Moliyaviy tahlil faning mohiyati. Moliyaviy tahlil faning ishlab chiqarish korxonalarida tahlil qilinishi



Download 160,06 Kb.
bet15/20
Sana22.04.2022
Hajmi160,06 Kb.
#571836
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
GULYA )

Guruhlashtirish usuli
Iqtisodiy tahlil korxona faoliyatida ko‘p sonli voqeliklarni guruhlashtirish usuli bilan tartibga solib o‘rganadi. Bunda voqeliklarni ijtimoiy-iqtisodiy tabiati chuqur tadqiq etilib, ularning bir turdagi xususiyatlari, jihatlari va miqdorlari aniqlanib, shu mezonlar bo‘yicha guruhlar va kichik guruhlarga ajratiladi. Ta’kidlash kerakki, voqeliklar tasodifiy belgilariga ko‘ra guruhlarga bo‘linmaydi. Bu holat tahlil natijalariga jiddiy ta’sir etadi. Voqeliklarni tashkil etuvchi tarkib, tuzilish hamda tartibi ularning o‘zgarish sababi hamda o‘zgartiruvchi asosiy omillarining birgalikda yuzaga chiqishi hamda o‘zaro bog‘liqligi asosida ko‘rsatkichlarni guruhlashtirish uchun ilmiy asoslangan belgilar topiladi. Xo‘jalik jarayonlarini belgilar bo‘yicha guruhlarga ajratish bilan har bir guruhga tegishli boshqa voqeliklarni aniqlash, o‘rganish, ularning o‘ziga xos tomonlarini topish hamda guruhdagi turli voqeliklarni o‘zaro aloqalari, bog‘liqliklari va ta’sirini bilish, shu asosda guruh bo‘yicha bir necha jarayonlarning birgalikdagi rivojlanishining yo‘nalishi hamda qonuniyligi aniqlanadi. Demak, korxona faoliyatidagi voqeliklarni tuzilishi va o‘zaro bog‘liqliklarini o‘rganish maqsadida barcha ko‘rsatkichlarni ilmiy asoslangan belgilariga ko‘ra ajratib, ajralgan muayyan bo‘lakga tegishli voqeliklarni alohida tarzda o‘rganish usuli guruhlashtirishning mazmunini tashkil etadi. Shu joyda ta’kidlab o‘tish kerakki, alohida olingan guruhlarni o‘rganish natijasida olingan xulosalar iqtisodiy tahlilda belgilab olingan umumiy maqsad va vazifalardan kelib chiqib sintez qilinadi. Iqtisodiy tahlilda guruhlashtirish maqsadi va vazifasiga ko‘ra: tipologik, tuzilish va omilli guruhlarga ajratiladi. Tipologik guruhlashtirish – bir turdagi voqeliklarni umumiy belgi bo‘yicha bo‘laklarga ajratishdir. Misol uchun, korxonalarni mulkchilik shakli bo‘yicha (davlat, qo‘shma, AJ, xususiy va shu kabilar) yoki korxonadagi barcha xodimlarni (asosiy va yordamchi ishchilar, injenertexnik xodimlar, xizmatchilar va shu kabilar) kategoriyalari bo‘yicha guruhlashtirish. Tuzilish bo‘yicha guruhlashtirish - ko‘rsatkichlarni ichki tuzilishi va ularning alohida qismlarini mutanosibligini o‘rganishga qaratilgan. Umumiy ishchilar tarkibida - ishchilarning malakasi, ma’lumoti, ish staji, yoshi, jinsi va boshqa belgilari bo‘yicha o‘rganish ushbu guruhlashtirishga misol bo‘la oladi.
Omilli (analitik) guruhlashtirish natijaviy ko‘rsatkichga (oqibat) ta’sir qiluvchi omil (sabab) bo‘yicha tashkil qilinadi. Bunday analitik guruhlashtirishda voqeliklarning bir-birlariga bog‘liqliklarini o‘rganish maqsadida ko‘rsatkichlar birinchisi ikkinchisini keltirib chiqaruvchi taribda tuziladi, ya’ni birinchi ko‘rsatkich ikkinchi ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi omil, o‘z navbatida ikkinchi ko‘rsatkich birinchi ko‘rsatkich ta’sirining natijasidir. Misol uchun, guruhdagi xodimlarning ish staji, ularning oylik maoshini o‘zgarishiga ta’sir etadi yoki ishlab chiqarish jarayonini texnik va texnologik jihatdan yangilash har bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdorini oshirishga keskin ta’sir etadi.
Ta’kidlash kerakki, har bir alohida olingan guruhdagi omil hamda natija ko‘rsatkichlari, boshqa guruhdagi xuddi shunday ko‘rsatkichlardan farq qilishi mumkin, ya’ni birinchi guruhdagi omil ko‘rsatkichi ikkinchi guruhda natija ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin. Demak, omil va natijani ifodalovchi ko‘rsatkichlar guruhlar bo‘yicha o‘zgaruvchan tavsif kasb etadi. Parallel qatorlardan farqli ravishda jadvalda guruhlangan material o‘rganilayotgan hodisalar o‘rtasida o‘zaro aloqani yanada yaqqol aks ettiradi. Guruhlashda ko‘rsatkichlarning individual kattaliklari o‘rtacha guruhlarini almashtiradi. Buning natijasida boshqa omillarning noaniq ta’siri bilan kelib chiqqan turli tasodifiy og‘ishlar o‘zaro qoplanadi, shuning uchun o‘zaro aloqa yanada aniq hisoblanadi. Shunday qilib, axborotlarni to‘g‘ri guruhlash ko‘rsatkichlar o‘rtasida bog‘liqlikni, o‘rganilayotgan hodisalarning mohiyatini yanada chuqur anglash, tahlilning materiallarini tizimlashtirish, ularning asosiysi xarakterli va tipiklarini ajratishga imkon beradi . Korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil etish uchun guruhlashtirish usulini qo‘llashda muayyan talablar e’tiborga olinishi shart. Misol uchun, tipologik guruhlar tuzishda iqtisodiy qonun-qoidalarga asoslangan guruhlar tuzishga intilish lozim. Tuzilish bo‘yicha va omilli guruhlashtirishda esa - guruhlar oralig‘i imkon qadar bir-biriga mos bo‘lishi zarur. Shuningdek, guruhlar kichik sondan, yuqoriga borish tartibida tuzilishi, tahlil natijalarining aniqligini ta’minlash maqsadida guruhlar orasidagi intervallar yaqinroq olinishi, dastlabki va oxirgi guruh chegarasi ochiq, qolgan oraliq guruhlar chegarasi yopiq, ya’ni boshlang‘ich va oxirgi guruh chegaralari aniq bo‘lishi, barcha o‘rganiladigan obyektlar soni tuzilgan guruhlarga imkon qadar teng taqsimlanishiga rioya qilinishi kerak. Ushbu ko‘rsatib o‘tilgan talablarga amal qilinishi iqtisodiy tahlil natijalarini to‘g‘ri va aniq bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy tahlilda balans usuli Qo‘shimcha vositalar sifatida iqtisodiy tahlilda balans metodi natijaviy ko‘rsatkichlar kattaliklari o‘sishiga turli omillarning ta’siri aniqlash to‘g‘riligini tekshirish uchun foydalaniladi. Determinatsiyalashgan tahlilda alohida omillarning ta’sir kattaliklari algebraik summasi natijaviy ko‘rsatkichning umumiy o‘sish kattaligiga mos kelishi lozim. Balans usuli additiv omilli model tuzishda foydalanilishi mumkin. Misol uchun, tovar balansi

Download 160,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish