Movarounnahrga arablar bosqini bilan birga islom dini ham kirib keldi



Download 45,99 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi45,99 Kb.
#815697
Bog'liq
6-2мавзу слайд


Ilk o`rta asrlarda Markaziy Osiyo hududi Xorazm, So`g`d, Ustrushana, Farg`ona, Chag`oniyon kabi o’lkalardan tashkil topgan bo`lib, gavjum Sharq bilan G’arb mamlakatlarini bog`lab turuvchi «Buyuk ipak yo`li» markazida joylashgan va madaniy jihatdan ancha rivojlangan, savdo- sotiq aloqalari avj olgan mintaqalardan biri edi. VIII asrning birinchi choragiga kelib, O’rta Osiyoda Arab xalifaligi o`z hukmronligini o`rnatishga muvaffaq bo`ldi.
Movarounnahrga arablar bosqini bilan birga islom dini ham kirib keldi. «Islom» so`zi arabcha so`z bo`lib tangriga o`zini topshirish, itoat, bo`ysunish, tinchlik kabi ma'nolarini anglatadi. Islom dini bayro`i ostida keng hududda arab qabilalari birlashgan, tarqoqliklarga chek qo`yilgan, yagona markazlashgan arab xalifaligi tashkil topgan. Qur'oni Karim va hadislarda islom falsafiy ta'limotining asosi bayon etilgan. Qur'on- islom dinining muqaddas kitobi. Unda Islom qonun qoidalari, iymon e'tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me'yorlar o`z ifodasini topgan. Qur'on 114 sur'a va ular tarkibidagi oyatlardan tashkil topgan.
Islom falsafasida 18 ming olamni yaratguvchi Alloh deb ta'lim beriladi. Islomda davlatni boshqarish- san'at, ammo u ijtimoiy adolat ta'limotiga amal qilmog`i zarur. Ijtimoiy adolat esa teng huquqiylikka amal qilish tufayli barqaror bo`la oladi, deb hisoblanadi.
Islom falsafasiga ko`ra, insoniyat istiqboli komil insonni shakllantirish orqali yuzaga keladi, axloq- odob esa inson tafakkurining ajralmas tarkibiy qismidir. Islom falsafasi ellinizm davrining falsafiy an’analari bilan yaqindan bog’liqdir.
VIII-IX asrdan boshlab «kalom» (arabcha-«ta’limot») nomini olgan ilk islom falsafasi ishlab chiqila boshlandi. Bu ta’limot tarafdorlarni mutakallimlar deb atadilar. Mutakallimlar an’anadan ko’ra, aqlga tayanishning afzalligini ta’kidlar, «taqlid»ni rad etar va biror-bir nuqtai nazar va ta’limotni qabul qilishdan oldin ehtiyotkorlik jihatidan unga shubha bilan qarashni nasihat qilar edilar.
Tasavvuf – Sharq xalqlari ma’naviy hayoti tarixida eng muhim hodisalardan biridir. Unga xos xususiyat tarki dunyochilikka chaqirish, boylik va dunyoviy ne’matlardan voz kechishni targ’ib qilish edi. Birinchi muhaddislar (Muhammad payg’ambarning ishlari va hayot tarzlarini rivoyat qiluvchilar) katta obruga ega edilar. Ular faqih (huquq bilimdonlari) ham edilar. Ularning o’zlari odatda Qur’onni bilar va sharxlar edilar. SHunday qilib, ular o’zlarida zamonlarining ilohiyotiga va huquqshunosligiga doir barcha bilimlarini mujassamlashtirgan edilar. Ammo vaqtiyki kelib, Ummaviy xalifalarning hatti-harakatidan omma noroziligi natijasida bir qator inqiloblar kelib chiqqach, shu narsa ma’lum bo’ldiki, ba’zi muhaddislar ochiqdan-ochiq hokimiyat tomoniga o’ta boshladilar. Bulardan norozi bo’lgan boshqa turdagi muhaddislar ham kelib chiqdilar. Ana shu yangi muhaddislar quyidagi qoidani oldinga surdilar: muhaddisga ishonch shundagina mumkin bo’ladiki, agar u hodisalarni rivoyat qilibgina qolmasdan, balki ularga o’zi rioya qilsa. Va uning hayoti zohidona bo’lib, Xudo oldida doimo titrab tursa va man qilingan narsalarning hammasi uning uchun qabul qilinadigan holatdan tashqarida bo’lsa, ya’ni u ulardan to’la-to’kis parhiz qilsa. Ana shunday ruhdagi muhaddislar ichidan tarki dunyochilik harakati boshlanib, rivojlanib bordiki, uni tasavvufning birinchi kurtak otishi deb qarash mumkin. Bu vaqtda hali «sufiy» atamasi yo’q edi. Bu xildagi odamlarning oddiy alomati – zohid (tarki dunyo qilgan) yoki obid (Xudoning xizmatkori) edi.
Movarounnahrga tasavvuf ta’limotining kirib kelishi va uning yirik vakillari. Tasavvuf Markaziy Osiyoda keng tarqalgan edi. U ayniqsa G’azzoliy, Ahmad YAssaviy (XI asr), Sulaymon Boqirg’oniy (XII asr), Bahouddin Naqshband va boshqalar nomi bilan bog’langan.
Ahmad Yassaviy (1091-1167) o’z «dunyoqarashi» nima bilan nafas olgan bo’lsa, deyarli hammasini quyidagicha ifodaladi: Haqiqatga shunday kishi erishadiki, u barcha dunyoviy narsalardan shariatni afzal ko’radi; o’zidan, o’z hayotidan kechib Tariqat tomon boradi; ruhan va qalban ma’rifatga beriladi (Ahmad YAssaviy. «Hikmatlar»). Xudoga intiluvchilar orasida faqat shunday kishi uning joyini biladiki, u o’z pirining (ma’naviy ustoz) buyruqlariga bo’ysunadi, sabru qanoat qiladi, ozi bilan kifoyalanadi, o’zini azoblarga, qiyinchiliklarga mahkum etadi, ovqatni kam iste’mol qiladi. Din va sufiylar aytgan ko’rsatmalarni bajarish, azob-uqubat, ochlik, sabru qanoat, muayyan voqeiy ehtiyojlarga bo’lgan o’z istaklarini so’ndirish orqali inson «nafratli» dunyodan ozod bo’ladi va Xudoda singib ketadi.
Download 45,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish