Mundarija I. Kirish Moliya tizimi. Moliyaning mazmun mohiyati haqida Moliya tizimining tarixi va istiqboli Moliyada pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari Moliya va kreditning mohiyati


Moliya tizimi. Moliyaning mazmun mohiyati haqida



Download 406,62 Kb.
bet2/21
Sana22.04.2022
Hajmi406,62 Kb.
#573883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Oltinsoy tumani Moliya bo\'limi

Moliya tizimi. Moliyaning mazmun mohiyati haqida


Moliya – pul mablag‘laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tizimi bo‘lib, uning vositasida turli darajada pul mablag‘lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Moliya iqtisodiyot doirasida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir qator vazifalarni bajaradi.
1. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy ta’minlash, ularga xizmat ko‘rsatish vazifasini bajaradi.
2. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi.
3. Moliyaning rag‘batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo‘lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag‘ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi.
Moliya tizimi o‘z ichiga turli darajadagi byudjetlarni, ijtimoiy, mol-mulk va shaxsiy sug‘urta fondlarini, davlatning valyuta zahiralarini, korxona va firmalar, tijorat va notijorat tuzilmalarining pul fondlarini, boshqa maxsus pul fondlarini oladi.
Eng avvalo, korxonalar (tarmoqlar) va umumdavlat moliyasini bir-biridan farqlash lozim.
Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab chiqarish jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo‘li bilan xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlariga xizmat qiladi.
Umumdavlat moliyasi davlat byudjetini, ijtimoiy sug‘urta fondini hamda davlat mol-mulkiy va shaxsiy sug‘urtasi fondini o‘z ichiga oladi. Davlat pul mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi bo‘lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. Davlat byudjeti – bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat byudjeti orqali o‘tadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun sharoit yaratishdir.
Davlat byudjetining ikki tomoni bo‘lib, bir tomonida byudjetga kelib tushadigan daromadlar tarkibi va ularning manbalari, ikkinchi tomonida esa asosiy xarajatlarning tarkibi va miqdori o‘z ifodasini topadi.
Davlat mol-mulk va shaxsiy sug‘urtasi umumdavlat moliyasining keyingi bo‘g‘ini hisoblanib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va fuqarolarga joriy qilinadi. U majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Bu maqsadlar uchun fondlar korxona va aholining to‘lovlari hisobiga shakllanadi. Fond mablag‘lari mol-mulkiy sug‘urtasiga va shaxsiy sug‘urtaga pul to‘lashni ko‘zda tutadi.
Shaxsiy sug‘urta aholining pul jamg‘armalarini tashkil qilishning shakllaridan biri bo‘lib ham xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug‘urta (ijtimoiy sug‘urta, tibbiy sug‘urta) fondlari va byudjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya fondi, aholini ish bilan ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, tarixiy yodgorliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko‘mak berish fondi va boshqalar)ning ahamiyati ortib boradi.
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo‘lishini taqozo qiladi. Lekin ko‘pchilik hollarda davlat byudjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi ro‘y beradi. Bu holning sabablari ko‘p bo‘lib, ularning ichida, davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o‘sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o‘rin tutadi. Byudjet taqchilligining o‘sishi yoki kamayishi mutlaq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YAIM)ga nisbatida aniq namoyon bo‘ladi.
O‘rnatilgan xalqaro standartlarga ko‘ra byudjet taqchilligi YAIMning 5% darajasidan oshmasligi lozim. Byudjet taqchilligi asosan davlat qimmatli qog‘ozlarini sotish, nobyudjet fondlari (sug‘urta fondi, ishsizlik bo‘yicha sug‘urtalash fondi, pensiya fondi)dan qarz olish ko‘rinishidagi davlatning ichki va tashki qarzlari hisobiga qoplanadi.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko‘rinishlaridan biri davlat krediti hisoblanadi. Davlat krediti deganda, davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi tushuniladi.
Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli – bu davlat qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qiladi.
O‘zbekistonda tashqi qarzni me’yor darajasida ushlab turish borasida qat’iy chora-tadbirlar amalga oshirilib, buning ifodasini Prezidentimizning quyidagi so‘zlaridan ham ko‘rish mumkin. «Bugungi kunda jahondagi aksariyat mamlakatlarda moliyaviy qarzdorlik hajmlarining oshib borayotgani va bank aktivlarining etishmasligi eng jiddiy va tashvishli muammolardan biriga aylangani hech kimga sir emas. SHuni mamnuniyat bilan ta’kidlash lozimki, bizning tashqi qarzimiz hajmi va uni qoplash uchun ajratiladigan yillik mablag‘lar darajasi xalqaro mezonlar bo‘yicha eng past parametrlarni tashkil etadi. YAlpi ichki mahsulotga nisbatan tashqi qarz 2007 yilning oxirida atigi 17 foizni, eksportimizning yillik hajmiga nisbatan esa 44 foizni tashkil etdi. Bu esa O‘zbekistonning o‘z majburiyatlari bo‘yicha vaqtida hisob-kitob qilish kafolatini beradigan eng ishonchli, to‘lovga qodir hamkorlar qatoridan munosib joy olishini ta’minlaydi»1.
Davlat o‘z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga pulning tovar hajmining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha miqdorini chiqaradi. Davlat qarzlarining to‘xtovsiz ko‘payib borishi, milliy daromadni foiz to‘lovlari shaklida, tobora ko‘proq qayta taqsimlanishga olib keladi.
Katta byudjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo‘yicha foiz to‘lovlari o‘sish sharoitida, davlat qarzlarini to‘lash vaqtini imkon darajada cho‘zishga harakat qiladi. Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan davlat o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini, o‘rta va uzoq muddatli zayomlarga almashtiradi. U o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini, ancha yuqori foiz bo‘yicha yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish hisobiga ham sotib olish mumkin. Bunday turdagi tadbirlar qisqa davrli samara berishi va vaqtincha davlatning moliyaviy ahvolini engillashtirishi mumkin, chunki u odatda kelgusida foiz stavkasining oshishi va qarzlar umumiy miqdorining o‘sishi bilan bog‘liq.
Xo‘jalik hayoti baynalminallashuv jarayonlarining tez o‘sishi, xalqaro kreditning jadal rivojlanishi natijasida davlat o‘ziga zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun bo‘sh pul mablag‘larining milliy chegaradan tashqaridagi manbalaridan faol foydalanadi. Buning natijasida tashqi qarz vujudga keladi.


Yalpi milliy mahsulotni yaratish, taqsimlash va undan foydalanish jarayonida pul mustaqil harakat qilib, turli xo‘jalik yurituvchi bo‘g‘inlar, uy xo‘jaliklari va davlatning pul mablag‘lari fondini tashkil etadi. Pul fondlari hosil bo‘lish manbalari va amal qilish tavsifi, maqsadlari va foydalanish usullariga qarab moliya va kredit shakllari tusini oladi. Mavzuda moliya tizimi, uning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan davlat byudjeti va byudjet mablag‘larining shakllanishida soliqlarning roli bayon etiladi. SHuningdek, pul muomalasi qonunlari, pulga bo‘lgan talab va taklif, inflyasiyaning mohiyati ochib beriladi. Tahlilning keyingi bosqichi kredit tizimi, banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roliga bag‘ishlanadi.

Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai bo‘lib soliqlar hisoblanadi.


Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli bo‘lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Soliq - bu davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan byudjetga majburiy to‘lovlarni undirish shakli.
Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi.
Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi:
- davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi);
- ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi);
- iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi).
Davlat sarflari soliq tushumlari hisobiga amalga oshsada, davlat sarflari miqyosining o‘sishi o‘z navbatida soliqlarning o‘sishini taqozo qiladi va uning darajasini belgilab beradi.
Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo‘lgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining o‘sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi.
1. Aholi sonining o‘sishi.
2. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya.
3. Atrof-muhitning ifloslanishi.
4. Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish.
5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta’minlash xarajatlari hajmining o‘sishi.
Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy tamoyillari asosida amalga oshiriladi:
- barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog‘liq bo‘lmagan holda soliq undirishning majburiyligi;
- soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati;
- samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo‘jalik yuritishning ilg‘or shakllari uchun soliq me’yorlarining rag‘batlantiruvchi rolini ta’minlash;
- soliq to‘lovi bo‘yicha barcha sub’ektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat.
Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi.

Download 406,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish