Moliyaviy tahlil faning mohiyati. Moliyaviy tahlil faning ishlab chiqarish korxonalarida tahlil qilinishi


Iqtisodiy tahlilda taqqoslash usuli



Download 160,06 Kb.
bet12/20
Sana22.04.2022
Hajmi160,06 Kb.
#571836
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
GULYA )

Iqtisodiy tahlilda taqqoslash usuli
Taqqoslash – inson atrof-muhitni anglay boshlagan usullardan biri bo‘lib, undan doimo foydalaniladi. Uning muhimligi quyidagi naqlda ham qayd qilinadi: «Barcha narsa qiyoslashda anglanadi». Bu usul iqtisodiy hodisalar tadqiqida ham keng tarqaldi: baholash uchun qo‘llaniladigan har bir ko‘rsatkich, har bir raqam, nazorat va prognoz xuddi shunday boshqalar bilan taqqoslashdagina ahamiyatlidir. Taqqoslash mohiyati – turdosh obyektlar o‘rtasidagi o‘xshashlik yoki farqlarni aniqlash maqsadida qiyoslashdir. Ular yordamida umumiy va xususiy iqtisodiy hodisalarni taqqoslash ishlari bajariladi, o‘rganilayotgan obyektlar darajasida o‘zgarishlar, tendensiyalar va ularning rivojlanishi qonuniyatlari, ular o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqalari o‘rnatiladi. Texnologik taqqoslash bir nechta bosqichdan iborat: taqqoslanadigan obyektlarni tanlash, taqqoslash shaklini tanlash (dinamik, makoniy va b.), taqqoslash ishlari bazasini tanlash (o‘tgan davr, hisobot davr rejasi, etalon korxona va boshqalar), obyektlarni qiyoslash amalga oshiriladigan ko‘rsatkichlar sonini tanlash, taqqoslash shkalasini tanlash. Iqtisodiy tahlilda qiyosiy tahlilning quyidagi shakllari farqlanadi: gorizontal va vertikal, dinamik va statik, bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli. Gorizontal qiyosiy tahlil o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning haqiqatdagi darajasini bazaviydan (reja, o‘tgan davr, o‘rtacha daraja, fan va ilg‘or tajriba yutuqlari) absolut va nisbiy og‘ishlarini aniqlash uchun foydalaniladi. Vertikal qiyosiy tahlil yordamida iqtisodiy hodisalarning strukturasi va jarayonlarning qismlari hamda umumiy solishtirma salmog‘ini hisoblash yo‘li bilan (o‘z kapitalining umumiy kapitaldagi solishtirma salmog‘i), butun va qism nisbatlari (masalan, o‘z va qarz kapitali, asosiy va aylanma kapital), shuningdek, omillarning natijaviy ko‘rsatkichlarning darajasiga ta’sirini mutanosib omilning oldingi va keyingi o‘zgarishlari miqdorlariga taqqoslash yo‘li bilan o‘rganiladi. Trend tahlil o‘rganishda bazis yil darajasiga nisbatan qator yillar uchun nisbiy o‘sish sur’ati va ko‘rsatkichlarning o‘sishini o‘rganishda qo‘llaniladi, ya’ni ko‘rsatkichlar dinamikasining asosiy tendensiyalari tadqiq qilinadi. Dinamik taqqoslash o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning davriy o‘zgarishini o‘rganish uchun qo‘llaniladi, statik taqqoslash – turli xo‘jalik subyektlari bir davr bo‘yicha ko‘rsatkichlar darajasini baholash uchun. Bir o‘lchovli tahlilda bir obyektning bir yoki bir nechta ko‘rsatkichlari bo‘yicha yoki bir nechta obyektlarni bir ko‘rsatkich bo‘yicha taqqoslash ishlari bajariladi. Ko‘p o‘lchamli qiyosiy tahlil yordamida bir nechta korxonalar (bo‘linmalar) keng spektrli ko‘rsatkichlar bo‘yicha faoliyat natijalari taqqoslanadi. Taqqoslash bazasiga bog‘liqligiga ko‘ra u quyidagi turlarga ajratiladi.
Avval qayd qilinganidek, iqtisodiy tahlilning vazifalaridan biri tizimli nazorat va qo‘yilgan maqsadlarga erishish bo‘yicha korxonalar faoliyatini har tomonlama baholash hisoblanadi. Bunda haqiqatdagi ma’lumotlarni rejadagi bilan taqqoslash zarurligiga shartlangan. Bunday taqqoslash oy, chorak yoki yil rejasini bajarish darajasini aniqlashga, mo‘ljal parametrlardan og‘ishni aniqlash, yechimini talab qiluvchi muammolarni aniqlashga imkon beradi.
Ko‘rsatkichlarning haqiqatdagi darajasini rejadagi bilan qiyoslash korxona faoliyati samaradorligini oshirishda foydalanilmagan rezervlarni aniqlash uchun ham zarur. Agar reja bo‘yicha qandaydir tadbir bajarilmagan bo‘lsa, u holda buni mahsulot ishlab chiqarish o‘sishida, uning tannarxini pasaytirish, foyda va rentabelligi o‘sishini foydalanilmagan rezervlari sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
O‘rganilayotgan holatga yangi texnologiyalar joriy etish va uskunalar modernizatsiyasi bo‘yicha reja bajarilmagan. Ushbu omillarning mehnat unumdorligi o‘sishiga ta’sirini bilgan holda, shunga bog‘liq ravishda mahsulotlar hajmi qanchalik kamayganini hisoblash qiyin emas. Iqtisodiy tahlilda u yoki bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha erishilgan darajasini istiqbolli reja-prognoz ma’lumotlari bilan taqqoslash ham muhim ahamiyatga ega. Bunday taqqoslash istiqbolli reja bajarilishi jarayonini, haqiqatdagi natijalarning kutilgandan og‘ishini va kelgusi davr vazifalarini oldindan ko‘rishga imkon beradi. Analitik ishlar amaliyotida haqiqatdagi natijalarni tasdiqlangan norma va standartlar bilan taqqoslashda keng foydalaniladi, u mahsulot ishlab chiqarish resurslarini tejalishi yoki sarfi oshganligini aniqlash, ulardan ishlab chiqarish jarayonida foydalanish samaradorligini baholash va mahsulot ishlab chiqarish o‘sishi va uning tannarxini pasaytirishda foydalanilmagan imkoniyatlarni aniqlash uchun zarur.
Iqtisodiy tahlilda ham haqiqatda erishilgan natijalarni o‘tgan davr ma’lumotlari bilan taqqoslash juda ko‘p qo‘llaniladi. Bu o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar o‘zgarishlariga oid sur’atlarni baholashga va iqtisodiy jarayonlar rivojlanishi tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlashga imkon beradi.
Korxonada tegishli ko‘rsatkichlarni texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil qilish sohasida erishilgan eng yaxshi natijalar bilan taqqoslash biznes samaradorligini oshirish rezervlarini izlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bunda ichki korxona va korxonalararo taqqoslash bo‘lishi mumkin. Korxonaning ichida ko‘rsatkichlarning o‘rtacha darajasini uning alohida segmentlari yutuqlari bilan taqqoslash ishlari olib boriladi va ularning muvaffaqiyati sabablari o‘rganiladi. Korxonalararo qiyosiy tahlil jarayonida tahlil qilinayotgan korxonaning ko‘rsatkichlari mavjud eng yaxshi natijalarga, xo‘jalik yuritishning bir xil boshlang‘ich sharoitlariga ega yetakchi korxonalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi. Tahlil qilinayotgan korxonaning faoliyat natijalarini raqobatdosh korxonalar ma’lumotlari bilan taqqoslash katta ahamiyatga ega. Korxonalararo taqqoslash quyidagi maqsadda olib boriladi:
• korxona va o‘xshash korxonalardagi faoliyat natijalari qanday nisbatlanishini rahbariyatga ko‘rsatish;
• biznesning kuchli va kuchsiz tomonlariga rahbariyat e’tiborini jalb qilish;
• korxonaning faoliyat samaradorligini baholash va uning strategik va taktik siyosatiga tuzatishlar kiritish uchun rahbariyatga obyektiv baho berish.
Korxonalararo qiyosiy tahlil sohasida eng so‘nggi yutuq bu – benchmarking. Bu nafaqat xususiy sohaning, balki boshqa sohalardagi fan va amaliyot yutuqlariga asoslangan yetilib kelayotgan muammolar haqida oldindan ogohlantiruvchi tizimdir. U raqobatda ustunlikka erishish va uni saqlash uchun talab qilingan axborotlarni olish instrumenti sifatida foydalaniladi. Benchmarking korxona va yetakchilar o‘rtasida erishilgan natijalardagi tafovut mohiyatini tushunishga ko‘maklashadi. Menejerlarni yangiliklarni izlashga yanada undaydi, innovatsion faoliyat uchun baza hosil qiladi. Yuqori rahbariyatga xususiy biznesda strategik va taktik boshqaruv qarorlari bo‘yicha ortda qolishni bartaraf etishga maqbullashtirishga, mahsulot va xizmatlar bozorida yetakchi o‘rin egallashga ko‘maklashadi. Korxonalarni taqqoslash bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin. Raqobat va tijorat siri tufayli raqobatdosh korxonalar kamdan-kam axborot ayirboshlashadi. Shuning uchun bir korxonaning holati bilan boshqasiniki o‘rtasida bevosita taqqoslash o‘tkazish doimo ham mumkin bo‘lmaydi – odatda, muayyan soha bo‘yicha e’lon qilingan o‘rtacha statistik ma’lumotlarga yoki aksionerlik jamiyati va mas’uliyati cheklangan jamiyat hisobotiga asoslangan bilvosita taqqoslash bilan cheklanishga to‘g‘ri keladi. Tahlil qilinayotgan korxona ko‘rsatkichlarining haqiqatdagi darajasini soha bo‘yicha (vazirlik, birlashma, konsern) o‘rtacha ko‘rsatkichlar bilan qiyoslash ham iqtisodiy tahlilda katta ahamiyatga ega. Bunday taqqoslash tahlil qilinayotgan ushbu sohaning, korxonaning boshqa xo‘jalik subyektlari o‘rtasida reytingini aniqlash, korxonaning rivojlanishi darajasini yanada to‘liq va obyektiv baholash, uning xo‘jalik faoliyati natijalarini belgilovchi umumiy va o‘ziga xos omillarni o‘rganish, operatsion va moliyaviy risk darajasini baholash uchun zarur. Parallel va dinamik qatorlarni qiyoslash turli ko‘rsatkichlar o‘rtasida aloqa shakllari va yo‘nalishlarini aniqlash va asoslash uchun foydalaniladi. Shu maqsadda ko‘rsatkichlardan birini tavsiflovchi raqamni o‘suvchi yoki kamayuvchi tartibda ranjirlash va shunga bog‘liq ravishda boshqa tadqiq etilayotgan ko‘rsatkichlarni qay tarzda o‘zgarishini ko‘rib chiqish zarur.
Qishloq xo‘jalik ekinlari va tuproq hosildorligi 65bo‘yicha tumanning 10 fermer xo‘jaligiga oid ranjirlangan ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu ma’lumotlarni o‘rganish o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar o‘rtasida chambarchas aloqa mavjudligini tasdiqlaydi: tuproq sifati oshganda don ekinlari hosildorligi o‘sadi.
Boshqaruv qarorlarining turli variantlarini qiyoslash oldindan tahlilda reja va boshqaruv qarorlari asoslangan holda keng qo‘llaniladi. Qaror qabul qilishda uning barcha ehtimoliy variantlarini ko‘rib chiqish va qo‘yilgan maqsadlarga yanada samarali usulda erishilishini ta’minlovchi eng yaxshi variantini tanlash uchun zarur. Turli ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlarini tadqiq qilinayotgan vaqt davri uchun qiyoslash iqtisodiy tahlilda konkret sharoit va konkret vaqt intervalida iqtisodiy qonunlarning namoyon bo‘lish xarakterini o‘rganish uchun foydalaniladi. Misol uchun, mehnat unumdorligini oshib borish qonuni mehnat unumdorligi o‘sish sur’atlarini mehnat haqi o‘sish sur’atidan yuqoriroq bo‘lishini hamda shu tartibda davom etishini talab qiladi. Korxonaning iqtisodiy barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun korxona tushumining o‘sish sur’atlari uning aktivlarining o‘sish sur’atlaridan, foydasining o‘sish sur’atlari esa – tushum o‘sish sur’atlaridan yuqoriroq bo‘lishini talab qiladi. Agar bu qonunga doimo rioya qilinsa, u holda korxona o‘zining bozor pozitsiyasini mustahkamlash uchun yaxshi istiqbolga ega yoki aksincha. Turli vaqt davrlari uchun ayni bir ko‘rsatkichning o‘sish sur’atlarini qiyoslash resurslardan turli vaqt kesimida (yil, kvartal, oy, kun, soat) foydalanish to‘liqligini baholashga imkon beradi. Misol uchun, agar o‘rtacha soatlik ishlab chiqarish o‘sish sur’ati o‘rtacha kunlik ishlab chiqarish o‘sish sur’atidan oshsa, u holda bu ish vaqtining ichki smena yo‘qotishlari o‘sishidan guvohlik beradi. Agar kunlik ishlab chiqarish o‘sish sur’ati o‘rtacha yillik ishlab chiqarish o‘sish sur’atidan yuqori bo‘lsa, u holda bu kun bo‘yi rejadan ortiqcha ish vaqti yo‘qotishlariga izoh bo‘la oladi. Omillar ta’sirini hisoblash, rezervlar miqdorlarini aniqlashda ham muayyan omilni ishlab chiqarish vaziyati o‘zgarishlaridan oldin va keyin faoliyat natijalari qiyoslashda keng qo‘llaniladi.

Download 160,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish