Moliyaviy risklar


Riskning asosiy xususiyatlari



Download 133,96 Kb.
bet3/3
Sana20.10.2022
Hajmi133,96 Kb.
#854497
1   2   3
Bog'liq
Risk 1

Riskning asosiy xususiyatlari
Qarama- qarshilik
Noaniqlik
Alternativlilik
Qarama-qarshiliklar quyidagilarda namoyon bo`ladilar: risk bir tomonlama muhim iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy-ahloqiy natijalarga olib keladi, ya`ni ijtimoiy, texnik rivojlanishni tezlashtiradi, jamiyatning fikr va ma`naviy muhitiga ijobiy ta`sir qiladi. Ikkinchi tomonlama esa, aksincha ta`sir qilishi mumkin, ya`ni risk ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy rivojlanishga to`sqinlik qilishi mumkin.
Noaniqlilik bu albatta noaniq, ya`ni kutilmagan holatlar bilan bog`liq. Uning yuzaga kelish va tus olish shakli noaniq bo`lib qolaveradi.
Alternativlilik bu bir yoki bir qancha ko`rinishdagi qarorlarni tezlik bilan tanlashda namoyon bo`ladi. Tanlash lozim bo`lmagan joyda riskli jarayonlar ham vujudga kelmaydi va risk bo`lmaydi.
O`tgan asrning 20-yillarida F.Nayt birinchilardan bo`lib daromad doim noaniqlilik bilan bog`liq degan fikrni olg`a suradi.
P.Samuelson esa, quyidagilarni ta`kidlagan: “Noaniqlilik qarama-qarshiliklar natijasida kelib chiqadi, ya`ni insonlar nimalarni kutmoqdalar-u, nimalar sodir bo`lmoqda, buning natijasi esa foyda yoki zararda namoyon bo`ladi”.
Samarali tashkil qilingan iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish kam xarajat qilish bilan, uning taqsimoti esa bozor talabiga asosan amalga oshiriladi. Raqobat korxonalarning xarajatlarini iloji boricha minimum darajagacha kamaytirishga, tovarlar ishlab chiqarishni strategik rejalashtirishga va faqat bozor talabiga mos keluvchi tovarlar ishlab chiqarishga majbur qiladi.
Risk tadbirkorlik faoliyatining eng asosiy elementlaridan biri hisoblanib, u keng ma`noga ega bo`lgan ko`p qirrali tushuncha. Shuning uchun tadbirkorlik faoliyatining samaradorligiga erishish, uning moliyaviy barqarorligini ta`minlash uchun iqtisodiyotdagi mavjud risklar, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta`sir qilish tomonlarini chuqur o`rganib chiqish zarur.
4. Risklar nazariyasi, fikrlar va muammolar
Risk insoniyat faoliyatining barcha bosqichlarida mavjud bo`lgan tarixiy va iqtisodiy kategoriya bo`lib, u kishilar faoliyatida yoki tabiiy hodisalarda mumkin bo`lgan yo’qotishlar salmog`ini bildirgan, hamda tarixan jamiyat rivojlanishi bilan odamlarning halokatdan qo`rqish darajasiga moslashib turgan.
Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi riskning iqtisodiy kategoriya sifatida yuzaga kelishiga va subyektlar faoliyatida mustahkam o`rnashib olishiga imkoniyat yaratdi. Shuning uchun ham risklar bizni tunu-kun, har yer va har joyda o`rab kelmoqda. U bizning hayotimizda har doim ham qochib bo`lmaydigan va yechish lozim bo`lgan bir jarayon bo`lib biror-bir natijani yuzaga kelishiga asos bo`ladi. Bunday natija salbiy va ijobiy bo`lishi mumkin. Riskning sinonimi sifatida biz ishonchizlikni, imkoniyatsizlikni, bir voqea bo`lish bo`lmasligini oldindan aytib bera olmaslik kabilarni misol qilib ko`rsatishimiz ham mumkin.
Risk bo`yicha olimlar turli xil fikrlar bildirishgan va ta`riflar berishgan.
V.T.Sevruk “Risk - bu zarar ko`rish yoki manfaatni qo`ldan chiqarish bilan bog`liq ehtimollar o`lchamidir” degan ta`rif beradi.
Rossiyalik iqtisodchi G.Panova “Risk kutilmagan hodisalar yuzaga kelganida yo`qotish havfi yoki imkoniyatidir” deb ta`rif beradi. U o`z ta`rifi orqali ikki asosiy yo`nalishni asoslab bermoqchi bo`ladi.
“Bank ishi” kitobi muallifi I.R.Toymuxamedov esa “Risk” tushunchasiga quyidagicha ta`rif bergan: “Risk - bu ma`lum maqsadni ko`zlagan xolda olib borilayotgan faoliyat natijasida bo`lgan ishonchsizlik, ba`zan qoniqarsiz tugashi natijasidagi yo`qotishlardan iboratdir. Risklar bank faoliyatida o`lchash mumkin bo`lgan ko`rsatkichdir va ular doim bankning bajarayotgan opersiyalaridan olgan zarariga, yo`qotgan daromadiga teng bo`ladi”.
Chet ellik olimlar risklarni ta`riflashdan ko`ra ularning alohida olingan turlarini bo`yicha fikr bildirishni afzal hisoblaydilar. Masalan, K.D.Valravenning fikricha G`arb mamlakatlari korxonalari ko`proq likvidlik, kredit, portfel, sanoat, mamlakat, valyuta, foiz riskiga duchor bo`ladilar. “Банковский менежмент” kitobi muallifi P.S.Rose risklarga kengroq tushuncha berib, u bank riski oltita asosiy turdagi risk - kredit riski, foyda ololmaslik riski, likvidlik riski, bozor riski, foiz riski, to`lay olmaslik riskidan tashkil topgan bo`lib, bu risklar bank faoliyatida juda muhim, xal qiluvchi risklar hisoblanadi, deydi. Bank uchun ikkinchi darajada bo`lgan risklarga P.Rose siyosiy riskni, suiste`mol riskini, valyuta riskini kiritadi.
Tadbirkorlik riskining klassik va neoklassik ko`rinishi ham ishlab chiqilgan bo`lib, Klassik nazariyada tadbirkorlik riski qabul qilingan qarorlar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan yo`qotishlarning matematik kutilishi bilan tenglashtiriladi deyilgan. Ushbu qarashlar klassik nazariya namoyandalari Dj.Mill va I.U.Seniorlar tomonidan bildirilgan.
XX-asrning 30-yillarida iqtisodchilar A.Marshall va A.Pigu tadbirkorlik riskining neoklassik nazariyasini yaratdilar. U quyidagilardan iborat: noaniqlilik sharoitida ishlayotgan, daromadi o`zgarib turadigan tadbirkor, bitim tuzayotganda ikkita kriteriyaga asoslanadi:

Bu shundan dalolat beradiki, bir xil daromad beradigan ikkita kapital qo`yilmalari orasidan tadbirkor qaysi biriga ko`proq ikkilanayotgan bo`lsa, o`sha kapital qo`yilmani tanlamaslikka harakat qiladi.
A.Smit tadbirkorlik faoliyatining ba`zi bir xususiyatlari haqida gapirib o`tganda, quyidagilarni ta`kidlagan: “Foydaning odatdagi ko`rinishi doimo ozmi-ko`pmi risk bilan o`sib boradi. Lekin unga proporsional tarzda o`smaydi. Insonlar tavakkal qilib ishlashlari riskga olib keladi”.
Download 133,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish