Moliya va Buxgalteriya hisobi” fakulteti



Download 118,19 Kb.
bet6/12
Sana31.12.2021
Hajmi118,19 Kb.
#199038
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Aholi stat, oraliq

3. Go`daklar o`limi

Chaqaloqlar o’limi aholi salomatligining asosiy ko'rsatkichlaridan biri hisoblanib, u mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini, aholining demografik holatini, tibbiy xizmat sifatini, sanitariya-epidemiologiya, profilaktika va davolash ishlarining samaradorligini ko‘rsatuvchi barometr indikatoridir.

Chaqaloqlar o‘limi deganda, bir yoshgacha bo'lgan (ya’ni, 0 oydan 12 oygacha) bolalar o'limi, bolalar o‘limi deganda esa 1 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan aholi guruhining o‘limi tushuniladi.

Shu o`rinda shuni ta`kidlab o`tish kerakki, YUNISEF ma`lumotlariga ko`ra O`zbekistonda go`daklar o`limi ko`rsatkichi hamon yuqoriligicha qolmoqda. 5 yoshgacha bo`lgan bolalar o`limining 57 foizi hayotining ilk 27 kunida sodir bo`lmoqda.

Jahon miqyosida qaraydigan bo`lsak, yaqin yillar ichida chaqaloqlar o`limi taxminan 9,6 mln. ni, 5 yoshgacha bo`lgan bolalar o`limi esa 4,8 mln. kishini tashkil etmoqda. Achinarlisi shundaki, ma`lum ko`rsatkichlarga nazar soladigan bo`lsak, har kuni dunyo bo`yicha 18 mingdan ortiq bola oldini olish mumkin sabablar orqasidan hayotdan ko`z yummoqda.

Bir yoshgacha bo`lgan o`lim ko‘rsatkichlarining aksariyati boshqa yosh guruhlari o`limidan yuqoriroq bo`lib, ushbu davrdagi o`lim ehtimolini 55 yoshga yetganlarning o`lim ehtimoli bilan taqqoslash mumkin. Mazkur ko‘rsatkichning boshqa yosh koeffitsientlaridan farqi shundaki, u o ‘ziga xos hisoblash usuli yordamida aniqlanadi hamda muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Chaqaloqlar o`limi onalar o`limi darajasi bilan bir qatorda u reproduktiv salomatlik holatini hamda pediatriya va boshqa xizmatlar sifatini ham ko'rsatadi.

Inson hayotining birinchi yili quyidagi uch davrga ajratilib, bu davrlar o`lim ehtimoli ustun keluvchi patalogiya bilan tavsiflanadi.

1. Perinatal davr — homilaning 28 haftadan boshlab, chaqaloq hayotining dastlabki 7 sutkasigacha bo`lgan davrni qamrab oladi. «Perinatal o`lim» tushunchasi birinchi marta S.Pefler (1948-y.) tomonidan qo`llanilgan bo`lib, tarjima qilinganda «tug'ruq atrofidagi yo'qotish», degan ma’noni anglatadi. Perinatal davr homila va yangi tug'ilgan chaqaloq hayotidagi eng muhim davr bo'lib, unda o'lim ehtimoli yuqori bo'ladi (o'z vaqtiga yetmay erta tug'ilgan chaqaloqlarni ham hisobga olgan holda). Ushbu davrga hayotning birinchi yilidagi o'limining 70 foizi to'g'ri keladi.

Perinatal o‘lim dinamikasi (ko‘rsatkichning keskin o‘zgarib turishida), shuningdek, chaqaloqlar o`limining statistik qayd etilishidagi noaniqliklarni aks ettirishi mumkin, chunki ushbu davrdagi o‘lganlar soni ham tirik, ham o‘lik tug‘ilganlarning umumiy soni bilan taqqoslanadi.



Bu yerda: p— perinatal o‘lim koeffitsienti; r — o‘lik tug‘ilganlar soni; l - hayotining birinchi 7 kunigacha o‘lganlar soni; t—barcha tug'ilganlar soni (tirik va o‘lik).

Perinatal davrdagi homilaning o‘limidagi asosiy sabablar asfiksiya (45 foiz atrofida), repirator kasalliklar (20 foiz atrofida), tug‘ma kamqonlik (13-15 foiz), tug‘ishdagi shikastlanish (7-9 foiz) va bachadon ichidagi infektsiyalar (2 foiz atrofida) hisoblanadi.

2. Neonatal davr bolaning tug'ilganidan to 28 kunigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ushbu ko‘rsatkich go‘daklar o‘limining asosiy qismlaridan biri bo‘lib, chaqaloqlarning shu davrga to‘g‘ri keladigan o‘lim salmog‘i qancha baland bo‘lsa, go‘daklar o‘limining darajasi shunchalik past bo`ladi.

Neonatal o`lim quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Bu yerda: n - neonatal o`lim koeffitsienti; у — 0-27 kunlik davrida o`lgan chaqaloqlar soni; t— tirik tug`ilgan bolalar soni.

Neonatal o‘lim doirasida ikkita davr ajratiladi: barvaqt va kechki.

Barvaqt neonatal o`lim quyidagi formula orqali topiladi:



Bu yerda; ρ— 0-6 kunlik (168 soat) davrda o‘lgan chaqaloqiar o‘limi; t—tirik tug‘ilgan bolalar soni.

Kechki neonatal o‘lim ko‘rsatkichi chaqaloqlar hayotining dastlabki 2-4 haftalik davrini o‘z ichiga olib, quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Bu yerda: ϑ— 2-4 haftalik davrda o‘lgan chaqaloqlar soni; t — tirik tug‘ilgan bolalar soni.

Neonatal o‘lim tug‘ma nuqsonlar, tug‘ilish paytidagi shikastlanishlar, neonatal davrdan keying asfiksiyalar, tug‘ma pnevmaniya tufayli yuz beradi.

Postneonatal davr. Bu neonatal davrdan keyingi davr bo‘lib (28 kundan 1 yoshga to`lgunga qadar), quyidagi formula orqali aniqlanadi:



Bu yerda: ϖ — postneonatal o‘lim koeffitsienti; ϭ— 28 kundan 1 yoshgacha bo‘lgan davrda o‘lgan chaqaloqlar soni; t— tug`ilgan bolalar soni; y — 0-27 kunlik davrda o‘lgan bolalar soni.

Endogen omillar bilan ko‘proq bog'langan, ya’ni ona salomatligi va homiladorligi davridagi hayot tarzi bilan belgilanuvchi neonatal o‘limdan farqli ravishda, postneonatal davrda bola salomatligiga tashqi omillarning ta’siri ortib boradi. Bular jumlasiga parvarish qilish, ovqatlantirish, pediatr xizmatining sifati va h.k.lami kiritish mumkin.

Chaqaloqiar o‘limi ko‘rsatkichlarini hisoblash usullari. Chaqaloqlar o‘limini hisoblash uchun alohida ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ular qatoriga chaqaloqlar o'limining umumiy koeffitsienti kirib, quyidagicha hisoblanadi:



Bu yerda: M— joriy yilda o‘lgan chaqaloqlar soni; N — joriy yilda tirik tug‘ilgan go'daklar soni.

Masalan: bir yilda tuman bo'yicha tirik tug'ilgan bolalar soni 1150 nafarni, bir yoshgacha o'lgan bolalar soni 42 nafarni tashkil qilgan bo'lsin. U holda:

Ushbu usulni 2 yil oralig'ida (o'tgan va joriy yillar) tirik tug'ilgan chaqaloqiar soni o'rtacha bir xil bo'lganda qo'llash tavsiya etiladi. Yil davomida 1 yoshgacha o'lgan bolalar soni orasida joriy yilda tug'ilgan bolalar bilan bir qatorda o'tgan yili tug'ilgan bolalar ham bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham 1 yoshgacha bo'lgan bolalar o'limi kattaligini aniq hisoblash uchun 1920-yilda nemis demografi va matematigi Yoxannes Rats (1854-1933 yy) tomonidan taqdim etilgan quyidagi usuldan foydalaniladi:





— joriy yilda bir yoshgacha o‘lgan bolalar soni; — joriy yilda tirik tug'ilgan bolalarning 2/3 qismi; — o'tgan yilda tirik tug'ilgan bolalarning 1/3 qismi.

Bir yoshgacha bo'lgan bolalar o'limi ko'rsatkichini eng aniq hisoblash usuli — bu R.Bek tomonidan taklif qilingan xalqaro usul hisoblanib, quyidagicha aniqlanadi:



Bu yerda: — bir yoshgacha bo`lgan bolalar o`limi ko'rsatkichi;



— joriy yilda tug`ilgan bolalardan shu kalendar yilida o`lganlar soni;

— o‘tgan yili tug'ilgan bolalardan joriy kalendar yilida o`lganlarning soni;

— o`tgan yili tug`ilganlardan o‘sha yili o`lganlar soni;

— joriy yilda tug`ilgan bolalar soni;

— o‘tgan yili tug`ilgan bolalar soni.

Ammo, bu usul nisbatan murakkabligi va ko‘p mehnat talab qilganligi uchun ham sogliqni saqlash amaliyotida keng o‘rin olmagan. Odatda, amaliyotchilar yuqoridagi birinchi va ikkinchi usuldan keng foydalanadi.

3-jadvalda go'daklar o`limi koeffitsientini baholash mezoni keltirilgan.


Download 118,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish