Mundareja kirish 2 i-bob Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari 4


O‘zbekiston Respublikasi pul-kredit siyosatini takomillashtirish yo‘llari



Download 3,4 Mb.
bet9/11
Sana07.07.2022
Hajmi3,4 Mb.
#755476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
OYBEK AKA 22aka tayyor O\'zbekistonda pul-kredit siyosati. Reja Kirish O‘zbekiston pul- 2222

2.2 O‘zbekiston Respublikasi pul-kredit siyosatini takomillashtirish yo‘llari




Bugungi kunda ham respublika bank-moliya tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning barqarorligini oshirish, banklar faoliyatini va butun bank tizimini baholashga nisbatan yondashuv va uslublarni tubdan o‘zgartirish, uning umum qabul qilingan xalqaro prinsiplar, standartlar va me’yorlarga hamohang tarzda rivojlantirishni ta’minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26noyabrdagi «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi PQ-1438-sonli Qarori ushbu vazifalarning ijrosini ta’minlash borasida qabul qilingan dasturiy me’yoriy-huquqiy hujjat hisoblanadi.
Bugungi kunda moliya bozorining eng asosiy qismini tashkil etuvchi tijorat banklari faoliyatini yanada rivojlantirish va uning mustahkamligini oshirish, markaziy bankning mazkur institutlarga, xususan milliy moliya bozoriga ta’sirini oshirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda. Xususan, ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin.

  • Bazel qo‘mitasi tomonidan belgilangan xalqaro andozalar talablariga asosan tijorat banklariniig yanada kapitallashuvi, ushbu sohaga xususiy kapitalni jalb qilish, resurs bazalarini oshirish, aktivlar sifatini yaxshilash, bank ishini takomillashtirish hisobiga banklarning moliyaviy barqarorligini va likvidligini oshirish;

  • omonatchilar uchun kafolatlarni kuchaytirish hamda aholi va xorijiy investorlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash, yangi jozibador omonat va depozitlar turlarini joriy qilgan holda aholi va xo‘jalik sub’ektlarining bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga keng jalb qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni qabul qilish, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish;

  • yetakchi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan qo‘llaniladigan va alohida banklar hamda butun bank tiziminingbutun dunyoda qabul qilingan baholash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yanada yuqori darajaga ko‘tarilishini ob’ektiv baholash imkonini beruvchi xalqaro normalar, standartlar va mezonlar asosida alohida banklar va butun bank tizimi faoliyatini tahlil qilish va baholashning zamonaviy tizimini joriy qilish;

  • moliya-bank faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazalariniyanada takomillashtirish, davr talablari va xalqaro me’yorlarhamda andozalarga muvofiq amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, yangi qonunlar va normativ hujjatlarni qabul qilish;

  • tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini kuchaytirish va ularning investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish, tavakkalchiliklarni baholash va loyihalarni ekspertiza qilish tizimini takomillashtirish orqali kredit portfeli sifatini yaxshilash va doimiy o‘sishini ta’minlash, kreditlar bo‘yicha muammoli qarzdorlikning shakllanishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi choralar ko‘rish;

  • nobank moliya tashkilotlari, kredit uyushmalari, lizing, sug‘urta va auditorlik kompaniyalari tarmogini yanada rivojlantirish va rolini oshirish, xalqaro me’yorlar va andozalarga muvofiq, ularning barqarorligini va samaradorligini ta’minlash, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va moliya bozori infratuzilmasi institutini mustahkamlash;

  • tijorat banklarida hisob va hisobotning zamonaviy texnologiya uslublarini yangicha yondashuvlarini shakllantirish va joriy etish, moliya-bank axborotlari sifat darajasini oshirish, yetakchi xalqaro reyting tashkilotlari talablariga muvofiq undan keng foydalanish imkoniyatlarini yaratish;

  • respublika tijorat banklari va moliya institutlarini butun jahonda qabul qilingan andozalar, uslublar va baholash ko‘rsatkichlari tizimida ishlay oladigan, mukammal tayyorlangan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, moliya-bank faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash va qaytatayyorlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari respublika bank-moliya tizimini yanada isloh qilish va uning barqarorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida mamlakatimiz moliya-bank tizimi o‘zining barqaror va ishonchli ekanligini isbotladi.
Izchil yuqori o‘sish sur’atlari, yurtimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan yangilanish va o‘zgarishlar, umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi tomonidankeng e’tirof etildi. Xususan, 2009 yilning iyun oyida Xalqaro valyuta fondining Bosh direktori tomonidan respublika rahbariyati bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida «O‘zbekiston Respublikasitomonidan olib borilayotgan islohotlar boshqa mamlakatlarnikiga nisbatan farq qilib, o‘zining afzalliklarini namoyon qildi», deb bildirgan bahosi e’tiborga sazovordir.
2018-2021 yillarda inflyatsiya va bank tizimidagi likvidlilikni omillar bo‘yicha tahlil qilish, to‘lov balansi statistikasini zamonaviy usullar asosida tuzish, asosiy makroiqtisodiy hamda pul-kredit ko‘rsatkichlarini prognozlash va modellashtirish instrumentlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlar yanada kuchaytiriladi.
Zaruriy ma’lumotlar bazasini shakllantirish bilan bir qatorda yarimtarkibiy va tarkibiy modellar asosida qo‘llaniladigan modellar ro‘yxatini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Shu bilan birga, Markaziy bank tomonidan 2018 yildan boshlab iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarni aniqlash borasida o‘tkazilayotgan so‘rovlar va kuzatuvlar inflyatsion xatarlarni chuqur o‘rganish, pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va samarali amalga oshirishda ko‘mak beradi.
Bank nazoratini xalqaro amaliyot va andozalarga muvofiq holda takomillashtirilishi, bank tizimida raqobat muhitining kuchayishi hamda tijorat banklarining kredit siyosatida bozor mexanizmlarini keng qo‘llashni davom ettirilishi, o‘z navbatida, bank tizimiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlayda va pul-kredit siyosati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, ichki valyuta bozoridagi barqarorlikni va so‘mning almashuv kursining belgilangan koridor doirasida bo‘lishini ta’minlash maqsadida, Markaziy bank banklararo valyuta bozorida oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirishi lozim.
Markaziy bank, zarur hollarda, pul bozorida so‘nggi instantsiyadagi kreditor sifatida, tijorat banklariga ularning likvidligini saqlash maqsadida, qisqa muddatli kreditlar ajratish faoliyatini davomiyligini ta’minlashi kerak.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mustaqillikning ilk davridayoq yillarida biz mustahkam poydevorga ega bo‘lgan bank tizimini shakllantirdik va rivojlantirdik. Bizning bank tizimimiz mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, xalq farovonligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli davom ettirish ishiga bundan buyon ham o‘zining salmoqli hissasini qo‘shib boradi.

Xulosa


Monetar siyosatning quyidagi vositalari orqali naqd pul emissiya qilish; tijorat banklarining markaziy bankda saqlanadigan majburiy zaxiralari miqdorini kamaytirish; markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasini tushirish; ochiq bozorda davlat g‘azna majburiyatlari miqdorini o‘zgartirish orqali pul massasi oshirilib boriladi;
Investitsiya siyosati orqali milliy va xorijiy investorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish hisobiga iqtisodiyotga ko‘shimcha mablag‘lar jalb etilib pul massasi miqdori oshiriladi, moliya bozoridagi operatsiyalar hajmi ortadi;
Faol tashqi iqtisodiy siyosat orqali eksportning importdan ortiq bo‘lishi ta’minlangan holda, oltin-valyuta zaxiralari ortishi asosida Markaziy bankning valyuta bozoriga ta’sir etish qobiliyati kuchayib boradi.
2015-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining o‘zgarmasdan qolganligi ushbu instrumentning egiluvchanlik darajasi past ekanligidan dalolat beradi. Mazkur davr mobaynida tijorat banklari kreditlarining yillik o‘sish sur’ati sezilarli darajada yuqori bo‘lganligi qayta moliyalash stavkasining barqarorligi va inflyatsiyaning belgilangan prognoz darajasida jilovlanganligi bilan izohlanadi.
Milliy valyuta devalvatsiya jarayonining davom etishi milliy valyutada emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarga jalb etilgan xorijiy invsstitsiyalar real qiymatining pasayishiga olib keladi va qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Davlat o‘zining makroiqgisodiy siyosati orqali pul massasini o‘zgartirib turadi va quyidagi dastaklar yordamida qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishiga ta’sir etadi. Inflyatsiya darajasi, tijorat banklarining markaziy bankda saqlanuvchi majburiy zaxira normalari, qayta moliyalashtirish stavkalarining ortishi qimmatli qog‘ozlar bozorining o‘sish sur’atlariga teskari mutanosiblikda bo‘ladi. Inflyatsiya darajasiniig yukori bo‘lishi, qayta moliyalashtirish stavkasi va unda saqlanuvchi tijorat banklarining majburiy zaxiira normalarining yuqori bo‘lishi qimmatli qog‘ozlar bozori aylanmasi mablag‘larining o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining moliya bozoriga ta’siri samaradorligini oshirish va mamlakatimiz moliya bozori barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida Markaziy bankning valyuta siyosati doirasida tijorat banklariga garovli ssudalar berish va valyutaviy svop operatsiyalaridan doimiy tarzda foydalanish orqali pul-kredit siyosati ta’sirchanligini oshirish zarur, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining diskont va lombard kreditlari berish amaliyotini rivojlantirish orqali qayta moliyalash siyosati samaradorligini oshirish lozim. Yuqori kredit reytingiga (kamida BBB) ega bo‘lgan korxonalarning aksiya va obligatsiyalarini Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalarining ob’ektiga aylantirish yo‘li bilan uning ochiq bozor siyosati orqali muomaladagi pul massasiga ta’siri darajasini oshirish zarur. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ochiq bozor siyosatini takomillashtirish maqsadida tijorat banklarining uzoq muddatli obligatsiyalari hisobiga ochiq bozor operatsiyalarining ob’ektlari sonini oshirish lozim.

Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish