadlari”, “pul summalari” ma’nosida ishlatila boshlangan. Boshqa tadqiqotchilar bu atama muomalada ilk bor fransuz olimi J.Boden tomonidan 1755-yilda nashr etilgan “Respublika xususida olti kitob” nomli asarida ishlatilgan va shu tariqa bu atama Yevropa davlatlari hayotiga kirib kelgan, deb hisoblashadi5.
Yaratilayotgan moddiy ne’matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bo’yicha oliy hokimiyat organi sifatida davlat va takror ishlab chiqarish jarayonining boshqa ishtirokchilari o’rtasida yuzaga chiqadigan ma’lum bir iqtisodiy munosabatlarni Yevropa davlatlarida o’rta asrlardan boshlab “moliya” tushunchasi orqali ifodalay boshlashgan.
Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari natural soliqlar va turli ko’rinishdagi shaxsiy to’lanmalar xarakteriga ega bo’lgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlari shakllarining o’zgarishiga olib keldi – ular ko’proq ravishda pul xarakte-riga ega bo’ldi. Biroq bu munosabatlarning mazmun va mohiyati prinsipial jihatdan o’zgarmay qolaverdi.



1 Qarang: O‘zbek tilining izohli lug’ati: 80 000 dan ortiq so’z va so’z birikmasi. J.2. E – M // Tahrir hay’ati: T.Mirzayev (rahbar) va boshq.; O‘z.R FA Til va adabiyot in-ti. – T.: “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006.
– 611-b.
2 Qarang: o’sha manba, 610- va 611-betlar.
3 Biz bu yerda dunyo xalqlarining turli tillarida shaklan turlicha va mazmunan bir xil ma’noni anglatuvchi so’zlarni nazarda tutayapmiz.
4 Финансы, денежное обрашчение и кредит. Учебник / Под ред.проф. В.К.Сенчагова, проф.А.И.Архипова. –М.: Финанси и статистика, 1999. с.25). Boshqa mualliflarning fikriga qaraganda, bu atama muomalaga 1755-yilda “Respublika xususida olti kitob” asarini nashr ettirgan frantsuz olimi J.Boden tomonidan kiritilgan (Qarang: Финансs. Учебник для вузов
/ Под ред. проф. М.В.Романовского, О.В.Врублевской, Б.М.Сабанти. – М.: Финанси и статистика, 2000. с.44).
5 Финансы, денежное обрашчение и кредит. Учебник / Под ред.проф. В.К.Сенчагова, проф.А.И.Архипова. –М.: Финансы и статистика, 1999. с.25; Финансы. Учебник для вузов / Под ред. проф. М.В.Романовского, О.В.Врублевской, Б.М.Сабанти. – М.: Финанси и статистика, 2000. с.44; Финанси. Учебник ./ Под ред. Г.Б.Поляка. – 3-е изд., перераб. и доп.- ЮНИТА-ДАНА, 2009. – с.8; Финансы: Учеб.пособие / Под ред. А.М.Ковалевой. – 5-е изд., перераб. и доп. – М.: Финансы и статистика, 2008. – с.7.
Zamonaviy tasavvurdagi “moliya” tushunchasi podsholar xazinasidan davlat xazinasi ajralib chiqishi bilan paydo bo’lgan. Bir paytning o’zida shuni alohida qayd etish kerakki, jamiyatda pul, tovar-pul munosabatlari va davlatning paydo bo’lishi o’z-o’zidan darhol moliyaning ham vujudga kelganligini bildirmaydi. Ular hammasi bir paytda, ya’ni birdaniga paydo bo’lgan emas. Moliya shakllanib, bizning u haqidagi bugungi tasavvurimizdagi moliya ko’rinishiga kelishi uchun jamiyatda bir qator shart-sharoitlar pishib etilgan bo’lishi kerak. Ular quyidagilar:

  1. Asrlar davomida davlat ixtiyoriga yig’iladigan barcha pul mablag’larining mutloq egasi qirol (sharqda podsho), deb hisoblanilgan. Mablag’lar qirol xohish- ixtiyori bilan yig’ilgan va u xohlagan shaklda xarajat qilingan. O‘sha davrlarda odamlar tasavvurida daromadlarni ishlatish bundan boshqacha bo’lishi mumkin emasday tuyular edi.

  1. –XVII asrlarda Niderlandiya va Angliyada yuz bergan birinchi burjua inqiloblari moliyaning shakllanishiga juda katta turtki bergan. To’g’ri, mazkur inqiloblar qirollik tuzumini ag’darib tashlay olmadi. Lekin shunday bo’lsa-da, qirolning hokimiyatini ancha cheklashga erishildi va biz uchun eng muhimi qirolning xazinaning mutloq egasi sifatidagi huquqi keskin qisqartirildi. Yangi sharoitda xazina o’rniga umumdavlat pul mablag’lari fondi, zamonaviy til bilan aytganda, byudjet tashkil etila boshlandi. Qirolning xazi-nasi o’rniga davlat byudjeti tushunchasining kirib kelishi moliyaning shakllanishi va zamonaviy ko’rinish olishida o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan inqilobiy o’zgarishlardan biri bo’lib hisoblanadi.

Shu o’rinda Markaziy Yevropa davlatlarida xazinani tasarruf etish sohasida yuz bergan bunday o’zgarishlar dunyoning juda ko’p davlatlarida, xususan, O‘rta Osiyoda ommalash-maganligini e’tirof etish zarur. O‘z taraqqiyoti davrida kapitalistik tuzumni bosib o’tmagan mazkur davlatlarda podsholar xazinaning mutloq egasi bo’lib qolaverganligi va muomalaga davlat byudjeti tushunchasi kirishi podsholik hokimiyatining bekor qilinishiga qadar hal bo’lmaganligini tabiiy hodisa sifatida tushunish to’g’ri bo’ladi.

  1. Amaliyotga “xazina” o’rniga “davlat byudjeti” tushun-chasi kirgandan keyin byudjetni tashkil etish va mablag’-lardan foydalanish tartibi shakllana boshladi. “Davlat daromadlari” va “davlat xarajatlari” iboralari paydo bo’ldi, ularning tarkibi aniqlandi, davlat byudjetini shakllantirish va mablag’larini sarflash uchun tegishli qonun hujjatlarining asoslari yaratila boshlandi.

Davlat byudjeti daromadlarini asosan soliqlar, turli to’lovlar, harbiy o’lja va kontributsiyalar tashkil etgan bo’lsa, o’sha paytdayoq xarajatlar moddalarining hozirga qadar o’z ahamiyatini yo’qotmagan yo’nalishlari shakllandi: harbiy xarajatlar, iqtisodiyot, boshqaruv va ijtimoiy maqsadlarga ajratilgan mablag’lar.

  1. Qirol xazinaning mutloq egasi bo’lgan davrda daromadlar natural soliqlar va aholining mehnat majburiyatlaridan iborat bo’lgan edi. Endilikda pul ko’rinishidagi soliqlar Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismini tashkil eta boshladi. Natijada yaratilayotgan mahsulotni qiymat shaklida taqsimlash bosqichi boshlandi.

Lekin shuni yana alohida ta’kidlash lozimki, moliya va moliyaviy munosabatlarning mohiyati haqidagi tushunchalar vaqt o’tishi bilan o’zgarib borgan6.
Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksiyadorlik shaklidagi) milliy va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bog’liq holda tovar ishlab chiqa-rishning yirik masshtablarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayonining turli ishtirokchilari o’rtasida pul mablag’larini jalb qilish, ulardan foydalanish va ularni taqsimlash metodlari hamda usullarining takomillashuviga olib keldi. Tovarlar harakatidan ajralgan pul mablag’larining harakati masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bir tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli subyektlar o’rtasida YaIM qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog’liqdir. Bir vaqtning o’zida, ularning har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanma-sining tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan o’z hissalarini olishga da’vo qiladilarki, bu moliyaviy munosabatlarning sohasidir.
Shunday qilib, moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya sifa-tida ham moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bo’linishi va davlatning paydo bo’lishi bilan bog’liq.

Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish