Mundarija kirish 3 I bob. Adabiyotlar sharhi



Download 56,43 Kb.
bet5/12
Sana09.07.2022
Hajmi56,43 Kb.
#767158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MUNDARIJA, KIRISH, ADABIYOTLAR SHARHI

1. ADABIYOTLAR TAHLILI
1.1. Bazidial zamburugʻlarining tarqalishi va kimyoviy tarkibi
Butun dunyoda tabiiy manbalar asosida dori vositalarini ishlab chiqarishga boʻlgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Bazidial zamburugʻlar dorivor mahsulotlar olishning istiqbolli manbalaridan biridir. Bazidiomitsetlarning tibbiy va biologik xususiyatlarini oʻrganishda, ular tarkibidan ajratilgan kimyoviy moddalar va biologik faol moddalar bir qator farmakologik ta’sirlarga ega ekanligi aniqlangan. Bazidiomitsetlar tarkibida oqsillar, fenol birikmalar, polisaxaridalar, organik kislotalar, mikroelementlar, xitin, xitozan, melanin kabi biologik faol moddalar mavjud [1].
Bazidial zamburugʻlar - Basidiomycete boʻlimi, Agarikomitsetlar sinfiga mansub boʻlib, odatda daraxtlarda, daraxt toʻnkalarida, kamdan-kam tuproqda rivojlanadi. Bazidiomitsetlar koʻp hujayrali zamburugʻlar boʻlib, ularning 30 mingga yaqin turlari aniqlangan. Bazidiomitsetlar turli xil ekotizimlarda, jumladan, oʻtloqlar, dashtlar, choʻllarda, ayniqsa, oʻrmon ekotizimlarida keng tarqalgan. Zamburugʻlarning hujayra devori koʻp qatlamli boʻlib, xitin va glyukanlardan iborat. Bazidiomitsetlar oʻsishi va rivojlanishi uchun yogʻoch va yogʻoch qoldiqlari ozuqa manbai hisoblanadi. Zamburugʻlar tomonidan oʻsimlik qoldiqlarini tabiiy ravishda yoʻqotish fermentlar majmuasi - ligninazalar va sellyulazalar tomonidan amalga oshiriladi, ular oʻrmon sanitarlari deb ataladi. Agaricus, Auricularia, Boletus, Coriolus, Calvatia, Coptinus, Flammulina, Ganoderma, Grifola, Hohenbuehelia, Hericium, Inonotus, Lentinus, Nidula, Paxillus, Pholiota, Piptoporus, Pleurotus, Tremella, Pleurotus, Tremella kabi zamburugʻlar tarkibidagi faol moddalar immunitet tizimini ragʻbatlantirish va saratonga qarshi faolliklar namoyon qiladi [2].
Bazidiomitsetlar asosida yaratilgan profilaktik va terapevtik vositalar insonning salbiy omillarga chidamliligini oshirishga yordam beradi, tananing umumiy qarshiligini oshirib, unga mustahkamlovchi ta’sir koʻrsatadi. Madaniylashtirilgan bazidiomitsetlar immun tizimini ragʻbatlantiruvchi moddalarni oʻz ichiga oladi, bu moddalar oʻsmaga qarshi, antibakterial, virusga qarshi va zamburugʻga qarshi faolliklarga ega, shu jumladan OITSni davolashda, qon bosimini tartibga solish, xolesterin va qondagi qand miqdorini pasaytirish kabi xususiyatlarni namoyon etadi [3].
Oʻzbekiston hududida ham bazidiomitsetlarning koʻplab turlari oʻsadi. Masalan, quyidagi daraxtlar tanasida (Juglans regia, Malusdo mestica, Cerasus avium) yoz oʻrtalaridan boshlab Inonotus hispidus zamburugʻini uchratish mumkin. U daraxtlarda oq chirish kasalligini keltirib chiqiradi. Sogʻlom daraxt shoxlarida qora chiziq bilan ajralib turuvchi oq chirindini hosil qiladi. Shoxlarning zararlanishi har xil jarohatlar, yorilgan joylar orqali amalga oshadi. Bazidiomitsetlar mevali va manzarali daraxtlarga eng koʻp zarar keltiruvchi makromitsetlardan hisoblanadi. Ushbu turning pigmentlarini boʻyoq sanoatida ishlatish mumkin, mahalliy aholi uni matolarni va charmlarni boʻyash uchun ishlatadi [4].
Koʻp yillik tadqiqotlar natijasida zamburugʻlar tarkibidagi biologik faol moddalar kompleksi oʻrganib kelinmoqda.
Bazidial zamburugʻning foydali xususiyatlarini odamlar bir necha yuz yil oldin payqashgan. Zamonaviy tibbiyot uning organizmga va umuman immunitet tizimiga foydali ta’sirini tasdiqlaydi, shuning uchun u kasallikni davolash va oldini olishda qoʻllaniladigan vositalar uchun xom-ashyo sifatida ishlatiladi. Zamburugʻlar tarkibidan ajratib olingan melaninlar organizmni toksinlar va kanserogenlardan himoyalash, jigarning shikastlangan tuzilishini tiklash va uning ishini yaxshilash, oshqozon-ichak trakti muammolari va ich qotishi bilan kurashish, immunitetni va asab tizimini mustahkamlash, ortiqcha vazn yoʻqotish, yaralar va kesilgan joylarni davolash, saraton hujayralarining koʻpayishini toʻxtatish, shuningdek, fotoprotektor va sorbsion faolliklarni namoyon etgan [5].
Qayin zamburugʻining kimyoviy tarkibi vitaminlar va ozuqa moddalariga boy:

  • zamburugʻning meva tanasi polisaxaridlarning qimmatli manbai boʻlib, ular saraton hujayralarining oʻsishini toʻxtatib, virusga qarshi himoyani kuchaytiradi.

  • zamburugʻ ekstrakti yalligʻlanish va ogʻriqni yengillashtirishi bilan mashhur.

  • uning tarkibida xitin, glyukanlar va melanin bor.

  • u oziq -ovqat zaharlanishining oqibatlari bilan muvaffaqiyatli kurashadi, zararli va toksik elementlarni olib tashlaydi.

  • bu jigarni ragʻbatlantiradi va yogʻlarning parchalanishini tezlashtiradi, shuning uchun u koʻpincha vazn yoʻqotish va metabolizmni yaxshilash uchun ishlatiladi.

  • undan yuqori samarali kukun olinadi, u ochiq yaralarga qoʻllaniladi, ularni quritish va terining tiklanish muddatini qisqartirish uchun.

  • Poliporen kislotasi oshqozon yarasi va oshqozon-ichak trakti organlarini davolashda muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, qayin zamburugʻi koʻplab inson tanasidagi muammolarga yechim boʻlishi mumkin [6].

Dorivor zamburugʻlar tarkibidagi polisaxarid sinf vakillari yalligʻlanishga qarshi antibakterial faolliklarga ega. Immun tizimini mustahkamlash (immu-nomodulyator) uchun zamburugʻlardan b-glyukanlar ajratilgan va turli bioaktivliklari oʻrganilgan. Shuning uchun zamburugʻlar zamonaviy tibbiyotda ishlatiladigan dori vositalari uchun muhim xom-ashyo hisoblanadi. Misol tariqasida, Yaponiyada Ganoderma lucidum zamburugʻidan olingan saratonga qarshi Krestin dori vositasi keng qoʻllanilmoqda [7].
Zamburugʻlar tarkibida terapevtik samaradorlikni oshiruvchi har xil turdagi terpenoidlar guruhi mavjud. Masalan, G. lucidum zamburugʻidan ganoderik, lusidenik, ganodermik, ganolusidik va lusidonlar kabi ajratib olingan terpenoidlar saraton kasalligini davolashda samaradorlikka ega ekanligi aniqlangan. Inonotus obliquus - Hymenochaetaceae oilasiga mansub zamburugʻ turi boʻlib, undan 6 xil triterpenoidlar ajratib olingan [8].
Zamburugʻ steroidlari mikroblarga qarshi, sitotoksik, silga qarshi va virusga qarshi ta’sirlarga ega. Steroidlar hujayralardagi muhim biologik funksiyalar uchun javobgardir. Koʻplab zamburugʻlar, hayvon va oʻsimliklar tarkibidan safro kislotalari, fitosterollar va steroid gormonlari kabi yuzlab turli steroidlar ajratilgan [9, 10]. Fomes fomentarius zamburugʻidan ergostan tipidagi yangi sterollar ajratilgan. Zamburugʻ fenol birikmalari inson salomatligi uchun, xususan, yurak-qon tomir, saraton, diabet, Altsgeymer va Parkinson kasalliklarini davolashda muhim ahamiyatga ega. Pistacia atlantica daraxtida oʻsadigan Inonotus hispidus zamburugʻi tarkibidan 3 xil fenol birikmalari- metil 5-(3,4dihidroksifenil)-3-gidroksipenta 2,4-dienoat, gispolon va gispidin ajratilgan [11]. Boshqa tadqiqotlarda gispolon va gispidinning antioksidant, virusga qarshi va sitotoksik faolliklari oʻrganilgan [12, 13].
Ekstraksiyalash jarayonini maqbullashtirish uchun ultratovush yordamida ekstraksiyalashning samarali usulidan foydalanib Inonotus hispidus zamburugʻidan qattiq fazali fermentasiya usulida polisaxaridlar ajratib olingan. Ajratib olingan namunaning molekulyar massasi 14,44 кDа boʻlib, tarkibida glyukoza (Glc), mannoza (Man), galaktoza (Gal), glyukuron kislotasi (GlcUA), galaktozamin (GalN), arabinoza (Ara) va riboza (Rib) monosaxaridlari mos ravishda 51%, 21%, 20%, 3%, 2%, 2% va 1% ni tashkil qilgan [14].



Download 56,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish