Muhammadjon Jo’raboyev fonetika chortoq 2019 fonetika


Quyidagi so`zlarda urg`u 1-bo`g`inga tushadi



Download 144 Kb.
bet10/10
Sana04.08.2021
Hajmi144 Kb.
#137895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
fonetikadan mukammal konspekt

Quyidagi so`zlarda urg`u 1-bo`g`inga tushadi.

Allakim

Hatto

Oblast

Texnika

Ammo

Hech kim

Obraz

Tonna

Aslo

Kelma

Oshiq

Traktor

Atom

Kelsin

Oyday

Yam-yashil

Ayrim

Kimdir

Poyezd

Yangra

Aytma

Kimdir

Proza

Yaqin

Ba’zan

Kofe

Qancha

Yashna

Barcha

Kuldir

Qaysi

Yaxlit

Doim

Lampa

Qip-qizil

Yayra

Doir

Lekin

Radio

Zavqim

Doktor

Leksiya

Rektor

Zero

Garchi

Ma’zur

Ruchka




Hamma

Mashq

Silos




Har kim

Mohir

Sintaksis




Quyidagi so`zlarda urg`u 2-bo`g`inga tushadi.

Afsuski

Direktor

Kartina

Munis

Ahil

Dotsent

Mudir

Nafis

Albatta

Fontan

Muhim

Respublika

Bolamday

Gazeta

Muhit

Shamolday

Brashyura

Hamisha

Mumkin




Quyidagi so`zlarda urg`u 3-bo`g`inga tushadi.

Astronomiya

Romandan

Konstitutsiya

Sanatoriya

Matematika

monografiya


Lekin tilimizda urg‘u olmaydigan qo‘shimchalar ham bor. Ular quyidagilar:

URG‘U OLMAYDIGAN SHAKLLAR


1. -la fe’l yasovchi ko‘makchi morfema. Ushbu ko‘makchi morfema sifatdosh yoki kelasi zamon shakli sanalgan r qo‘shimchasi bilan birga qo‘llanganda -lar ko‘plik shakliga o‘xshab ketadi. Ular urg‘u olish-olmasligidan tashqari yana gapda qanday so‘zlar bilan bog‘lanishi, grammatik qo‘shimchalarni qabul qilishiga ko‘ra ham zidlanadi. Solishtiring: 1. Rabbim meni qo‘llar. 2. Menga tanish bu qo‘llar.

1-gapda -lar urg‘usiz, 2-gapda -lar urg‘uli.



2. Fe’lning -ma bo‘lishsizlik shakli. Bu shaklni -ma ot va sifat yasovchi shakldan farqlash kerak.Solishtiring:1. Bu yerdan paxta terma. 2. Bu terma Farg‘ona xalq og‘zaki ijodi namunasidan. 3. Terma jamoamiz g‘olib bo‘ldi.

1-gapda -ma urg‘usiz, 2- va 3-gaplarda urg‘uli.



3. -mi, -chi, -a (-ya) -u (-yu), -da, -ku, -oq (-yoq),-ov (-yov), -gina (-kina, -qina),-dir yuklamalari. Mazkur yuklamalar so‘zlarga qo‘shilib qo‘shimcha ma’no yuklaydi, natijada urg‘u singari boshqa bo‘g‘inlardan alohida ta’kidlanib aytiladi. Yuklamalarga shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘makchi morfemalarning borligi urg‘u qo‘yish yoki qo‘ymaslik masalalarida qiyinchilikni yuzaga keltiradi. Solishtiring:

Urg‘uli, yuklamaga shakldosh qo‘shimchalar

Urg‘usiz, yuklama

Bu ishchì amakim bo‘ladi.

Ìsh-chi, ishni nima qilamiz?

Varaqlarni san.

Sèn-a, sen shuni eplaysanmi?

Kitoblaringiz ukamdà, do‘stim.

Javlonbek mening ukàm-da, o‘rtoq

Qo‘rqòq oldin musht ko‘taradi.

Bugùnoq bajarilsin.

Onaginàm, siz kutgan kunlar keldi.

Bu qiyin masalani mèngina ishlay olaman.


4. -dek, -day, -chao‘xshatishni ifodalovchi shakllar: akàmdek, fì̀lday, pashshàcha.

-cha qo‘shimchasi kichraytirish ma’nosini ifodalab kelsa urg‘uli sanaladi: Bu yosh yigitchà kim bo‘ldi ekan?

O‘xshatish ma’nosini ifodalab ravish yasovchi bo‘lsa urg‘usiz sanaladi: Sen yigìtcha jang qilmayapsan.



5. -ta (dona son), -tacha, -larcha, -lab (chama son) qo‘shimchalari:ùchta, yùztacha, ò’nlarcha, mìnglab.

6. -man, -san, -miz, -siz, -dir bog‘lamalari, ya’ni ismlarni kesimga xoslovchi shakllar: talabàman, yòshsan, kitobxònmiz, posbònsiz, adabiyòtdir.

-siz shaklibog‘lama vazifasida kelganda urg‘usiz, sifat yasovchi qo‘shimcha vazifasida kelganda esa urg‘uli sanaladi:

Solishtiring: 1. Siz mening eng mehribon kishim – onàmsiz.



2. Na qilay, do‘stlar, onamsìz to‘yim bo‘ldi.

7. Zamon qo‘shimchalari: bòrdi, bòrmoqda, bòryapti

8. Otasi va bobosining ismini anglatuvchi -ov(a), -yev(a), -ovich, -yevich kabi qo‘shimchalar ham urg‘u olmaydi.

9. Uchun, bilan, sari, sayin, singari, kabi, haqida, to‘g‘risida, qadar, uzra, tufayli sof ko‘makchilari:Vatàn haqida, o‘qituvch̀im singari, yuràk qadar, osmòn uzra va h.k. Ost, yon, ust, old, orqa, ro‘para, oldin, avval, keyin, so‘ng, tomon, qosh, bo‘yi, bo‘ylab, qarab, ko‘ra, deya, deb, atab vazifadosh ko‘makchilari mustaqil so‘z vazifasida kelmaganda, ya’ni ular atash ma’nosini yo‘qotganda urg‘u olmaydi, shuning uchun ham urg‘u sof yoki vazifadosh ko‘makchidan oldin kelgan mustaqil so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi: yìl bo‘yi, gàp ustida, maktàb qoshida va h.k.

10. Fe’lning buyruq-istak mayli shakllari: kèlsin, kò‘rgin, ò‘qisinva b.

11. Bo‘lishsizlik, belgilash, gumon olmoshlarida urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushmaydi: héch kim, héch nima, hár kim, hámma, bárcha, báriva h.k.

12. Qo‘shma va takroriy so‘zlarda urg‘u oxirgi bo‘g‘inga qo‘yilmaydi: qìrqbesh, yìgirma olti, àytib qo‘ydi, yòzib berdi, bìtta-bitta, dòna-dona, kàtta-katta, sàp-sariq, òppoq (qatòr-qatòr bundan mustasno)va h.k.

Juft so‘zlarda asosiy urg‘u, asosan, ikkinchi qismdagi oxirgi unliga tushadi: yosh-qarì, aka-ukà, oq-qorà.



URG‘U OLMAYDIGAN QO‘SHIMCHALAR(takroran bo’lsa ham)

  1. Fe’lning bo‘lishsizlik shakllari: -may, -mas, -masdan, -maslik...

  2. Fe’lning zamon shakllari: -di, -gan, -ib, -yap, -moqchi, -moqda...

  3. Fe’lning shaxs-son shakllari: -man, -san, -miz, -siz

  4. Fe’lning kelasi zamon gumon sifatdoshi: -ar, -mas

  5. Fe’lning mayl shakllari: -gin (-kin, -qin), -sa, -sin, -ay, -ngiz...

  6. Barcha qo’shimcha yuklamalar: -mi, -chi, -a, -ya, -gina, -dir, -oq, -yoq, -ey, -ku, -da...

  7. Ravish yasovchi qo’shimchalar: -cha, -dek, -dey, -larcha, -ona...

  8. Sonlarning ma’no turini hosil qiluvchi qo’shimchalar: -ta, -larcha, -dan, -tadan, -ov, -ala, -lar...

  9. Ko’makchilar: bilan, uchun, kabi, singari...

  10. Familiya oxiriga qo‘shiluvchi qo‘shimchalar: -ov, -ova, -yev, -yeva

  11. Gumon olmoshi yasovchi qo`shimcha: -dir

  12. O`xshatish ma’nosini ifodalovchi qo`shimchalar: -dek, -day, -cha

  13. Fe’l yasovchi –la va –a qo`shimchasi: gulla (urg`u “gul” so`ziga tushgan)

Urg’uning ma’no farqlashi

So‘z urg‘usining yana bir vazifasi ikki va undan ortiq bo‘g‘inli so‘zlarning ma’nolarini farqlash uchun qo‘llaniladi:urg‘u so‘z bo‘g‘inlarida almashsa, ma’no ham o‘zgaradi, urg‘uni bir bo‘g‘inga qo‘ysak, boshqa ma’no, ikkinchisiga qo‘yganda esa o‘zga birma’no anglashiladi.Bunday urg‘u erkin urg‘u sanaladi.

akadémik (ot) – akademík (sifat)

botànik (ot) – botanìk (sifat)

bòg‘lar (fe’l) – bog‘làr (ot)

ètik (sifat) – etìk (ot)

gùllar (fe’l) – gullàr (ot)

hòzir (ravish) – hozìr (sifat)

kundà (ot) – kúnda (ravish)

lírik (ot) – lirík (sifat)

mòda(ot,rasm,odat)–modà (ot, jonivorning urg‘ochisi)

òlma(fe’l) – olmá(ot)

òrgan (ot, tashkilot yoki a’zo) – orgán (ot, musiqa asbobi)

qayísh (ot, taom yoki tasma) – qàyish (fe’l, harakat)

qo’́llar (fe’l) – qo‘llár (ot)

sinòptik (ot, ob-havoni kuzatuvchi) – sinoptík (sifat, ob-havo sharoitlariga oid)

sòya (ot, o‘simlik) – soyà (ot, ko‘lanka)

túgma (fe’l) – tugmá (ot)

xotìncha (ravish, xotinchasiga) – xotinchà (ot, kichkina xotin)

yángi(ravish) – yangí(sifat)

shahàrcha (ravish, shaharliklarga xos) – shaharchà (ot, kichik shahar)

chòg‘lar (fe’l, harakatga da’vat qilish) – chog‘làr (ot, damlar, paytlar)

GAP URG’USI

Gap tarkibidagi so’zlardan birining boshqalaridan kuchliroq talaffuz qilinishi gap urg‘usi yoki mantiqiy urg‘u deyiladi

Gap urg‘usi yana mantiqiy, ma’no, frazaviy, logik, ohang, intonatsion kabi nomlar bilanham ataladi.Gap urg‘usini olgan so‘z, ko‘pincha, kesim yonida keladi.



So‘roq olmoshlari, ajratilgan bo‘laklar gapning qaysi o‘rnida kelishidan qat’i nazar alohida ohang bilan talaffuz qilinadi, natijada ularni mantiqiy urg‘u olgan bo‘lak sifatida talqin qilishimizga asos bo‘ladi. M: Kim bugun darsga kelmadi?; Sizni,bo’lajak talabalarni, o’zgacha baxtingiz bor-da!



Download 144 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish