MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI “Axborot texnologiyalari” kafedrasi MB fanidan oraliq nazorat ishi
7-variant
Savollar: Ma’lumotlar bazasini loyihalash bosqichlari. Fizik loyihalashga misol keltiring?
Ma’lumotlar bazasida normal shakl tushunchasi (2-Nsh ga misol keltiring).
“Talaba” va “Fanlar” jadvalini yarating, ular o’rtasida dekart ko’paytma amalini bajaring.
“Kitoblar” “Muallif” jadvallarini yarating, ular o’rtasida ko’pga-lo’p aloqani o’rnating.
FISH: Ergashev Ramziddinxo’ja Faxriddin o’g’li Guruh: 043-19-Sto’
Javoblar: Maʼlumotlar bazasini fizik loyihalash bosqichida qaraladigan asosiy masala maʼlumotlarni taqdim etish tezkorligini taʼminlashdan iborat. Bunda, eng muhim muammolardan biri maʼlumotlar saqlanishini tashkil etish usulini tanlash hisoblanadi. MBBTlar maʼlumotlarni saqlashning bir necha muqobil usullarini koʼzda tutadi. Bunda maʼlumotlar bazasining xususiyatlari va maʼlumotlarni saqlash usullarini tahlil etish hamda tahlil natijalariga koʼra maqbul usulni tanlash lozim boʼladi.
Maʼlumotlarni taqdim etish tezkorligini oshirishga taʼsir koʼrsatuvchi muhim omillardan yana biri maʼlumotlarga yetishish yoʼlini tanlash va undan samarali foydalanish hisoblanadi. Maʼlumotlarga yetishish yoʼllari – bu mantiqiy obʼektga mos keluvchi maʼlumotlar bazasi yozuviga yetishish mexanizmidan iborat. Bunda soʼrovlarni bajarilish tarxini maʼlumotlarga yetishish yoʼllari tuzilmasiga moslash muammosi hal qilinishi lozim boʼladi.
Аloqalarni fizik tasvirlash tamoyillari ham maʼlumotlarni tezkorligini taʼminlash uchun muhim omillardan sanaladi. Buning uchun maʼlumotlarni saralash va oʼzgartirish algoritmlaridan foydalanib MBBTdagi maʼlumotlar buferi hajmini tahlil etish zarur boʼladi.
Eʼtiborga molik omillardan yana biri amallarni bajarish strategiyasini tanlash hisoblanadi. Bunga misol tariqasida soʼrovlarni boʼlaklarga ajratish masalasini koʼrsatish mumkin. Bu masala taqsimlangan MBBTlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Maʼlumotlarni taqdim etish tezkorligini taʼminlash oʼta murakkab masala boʼlib, bunda maʼlumotlarni fizik tashkil etish uchun oʼzaro bogʼliqlikdagi koʼplab parametrlarni inobatga olish, ularning maqbul qiymatlarini tanlash zarur boʼladi.
Ikkinchi normal forma (2NF). Aloqadorlik o'zgaruvchisi ikkinchi normal shaklda bo'ladi, agar u birinchi normal shaklda bo'lsa va har bir kalit bo'lmagan atribut uning potentsial kalitiga (funktsional jihatdan to'liq) bog'liq bo'lsa.