Moliyaviy menejment



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/45
Sana26.02.2022
Hajmi1,26 Mb.
#471255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni takomillashtirish

a) iqtisodiy ma’noda; b)
moddiy 
ma’noda; d) huquqiy ma’noda. 
Iqtisodiy kategoriya sifatida davlat budjeti
- davlat bilan yuridik va jismoniy 
shaxslar o'rtasida mamlakatda yaratilgan milliy daromadni (qisman milliy 
boylikni) qayta taqsimlash yuzasidan kelib chiqadigan pul munosabatlari tizimi 
bo'lib, ular natijasida iqisodiyotni, ijtimoiy-madaniy sohalarni, mudofaa va 
davlat boshqaruvi ehtiyojlarini moliyalashtirishga mo'ljallangan pul fondi - 
budjet tashkil topadi va maqsadga muvofiq tarzda ishlatiladi. 


11 
Moddiy tushuncha sifatida davlat budjeti
- markaziy hukumat va tegishli 
darajadagi mahalliy hokimiyat idoralari faoliyatini ta'minlovchi, ular oldidagi 
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vazifalarni bajarishga mo'ljallangan 
markazlashtirilgan pul mablag’lari fondidir. O'zbekiston Respublikasining 
«Budjet kodeksi»dagi qonunda davlat budjetiga aynan moddiy ma'nodagi 
tushuncha sifatida ta'rif berilgan.
Huquqiy kategoriya sifatida davlat budjeti
- markaziy va tegishli mahalliy 
hokimiyat va ijroiya organlari tomonidan ishlab chiqiladigan va belgilangan 
tartibda tasdiqlanadigan, markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini 
shakllantirish, taqsimlash va maqsadli ishlatishni ko'zda tutuvchi asosiy 
moliyaviy reja, yuridik hujjatdir. Yuridik hujjat sifatida O'zbekiston 
Respublikasida davlat budjeti «Budjet kodeksi»dagi qonunda belgilangan 
tartibda va muddatlarda har moliya yili uchun (O'zbekiston Respublikasida 
moliya yili kalendar yiliga mos keladi, lekin dunyo mamlakatlarida ularning 
an'analari va mamlakat hayotidagi muhim, hal qiluvchi tarixiy sanalariga 
muvofiq, budjet yili kalendar yiliga mos kelmasligi mumkin) tuziladi, ko'rib 
chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etiladi. 
Davlat budjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati uning iqtisodiy kategoriya 
sifatidagi funksiyalarida namoyon bo'ladi. Ko'pchilik iqtisodchi olimlarning 
fikricha, Davlat budjeti quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: 

YAIM qiymatini qayta taqsimlash funksiyasi; 

Iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarish funksiyasi; 

Ijtimoiy funksiyasi; 

Nazorat funksiyasi. 
Davlat budjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy 
daromad qayta taqsimlanadi. Yalpi ichki mahsulotning qayta taqsimlanishi 
jamiyatdagi umumiy ehtiyojlar: maorif, sog’liqni saqlash, mamlakatdagi 
iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, aholi tarkibidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 
qatlamlarni moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, mamlakat osoyishtaligi
chegaralar daxlsizligini ta'minlash va favqulotda holatlar uchun saqlanadigan 


12 
davlat zahiralarining mavjud bo'lish zarurati tufayli kelib chiqadi. Shuningdek, 
davlat budjeti orqali davlat jamiyatning ijtimoiy takror ishlab chiqarish 
jarayonlariga ta'sir qilishning moliyaviy dastaklariga ega bo'ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti ikki qismdan: 
daromadlar 
va 
xarajatlar 
qismlaridan iborat. Uning daromadlar qismida qonunchilikda nazarda 
tutilgan barcha manbalar bo‘yicha tushumlarning hajmlari aks ettirilib, ularga 
avvalambor belgilangan soliqlar va yig‘imlarning barcha turlari hamda boshqa 
daromadlar kiradi. Xarajatlar qismi esa budjet mablag‘laridan foydalanishning 
aniq miqdori va yo‘nalishlarini nazarda tutadi. 
Davlat budjeti daromadlari - davlat bilan korxonalar, tashkilotlar, 
muassasalar va aholi o'rtasidagi mamlakat budjet fondining shakllanishi 
jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni anglatadi. 
Jahon amaliyotida budjetga pul tushumlarining uch asosiy yo'nalishi mavjud: 

yuridik va jismoniy shaxslardan qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan 
soliqlar va yig’imlar ko'rinishida undiriladigan majburiy to'lovlar;

foydalanish evaziga to'lovlar va badallar undiriladigan davlat mulki va 
umumdavlat resurslari; 

davlat zayomlari, boshqa qimmatli qog’ozlar, lotereyalar sotishdan 
tushgan daromadlar, davlat banklariga qo'yilgan omonatlarning qismlari 
va boshqalar ko'rinishida jalb qilingan resurslar. 
Budjet daromadlarining hajmi soliq solishning belgilangan soliq stavkalari bilan 
aniqlanadigan YAIMning o'sishi va soliq yukiga bog’liqdir. 
Daromadlarning asosiy vazifasi budjet xarajatlarini ta'minlashdir. 
Budjet xarajatlari – bu davlat va mahalliy o'zini o'zi boshqaruv 
organlarining vazifa va funksiyalarini bajarishi uchun yo'naltirilayotgan pul 
mablag’lari; davlat pul mablag’lari fondini taqsimlash va uni tarmoq, maqsadli 
va hududiy yo'nalishlarda foydalanish yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy 
munosabatlardir. 
Budjet xarajatlari kategoriyasi aniq xarajatlar turlari orqali namoyon 
bo'ladi va ularning har biri son va sifat jihatidan tavsiflab berilishi mumkin. Sifat 


13 
tavsifi budjet xarajati har bir turning iqtisodiy tabiati va ijtimoiy maqsadini 
belgilash imkonini bersa, son tavsifi ularning hajmini belgilaydi. 
O'z iqtisodiy mazmuniga qarab budjet xarajatlari joriy va kapital 
xarajatlarga bo'linadi.

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish