Avtomobil transportida yuklarni tashishda yo‘l varaqasi va tovar-transport hujjatidan foydalaniladi.
Yo‘l varaqasi birlamchi hujjat bo‘lib, tovar-transport nakladnoyi (TTN) bilan birga avtotransport vositasi va haydovchining ishini hisoblab borish, haydovchiga oylik maoshini belgilashda ishlatiladi. Yo‘l varaqasi avtotransport korxonasi mas’ul hodimlari (dispetcher) tomonidan to‘ldiriladi:
- liniyaga chiqishdan oldin;
- liniyada;
- avtotransport korxonasiga qaytgandan so‘ng.
TTN yuk jo‘natuvchi tomonidan tashuvchiga berilib, yukni hisobdan chiqarish va qabul qiluvchining yukni qabul qilib olganligini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi. YUk jo‘natuvchi kamida to‘rt nushada TTN to‘ldiradi: birinchisi yuk jo‘natuvchida qoladi, ikkinchisi yuk qabul qiluvchiga beriladi, uchinchi va to‘rtinchisi ATKga beriladi. Tashish uchun hisob-kitob ishlari bajarilgandan so‘ng uchinchi nusha yuk jo‘natuvchiga qaytariladi. TTN ikki bo‘limdan iborat: tovar va transport. Halqaro tashishlarda CMR nakladnoyi rasmiylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |