Moliyaviy hisobot auditi


Haqqoniy qiymati bo’yicha hisobga olinadigan aktivlar



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/271
Sana14.12.2022
Hajmi2 Mb.
#886054
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   271
Bog'liq
Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Haqqoniy qiymati bo’yicha hisobga olinadigan aktivlar
20 
MHXSlar ayrim aktivlarni haqqoniy qiymat yoki qayta baholangan qiymat 
bo’yicha hisobga olinishini talab etadi yoki ruxsat qiladi (masalan, BHXS 16 “Asosiy 
vositalar”, BHXS 38 “Nomoddiy aktivlar”, BHXS 40 “Investitsion mulk” va MHXS 9 
“Moliyaviy instrumentlar” ga qarang). Ba’zi mamlakatlarda, aktivning haqqoniy 
qiymatigacha qayta baholanishi yoki boshqacha tarzda qayta hisoblanishi joriy davr uchun 
soliq solinadigan foydaga (soliq zarariga) ta’sir qiladi. Natijada, aktivning soliq bazasi 
o’zgaradi va hech qanday vaqtinchalik farq yuzaga kelmaydi. Boshqa mamlakatlarda, 
aktivning qayta baholanishi yoki boshqacha tarzda qayta hisoblanishi ushbu qayta baholash 
yoki qayta hisoblash amalga oshirilgan davrda soliq solinadigan foydaga (soliq zarariga) 
ta’sir qilmaydi, buning natijasida, aktivning soliq bazasi o’zgarmaydi. Bunga qaramasdan, 
aktiv balans qiymatining kelajakda qoplanishi soliq solinadigan iqtisodiy naf tadbirkorlik 
sub’ekti tomonidan olinishiga olib keladi, hamda soliq maqsadlarida chegirib tashlanadigan 
summa ushbu iqtisodiy nafning summasidan farq qiladi. Qayta baholangan aktivning balans 
qiymati va uning soliq bazasi orasidagi farq vaqtinchalik farq bo’lib, u muddati uzaytirilgan 


MOLIYAVIY HISOBOT AUDITI” FANIDAN MUSTAQIL TA`LIM MASHG’ULOTLAR 
MAVZULARI
166 
soliq majburiyati yoki aktivni yuzaga keltiradi. Bu quyidagi shartlar mavjud bo’lganida ham 
to’g’ri bo’ladi:
(a) 
tadbirkorlik sub’ektining aktivni sotish niyati bo’lmaganida. Bunday hollarda
aktivning qayta baholangan balans qiymati ushbu aktivdan foydalanish orqali qoplanadi, bu 
esa kelgusi davrlarda chegirilishi mumkin bo’lgan eskirish summasidan oshadigan soliq 
solinadigan daromadni hosil qiladi; yoki 
(b) 
agar aktivning chiqib ketishidan olinadigan tushumlar unga o’xshash aktivlarga 
sarmoya qilinganida kapital qiymati o’sishiga solinadigan soliqning muddati uzaytirilmasa. 
Bunday hollarda, aktiv sotilgan paytda yoki unga o’xshash aktivlardan foydalanilganida 
pirovardida soliq to’lanishi kerak bo’ladi. 
Gudvil
21 Biznes birlashuvida paydo bo’ladigan gudvil, quyidagi (a) bandda keltirilgan 
summaning (b) bandda keltirilgan summadan oshgan qiymati sifatida baholanadi:
(a) quyidagilarning yig’indisi: 
(i) MHXS 3 ga muvofiq baholanadigan va odatda sotib olish sanasidagi haqqoniy 
qiymatini aniqlashni talab qiladigan, sotib olinayotgan aktivlar evaziga o’tkazilgan tovon; 
(ii) MHXS 3 ga muvofiq sotib olinadigan tadbirkorlik sub’ektida nazorat kuchiga ega 
bo’lmagan har qanday ulushning tan olinadigan qiymati; va 
(iii) bosqichma-bosqich amalga oshirilgan biznes birlashuvida, sotib oluvchining sotib 
olinadigan tadbirkorlik sub’ektining kapitalidagi oldingi ulushining sotib olish sanasidagi 
haqqoniy qiymati. 
(b) 
MHXS 3 ga muvofiq baholanadigan aniqlanadigan sotib olingan aktivlardan qabul 
qilingan majburiyatlarning sotib olish sanasidagi ayirmasi. 
 
Ko’pgina soliq idoralari soliq solinadigan foydani hisoblashda gudvilning balans 
qiymatini chegiriladigan xarajat sifatida chegirib tashlashga ruxsat etmaydi. Bundan 
tashqari, bunday mamlakatlarda, shu’ba tadbirkorlik sub’ekti asosiy biznesini sotayotganda 
gudvilning qiymati ko’pincha soliq maqsadlarida chegirib tashlanishi mumkin emas. Bunday 
mamlakatlarda, gudvilning soliq bazasi nolga teng. Gudvilning balans qiymati va uning 
nolga teng bo’lgan soliq bazasi orasidagi har qanday farq kelgusida soliq solinadigan 
vaqtinchalik farq bo’lib xizmat qiladi. Biroq, mazkur Standart buning natijasida yuzaga 
keladigan muddati uzaytirilgan soliq majburiyatini tan olishga ruxsat qilmaydi, chunki gudvil 
qoldiq qiymat sifatida baholanadi va muddati uzaytirilgan soliq majburiyatining tan olinishi 
gudvilning balans qiymati oshib ketishiga olib keladi. 
21A 
Gudvilning dastlabki tan olinishidan kelib chiqqanligi sababdan tan olinmaydigan 
muddati uzaytirilgan soliq majburiyatining keyinchalik kamayishi, gudvilning dastlabki tan 
olinishidan yuzaga kelgan deb qaraladi, va, shuning uchun, 15(a) bandga muvofiq tan 
olinmaydi. Masalan, tadbirkorlik sub’ekti biznes birlashuvida soliq bazasi nolga teng bo’lgan 
gudvilni buxgalteriya hisobida 100ga teng qiymat bo’yicha aks ettirsa, 15(a) band 
tadbirkorlik sub’ekti tomonidan buning natijasida yuzaga keladigan muddati uzaytirilgan 
soliq majburiyati tan olinishini ta’qiqlaydi. Agar tadbirkorlik sub’ekti ushbu gudvil bo’yicha 
keyinchalik gudvilning qadrsizlanishidan kelgan 20ga teng zararni tan olsa, gudvilga tegishli 
bo’lgan kelgusida soliq solinadigan vaqtinchalik farqning summasi 100dan 80gacha 
kamayadi, buning natijasida tan olinmagan muddati uzaytirilgan soliqning qiymati ham 
kamayadi. Ushbu tan olinmagan muddati uzaytirilgan soliq majburiyatining bunday 
kamayishi gudvilning daslabki tan olinishidan kelib chiqadi deb hisoblanadi, va, shuning 
uchun, uning tan olinishi 15(a) bandga muvofiq ta’qiqlanadi.



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish