Morfologiyaga kirish



Download 45,47 Kb.
bet5/9
Sana13.03.2022
Hajmi45,47 Kb.
#492692
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MORFEMIKA. SO\'Z YASALISHI

Ot


sifat

Tiqin

to'lin

yig'in

erkin


chaqin

yashirin

ravishfe'l nisbati
ostin-ustinilin
birin-ketin ko`rin
qishin-yozin qilin
Bunday qo'shimchalar o'zbek tilida ko'plab uchraydi. -ma, -chi, -dor, -ch, -(i)sh, -ar, -ik,
-ish, -qin, -chaq, -(a)y, -siz kabi qo'shimchalarni bunga misol qilib keltirish mumkin.
Shakldosh qo'shimchalar quyidagi ko'rinishlarda uchraydi:
1.So'z yasovchilar doirasida, ya'ni so'z yasovchi qo'shimcha so'z yasovchi qo'shimcha bilan shakldoshlik hosil qiladi:
qalamdon (ot) qadrdon (sifat)
toshqin (ot) jo ‘shqin (sifat)
tepki (ot) kechki (sifat)
qatlama (ot) bo ‘g 'mа (sifat)
о 'roq (ot) qo ‘rqoq (sifat)
yoshlik (ot) qishlik (sifat)
yuzsiz (sifat) so ‘zsiz (ravish)
yugurik (sifat) ко'rik (ot)
tinch (sifat) sevinch (ot)
2.So'z yasovchi qo'shimcha so'z shakli yasovchi qo'shimcha bilan shakldosh bo'ladi.
kelinchak (erkalash, hurmatlash shakli) - erinchak (sifat yasovchi)
gapirma (fe’lning bo'lishsiz shakli) - burma (sifat yasovchi)
yuzlab (chama son shakli) - haftalab (ravish yasovchi)
qizcha (kichraytirish shakli) - erkakcha (ravish yasovchi)
Dilafro'zxon (hurmat shakli) - kitobxon(ot yasovchi)
do'sti (III shaxs, birlik shakli) - boyi (fe’l yasovchi).


3.Har qanday holatda so'z shakli yasaydi.


oqish (ozaytirma shakli) - kelish (harakat nomi)
otam (egalik shakli) - ko'rdim(shaxs-son shakli)
ukang (egalik shakli) - bording(shaxs-son shakli)

QO'SHIMCHALAR MA’NODOSHLIGI
Qo‘shimchalarda shakldoshlikdan tashqari ma'nodoshlik hodisasi ham uchraydi. Ba’zan ma’lum bir so'z yasash ma’nosini ifodalash uchun birdan ortiq qo'shimchalardan foydalanishga to'g'ri keladi. Masalan,-li qo'shimchasi o'rniga-kor,
-dor, bo-, ba-, .ser-qo'shimchalarini qo'llash mumkin:

itoatli-itoatkor
shirali-shirador
savlatli-basavlat
sutli-sersut
obro'li-boobro'



Shuningdek,-chi o'rnida -shunos,-kash,-kor;-siz o'rnida esa be-, no- old qo'shimchalarni qo'llash kuzatiladi.


adabiyotchi-adabiyotshunos
aravachi-aravakash
g'allachi-g'allakor
hayosiz-behayo
o'rinsiz-noo'rin

Hamma holatlarda ham yuqoridagicha ma'nodoshlik yuzaga kelavermaydi. Masalan, nodavlat tashkilotlari deyish o'rniga bedavlat tashkilotlari deyilsa, uslubiy g'alizlik yuzaga keladi.
Demak, qo‘shimchalardagi ma’nodoshlik nutqning muayyan davrdagi me’yorlari asosida yuzaga keladigan til hodisasi sanaladi.

QO'SHIMCHALARDA ZID MA’NOLILIK
Nutqni ravon, ta’sirchan, emotsional-ekspressiv jihatdan bo'yoqdor bo'lib chiqishida zid ma’noli qo'shimchalardan foydalanishning ahamiyati katta.
Masalan,-li qo'shimchasi -siz, be-, no- qo‘shimchalariga nisbatan qarama-qarshi qo'yiladi. Aqlli-aqlsiz, iboli-beibo, o'rinli-noo'rin kabi.
Bunday qo'shimchalar, asosan, sifat so'z turkumida ishlatiladi. Ser- qo'shimchasi be-qo'shimchasiga, ba-qo'shimchasi -siz qo'shimchasiga, bo- qo'shimchasi -siz va be-qo‘shimchalariga, -dor qo'shimchasi -siz va be- qo'shimchalariga nisbatan zid ma’nolidir.
Bunday qo'shimchalarni ikki guruhga bo'lish mumkin: biror belgi-xususiyatga, shakl-shamoyilga yoki rang-tusga egalikni bildiruvchi qo'shimchalar (-li, bo-, ser-,ba-, -dor); shunday belgiga ega emaslikni ifodalovchi qo'shimchalar (-siz, be-, no- )
Masalan: badavlat-davlatsiz, shirador-beshira, shirasiz, sero't-o'tsiz, baobro'- beobro', obro'siz, ko'ngilli-ko'ngilsiz.
Qo`shimchalar shakldoshligi,ma’nodoshligi va zid ma’noliligi nutqni ko`rkam qiladi,tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytiradi,uning uslubiy jihatdan rang-barang bo`lishini ta’minlaydi,ta’sirchanligini oshiradi.


Qo’shimchalar tuzilishiga ko’ra 2 ga bo’linadi: sodda qo’shimchalar va murakkab qo’shimchalar.
1.Sodda qo’shimchalar bu-boshqa qo’shimchalarga ajramaydigan qo’shimchalardir. Masalan, gullar so’zida gul asos -lar qo’shimcha, bu qo’shimcha boshqa tarkibiy qo’shimchaga bo’linmaydi.
2.Murakkab qo’shimcha bu - kamida ikkita qo’shimchaning qo’shilishidan hosil bo’lgan qo’shimchadir.
Masalan, odamgarchilik so’zi odam -gar-chi-lik tarzida tarkibga ajratilmaydi. Shuningdek, pishiqchilik so’zidagi -chilik qo’shimchasi -chi va -lik tarzida ajratilmaydi, chunki pishiqchi, odamgar yoki odamgarchi tarzidagi so’zlar ma’no ifodalamaydi. Bunday qo`shimchalar ma’lum bir so`z tarkibidagina ajralmas holatga kelib qolgan,boshqa o`rinlarda ular tarkiban ajratilishi mumkin. Masalan, odamgarchilik so`zi tarkibidagi –garchilik murakkab qo`shimchasi zargar,ishchi,tinchlik so`zlarida uchta mustaqil sodda qo`shimcha sifatida mavjud.


Murakkab qo`shimchaga misollar: yordamlash, yuzlab, ochiqchasiga, yog'ingarchlik, mo'lchilik, xayrlash, loygarchilik, akalarcha, to'kinchilik, salomlash, foydalan, bellash, shodlan.
Taqqoslang: ter-im-chi-lik, o’y-la-n (sodda qo’shimcha), dehqon-chilik, ot- lan(murakkab qo’shimcha).
SO`Z YASALISHI

Jamiyatning tarixiy taraqqiyoti davomida yangi-yangi tushunchalar paydo bo'ladi. Bu yangi tushunchalarning har biri alohida-alohida so‘zlar bilan ifodalanganda edi, so'zlarning soni cheksiz ravishda ko'payib ketgan va ularni xotirada saqlash imkoniyati yo'qolgan, natijada tilimiz aloqa vositasi sifatida yaroqsiz holga kelib qolgan bo'lardi.


Tilning imkoniyatlari shu darajada boyki, oz vositalar bilan cheksiz tushunchalarni, xilma-xil axborotlarni ifodalash mumkin.
Yangi-yangi tushunchalarni ifodalashda ilgari tilimizda mavjud bo’lgan so'zlarga ko'makchi morfemalarni qo'shib, yangi so'z hosil qilish usuli keng qo'llaniladi.


Ana shunday usul bilan yangi so’z hosil qilish so‘z yasalishi hodisasi,shunday hodisani o‘rganadigan tilshunoslik bo‘limiga esa so‘z yasalishi deyiladi. Demak, so‘z yasalishi atamasi ikki ma’noda: a)so‘z yasalishi hodisasi ma’nosida va b) so‘z yasalishi hodisasini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi ma’nosida qo‘llaniladi.

  1. Ter, terim, terimchi. 2. Tara, taroq, taroqchi so'zlariga e’tibor bersangiz, shuni sezasizki, birinchi guruhdagi so'zlarning hammasida ter so'zi takrorlanadi, ikkinchi guruhdagilarida esa tara qismi hammasi uchun umumiy sanaladi.

Ko'rinadiki, so'z yasalishi hodisasi o'zining ichki tuzilishiga ega bo'ladi va ikkita tarkibiy qismni o'z ichiga oladi: a) yasashga asos qism; b) yasovchi vosita. Yasashga asos qism bilan yasovchi vosita birgalikda yasalmani tashkil qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan terim so'zida ter qismi yasashga asos,-im qismi
yasovchi vosita, ikkala qismning qo'shilishidan hosil bo'lgan hosila terim esa yasalma hisoblanadi. Terimchi so'zida esa terim yasashga asos qism,-chi yasovchi vosita, terimchi esa yasalma sanaladi.
So'zning yasalish tuzilishi bilan morfemik tuzilishi bir-biridan farqlanadi. So'zning ma’noli qismlarga bo'linishi uning morfemik tuzilishi sanaladi.
So'zda nechta ma’noli qism bo'lsa, uning morfemik tuzilishi shuncha qismga ajraladi. Masalan, terimchi uchta ma’noli qismdan tashkil topgan: ter-im-chi. Terimchilar so'zi esa to'rtta ma’noli qismdan iborat: ter-im-chi-lar. Terimchilarga so'zi beshta ma’noli qismdan iborat: Shuning uchun u morfemik tuzilishga ko'ra besh qismga bo'linadi: ter-im-chi-lar-ga.
Ko'rinadiki, so'zning morfemik tuzilishi yasovchi qo'shimchalarni ham, so'z o'zgartiruvchi qo'shimchalarni ham o'z ichiga oladi. So'zning morfemik tuzilishini belgilashda ma’noli qismlarning so'z yasovchi yoki so'z o'zgartiruvchi ekanligining ahamiyati bo'lmaydi. Qanday ma’noli qismlardan - morfemalardan iborat ekanligi e’tiborga olinadi.
So'zning yasalish tuzilishi esa faqat yasovchilarnigina o'z ichiga oladi. So'z o'zgartiruvchi qo'shimchalar so'z yasalishi tuzilishiga kirmaydi.
So'z yasalishi tuzilishi doimo ikkita tarkibiy qismni - yasashga asos va yasovchi vositani o'z ichiga oladi. Agar so'zda birdan ortiq yasovchi qo'shimchalar ishtirok etsa, eng oxirgisi yasovchi vosita sanaladi, oldingilari esa yasashga asos qism tarkibiga kiradi. Masalan, taroqchi so'zida -chi yasovchi vosita, taroq yasashga asos, taroqchi yasalma, taroq so'zida esa -q yasovchi vosita, tara yasashga asos, taroq yasalma hisoblanadi.
Shuni ta'kidlash kerakki, so'z yasalishi tuzilishida yasashga asos qism bilan yasalma o'rtasida mazmuniy bog'liqlik, mazmuniy davomiylik bo'ladi. Masalan, tepki so'zi yasama bo'lib,-ki yasovchi vositasida tep so'zidan yasalgan. Tepki yasashga asos qism ma’nosini davom ettiradi: 1. Tepki uchun xoslangan moslama (otish qurolida).
2. Tepki zarbasi (tepki yedi).
Lekin tulki, eski so'zlarini tul va -ki, es va -ki qismlarga ajratib bo'lmaydi, chunki tulki va eski so'zlari tul-«beva», es-«aql», «хоtira» so'zlari bilan mazmuniy bog'lanmaydi, shu sababli bu so‘zlar yasama so'z hisoblanmaydi.
Ishchi, ishla so'zlarining yasalish asosi bir xil. Bir asosdan hosil bo'lgan so'zlar so'z yasalishuyasini tashkil etadi.



Download 45,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish