Moliyaviy oqimlar


 Moliyaviy tizim orqali risklarni boshqarish



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana03.06.2022
Hajmi0,68 Mb.
#633853
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
3 мав

4. Moliyaviy tizim orqali risklarni boshqarish
Moliyaviy tizim risklarni boshqarish (riskiy boshqaruv) uchun imko-
niyatlarni vujudga keltiradi. Pul resurslarini moliyaviy tizim yordamida ko‘chirib 
o‘tkazishga o‘xshab, risk ham ko‘chirib o‘tkaziladi. Moliyaviy tizimda 
vositachilar, masalan, riskni ko‘chirish bilan bog‘liq faoliyatga ixtisos-
lashtirilgan sug‘urta kompaniyalari mavjud. Bu kompaniyalar o‘zlarining risklilik 
darajasini kamaytirishni xoxlovchi mijozlardan maxsus sug‘urta pullarini 
undiradilar va ularni ma’lum bir mukofot evaziga sug‘urta talablarini to‘lashga va 
riskni bo‘yniga olishga rozilik beradigan investorlarga beradilar. 
Ko‘pincha kapital va risk birgalikda (o‘zaro) bog‘liq bo‘lib, bir vaqtning 
o‘zida moliyaviy tizim yordamida o‘tkaziladi (ko‘chiriladi). Buning natijasida 
moliyaviy oqim risk oqimini ham tavsiflaydi. Keling, buni korxonalar moliyasi 
va ularning riskni o‘tka-zishi (ko‘chirishi) misolida ko‘rib chiqamiz. 
Faraz qiling, Siz biznes bilan shug‘ullanmoqchi bo‘ldingiz va buning uchun 
Sizga 100,0 mln.so‘mlik kapital kerak. Modomiki, Sizda shaxsiy jamg‘armalar 
yo‘q ekan, Siz
 defitsit 
iqtisodiy birlik hisoblanasiz. Endi faraz qilamiz, Siz biror-
bir xususiy investorni (
erkin mablag‘lar
ga ega bo‘lgan iqtisodiy birlik) 
aksiyalaringizni sotib olish hisobiga Sizga 70,0 mln. so‘mlik kapital ajratishiga 
ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ldingiz. Buning uchun Siz unga korxona foydasining, 
aytaylik, 75%ini to‘lash majbu-riyatini olasiz. Bundan tashqari, Siz bankdan yillik 
6% ustama haq bilan 30,0 mln. so‘mlik kredit olishga erishdingiz. 100,0 mln. 
so‘m miqdoridagi umumiy oqim boshqa manbalardan Siz tomonga kelayotgan 
moliyaviy oqim sifatida tasvirlangan. 
Lekin Sizning korxonangiz muvaffaqiyatsizlikka uchragan paytda riskni kim 
o‘z zimmasi (bo‘yni)ga oladi?. Axir, hayot – tasodiflarga boy. Uning bundan xoli 
bo‘lishiga hech kim kafolat beraolmaydi. Shuningdek, “Korxonangiz o‘z faoliyati 
davomida faqat muvaffaqiyatga erishadi. Uning peshonasiga muvaffaqiyatsizlik 
yozilmagan. Bunga men kafilman!”, - deydi-gan “mard” hayotda uchramaydi. 
Unday “mard”ni kunduzi chiroq yoqib qidir-sangiz ham topaolmaysiz.
 
Shu sababli, ushbu misolda asosiy riskni Sizning aksiyadoringiz o‘z 
bo‘yniga oladi. Zero, korxona inqirozga yuz tutsa, u o‘zining 70,0 mln. so‘mini 
qaytarib ololmaydi. Biroq, bankning harakatlarida ham ma’lum bir risklilik 
darajasi (riskiy daraja) mavjud bo‘lishi mumkin. Bu quyidagicha izohlanadi: Siz 
inqirozga yuz tutgan holda, bank ham qarzning asosiy summasi va uning foizini 
to‘lig‘icha ololmasligi mumkin. Masalan, faraz qilaylik, yilning oxirida 
biznesingizning jami bahosi 20,0 mln. so‘mni tashkil etdi. Bu holatda investor 


350 
o‘zi investitsiya qilgan hamma summani yo‘qotadi. Bank esa Sizga qarzga bergan 
30,0 mln. so‘mdan 10,0 mln. so‘mini yo‘qotadi. Shuning uchun, kreditorlar 
aksiyadorlar bilan bir qatorda xususiy firma faoliyati riskining ma’lum bir qismini 
o‘z zimmasiga oladi.
Garchi kapital va risk ko‘pincha birlashib ketsa-da, ular bo‘linishi ham 
mumkin. Biznes qilish uchun 30,0 mln. so‘m miqdoridagi qarz olish misolida 
shunday vaziyatni ko‘rib chiqamiz. Faraz qiling, bank Sizdan ushbu qarzning Siz 
tomondan qaytarilishiga kafolat bera oladigan yaqin qarindoshla-ringizdan birini 
olib kelishingizni talab qilyapti. Ushbu talabni taklif etgan holda bank Siz 
tomondan kredit shartnomasi shartlarining baja-rilmay qolishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan o‘zining riskini oilangiz a’zosiga o‘tkazadi. Bu holda bank Sizga 30,0 
mln. so‘m miqdoridagi kreditni o‘zi uchun eng kam risk bilan taqdim etadi. Qarz 
bo‘yicha asosiy risk esa Sizning qarindoshingizga o‘tadi.
Tobora ishonch hosil qila borganimizdek, moliya olamidagi ko‘plab 
moliyaviy shartnomalar pul resurslarini ko‘chirmasdan turib riskni ko‘chirishni 
nazarda tutadi. Bu, masalan, aksariyat sug‘urta shartnomalari va kafolatlarga 
tegishlidir. Shuningdek, bularga fyuchers, opsion va svoplar kabi hosila 
instrumentlar ham kiradi. 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish