“Moliya” kafedrasi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

 
 
 
 
 
 
 
Biz  to’lanishi  kerak  bo’lgan  hisoblar  va  tan  olingan  xarajatlarni  foizsiz 
majburiyatlar  deb  atayotganimizga  diqqatingizni  qarating.  Buning  sababi  bu 
xarajatlar  bilan  bog’liq  aniq  bir  foizning  yo’qligidir.  Aniq  foiz  xarajatlari  siz 
xuddi  bank  krediti  uchun  to’laydigan  foizga  o’xshaydi.  Agar  firma  kredit 
kreditlash  hisobiga  inventarlarni  sotib  olsa,  kredit  tamoyillariga  ko’ra  xarid 
qiymati  ma’lum  vaqt  birligi  ichida  to’lanishi  shart,  masalan  30  kun  ichida. 
Natijada, ta’minotchi firma hech qanday foiz stavkasisiz 30 kunlik kredit taqdim 
etadi. Ta’minotchi ham o’zining kredit asosida mol yetkazib berayotganini biladi 
va  aniqki  o’z  tovarlariga  nisbatan  narxlar  birligida  ko’p  bo’lmagan  foiz 
xarajatlarini qo’shadi. Muhimi shundaki, bu foiz xarajati yashiringan bo’ladi va 
aniq ko’rsatib o’tilmaydi, shuning uchun to’lanishi kerak bo’lgan hisoblar va tan 
olingan  xarajatlar  firmaning  foizlar  bo’yicha  xarajatlarining  o’sishiga  olib 
kelmaydi. 
Xavfsiz  kapital  srukturasini  yaratish  bizdan  quyidagi  ikki  savolga 
yuzlanishimizni talab etadi:  
•     Qarzlarning  so’ndirilish  tarkibi  –  firma  qisqa  va  uzoq  muddatli 
qarzlarning qanday tuzilmasidan foydalanishi kerak? 
•     Qarz  va  o’z  mablag’ari  tarkibi  –  firma  qarz  va  o’z  mablag’larining 
qanday tuzilmasidan foydalanishi kerak?  
Firma  kapital  strukturasining  (qizqa  va  uzoq  muddatli  qarzlar  nisbati) 
To’lanishi kerak 
bo’lgan hisoblar, tan 
olingan xarajatlar 
Uzoq va qisqa muddatli 
qarzlar, imtiyozli va oddiy 
aksiyalar 


224 
 
qarzlarni  so’ndirilish  tarkibiga  eng  birlmachi  ta’sir  bu  firma  egalik  qilayotgan 
aktivlarning  xususiyatidir.  Uzoq  yillar  davomida  pul  oqimlariga  erishishi 
kutiladigan  aktivlarga  investitsiyalar  kiritishga  moyil  firmalar,  odatda,  qarz 
mablag’larini jalb qilish borasida uzoq muddatli qarzlardan yaxshi foydalanadilar. 
Qisqa  muddatli  pul  oqimlariga  investitsiya  kirituvchi  firmalar  esa  asosan  qisqa 
muddatli qarzlarga murojaat qiladilar.     
Bu  bobda  diqqat  qarz  va  o’z  mablag’lari  tuzilishiga  qaratiladi  va  u  odatda 
kapital strukturasi menejmenti deb yuritiladi. Kompaniya oddiy aksiyalari narxini 
maksimallashtirish  yoki  boshqacha  aytganda,  kapitalining  tarkibiy  qiymatini 
minimallashtirilish 
nuqtayi 
nazaridan 
firmaning 
kapital 
strukturasi 
moliyalashtirishning  doimiy  manbalarini  o’zida  mujassam  etishi  kerak. 
Moliyalashtirish  manbalarining  bunday  to’g’ri  nisbatini  optimal  kapital 
strukturasi, deb ataymiz.   
21.7-jadval  (5)  tenglamani  buxgalteriya  balansi  nuqtayi  nazaridan  ko’rib 
chiqadi.  Bu  bizga  kapital  strukturasini  boshqarish  kabi  jiddiy  muammo  haqida 
tasavvur  qilishda  yordam  beradi.  O’zgarmas  xarajatlar  moliyalashtirilishi  (uzoq 
muddatli  qarz  va  imtiyozli  aksiyalar)  oshishiga  olib  keluvchi  moliyalashtirish 
manbalari  investitsiya  bozoriga  eng  munosib  nisbatlarda  oddiy  aksiyalar  bilan 
umumlashtirilishi kerak. Agar ushbu nisbatga erishilsa, boshqa omillar o’zgarmas 
bo’lgan holatda firma oddiy aksiyalari narxi maksimallashadi.   
Korinib turibdiki, ortiqcha moliyaviy risk olish firmani bankrotlik tomon olib 
borishi  mumkin.  Lekin  juda  kam  moliyaviy  leverejga  ega  bo’lish  ham  firma 
aksiyalarining  past  baholanishiga  sabab  bo’ladi.  Molyaviy  menejer,  shuning 
uchun  ham,  moliyaviy  leverejdan  foydalanishning  eng  maqbul  me’yorini 
aniqlashni  bilishi  shart  –  bunda  boshqa  omillar  o’zgarmasligi  sharoitida 
aksiyalarning narxi oshadi.    
Bobning  qolgan  qismi  3  asosiy  masalaga  diqqa  qaratadi.  Birinchisi  kapital 
strukturasi  nazariyasining  qisqa  mushohadasidir.  Ikkinchisida  biz  kapital 
strukturasi  menejmentining  asosiy  usullarini  ko’rib  chiqamiz.  So’ngra  esa 
amaldagi  kapital  strukturasi  menejmentiga  haqiqiy  tajribalar  nuqtayi  nazaridan 
qarash orqali xulosa chiqaramiz.  
Kapital strukturasi nazariyasiga tezkor nazar 
Bobning  bu  qismida  biz  firmaning  kapital  strukturasining  nima  sababdan  oddiy 
aksiya  egalari  uchun  muhimligi  borasidagi  nazariy  asoslarni  ko’rib  chiqamiz. 
Buning uchun biz, dastavval, kapital strukturasi muhim bo’lmagan dunyoni, ya’ni 
kapital  strukturasidagi  qarz va o’z  mablag’larining nisbati firmaning bahosi  yoki 
uning kapitali qiymatiga ta’sir ko’rsatmaydigan dunyoni ko’rib chiqamiz. Bunday 
qilishimizning  sababi  kapital  strukturasining  naqadar  muhimligini  ko’rsatish  va 
uning  tarkibi  borasida  xavfsiz  qaror  qilishga  yordam  berishdir.  Kapital 
strukturasining  muhimligi  haqidagi  muammoning  markazida  quyidagi  savollar 
yotadi:     
Firma  o’z  fondlarining  jami  qiymatiga  foydalanilayotgan  moliyalashtirish 
manbalari tarkibini o’zgartirish orqali (ijobiy yoki salbiy) ta’sir eta oladimi? 
Bu  masala  moliyaviy  adabiyotlarda  ko’plab  jozibador  shakllarda  talqin 


225 
 
qilingan  va  amaliyotdagi  moliyachilardan  ko’ra  nazariyachilarni  ko’proq 
qiziqtiradi. Biznes moliyaviy menejmenti amaliyotiga kiritilgan kapital strukturasi 
nazariyasining elementlarini ta’kidlab o’tish uchun biz kapital bahosi yoki kapital 
strukturasi  asoslarini  yaxshiroq  tushunish  maqsadida  intuitiv  yoki  nomatematik 
yondashuvdan foydalanamiz.       
         Kapital strukturasining ahamiyati  

firma 
uchun 
moliyaviy 
kapitaldan 
foydalanish 
xarajatlarini 
minimallashtirishga urinishda iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Kapital bahosi ham, 
ishlab  chiqarish  xarajatlari  kabi  boshqa  xarajatlar  ham  umumiy  bir  xususiyatga 
ega bo’lib, ular oddiy aksiyadorlarga to’lanadigan pul ko’rinishidagi dividendlar 
miqdorini qisqartirishi mumkin.  

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish