Moliyaviy tahlil


Korxona faoliyatining turlari: operatsion, investitsion, moliyaviy faoliyat



Download 202,07 Kb.
bet2/3
Sana06.01.2022
Hajmi202,07 Kb.
#325140
1   2   3
Bog'liq
Молиявий тахлил

2. Korxona faoliyatining turlari: operatsion, investitsion, moliyaviy faoliyat
Operatsiya – (lotincha “Operatsion” - so‘zidan olingan bo‘lib) muayyan maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan harakatlarni anglatadi.

Faoliyat – maqsadga erishish yo‘lida muayyan vositalardan foydalanishning rag‘batlantiruvchi jarayoni.

Operatsion faoliyat – xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliyaviy faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyatidir.

Operatsion faoliyat-mahsulotlar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishga xarajatlarni amalga oshirish va ularni sotishdan daromadlar olishga qaratilgan.

Xo‘jalik subyektining faoliyat turlari


Korxona faoliyati

Odatdagi faoliyati

Odatdagi faoliyat asosiy, moliyaviy va investitsion faoliyatdan iborat

Favqulodda faoliyati

Odatdagi faoliyatdan farqli ravishda muntazam takrorlanmaydigan va ko‘zda tutilmagan faoliyat turi hisoblanadi.

Odatdagi faoliyat



Asosiy

faoliyat


Operatsiya faoliyati - xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati


Moliyaviy faoliyat

Investitsiya faoliyati - uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotish

Investitsion faoliyat

Moliyaviy faoliyat - xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati bo‘lib, uning natijasida o‘z mablag‘i va qarz mablag‘lari miqdori va tarkibida o‘zgarishlar yuz beradi

Faoliyat turlariga mos ravishda tahlil ham operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat tahlili turlariga tarkiblanadi.

Operatsion tahlil – xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek‚ subyektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati tahlilidir.

Operatsion tahlil – xo‘jalik subyektining moliyaviy natijalarining ishlab chiqarish xarajatlari va tushum hajmiga bog‘liqligidan iborat tahlil turidir

Investitsion tahlil – uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotishni tahlilidir.

Investitsion tahlil – investitsion faoliyat, uning samaradorligi va natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan tahlil turidir.

Moliyaviy faoliyat tahlili – xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z mablag‘i va qarz mablag‘lari miqdori va ular tarkibidagi o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lgan tahlilidir.

Moliyaviy faoliyat tahlili –xo‘jalik subyektining moliyaviy harakatlari, ularning samaradorligi va natijaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan tahlilidir.


3. Operatsion faoliyat tahlili va uning muhim jihatlari
Operatsion faoliyat korxonaning asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Uning tashkil etilishida, asosiy faoliyat turining (OKONX) belgilanishi ham shu bilan izohlanadi.

Korxonlarning asosiy qismi ishlab chiqarish va savdo faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Agar korxonalar qo‘shimcha faoliyatni amalga oshirsalar, ular ikkinchi darajali faoliyat hisoblanadi. Bunday faoliyat turlariga investitsion va moliyaviy faoliyatlar kirishi mumkin. Bunday faoliyat turlari korxonani qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha qatorlariga kiradi.

Opreratsion faoliyatning ustuvorligi shundaki‚ bunday faoliyat to‘liq mijozga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

Operatsion faoliyat asosiy faoliyat yoki biznesga nisbatan, pul tushumlariga nisbatan eng ko‘p ishlatiladigan tushuncha hisoblanadi.

Operatsion faoliyatning zamonaviy tahlilining muhim jihatlarini quyidagilarda ko‘rish mumkin:

-ishlab chiqarish va biznes samaradorligini o‘stirish istagining yuqoriligida;

-erkin qarorlar qabul qilish yuzasidan xo‘jalik yuritish imkoniyatlarining kengligida;

-reja va dasturlarni doimiy korrektirovka qilish imkoniyatlari mavjudligida;

-boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ko‘p variantli hisob-kitoblarni amalga oshirishda axborotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarining yuqoriligida;

-faoliyatni rivojlantirishda barcha ichki va tashqi omillarning hisobga olinishida;

-joriy va istiqbolli rejalashtirish funksiyalarining o‘zgarishida; 

-real erishilgan natijalarni boshqaruvning barcha bo‘g‘inlari bo‘yicha baholash imkoniyatlarining mavjudligida;

-matematik usullardan va elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish imkoniyatlarining kengligida;

-keng jamoaning boshqaruvga jalb etilishida;

-innovatsion jarayonlarni faoliyat va boshqaruvning barcha bo‘g‘inlarida qo‘llash imkoniyatlarining mavjudligida;

-risklarni baholash va ularnri boshqarishda menejerlar rolining ortishida ko‘rish mumkin.

Operatsion faoliyat bo‘yicha pul oqimlari asosan tadbirkorlik subyektining asosiy daromad keltiruvchi faoliyatidan kelib chiqadi. Binobarin, ular asosan foyda yoki zararni aniqlashda ishtirok etadigan operatsiyalar yoki boshqa hodisalar natijasida kelib chiqadi.

Operatsion faoliyatda pul oqimlariga quyidagilar misol bo‘ladi:

- tovarlarni sotish va xizmatlarni ko‘rsatishdan kelib tushgan pul mablag‘lari;

- royalti, xizmatlar haqi, komission to‘lovlar va boshqa daromadlar ko‘rinishida kelib tushgan pul mablag‘lari;

- mol yetkazib beruvchilarga tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlar;

- xodimlarga va xodimlar nomidan to‘lovlar;

- sug‘urta tashkilotining sug‘urta polislari bo‘yicha mukofotlari va talablari, annuitetlar va boshqa sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha pul tushumlari va pul to‘lovlari;

- foyda solig‘i bo‘yicha to‘lovlar hamda soliqlarning qaytarilishi, agar ular moliyaviy yoki investitsion faoliyat bilan aniq bog‘liq bo‘lmasa;

- vositachilik yoki oldi-sotdi maqsadlarida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari.

Operatsion faoliyat tahlili yuzasidan quyidagi axborotlarga tayaniladi:

- aylanma mablag‘lar miqdori;

- resurslarni safarbar qilish yo‘llari;

- moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish usullari;

- sarf-xarajatlarni optimallashtirish;

- asbob-uskunalarni ijaraga olish yoki sotib olish;

- tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan qiymat bilan sotish qiymati o‘rtasidagi ijobiy farqlanish;

- sotish hajmi va rentabellikning o‘sishi haqidagi ma’lumotlar.
4. Mahsulot (ish, xizmat)larning tarmoq va faoliyat tavsifi
Savdo korxonalari. Chakana va ulgurji savdo korxonalari boshqa korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bilan shug‘ullanadilar. Ular uchun aktivlarning muhim qismi tovarlar zaxirasi hisoblanadi. Shu sababli ham tahlilda muhim e’tibor tovarlar zaxirasining tarkibiga va dinamikasiga qaratiladi. Tovarlar zaxirasining aylanish darajasi va bir martalik aylanishga ketadigan vaqt ko‘rsatkichlari ular faoliyatini baholashning muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar qisqa va uzoq davriylikda o‘rganiladi va uning o‘zgarishlariga mos ravishda boshqaruv strategiyalari o‘zgarib boradi. Naqd mablag‘lar harakati savdo turiga va shakliga ko‘ra o‘zgarib turadi.


Download 202,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish