Mundarija: kirish asosiy qism I bob mulkchilik munosabatlarining moxiyati



Download 150,55 Kb.
bet9/15
Sana05.07.2022
Hajmi150,55 Kb.
#741734
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Xujayev Rustam Iqtisodiyot nazariyasi kurs ishi

Shaxsiy mulk - mulk shakllari ichida muhim o’rin tutadi. Shaxsiy mulk bu fuqarolar mulki bo’lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati asosida ko’’ayadi va rivoj to’adi.
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, o’z xo’jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko’’ayadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk akstiyadan keladigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbaalarga asoslanadi.
Shaxsiy mulk ob’ektlari - bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, trans’ort vositalari, ‘ul jamg’armalari, uy-ro’zg’or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo’jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo’lishi mumkin. “O’zbekiston Res’ublikasida mulkchilik to’g’risida”gi qonunda ko’rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, xalq xo’jalik faoliyatining boshqa tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila a’zolarining mulki bo’lishi mumkin. Shaxsiy mulk ob’ektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad to’ish yo’lida ishlatilishi mumkin.
Xususiy mulk - ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o’z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir.
O’zbekiston Res’ublikasining mulkchilik to’g’risidagi qonunida (7-modda), xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko’rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk bo’lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi.
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U, so’zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga ma’suliyatlilik munosabatlarini rag’batlan-tiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug’diradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq xo’jaligida uni qo’llash foydali bo’lgan bo’g’inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish, bilan umuman bog’liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil xo’jalik yuritish yoki davlat korxonalari, koo’erativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin.
O’zbekiston Res’ublikasining Qonun hujjatlarida xususiy mulkni shakllantirish manbalari ham ko’rsatiladi. Tadbirkorlik bilan shug’ullanish, yollanib ishlash, kredit muassasalariga qo’yilgan mablag’lar, qimmatli qog’ozlardan olinadigan daromadlar, meros tartibda mol-mulkni qo’lga kiritish kabilar ana shunday manbalardan hisoblanadi. Shuningdek, Res’ublika qonun hujjatlariga (O’zbekiston Res’ublikasi ‘rezidentining 1994 yil 21 yanvardagi Farmonining 3-bandi) muvofiq savdo, xizmat ko’rsatish sohasi ob’ektlarini ular joylashgan er uchastkalari bilan birga tanlov asosida sotilishiga ruxsat beriladi. Mazkur er uchastkalariga xususiy mulk huquqining hamma me’yorlari taalluqli bo’lib, ular sotilishi, vasiyat qilib qoldirilishi, ijaraga berilishi mumkin. Demak, qishloq xo’jaligidan boshqa ayrim faoliyatlarda er ham xususiy mulk ob’ekti bo’lishi mumkin. Biroq erning boshqa toifalari, jumladan, umumiy foydalanishdagi erlar, qishloq xo’jalik ekinzorlari va davlat zahirasiga kiritilgan erlar davlatning alohida mulk ob’ektlaridir va shu sababli ular fuqarolarga faqat meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalikka berilishi mumkin.
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk ‘aydo bo’ladi. Bu mulk alohida olingan ob’ektning turli mulkdorlar ishtirokida o’zlashtirilishini bildiradi.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida mulkchilikning turli xil shakllarini vujudga keltirish asosiy maqsad emas. Bu faqat ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning barcha imkoniyatlaridan to’liq foydalanish, tashabbuskorlik va sog’lom raqobatni vujudga keltirish uchun qulay muhit yaratishga qaratilgandir.

Download 150,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish