Mundarija I kirish II asosiy qism


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV



Download 234,47 Kb.
bet5/8
Sana16.02.2023
Hajmi234,47 Kb.
#911636
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jakhongir Hisobot1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh. 2021 yil 11 avgust, PF-6277-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-son qaroriga
1-ILOVA
Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”


T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

1.

Pensiya yoshiga yaqin qolgan hamda nogironlik yoki boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash uchun murojaat qilgan fuqarolarning “O‘zarxiv” agentligi yoki idoraviy arxivda mavjud hujjatlari asosida mehnat staji davridagi ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarini (oxirgi 10 yillik mehnat faoliyati davri 2005-yildan avvalgi davrga to‘g‘ri kelganda) “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan (keyingi o‘rinlarda — YaMMT IDAK) avtomatik ravishda yuborilgan elektron so‘rovga asosan “O‘zarxiv” agentligining elektron dasturi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar asosida hamda idoraviy arxivlar tomonidan kiritishni joriy etish.

Texnik yo‘riqnoma

2021-yil iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), “O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), idoraviy arxivlari mavjud vazirlik va idoralar

2.

Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan korxonada ishlagan sobiq xodimlarning arxiv idoralariga taqdim etilmagan 2005-yilgacha ish haqi to‘g‘risida ma’lumotlarini (oxirgi 10 yillik mehnat faoliyati davri 2005-yildan avvalgi davrga to‘g‘ri kelganda) “YaMMT” IDAKdan yuborilgan so‘rovga ko‘ra tasdiqlangan ma’lumotlar asosida kiritishni joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

3.

“YaMMT” IDAKga kiritilgan xodimning tegishli mehnat staji davri uchun ish haqi to‘g‘risida ma’lumotlarini tegishli korxona va tashkilotlar tomonidan “YaMMT” IDAKga kiritilishini monitoring qilib borish hamda ijrosini ta’minlanmaganligi uchun jarima to‘lashni joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

4.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat soliq qo‘mitasining elektron bazasidan, mehnat staji hamda ularning turmush o‘rtoqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni YaMMT dasturi orqali olinishini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev)

5.

Pensiya yoshiga yaqin qolgan hamda nogironlik yoki boquvchini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash uchun murojaat qilgan fuqarolarning harbiy xizmat davrini YaMMT dasturida verifikatsiyalashni joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil noyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

YaMMT dasturiga kiritilgan fuqarolarning baynalmilal burchni bajarishda jangovar harakatlar (Afg‘on va boshqa urushlar)da ishtirok etish davri to‘g‘risida ma’lumotlarni YaMMT dasturiga kiritish mexanizmini joriy etish.

texnik topshiriq

2021-yil dekabr

Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov)

6.

YaMMT dasturiga kiritilgan fuqarolarning oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish davrini tasdiqlash va undan foydalanish.

Texnik yo‘riqnoma

2021-yil dekabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov)

7.

Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan harbiylashtirilgan tizimda ishlagan xodimlarning oylik ish haqi va mehnat staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarni YaMMT dasturiga kiritish tizimini joriy etish.
Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan fuqarolarga byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi yoki harbiylashtirilgan tizim orqali pensiya tayinlanganligi yoki tayinlanmaganligini tasdiqlash (ha yoki yo‘q) bo‘yicha veb-servis ishlab chiqish.

Texnik topshiriq

2022-yil yanvar

Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qo‘ldoshev), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov), Prezident xavfsizlik xizmati (A. Usmanov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov), Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov)

8.

Fuqarolarning oila tarkibi, jumladan qarindoshlik darajasi (er-xotin, ota-ona va farzand)ni jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami (PINFL) bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov)

Boquvchisini yo‘qotganlik va yoshga doir (ayollar) pensiya tayinlashda oila tarkibi va farzandlari to‘g‘risida ma’lumotlarni avtomatik ravishda aniqlash bo‘yicha o‘zaro elektron axborot almashinuviga o‘zgartirish kiritish.

Texnik yo‘riqnoma

2022-yil yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov), Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov)

9.

YaMMT dasturida jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i (JBPH) va ish haqining yakka tartibdagi reyestri ma’lumotlari asosida fuqaroning 2005-yildan keyingi davrdagi mehnat stajini verifikatsiyalash holati hamda ularning oylik ish haqi miqdorlari to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatini yaratish.
JBPH bir xil ochilgan, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga ajratmalarning fuqarolar kesimida reyestri taqdim etilmagan yoki noto‘g‘ri taqdim etilgan holatlarni, shuningdek, fuqaro o‘zining mehnat faoliyati va ish haqidagi ma’lumotlarda tafovutni aniqlasa, ushbu xatoni ish beruvchi, AT “Xalq banki” va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan bartaraf etish tizimini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), AT “Xalq banki” (F. Salomov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev)

10.

Og‘ir mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlari attestatsiyadan o‘tkazilganligi bo‘yicha ma’lumotlarni YaMMT dasturida qayd etish tizimini joriy qilish.

Texnik yo‘riqnoma
Dasturiy ta’minotida yangi modul yaratish

2021-yil sentyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

11.

Imtiyozli pensiyaga chiqish huquqini beruvchi lavozimlar bo‘yicha (patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiy ekspertizalari, moxovxonalarda, vaboga qarshi muassasa, immunodefitsit virusi bilan kasallangan shaxslar davolanadigan yuqumli kasalliklar muassasalarida va boshqa) YaMMT dasturida “ma’lumotnoma” kiritish hamda ushbu lavozimlarda ishlagan fuqarolarni dasturda qayd etish.

Texnik yo‘riqnoma
Dasturiy ta’minotida yangi modul yaratish

2021-yil sentyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Mehnat organlari tomonidan tuzilgan mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida nogironlik dalolatnomasi (N-1 akt)ning elektron bazasini yaratish.

Elektron baza tashkil etish

2021-yil sentyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

13.

Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilgani munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan xodimlarning elektron bazasini yaratish.

Elektron baza tashkil etish

2021-yil sentyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

14.

Chernobil halokati ishtirokchilari va Ikkinchi jahon urushi nogironlariga har yilgi sanatoriy va kurortda bepul davolanishi uchun berilgan yo‘llanmalar elektron bazasini yaratish.

Elektron baza tashkil etish

2021-yil sentyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Azizov), Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi (Q. Rafikov)

15.

Ishlamaydigan fuqarolarga o‘zlarining mehnat daftarchalaridagi mehnat staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarini Bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qilish orqali YaMMT IDAKga kiritish xizmatini joriy etish.

Texnik yo‘riqnoma
Dasturiy ta’minotida yangi modul yaratish

2021-yil sentyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

16.

Sog‘liqni saqlash vazirligi pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar to‘g‘risida tibbiy xulosalarning elektron axborot bazasini shakllantirish.

Elektron baza tashkil etish

2021-yil iyun

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Azizov), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov)

Pensiya va nafaqa tayinlash uchun murojaat qilingan fuqarolarning yoki farzandlarining nogironligi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlarni jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami asosida taqdim etish tizimini joriy etish.

Texnik yo‘riqnoma

17.

Fuqaro vafot etganligini sog‘liqni saqlash muassasalari, jumladan oilaviy shifokor punktlarida qayd qilish hamda “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimini Sog‘liqni saqlash vazirligining “TIEK” elektron bazasi bilan integratsiya qilish.

Texnik yo‘riqnoma

2021-yil iyun

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Azizov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

18.

Ichki ishlar vazirligining “Manzil” va “Pensiya” axborot tizimlari o‘rtasida elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

Texnik yo‘riqnoma

2022-yil yanvar

Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

O‘zbekiston Respublikasi hududidan doimiy yashash uchun chet elga ko‘chib ketayotgan fuqarolarning elektron ma’lumotlarini “Manzil” axborot tizimi orqali “Pensiya” axborot tizimiga avtomatik ravishda yuborish mexanizmini joriy etish.

Dasturiy ta’minotida yangi modul yaratish

19.

Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan mahbuslarning shaxsiy identifikatsiya raqami asosida elektron bazani shakllantirish.
Jazoni ijro etish muassasalaridagi va manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan fuqarolarning ma’lumotlarini Pensiya jamg‘armasiga yuborish orqali ularning pensiya to‘lovlarini avtomatik to‘xtatish va pensiya tayinlash uchun arizalarni qabul qilish tizimini joriy etish.

Texnik yo‘riqnoma

2021-yil oktyabr

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov)

20.

Har bir pensiya va nafaqa oluvchilarni identifikatsiyalash orqali shaxsiy hisobvaraqlar ochish, pensiyalar va nafaqalar to‘lashning onlayn rejimda hisobi hamda nazoratini yuritish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish hamda tenderda g‘olib bo‘lgan tijorat banklari va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar (to‘lov operatorlari) tomonidan joriy etish.

Texnik yo‘riqnoma
Dasturiy ta’minotida yangi modul yaratish

2021-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos), Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov), to‘lov operatorlari

21.

Avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini Pensiya jamg‘armasi, barcha tijorat banklari va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar, FHDY va “Elektron notarius” axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

Texnik yo‘riqnoma

2021-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos), Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov), to‘lov operatorlari

22.

Pensiya va nafaqa oluvchilarning tanloviga ko‘ra belgilangan miqdor hamda muddatlarda mablag‘larni ularning shaxsiy hisobvarag‘i orqali avtomatik ravishda kommunal, soliq, kredit yoki boshqa to‘lovlarga o‘tkazish imkoniyatini beruvchi “rejali to‘lov” xizmatini ishlab chiqish.

Texnik yo‘riqnoma

2022-yil yanvar

To‘lov operatorlari, Markaziy bank (M. Nurmuratov)

23.

Barcha pensiya va nafaqa oluvchilarga shaxsiy hisob raqam ochish va to‘lovlarni yetkazib berish shartlari (pensiya va nafaqalarni yetkazib berish) bo‘yicha shartnomalar rasmiylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

To‘lov operatorlari, Markaziy bank (M. Nurmuratov)

24.

Pensiya va nafaqalar to‘lovi uchun mablag‘larni Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasi tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lov operatorining markaziy hisob raqamiga moliyalashtirish hamda hisob-kitoblarini markazlashgan holda yuritish tartibini joriy etish.

Texnik yo‘riqnoma

2022-yil yanvar

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov), to‘lov operatorlari

25.

Shaxsiy hisobvarag‘idagi pensiya va nafaqalarni naqd yoki naqd pulsiz shaklga o‘tkazish hamda naqd pulni yetkazib berish shartlarini (bank filiali, mahalla fuqarolar yig‘inlari binosi yoki fuqaroning yashash manzili) belgilash bo‘yicha mobil ilova ishlab chiqish hamda telefon orqali fuqarolar bilan ishlashga ixtisoslashgan “Call center” tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

To‘lov operatorlari, Markaziy bank (M. Nurmuratov), Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov)

26.

To‘lov operatorlari tomonidan to‘lovlarni yetkazib berish bo‘yicha kechiktirilgan xizmatlar uchun pensiya va nafaqa oluvchilarga jarima to‘lash tartibi tatbiq etish hamda pensiya va nafaqalarni to‘lash bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlarni fuqarolar tomonidan baholab borish tizimini joriy qilish hisobiga Pensiya jamg‘armasining to‘lovlarning to‘liq hamda to‘g‘ri yetkazilishi ustidan monitoring va nazorat funksiyasini qisqartirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

To‘lov operatorlari, Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov)

27.

Pensiya va nafaqa to‘lovlari uchun talab etiladigan mablag‘larni har oyning 5-sanasiga qadar pensiya va nafaqa oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlariga moliyalashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

28.

Pensiyalarni qat’iyan fuqaroning YaMMTga kiritilgan va verifikatsiyalashgan mehnat staji hamda 2005-yilgacha arxiv idoralari, 2005 — 2015-yillar uchun AT “Xalq banki”ning jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi va 2015-yildan keyingi davr uchun Davlat soliq qo‘mitasining fuqarolarning sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri va fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestridagi ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlari asosida hisoblash.
Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan fuqaroning mehnat faoliyati davri to‘g‘risidagi ma’lumotlar YaMMTda mavjud bo‘lmasa, Bandlikka ko‘maklashish markazlari orqali kiritishni tashkil etish.
Bunda, YaMMT dasturiga kiritilgan ish staji hamda arxiv idoralari, AT “Xalq banki” va Davlat soliq qo‘mitasining elektron ma’lumotlari asosida ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlari tasdiqlangandan so‘ng, pensiyani qayta hisoblash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil iyul

Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), AT “Xalq banki” (F. Salomov)

29.

Pensiyalarni tayinlash va to‘lash uchun talab etiladigan hujjatlarni ushbu “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkazilishi bilan fuqarolardan tasdiqlovchi hujjat talab etilmasdan elektron ma’lumot asosida ish yuritish tizimini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar davomida

Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov)

30.

“Yo‘l xaritasi”ga muvofiq belgilangan muddatlarda vazirlik va idoralarning idoraviy axborot tizimlarini rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o‘rgangan holda shakllantirish bo‘yicha texnik hujjatlarni (pasport, konsepsiya, texnik topshiriq) ishlab chiqish.
Vazirlik va idoralar tomonidan pensiyalarni tayinlash uchun talab etiladigan ma’lumotlarni elektron shaklda taqdim etish yuzasidan axborot tizimini shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha narxlarni aniqlash, shuningdek, idoralararo integratsiya qilinishida amaliy yordam ko‘rsatish.
Axborot tizimlarini shakllantirish va takomillashtirish ishlari tegishli vazirlik va idoralarning tegishli budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos), Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), manfaatdor vazirlik va idoralar



Download 234,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish