Temir yo‘l transportida ichki va xalqaro temir yo‘lda yuklarni tashishda nakladnoy va uning kopiya-dublikati transport hujjati hisoblanadi. Nakladnoy yuk jo‘natuvchi va temiryo‘l ma’muriyati o‘rtasida tashish shartnomasi tuzilganligi to‘g‘risidagi rasmiy hujjat sanaladi.
Ichki tashuvlarda kopiya-dublikat yukni qabul qilinganligi haqidagi kvaitansiya deb ataladi. Yo‘l qaydnomasi va uning koreshogi transport hujjati hisoblanadi. Yo‘l qaydnomasi va nakladnoy yuk bilan birga qabul qilish stansiyasigacha etkazib boriladi va qabul qiluvchiga topshiriladi. Yo‘l qaydnomasi – bu temir yo‘l transportining ichki hujjati hisoblanadi. Utash ish haqlarini to‘g‘ri belgilanishini nazorat qilish uchun xizmat qiladi. YUkni qabul qilinganligi haqidagi kvitansiya jo‘natish stansiyasida yuk jo‘natuvchida, koreshogi esa temir yo‘l stansiyasida qoldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |