“Moliya” fanidan yozgan mustaqil ishi


Qimmatli qog’ozlarni bаhоlash metodologiyasi



Download 70,85 Kb.
bet7/11
Sana20.02.2023
Hajmi70,85 Kb.
#913174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MUSTAQIL ISH moliya

3.Qimmatli qog’ozlarni bаhоlash metodologiyasi
3.1.Мulkni qiymatini baholashning yondoshuvlari
Мulk (moddiy va aktivlar – biznes, intellektual mulk, qimmatli qog’ozlar va obyektining qiymati baholashning konseptuaj uch yondoshuvi mavjud, ya'ni daromadli, xarajatli, qiyosiy yondoshuvlar bilan aniqlanadi. Daromadli yondoshuvning uchta usuli amaliyotda qo’llani’adi, Xarajatli va qiyosiy yondoshuvlarining o’nlab usullari bor. Baholashning uch yondoshuvidan birini qo'llash mumkin bo'lmagan taqdirda baholovchi tashkilot u yoki bu yondoshuvni qo'llash rad etilishini zarur ravishda baholash xisobotida asoslashi kerak. Daromadli yondoshuv Daromadli yondoshuv - bu baholash obyektidan kutilayotgan daromadlarni aniqlashga asoslangan baholash obyektining qiymatini baholash uslublari majmuidir. Daromadli yondoshuv mulk obyektidan foydalanishdan daromad (foyda) olish ehtimollari mavjud bo'lgan hollarda qo'llanadi. Мulk obyektidan foydalanishdan tushgan daromadlar mulk obyektidan foydalanish huquqi topshirilgan huquq egasi tomonidan ma'lum davr uchun olinadigan pul tushumlari va pul to'lovlari (kelgusida - pul oqimi deb yuritiladi) orasidagi farqdir. Мulk obyektidan foydalanish huquqi topshirilganligi uchun to'lovlarning xajmi bitim taraflari barcha zarur ma'lumotlarga ega bo'lgan holda oqilona xarakat qilgan paytda kelib chiqadigan eng ko'p ehtimoliy mazmun asosida xisoblab chiqiladi va to'lovlarning xajmida qandaydir favqulodda xolatlar aks etmaydi. Мulk obyektidan foydalanishdan olinadigan asosiy foydalar quyidagilardir: o maxsulot (ishlar, xizmatlar)ni yashlab chiqarish va sotishda va (yoki) asosiy va aylanma mablag'larga sarmoya kiritishdagi xarajatlardan tejash, shuningdek xarajatlarni amalda kamaytirish, mulk obyektidan foydalanish huquqini qo'lga kiritishda xarajatlarning bo'lmasligi (masalan, lisenzion to'lovlarning yo'qligi, lisenziarga daromaddan eng ko'p ehtimoldagi ulushni ajratish zaruratining bo'lmasligi);
o ishlab chiqarilayotgan dona maxsulotning (ish, xizmat) narxini oshirish;
o ishlab chiqarilayotgan maxsulotning (ish, xizmat) sotuv xajmini oshirish;
o soliqlar va (yoki) boshqa majburiy to'lovlarni kamaytirish;
o qarz evaziga xizmat ko'rsatish to'lovlarini kamaytirish;
o baholash obyektini ishlashtishdagi pul oqimini olishdagi tavakkalchilikni kamaytirish;
o baholash obyektidan foydalanishdagi pul oqimining vaqtinchalik tuzilishini yaxshilash;
o foydalarning boshqa shakllari va ko'rsatilgan shakllarning turli kombinasiyalari.
Baholanadigan mulk obyektidan foydalanishdan tushadigan daromadlar to'gridan-to'g'ri huquq egasi mulk obyektini ishlatmagan holda olgan pul oqimi xajmi, tavakkalchiligi va tushum vaqtini intellektual mulk obyektidan foydalanishdan tushadigan pul oqimining xajmi, tavakkalchiligi va tushum vaqti bilan solishtirish orqali aniqlanadi. Qiyosiy yondoshuv (bozor, taqqoslash) Qiyosiy yondoshuv - bu baholash obyektini unga nisbatan bitimlari qiymatlari to'g'risida ma'lumotlariga ega bo'lgan boshqa shunga o'xshash obyektlar bilan solishtirish orqali baholash obyektining qiymatini baholash uslublari majmuidir. Qiyosiy yondoshuvni qo'llash baholash obyektlarning (kelgusida - o'xshash) o'xshash narxlari haqidagi ishonchli va to'liq ma'lumot hamda ular, bilan amalga oshiriladigan bitimlarning haqiqiy shartlari mavjud bo'lgan taqdirda amalga oshiriladi. Bunda bitimlar qiymatlari, taklif va talab haqidagi ma'lumotlardan foydalanilishi mumkin. Mulk obyektini qiyosiy yondoshuvni qo'llash yordamida baholash shunga o'xshash obyektlar qiymatlarini baholanayotgan mulk obyektining farqlariga karab to'zatish orqali amalga oshiriladi. Qiyosiy yondoshuvni qo'llagan holda qiymatni aniqlash quyidagi asosiy jarayonlarni o'z ichiga oladi:
o Baholash obyektini shunga o'xshash obyektlar bilan solishtirishdagi elementlarni aniqlash (kelgusida solishtirish elementlari deb yuritiladi);
o baholanayotgan mulk obyektining xar bir solishtirish elementlari bo'yicha shunga o'xshash xar bir obyektdagi xususiyat va farqlari darajasini aniqlash;
o baholanayotgan mulk obyektining shunga o'xshash xar bir obyektdagi solishtirish elementlari bo'yicha tegishli xususiyatlar va farqlari darajasiga mos ravishda shunga o'xshash
o obyektlar qiymatlaridagi to'zatishlarni aniqlash;
o xar bir shunga o'xshash obyekt qiymatining xar bir solishtirish elementlari bo'yicha ularning baholanayotgan mulk obyektidan farqi bo'yicha to'zatish;
o shunga o'xshash obyektning to'zatilgan qiymatlarini asosli umumlashtirish yo'li bilan mulk obyektining qiymatini hisoblash. Solishtirish elementlariga baholash obyekti qiymatidagi omillar (baholash obyekta qiymatiga ta'sir qiluvchi omillar) va mulk obyektlariga oid bitishuvlar bozorida vujudga keladigan tavsif va xususiyatlar taalluqlidir. Solishtirishning eng muxim elementlari, qoidaga kura, quyidagilardir:
o mulk obyektining baholanayotgan mulkiy huquqlari xajmi;
o mulk obyektiga oid bitishuvlarni moliyalashtirish shartlari (shaxsiy va qarzga olingan mablag'lar nisbati, qarz mablag'larini taqdim etish shartlari);
o shunga o'xshash obyekt bo'yicha bitishuv tuzish sanasidan boshlab baholashni o'tkazish sanasiga qadar davrda mulk obyektlari narxlarining o'zgarishi;
o mulk obyekti ishlatilgan yoki ishlatiladigan soha; o taqdim etiladigan huquqlar ta'siri tarqaladigan hududlar;
o baholash obyektiga nisbatan shunga o'xshash obyektlarning jismoniy, funksional, texnologik, iqtisodiy tavsiflari;
o mulk obyektidan foydalanish orqali ishlab chiqariladigan va sotiladigan maxsulotga bo'lgan talab;
o raqobatli takliflarning mavjudligi;
o mulk obyektidan foydalanish orqali ishlab chiqarilgan maxsulotlarni (ish, xizmat) sotishning nisbiy xajmi;
o mulk obyektini foydali ishlatish muddati;
o mulk obyektini o'zlashtirishga qilingan xarajatlar darajasi;
o mulk obyektiga oid bitishuvlarni tuzishdagi to'lov shartlari;
o mulk obyektiga oid bitishuvlarni tuzish xolatlari. Xarajatli (balansli) yondoshuv Xarajatli yondoshuv - bu mulkning eskirganligini inobatga olgan holda baholash obyektini tiklash yoki almashtirish uchun zarur bo'lgan sarf-xarajatlar miqdorini belgilashga asoslangan baholash uslublar majmui. Xarajatli yondoshuvni qo'llash baholash obyektini tiklash yoki almashtirish imkoni mavjud bo'lganda amalga oshiriladi. Xarajatli yondoshuvni qo'llash orqali baholash quyidagi asosiy jarayonlarni o'z ichiga oladi:
o Baholash obyektiga shunga o'xshash yangi baholash obyektini yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini aniqlash;
o Baholash obyektining shunga o'xshash yangi obyektga nisbatan eskirganligi xajmini aniqlash;
o Baholash obyekti qiymatini unga nisbatan shunga o'xshash yangi baholash obyektini yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini chegirib tashlash yo'li bilan xisoblash. Baholash obyektiga nisbatan unga o'xshash yangi obyektni yaratishga qilingan xarajatlar summasi bevosita va bilvosita mulk obyektini yaratish va uni foydalanishga yarokqli xolga keltirish, shuningdek mulk obyektining yaratilishida kapital kiritganligi uchun beriladigan eng ko'p ehtimoliy mukofoti xajmi ko'rinishidagi sarmoyadorning daromadini o'z ichiga oladi. Baholash obyektiga nisbatan unga o'xshash yangi mulk obyektini yaratishga qilingan xarajatlar summasi huquq egasi tomonidan ilgari baholanayotgan mulk obyektini yaratishga amalda sarflangan xarajatlarni indeksasiyalash yoki baholash obyektiga nisbatan unga o'xshash yangi mulk obyektini yaratish uchun zarur bo'lgan barcha manbalarni (elementlar, xarajatlarni) baholash kunidagi narxlar va tariflar bo'yicha kalkulyatsiya qilish yuli bilan belgilanishi mumkin. Indeksatsiyalashni o'tkazishda xarajatlar elementlari bo'yicha narxlarning o'zgarib borishi indekslaridan foydalanish shart. Xarajatlar elementlari bo'yicha narxlarning o'zgarib borishi indekslari haqida xammabop ishonchli ma'lumotlar mavjud bo'lmaganda O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining tegishli sanoat tarmoqlari bo'yicha narxlar o'zgarishi indekslari bo'yicha axborotlaridan foylanilishi mumkin. Korxonalar QQlari qiymatini baholashda yondashuvlarni taqqoslama tavsifi Yondashuv Afzalliklari Kamchiliklari Bozor (qiyosiy, taqqoslash) Analogik korxonalarning xarid-sotish aniq narxlariga yo’naltirilgan. Rеtroaxborotga tayanadi, va, binobarin, korxonaning ishlab chiqarish – moliya faoliyatidagi natijalariga dеyarli erishilganligini ko’rsatadi. Bеrilgan kapital solinadigan ob'еkt takliflar va talabning rеal aksi, chunki dеyarli Korxonaning kеlajakdagi rivojlanish istiqbollarini inkor qiladi. Analogik korxonalardan qo’shimcha axborotni qabul qilish еtarlicha qiyin jarayon hisoblanadi. Baholovchi qiyin o’zgarishlarni amalga oshirishi, jiddiy dalillarni talab qiladigan so’nggi qiymat va oraliq hisoblarga tuzatishlar mukammal bitimning narxi bozordagi qolatni maksimal darajada nazarda tutadi. kiritishi kеrak. Daromad Kеlgusidagi kutilayotgan umidlarni hisobga oladigan yagona uslub. Bozorga oid jihatni hisobga oladi (bozorga oid diskont) Mеhnat hajmining oldindan aytilishi. qisman ehtmolligi bor xaraktеriga ega. Ko’pincha nomoddiy aktivlar (NMA) va gudvill narxini hisobga olmaydi. Xarajat (balans) Rеal mavjud bo’lgan faollarga asoslanadi. Ayniqsa kompaniyalarning ba'zi turlariga kеrakli. Statistik, kеlgusidagi umidlarni hisobga olmaydi. Daromad bosqichlari ko’rib chiqilmaydi. Sarmoyadorning daromadi baholanayotgan mulk obyektini yaratish uchun zarur unga nisbatan sarmoya kiritish tavakkalchiligi darajasi va vaqt davri bo'yicha eng ko'p ehtimolli o'xshash kapitalning samara berishiga kiritgan miqdorlardan kelib chiqqan holda ko'zda tutilgan bo'lishi mumkin. Mulk obyektining eskirganligi umuman olganda baholash obyektiga nisbatan unga o'xshash yangi obyektning foydali ishlatilishi muddatini va mavjud baholash obyektining foydali ishlatilishi qolgan muddatini baholash asosida belgilanishi mumkin. Bunda intellektual mulk obyektini foydali ishlatish muddati shartnoma asosida intellektual mulk obyekti foydalanishga berilgan huquq muddati yoki intellektual mulk obyekti huquq egasining shaxsiy ishlab chiqarishida (biznesida) ishlatishi mumkin bo'lgan davridagi muddat deb belgilanishi mumkin.


Download 70,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish