Muhokama uchun savollar va topshiriqlar



Download 24,26 Kb.
Sana06.08.2021
Hajmi24,26 Kb.
#140004
Bog'liq
14-Falsafa


Muhokama uchun savollar va topshiriqlar:

1.Oila deganda nimani tushunasiz? - Oila kishilarning tabiiy-biologik[jinsiy munosabatlar, uy-ro’zg’or yuritish, farzand ko’rish], xuquqiy-ma'naviy munosabatlarga [syevgi-muhabbat, mas'uliyat, burch, vijdon va x.] asoslangan birlikdir.

2.Nikoh nima? - Nikoh esa oilaning faqat xuquqiy asosi bo’lib, oila boshliqlarining bir-birlari va jamiyat oldidagi axloqiy va xuquqiy burch majburiyatlarini, mas'uliyatini byelgilaydi. Shunga ko’ra uning mohiyatan ijtimoiy-ma'naviy hodisa tarzdagi maqomati byelgilovchi jihatdir.

Nikoh-bu ikki jinsdagi kishining ixtiyor erkinligiga asoslangan oila qurishlariga byerilgan fatvodir.

3.Oilaviy muhit deganda nimani tushunasiz? - Oilaning jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit sifatida yuzaga kyelishi uning quyidagi uchta jihatlari o’zida mujasamlashtirishligi bilan izohlanadi. Ayni paytda ular uning asosiy vazifasi ham sanaladi. Bular: 1]Nikoh; 2]Oilaviy mulk va unga egalik qilish ; 3] Farzand tarbiyasi. Nikoh oila tizimining nyegizi hisoblanadi.

5.Nikohning axloqiy jihatilariga nimalar kiradi?- Nikohning axloqiy jihati asrlar davomida shakllangan syevgi-muhabbat, or-nomus, burch, sharm-xayo vafo-kabi axloqiy tamoyil, normalar bilan bog’liqdir.

6.Farzandlar tarbiyasidagi ma’suliyat nimalardan iborat? - Oilaning uchinchi jihati farzandlar tarbiyasidir. Bu har qanday jamiyatda nihoyatda katta jamiyatda katta ahamiyatga ega bo’lgan dolzarb masaladir. Oilada asosan ayol ko’proq farzand tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lsa-da, lyekin konstitutsiyamizning 14 bobi 64-moddasida ota-ona o’z farzandlarini voyaga yetkazishda birdyek ma'suldirlar, dyeb ko’rsatilgan. Shuni yaxshi tushunib olish kyerakki, oilada, farzand tarbiyasida xuquqiylikdan ko’ra axloqiylik ustuvor xaraktyerga egadir. Boshqacha qilib aytganda ota-ona farzandlariga yuksak va oliyjanob axloqiy fazilatlari bilan namuna bo’la olishlari bilan tarbiyani amalga oshiradilar. Xalq tilida aytganda “qush uyasida ko’rganini qiladi

7.Oilaviy muhit deganda nimani tushunasiz? - Oila jamiyatning asosi, muhim hujayrasi va ayni paytda u ma'naviy ijtimoiy muhit hisoblanadi. Shunga ko’ra u jamiyatning boshlang’ich axloqiy asosi vazifasini o’taydi.

Avvalambor oila mikro ma'naviy maskan bo’lib, u qanday tashkil topsa, shakllansa, jamiyat ham shunday taraqqiy etadi. Shu ma'noda oila jamiyat tizimining tarkibiy qismiki, ayni paytda uning o’zi ham makrooiladir. Inson ana shu mikro ma'naviy-maskan muhitida voyaga yetadi va unda axloqiy fazilatlar egasi kamol topadi. Oilaning jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit sifatida yuzaga kyelishi uning quyidagi uchta jihatlari o’zida mujasamlashtirishligi bilan izohlanadi. Ayni paytda ular uning asosiy vazifasi ham sanaladi. Bular: 1]Nikoh; 2]Oilaviy mulk va unga egalik qilish ; 3] Farzand tarbiyasi. Nikoh oila tizimining nyegizi hisoblanadi.

8.Oilaviy mulk nima? - Oilaning ikkinchi jixhatini oilaviy myerosiy munosabatlar bu uning mavjudligi, mustaqqilligini, tinch osoyishtaligi ta'minlovchi moddiy asos hisoblanadi. U oila a'zolarning balki ma'naviy ehtiyojlarni qondirish, baxtli hayot kyechirishlarining muhim omilidir. Oilaviy boylik, molu-mulk halol myehnat bilan topilgan paytdagina oilada axloqiy muhit yuzaga kyeladi. Oilada asosan erkak kishi yyetakchilik qiladi. Oilani boshqarish va uni moddiy jihatdan ta'minlash uning zimmasiga yuklanadi. Ayol kishi oilada ko’proq uy-yumushlari, farzand tarbiyasi bilan mashg’ul bo’ladilar.

Moddiy jihatdan ta'minlangan oilalarda ko’pincha farzandlar turli axloqsiz yo’llarga kirib kyetishi mumkin.[O’g’irlik, qalloblik va x.] Lyekin shuni aloxida ta'kidlash lozimki, moddiy boylik hyech qachon oilada ustuvor xaraktyerga ega bo’lmasligi lozim, aks holda, unday oila axloqsizlikka, tubanlikka yuz tutadi. Xadisi shariflarda: “Oila moddiy jihatdan qancha farovon bo’lsa ham, lyekin er-xotin bir-birlaridan ma'naviy oziqa topolmasa, u eng qashoq oiladir”, dyeyiladi.
9.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechinchi bobi va qaysi moddasi oilaga bag‘ishlangan va unda nimalar deyilgan? - Konstitutsiyamizning 14 bobi 64-moddasida ota-ona o’z farzandlarini voyaga yetkazishda birdyek ma'suldirlar, dyeb ko’rsatilgan. Asosiy qonunimizning “Oila dyeb atalgan 14-bobidagi 64-65-moddalarida oilaning mavqyei quyidagicha byelgilanadi. “Oila jamiyatning bir bo’g’inidir hamda jamiyat va Davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega”. “Onalik va bolalik Davlat tomonidan muhofaza qilinadi”.

10. O’z-o’zini tarbiyalash deganda nimani tushunasiz? - O’z-o’zini tarbiyalash axloqiy tarbiya jarayonining faoliyat sifatida amal qilish ning o’ziga hos shakli hisoblanadi. O’z-o’zini tarbiyalash–bu kishining o’z-o’zini anglashi, jamiyatning ehtiyoji, maqsadi myezonidan turib o’z-o’ziga baho byerishi, o’z-o’zini nazorat qilishi asosida kyechadigan faoliyati bo’lib, bunda u o’zini shaxs sifatida shakllantiradi. Shaxsda bunday qobiliyat maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonida shakllanadi va bunday tarbiya birinchi galda oilada amalga oshiriladiki, bunda ota-onaninig farzandlarga namuna ko’rsatishi muhim rol o’ynaydi.

O’z-o’zini tarbiyalash ijobiy sifatlarini takomillashtirish va salbiy nuqsonlarni tuzatishga qaratilgan ongli va muntazam faoliyat dyeb ta'riflanadi.

11. O’zbekistonda yoshlar tarbiyasi ma’naviy-axlokiy kamolotida nikox va oilaning muhim ahamiyati nimalardan iborat? - Bugungi globallashuv, dunyo xalqlari madaniy aloqalarining kengayib borishida kishilarimizda, ayniqsa yoshlarimizda milliy qadriyatlarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shunga ko’ra yoshlarimiz milliy etikyet ko’nikmalarini shakllantirish bugungi tarbiya tizimining muhim vazifasi hisoblanadiki, oila buni amalga oshuruvchi asosiy sub'yekt sanaladi. Darhaqiqat, odob ko’nikmalari bolada yoshlikdan byevosita ota-onaning namunaviy hatti-harakatlari ta'sirida shakllanadi. “qush uyasida ko’rganini qiladi”degan xalq hikmatida ana shu oddiy haqiqat mujassamlashgandir.

12. Yevropa mamlakatlarining oila va nikoh masalasidagi qarashlari bilan bizning Vatanimizdagi qarashlarning farqi nimada? “G’arb” desa, og’zidagi sulaklari oqib ketadiganlarning ko’pligidan doim ajablanib kelaman. Ularning farqli jihatlaridan biri shundaki, bundaylar odatda o’z milliy qadriyatlari va o’z ota-bobolarining madaniyatlariga, yumshoq qilib aytganda, ancha hurmatsizlik qiladilar.

13.Mavzu bo’yicha o’nta test tayyorlang va har bir to’gri javobga yulduzcha (*) belgisini qo’ying. Korsatilgan javoblar to’rttadan kam bo’lmasin.

1. Nikohning dastlabki shakli nima deb ataladi?

a) Poligamiya

b) *Ekzogamiya

c) Poliginiya

d) Poliandriya

2. Poligamiya nima?

a) *ko’pnikohlik

b) ko’pxotinlilik

c) to’g’ri javob berilmagan

d) ko’perlilik

3. Poliginiya nima?

a) *ko’pxotinlilik

b) ko’pnikohlik

c) ko’perlilik

d) to’g’ri javob berilmagan

4. Poliandriya nima?

a) *ko’perlilik

b) ko’pxotinlilik

c) ko’pnikohlik

d) to’g’ri javob berilmagan

5. Oilaning jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit sifatida yuzaga kyelishi uning nechta jihatlari o’zida mujasamlashtirishligi bilan izohlanadi?

a) 2 ta

b) 5 ta


c) *3 ta

d) 4 ta


6. Axloqiy madaniyat tuzilmasining tarkibiy qismlari?

a) muamola odobi

b) etikyet

c) kasbiy odob

d) *hamma javob to’g’ri

7. “Tarbiya faqat azaldan insonga byerilgan fazilatlarni shakllantiradi, yuzaga chiqaradi, xolos. Bordi-yu tarbiya noto’g’ri byerilsa, u xolda insondagi azaliy fazilatlar o’zgarishi yoki o’chishi mumkin” - deb kim aytgan?

a) Abdulla Avloniy

b) Arastu

c) *Aflotun

d) Platon

8. Axloqiy tarbiya qaysi tamoyillar orqali amalga oshiriladi?

a) namunaviylik

b) o’zini-o’zi tarbiyalash

c) uzluksizlik

d) hamma javob to’g’ri

9. Namunaviylik nima?

a) bu kishining o’z-o’zini anglashi, jamiyatning ehtiyoji, maqsadi myezonidan turib o’z-o’ziga baho byerishi, o’z-o’zini nazorat qilishi asosida kyechadigan faoliyati bo’lib, bunda u o’zini shaxs sifatida shakllantiradi.

b) * bu tarbiyalanuvchiga axloqiy mye'yorlarning konkryet shaxs faoliyatida qay darajada ryeallashganligini ibrat qilib ko’rsatishdir.

c) mazkur tarbiyaning barcha yo’nalishlar bilan uzviy birlikda va tarbiya sub'yektlarining [oila tarbiya muasasaligi maktab, oliy maktab, jamoat tashkilotlari] ning o’zaro aloqadorlikda faoliyat ko’rsatishni taqozo etadi.

d) to’g’ri javob berilmagan.

10. O’zbekistonda o’g’illar uchun belgilangan nikoh yoshi nechi?

a) *18


b) 17

c) 20


d) belgilanmagan
Download 24,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish