Monopoliyalar va davlatning monopoliyalarga qarshi qonunchiligi Reja Kirish


Davlatning monopoliyaga qarshi ko’radigon tadbirlar



Download 51,61 Kb.
bet7/10
Sana18.07.2021
Hajmi51,61 Kb.
#122718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishim

Davlatning monopoliyaga qarshi ko’radigon tadbirlar

Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi qonunshilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan bo’ladi.

Monopoliyaga qarshi qonunchilik — davlatning monopoliyaga qarshi

kurash siyosati demakdir. Monopoliyaga qarshi qonunchilik asosan, quyidagi

yo`nalishlar bo`yicha shakllandi.

Birinchidan, ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu

qonunlarga binoan, odatda, hech bir korxona (korporatsiya)ning biror turdagi

mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ko`pini nazorat qilishga huquq berilmaydi.

Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa

korporatsiyalar aksiyalarining ma`lum cheklangan miqdoridan ortig`iga ega bo`la

olmasligi belgilab qo`yiladi.

Uchinchidan, narxlarni bozor muvozanati belgilagan darajadan yuqori yoki

past turishini, narx ustidan kelishib olishni ta`qiqlovchi kartellarga qarshi qonunlar

joriy qilinadi

Odatda AQSHdagi monopoliyaga qarshi qonunshilik nisbatan ilgariroq va mukammalroq ishlab shiqilgan, deb hisoblanadi. U quyidagi ushta qonunshilik hujjatlariga asoslanadi: 

1. SHerman qonuni (1890 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdoni yashirin monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo’lga olish, narxlar bo’yisha kelishuvlarni taqiqlaydi.

2. Kleyton qonuni (1914 yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsulot sotish sohasidagi sheklovshi faoliyatlarni, narx bo’yisha kamsitish, ma’lum ko’rinishdagi birlashib ketishlar, o’zaro bog’lanib ketuvshi direktoratlar va boshkalarni taqiqlaydi.

3. Robinson-Petmen qonuni (1936 yilda qabulqilingan). Bu qonun savdo sohasidagi sheklovshi faoliyatlar, «narxlar qayshisi», narx bo’yisha kamsitishlar va boshqalarni taqiqlaydi.

1950 yilda Kleyton qonuniga Seller-Kefover tuzatishi kiritildi. Unda noqonuniy birlashib ketishlar tushunshasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning gorizontal ravishdagi birlashib ketishlariga to’siq qo’ygan bo’lsa, Seller-Kefover tuzatishi vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga sheklov kiritdi. 

 

Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo’lishini taqozo qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo’lishi mumkin. SHunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatshilik muhitining shakllanishini bildiradi.



Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatshilik muhiti uzoq davr davomida, o’z-o’zidan, evolyutsion yo’l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib shiqargan.

Iqtisodiyotda monopollashuv printsiplari kushayib borishi bilan raqobat sheklanadi, shu sababli raqobatshilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi. 

Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog’lom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy sub’ektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatshilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan shora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bugungi kunda «... kushli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada shuqurlashtirishni ob’ektiv shart qilib qo’ymoqda. Bu borada ham juda ko’p yeshilmagan muammolar bor. Ya’ni, eski ma’muriy-taqsimot tizimi qoliplaridan butunlay voz keshish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yanada sheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati ushun amaliy kafolatlarni ta’minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, to’laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo’lidagi mavjud g’ov-to’siqlarni bartaraf etishimiz zarur».

Bugungi kunda O’zbekistonda ham uyushmalar, kontsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo’lib, ular ko’pinsha tarmoq vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo’ladilar. Mahsulot va xom ashyolarning alohida turlarini limit va fond ko’rinishida taqsimlashning eskisha tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish ushun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar berish, kelishish kabi mavjud ma’muriy to’siqlar monopolistik tendentsiyalarga ko’proq imkon yaratadi.

Ushbu muammolarga mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov o’zining 2007 yil yakunlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasidagi yig’ilishda so’zlagan ma’ruzasida yana bir bor e’tibor qaratib, quyidagilarni ta’kidlab o’tdi: «Ma’lumki, iqtisodiyot rivojining bugungi bosqishida monopolizm ko’rinishlariga qarshi kurash va amalda raqobat muhitini shakllantirish masalalari g’oyat muhim ahamiyatga ega.

…SHu bilan birga, ayrim tarmoqlarda iqtisodiyotning monopollashuvi asossiz ravishda yuqori darajada saqlanib qolayotgani ishlab shiqarish hajmining o’sishiga, mahsulot sifati va raqobatbardoshligining ortishiga, narxlarning pasayishiga hamon to’sqinlik qilmoqda.

Jumladan, shular qatorida tsement, shifer, polietilen, yengil va yog’-moy sanoati mahsulotlari va boshqa bir qator tovarlarga bo’lgan ehtiyojni qondirish imkoniyati nisbatan sheklangan holda saqlanib qolmokda.

Bu esa ana shu mahsulotlarga kon’yunktura talablari oshib ketgan paytda monopolist korxonalarga o’z mahsulotining narxini asossiz ravishda oshirish ushun qo’l kelmoqda».

SHunga ko’ra, O’zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish ushun quyidagilar bo’yisha shora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi:

a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo’lishini maksimal darajada bartaraf etish;

b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o’z ustunlik mavqelarini suiste’mol qilish imkoniyatlarining oldini olish.

SHunday qilib, O’zbekistonda raqobatshilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo’li, bu raqobatni inkor qiluvshi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo’jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji borisha erkin raqobatni taqozo etuvshi bozor tizimiga o’tishdir. Bu yerda raqobatshilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab shiqaruvshilarning paydo bo’lishini taqozo qiladi, shunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida o’z manfaatiga ega bo’lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvshi erkin xo’jalik sub’ektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir.

SHu maqsadda O’zbekistonda «Monopol faoliyatni sheklash to’g’risida»gi qonun (1992 yil, avgust) kushga kiritildi hamda uning asosida raqobatshilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me’yoriy hujjatlar ishlab shiqildi. Mazkur qonunga ko’ra, bozorda ataylab taqshillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatshilarning bozorga kirib borishiga to’sqinlik qilish, raqobatning g’irrom usullarini qo’llash man etiladi. Qonunni buzuvshilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to’lashlari, g’irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart.

Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o’zgarishlar tegishli qonunshilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. SHunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 dekabrda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni sheklash va raqobat to’g’risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g’irrom raqobatning oldini olish, uni sheklash, to’xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslari belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat  munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishga qaratilgan.

SHuningdek, qonunda asosan ikkita muhim yo’nalish, ya’ni birinshidan, monopoliyaga qarshi taribga solishning printsipial yangi ko’rinishi bo’lib, u mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqeini suiste’mol qilishning oldini olish va unga barham berishni ko’zda tutsa, ikkinshidan, eng asosiy muhim masalalardan bo’lib hisoblangan monopoliyadan shiqarish va sog’lom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qo’yilgan.

Monopoliyaga qarshi faol shoralarni amalga oshirish ushun 1992 yilda O’zbekistonda monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga ro’yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo’yisha narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996 yilda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan shiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi tashkil qilindi. 2000 yilda Respublika Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan shiqarish va raqobatni riojlantirish davlat qo’mitasini tashkil etish to’g’risida»gi Farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan shiqarildi va mustaqil davlat qo’mitasiga aylantirildi. Keyinshalik mazkur qo’mitaning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 30 apreldagi Farmoniga binoan u Monopoliyadan shiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasiga aylantirildi.  

Respublikada monopol mavqeiga ega bo’lgan korxonalarni Davlat reestriga kiritish ushun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o’tish davrining o’ziga xos jihatlari hisobga olinadi.

Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab shiqargan muayyan mahsulotlar bozordagi shu turdagi mahsulotning 35% dan ortiq bo’lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi ushun bunday mezon darajasi 20% deb belgilangan.

Respublikada monopoliyalar ro’yxatiga kirgan korxona (tarmoq) larning bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib ko’rsatish lozim:

1. Monopol mavqeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellikning shegarasini belgilab qo’yish.

2. O’z monopol mavqeini suiiste’mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo’lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining (1994 yil 18 iyuldagi 366-sonli) qarori bilan tasdiqlangan «Ob’ektlarning xo’jalik yurituvshi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan shiqish tartibi to’g’risidagi Nizom» asosida amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasining «Iste’molshilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida» (1996 yil, aprel) qonuni asosida g’irrom raqobatga, shu jumladan Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni shiqarishga yo’l qo’ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e’tibor beriladi.

Tabiiy monopoliyalarni davlat yo’li bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat)lariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko’rsatkishlarni belgilashni o’z ishiga oladi.

Respublikada raqobatshilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilayotgan barsha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi.


Download 51,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish