Moliyaviy nazoratni tashkil etishning nazariy asoslari. Javob


Davlat sug’urta nazoratining maqsadi



Download 0,84 Mb.
bet11/30
Sana21.07.2022
Hajmi0,84 Mb.
#833934
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
1.4.Молиявий назорат

Davlat sug’urta nazoratining maqsadi
Davlat sug’urta nazoratining asosiy vazifalari esa quyidagilardan iborat:

  • Sug’urtachilarni moliyaviy barqarorligini ta’minlash;

  • Sug’urta bozorida tenglik va raqobatbardoshlikni ta’minlash;

  • Sug’urta xizmatlaridan foydalanuvchilarni xaq-huquqlarini himoya qilish;

  • Sug’urta bozorini rivojlanishida ko’maklashish.

Sug’urta faoliyati nazorati quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • O’zbekiston Respublikasi sug’urta faoliyatini yuritishda to’lay olish qobiliyati ko’rsatkichlar va boshqa moliyaviy barqarorliklarni mavjudligi, faoliyat davomida qonun hujjatlariga rioya qilishni tekshirish;

  • Sug’urta faoliyati va sug’arta brokerlarini litsenziyalash;

  • O’zining komponenti doirasida, sug’urta ishchilarii ish bilan ta’minlash;

  • Respublika sug’urta faoliyati rivojlanishi tendensiyasini analiz qilish;

  • Matbuot orqali sug’urta faoliyati haqida tushuntirish ma’lumotlari olib borish;

  • O’zbekiston vakolatlari doirasida fuqarolarning murojaatlari va taliflarini ko’rib chiqish.



4.Davlat soliq qo’mitasining moliyaviy nazoratni tashkil qilishdagi roli va ahamiyati.
Soliq nazoratini amalga oshirishning huquqiy asosi hisoblangan O‘zbekiston Repsublikasi Soliq Kodeksi dastlab 1997 yilda qabul qilingan bo‘lib, 10 yil davomida unga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar natijasida davr talabi bilan 2007 yilda yangi tahrirda qabul qilindi. Oxirgi ikki yil mobaynida soliq tizimida amalga oshirilayotgan chora tadbirlar natijasida joriy yilda yana yangi tahrirda qabul qilinishi kutilmoqda. Mamlakatimiz Prezidentining «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 1 avgustdagi PQ-3168-son qarorini bajarish yuzasidan va davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida5 Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan soliq nazoratining 2 ta huqqiy asosi yangilandi, jumladan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom” va “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizom”lar yangidan tasdiqlandi.
Davlat soliq qo‘mitasi soliq nazorati bo‘yicha bir qator vazifalarni hamda ushbu vazifalarga muvofiq funktsiyalarni bajaradi:
a) davlat soliq siyosatini amalga oshirish sohasida:

  • soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, davlat maqsadli jamg’armalariga va byudjetdan tashqari jamg’armalarga tushishi prognozini ishlab chiqishda qatnashadi;

  • belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklari va idoralari bilan birgalikda soliq qonunchiligiga muvofiq soliq solish masalalari bo’yicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

  • soliq hisobotlari hamda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqish, to’lash bilan bog’liq boshqa hujjatlar shakllarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;




Davlat soliq Qo’mitasining tashkiliy tuzilmasi
b) soliq sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblab chiqilishi, to’liq va o’z vaqtida to’lanishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash sohasida:

  • soliq to’lovchilar faoliyatini belgilangan tartibda soliq bo’yicha tekshiradi, shuningdek jamg’arib boriladigan pensiya majburiy badallarining to’g’ri hisoblab chiqilishini, xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ularning fuqarolarning yakka tartibdagi jamg’arib boriladigan pensiya hisob raqamlariga to’liq va o’z vaqtida to’lanishini tekshiradi;

  • davlat soliq xizmati organlari tomonidan xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

  • yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi;

  • soliq to’lovchilardan yoki ularning mansabdor shaxslaridan tushuntirish xatlari oladi, soliq to’lovchining mol-mulki mavjudligini tekshiradi, shuningdek hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan, soliq to’lovchilar tomonidan daromadlar olish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog’liq joylarni ko’zdan kechiradi (tekshiradi);

  • xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan pul mablag’lari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini, korxonalar hududiga moddiy boyliklarni olib kirish va u erdan olib chiqishda korxonalarda ruxsat berish tizimi ishlarining tashkil etilishi holatini tekshiradi;

  • soliq to’lovchining moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) davomida hisobotdagi ma’lumotlarning ishonchliligi va to’g’riligini aniqlash, davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarida faktlarning buzib ko’rsatilishini aniqlash va ularni bartaraf qilish uchun buxgalteriya hisoblari va moliyaviy hisobotlarni tekshiradi.




Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish