“Moliya” fanidan yozgan mustaqil ishi


Qimmatli qog‘ozlar qiymatiga ta’sir qiluvchi omillar



Download 70,85 Kb.
bet4/11
Sana20.02.2023
Hajmi70,85 Kb.
#913174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MUSTAQIL ISH moliya

1.3.Qimmatli qog‘ozlar qiymatiga ta’sir qiluvchi omillar
Qimmatli qog‘ozlar qiymatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar sifatida Quyidagilar qayd qilinadi:
• qimmatli qog‘ozlar likvidligi;
• savdo maydonlarida o‘xshash qimmatli qog‘ozlarga talab va taklif nisbati;
• o‘xshash qimmatli qog‘ozlar kotirovkasi;
• daromadlilik yoki kelgusi daromadning joriy qiymati;
• emitent tavsifi (joylashgan joyi, qaysi sohaga mansubligi, moliyaviy ko‘rsatkichlari);
• qimmatli qog‘ozlar ishonchliligi, majburiyatlarni bajarmaslik riskiga nisbatan qimmatli qog‘ozlar bahosi. Umuman olganda, qimmatli qog‘ozlar qiymatiga ta’sir qiluvchi omillarni tashqi va ichki, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy, obyektiv va subyektiv, ehtimoliy (kutilgan), kam ehtimolli (yuz berishi mumkin) va tasodifiy (noma’lum va kutilmagan) kabi turlarga ajratish mumkin. Tashqi omillarga fond bozoriga bevosita bog‘liq bo‘lmagan omillar kiritiladi (inflyatsiya, raqobat, siyosiy va iqtisodiy inqirozlar); Ichqi omillarga fond bozori rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq omillar kiritiladi (emitentning iqtisodiy farovonlik darajasi, talab va taklif nisbati). Makroiqtisodiy omillarga o‘tish iqtisodiyotining umumiy taraqqiyot tendentsiyalari taalluqli sanaladi (davlat siyosati va uning institutining aniq ta’sirlari). Mikroiqtisodiy omillar sifatida mintaqaviy bozor va qimmatli qog‘ozlar bozorining alohida tarmoq segmentining rivojlanish yo‘nalishi e’tirof etiladi. Fond indekslaridagi o‘zgarishlar ta’siri, investitsiyaviy jozibadorligi kuchayishi yoki susayishi tufayli qimmatli qog‘ozlar kursining o‘zgarishi esa obyektiv omillar sirasiga kiritiladi. Subyektiv omillar esa emitent va uning kontragentlari faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. • ehtimoliy (kutilgan); • kam ehtimolli (yuz berishi mumkin); • tasodifiy (noma’lum va kutilmagan). Qimmatli qog‘ozlar qiymatiga uning chiqarilishi, joylashtirilishi, muomalasi, egasining almashishi bilan bog‘liq xarajatlar (chiqimlar) ham jiddiy ta’sir qiladi.
1.4.Qimmatli qog‘ozlar qiymatini baholash xususiyatlari
Qimmatli qog‘ozda aks ettirilgan barcha aktivlar va majburiyatlarning qiymatini aniqlash qimmatli qog‘ozlar qiymatini baholashning asosiy xususiyati hisoblanadi. Uning istiqbolliligini va qo‘yilmalar foydaliligini prognozlash uchun emitent tashkilotlar moliyaviy qo‘yilmalarini tahlil qilish zarur. Bu uning qarzlari va biznesda ishtirok shakli asosida qarz qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymatini o‘rnatishga imkon beradi. Qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymatini baholashga xos xususiyatlar shundan iboratki, ular fond bozorida muomala qilgan holda mohiyatan kapital mavjudligining maxsus turi sanaladi. Ammo bozorda ham muomala sodir bo‘ladi, demak, qimmatli qog‘ozlar tovar ham hisoblanadi. Bunda QQ moddiy ko‘rinishdagi tovar emasligini anglash zarur, shuning uchun qimmatli qog‘ozlar narxini unga egalik qilishda aksiyadorga o‘tadigan huquqlarga yo‘naltirilgan holda o‘rnatish talab qilinadi. Masalan, aksiyalar egasi uchun – bu korxonalar faoliyatidan qandaydir dividendlar olish imkoniyati, kompaniyalarni qayta tashkil etishda mulk ulushini olish, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ishtirok etish imkoniyati va hokazo, veksel egasi uchun esa – bu daromadni qoplash, o‘tkazish yoki uni olishdir. Boshqacha aytganda, qimmatli qog‘ozlarni baholash – bu aksiyadorlarning barcha huquqlari birikmasini aniq va to‘liq tahlil qilish va muayyan vaqtda (qimmatli qog‘ozlar baholanishini o‘tkazish sanasiga) ushbu huquqlar uchun bozor narxini belgilashdir. Qimmatli qog‘ozlar ularning egasiga turli huquqlarni ta’minlaydi, bu O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik va qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadi («Aksionerlik jamiyati to‘g‘risida»gi, «Birja faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlar va boshqalar). Qimmatli qog‘ozlar qiymatini baholashda uning turi, emitent, birja kotirovkasi mavjudligi yoki mavjud emasligi, moliya bozori va birjadan tashqari aylanmada qimmatli qog‘ozlar qatnashishi muhim ahamiyat kasb etadi. Agar baholash uchun taqdim etilgan qimmatli qog‘ozlar ochiq bozorda joylashtirilgan bo‘lsa, u holda ularning qiymatini baholash qiyosiy yondashuv va huquqlar qiymatini o‘rnatish bo‘yicha ayrim metodikalar yordamida aniqlanishi mumkin. Agar qimmatli qog‘ozlar birja kotirovkasiga ega bo‘lmasa hamda u haqda axborot etarlicha bo‘lmay, kam ma’lumotli bo‘lsa, u holda uning qiymatini baholashda moliya bozori kon’yunkturasi tahlili, kompaniya daromadliligi va emitentning ishonchliligi haqida ma’lumotlar, uning moliyaviy holati barqarorligi asosida shakllantirilgan hisoblash metodlaridan foydalaniladi.

Download 70,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish