Mundarija: I. O’quv materiallar


O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi, 2-bandiga ko’ra



Download 0,74 Mb.
bet17/53
Sana08.01.2023
Hajmi0,74 Mb.
#898445
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53
Bog'liq
Mundarija I. O’quv materiallar

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi, 2-bandiga ko’ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risidaxulosaberadi
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning o‘zaro munosabatlar Qoraqalpog‘iston suverenitetini O‘zbekiston tomonidan muhofaza qilinishi printsipi asosida amalga oshiriladi.
Konstitutsiyaning 72-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham majburiydir” – degan qoidani mavjudligi, Qoraqalpog‘iston hududi ham O‘zbekiston hududi hisoblanishi, Qoraqalpog‘iston o‘zi mustaqil ravishda qonunlarqabul qilishi mumkinligini, lekin O‘zbekistonni qonunlari ham Qoraqalpog‘iston hududida bajarilishi shartligini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining o‘zaro munosabatini belgilashda Konstitutsiyasining 75-moddasi qoidalari muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 75-moddasiga ko’ra,
O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi. Ushbu normada ikki davlat o’rtasidagi o‘zaro munosabatlar O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston o‘rtasida tuziladigan shartnomalar yoki bitimlar asosida tartibga solinishi, har qanday bitim va shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida Konstitutsiyaga mos ravishda tuzilishi shartligi belgilangan.
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari mustaqil respublika bo‘lganligi uchun ularda umummanfaatlar bilan o‘z manfaatlari bo‘lishi tabiiydir. Shu tufayli ular o‘rtasida nizolar kelib chiqqudek bo‘lsa, nizolarni hal qilish yo‘llari ham Konstitutsiya bilan belgilab berilgan.
Konstitutsiyaning 75-moddasida “O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal etiladi” – deb, belgilangan. Nizolar tinch yo‘l bilan va murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal qilinishi zarur.
Nizolar kelib chiqqan holatda yuqorida ta’kidlab o’tilganidek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi masalani hal qilishi zarur. Konstitutsiyaning 109moddasi 2-bandiga binoan Konstitutsiyaviy sud “Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi”. Uning xulosasi esa nizoni hal qilishga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘lib, u suveren respublika maqomida O‘zbekiston tarkibiga kiradi va uning suveren huquqlari O‘zbekiston tomonidan himoya qilinadi.
Qoraqalpog‘istonning O‘zbekiston hududidategishli maqomga egaligi, uning O‘zbekiston Respublikasi bilan munosabatlari Konstitutsiyaviy asosga egaligi, ularda har ikki tomonning manfaati hisobga olinishi mavzuning asosiy maqsadi hisoblanadi.
3. Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy jabhasiga nazar tashlarkanmiz, so‘nggi ikki yilda yangidan-yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilganligi, zamonaviy infratuzilma inshootlari qad ko‘targanligining guvohi bo‘lamiz.
2016-yilga nisbatan 2017-yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 5,9 foizga, joriy yilning 9 oyida esa ushbu ko‘rsatkich 4,8 foizga oshgan. Hozirda hudud iqtisodiyoti tarkibida sanoat va qurilish tarmoqlari ulushi 37,7 foizni, qishloq xo‘jaligi ulushi 15,7 foizni, xizmat ko‘rsatish sohasi esa yalpi hududiy mahsulot tarkibida 46,6 foizni tashkil qiladi.
Respublika iqtisodiyotining taraqqiyotida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va xizmatlar katta ahamiyatga ega. Oxirgi ikki yil ichida sanoatning o‘sish sur'atlari 4,9 foizga (2018-yilda 9 oyda 8,3 foizga), jumladan iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish hajmi 2,9 foizga (3,7 foizga) ko‘payishi kuzatildi. Umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida xalq iste'mol mollari 17,4 foizga yetkazildi. Xizmat ko‘rsatish sohasi esa 6 foizga (12,2 foiz) ortdi. Yangi ish o‘rinlari barpo etilishi va aholi daromadlarining oshishi sababli chakana savdo hajmi 2,7 foizga, joriy yilning 9 oyi mobaynida esa ushbu ko‘rsatkich 5,5 foizga oshdi.
Hudud sanoat mahsulotlari hajmini oshirish va turlarini ko‘paytirish borasida amalga oshirilgan sa'y-harakatlar natijasida mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning salmog‘i yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, 2016-yilda hududiy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 16,5 foizga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2018-yilning 9 oyida mazkur ko‘rsatkich 20 foizni tashkil etdi.
2017-yil va 2018-yil 9 oy mobaynida respublika iqtisodiyotiga moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan 5896 mlrd.so‘m kapital qo‘yilmalar yo‘naltirildi. Asosiy kapitalga qaratilgan investitsiyalar hajmining keskin o‘sishi natijasida qurilish ishlari 3,5 foizga (4,4 foiz) ortdi. Natijada 2017 yil va 2018-yil yanvar-sentyabr oylarida:
Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish sohasida 2017-yilda 50 ta loyiha va joriy yilning 9 oyida 89 ta yirik loyiha amalga oshirildi. Sanoat yo‘nalishida 2017-yilda 33 ta loyiha va joriy yilning 9 oyida 32 ta loyiha amalga oshirildi, jumladan Nukus shahridagi “Technic globe” MCHJ XKda yiliga 150 ming dona “SAMSUNG” brendli televizor ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi, Ellikqal'a tumanidagi “Bo‘ston mega tekstil” MCHJda 4 ming tonna ip kalava va 10 mln.kv. metr jinsi mato ishlab chiqarish tashkil etildi.
Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 2017-yilda 10 ta va joriy yilning 9 oyida 13 ta loyiha amalga oshirilib, xususan, Shumanay tumanida “Shomanay meridian”
MCHJda umumiy maydoni 1,0 ga bӯlgan issiqxona tashkil etildi, Qonliko‘l tumanida “Kayipnazarova Sayera” fermer xo‘jaligida 325 boshga mo‘ljallangan chorvachilik fermasi ishga tushirildi.
Xizmat va servis yo‘nalishida 2017-yilda 7 ta va joriy yilning 9 oyida 44 ta loyiha amalga oshirildi. Xususan, Qo‘ng‘irot tumanida "Ustyurt Bon Voyage" MCHJda 100 o‘rinli aholiga xizmat ko‘rsatuvchi Motel va restoran tashkil etildi, Chimboy tumanida "Chimbay Golden Park" MCHJda istirohat bog‘i tashkil etildi. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, 2017-yilda 39,6 ming va joriy yilning 9 oyida 11,8 ming yangi ish o‘rinlari ham yaratildi.
Infratuzilma sohasida xalqaro, davlat, mahaliy va ichki ahamiyatiga ega bo‘lgan 2017-yilda 183,5 km. va joriy yilda 153,6 km. avtomobil yo‘llarini qayta qurish va ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.
Xalq farovonligini oshirish maqsadida ijtimoiy sohada 25 ta ob'yekt ishga tushirilishi ta'minlandi va hozirgi kunda 113 ta ob'yektda rekonstruksiya va mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, Nukus shahrida 216 o‘rinli Ibrohim Yusupov nomidagi maktab-internati ishga tushirildi, Amudaryo tumanidagi 42-sonli umumta'lim maktabida mukammal ta'mirlash ishlari olib borildi.
Bugungi kunda respublikada yiliga 200 ming tonna kalsiylangan Qo‘ng‘irot soda zavodi hamda yiliga 3,4 mlrd. m3 va 200 ming tonna gaz kondensati, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen ishlab chiqaradigan Ustyurt gaz-kimyo zavodi kabi yirik ishlab chiqarish quvvatlari faoliyat yuritmoqda.
Respublika sanoatining taraqqiy etishida maxsus erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalar faoliyati alohida o‘rin tutadi. Nukus shahrida tashkil etilgan “Nukus farm” erkin iqtisodiy zonasida hozirda zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmalarini barpo etish maqsadida avtomobil yo‘llari, tabiiy gaz, elektr ichimlik suvi tarmoqlari, aloqa va telekommunikatsiya inshootlari bunyod etish ishlari amalga oshirilgan. Umumiy qiymati 16,3 mln. dollar bo‘lgan 4 ta loyiha joylashtirilmoqda va ularning amalga oshirilishi natijasida 465 ta yangi ish o‘rni yaratiladi va 57,7 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, shundan 6,1 mln. dollarlik mahsulot eksport qilinadi.
Qoraqalpog‘istonda hozirda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 179,4 gektar yer maydoniga ega bo‘lgan Amudaryo, Beruniy, Chimboy, Taxiatosh, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlarida 7 ta kichik sanoat zonasi tashkil etildi va ular hududidagi 54,3 ming kv.metr maydonga ega bo‘lgan ob'yektlarni tanlov asosida berilishi belgilandi. Zonalarda 120 ta loyiha yuzasidan amaliy ishlar boshlandi, shundan 38 ta loyiha ishga tushirildi hamda mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Davlatimiz tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning faol qo‘llabquvvatlanishi tufayli joriy yilning 9 oyida yalpi hududiy mahsulotda ularning ulushi 48,3 foizni tashkil etdi. Bugun kichik korxonalar soni 2016-yilga nisbatan 11052 tadan 12064 gacha ortdi. Shu davr mobaynida aholining tadbirkorlik bilan mashg‘ul bo‘lganlar soni esa 71,3 foizdan 75 foizga ortdi.
Hududda yashovchi aholining turmush tarzini yanada yuksaltirish borasida qabul qilingan “Obod qishloq” dasturi ijrosi yuzasidan joriy yilda jami 30 ta qishloqda qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Bunda 24 mingta xonadonda yashovchi 145 mingga yaqin aholining yashash sharoitini tubdan yaxshilash ko‘zda tutilgan.Dastur doirasida 6463 dona yakka tartibdagi hamda ko‘p qavatli uy-joylar ta'mirlandi; 142 km. ichimlik suvi ta'minotini yaxshilandi; 703 dona suv oqova tizimi (tozalash inshooti va handaklar) barpo etildi; 109 km. avtomobil yo‘llari ta'mirlandi; 100 ta ijtimoiy soha hamda 108 ta bozor infratuzilmasi ob'yektlari yangidan barpo etildi va qayta ta'mirlandi. Shu bilan birga, 2018 yilda “Obod mahalla” dasturiga Nukus shahrining “Bes tobe” va “Xaua joli” mahallasi kiritilgan bo‘lib, ularda 1,5 mingdan ziyod xonadonda yashovchi 8,3 ming nafar aholining yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Dastur doirasida 140 ta yakka tartibdagi uy-joylar, 22 ta ko‘p xonadonli uylar ta'mirlandi, 5 ta bolalar o‘yin maydonchalari qurildi, 2 ta maktab, 2 ta maktabgacha ta'lim muassasasida qurilish ishlari tugallandi.
Mahallalarda 30,8 km. elektr energiyasi tarmoqlari va 12 ta transformator mukammal ta'mirlandi, 22,2 km. tabiiy gaz quvurlari joriy ta'mirlandi va 28 ta gaz taqsimlash punktlari rekonstruksiya qilindi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda Qoraqalpog‘iston Respublikasining salohiyati va imkoniyatlari:

  1. Hududda yagona hisoblangan Artimiya sistasini qayta ishlashni tashkil etish (Ma'lumot uchun: birlamchi baholash natijalariga ko‘ra, hududda 3 ming tonna artimiya sistasi xomashyosi mavjud bo‘lib, bundan yiliga 1,0 ming tonnasini qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladi);

  2. Hududda yagona hisoblangan Merobolit natriy sulfat xomashyosidan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish. (Ma'lumot uchun: Respublikada uning 414 mln. zaxirasi mavjud bo‘lib, 4 ta yangi loyiha asosida 154 ming tonna qayta ishlash quvvatlari ishga tushiriladi);

  3. Hududda yagona hisoblangan Polipropilen qayta ishlash imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish (Ma'lumot uchun: Ustyurt gaz-kimyo zavodi yiliga 3,4 mlrd. m3 va 200 ming tonna gaz kondensati, 387 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen ishlab chiqaradi);

  4. Qizilmiya ildizini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish (Ma'lumot uchun: kelgusida respublikada yiliga 150 ming tonna qizil miya ildizi yetishtirish ko‘zda tutilgan. Bunda 62 ta korxonada 9,0 ming tonna mahsulot xomashyo ko‘rinishida va 5 ta yangi loyiha hisobiga 2,5 ming tonnasi qayta ishlanib eksport qilinadi);

  1. Ekoturizmni izchil rivojlantirish (Bu - ekosayyohlarning ekzotik tabiiy hududlar, ularning hayvonot va o‘simliklar dunyosi bilan tanishtirish maqsadidagi ekologik sayohatni nazarda tutadi. Masalan, Ayoz-Qa'la qo‘rg‘oni hududida joylashgan yurtalarga, ov va baliq ovlash xo‘jaliklariga sayohatni kengaytirish imkoniyati mavjud);

  2. Arxeologik turizmni taraqqiy ettirish (Bu - hududning tarixiy yodgorliklari, arxeologik topilmalari, geologiyasi, paleontologik qoldiqlari kabi tabiat bilan bog‘liq majmualarga sayohatni qamrab oladi. Ma'lumot o‘rnida: I.V.Savitskiy nomidagi arxeologik muzey mintaqada yagona hisoblanadi. Bundan tashqari, Respublikada 156 ta madaniy meros, 129 ta tarixiy, diniy va yodgorlik ob'yektlari mavjud. Ushbu obidalar xorijlik mehmonlarda katta qiziqish, hayrat uyg‘otibgina qolmay, balki hududning eksport salohiyatini ham kengaytirishga ijobiy ta'sir qiladi);

  3. Hududning geografik joylashuvining qulayligi va kerakli infratuzilmalarning mavjudligidan unumli foydalanish. O‘zida xalqaro, respublika, mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarini ichiga olgan avtomobil yo‘llari va magistrallarining umumiy uzunligi 11075 ming kilometrni tashkil etadi.

Aytish joizki, Qoraqalpog‘iston hududidan M-37 xalqaro trassaning o‘tganligi ham ancha jozibalidir. Shuningdek, “Qo‘ng‘irod - Astraxan - Novorossiysk porti” yo‘nalishi hudud uchun istiqbolli tranzit yo‘laklar bo‘lib xizmat qilishi tabiiy. Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Saratov shaharlari yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam qatnaydigan temir yo‘lining umumiy uzunligi 929,1 kilometrni tashkil etadi. Jahon andozalariga mos jihozlangan “Nukus” aeroporti orqali xalqaro yo‘nalishlarda hamda O‘zbekiston hududi bo‘ylab muntazam ravishda reyslar yo‘lga qo‘yilgan.
Istiqbolda, shuningdek ko‘plab rivojlangan davlatlar bilan birgalikda ip-kalava va tayyor trikotaj buyumlari, kaolin, sement, vermikulit, shprits va infuzion sistemalar ishlab chiqarish, go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash singari qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga oziq-ovqat, baliqchilik, to‘qimachilik va charm sanoatlari, farmatsevtika, neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish va qayta ishlash, polimer va plastmassalar ishlab chiqish kabi tarmoqlarni taraqqiy ettirish ko‘zda tutilmoqda.
Eng muhimi, Qoraqalpoq xalqi asrlar davomida orzu qilib, intilib kelgan - ozod va erkin, tinch va osuda hayotni qurish, o‘z tarixi, madaniy merosi, milliy an'ana va qadriyatlarini tiklash, o‘zligini anglashdek - ezgu maqsadlariga yetib umrguzaronlik qilmoqda.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish