Mundarija kirish I –bob berilliy va magniyning asosiy xossalari



Download 138,9 Kb.
bet5/11
Sana06.07.2022
Hajmi138,9 Kb.
#749277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KURS ISHI.UMID

Izotoplari
Berilliy monoizotop elementlardan biridir. Uning 9Be izotopi elementning tabiatdagi ulushining 100% ni tashkil qiladi. Shuningdek, mazkur elementing yana 11 xil beqaror izotoplarining qoldiqlari (izi) ham aniqlangan. Ulardan 7Be va 10Be kosmik nurlar tufayli atmosferada yuzaga keladigan yadroviy reaksiyalar natijasida juda qisqa muddatga yuzaga keladi.

Fizik xossalari
Berilliy qattiqligi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichga ega, lekin mo‘rt metall. Moos shkalasi bo‘yicha qattiqligi 5,5 ball. Rangi odatda kulrang-oqish, yoki kumush rangida bo‘ladi. Elastiklik moduli 300 GPa bo‘lib, eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri sanaladi (po‘lat turlarida bu ko‘rsatkich 200-210 GPa atrofida bo‘ladi). Havoda berilliy sirti BeO oksidi bilan yupqa chidamli plyonka tarzida qoplanib qoladi. Berilliyda tovush tezligi 12600 m/soniyaga yetadi va boshqa metallarga nisbatan bu 2-3 barobar katta ko‘rsatkichdir.
Kimyoviy xossalari
Berilliy +1 va +2 oksidlanish darajasi namoyon qiladi. Berilliy (II) gidrooksidi amfoter xossasiga ega bo‘ladi. Aksar kimyoviy xossalariga ko‘ra berilliy alyuminiy bilan juda o‘xshashdir.
Metall berilliyning xona haroratida reaksiyaga kirishishi ancha qiyin. U hatto qizarib cho‘g‘langan holatida ham suv yoki suv bug‘i bilan reaksiyaga kirishmaydi va 600 ℃ darajada ham oksidlanmaydi. Galogenlar bilan reaksiyaga kirishishi uchun berilliyga 600 ℃ darajadan ham yuqori harorat zarur; xalkogenlar bilan esa yanada balandroq haroratdagina ta’sirlashadi. 1200 ℃ da ammiak bilan reaksiyaga kirishib, berilliy nitrid (Be3N2) hosil qiladi. Uglerod bilan esa 1200 ℃ da reaksiyaga kirishadi va berilliy karbid (Be2C) hosil qiladi. Vodorod bilan esa bevosita ta’sirlashmaydi.
Olinishi
Berilliyni dastavval suvsiz berilliy xloridga kaliy bilan ta’sir qilish orqali olingan:
BeCl2+2K→Be+2KCl
Hozirda esa, berilliy ftoridni magniy orqali tiklash orqali olinadi:
BeF2+Mg→Be+ MgF2
Shuningdek, berilliy va natriy xloridlari aralashmasidan elektroliz usulida berilliy ajratib olish usuli ham mavjud. Bunda, xom-ashyo bo‘lmish tuzlarni berilliy rudasidan ajratib olinadi.
Qo‘llanilishi
Berilliy asosan yadro energetikasida neytronlarni sekinlashtiruvchi qalqon vazifasini bajaradigan materiallar tarkibida qo‘llanadi. Bundan tashqari, berilliy oksidi va uran oksidi aralashmasi birgalikda, yuqori samaradorlikka ega yadroviy yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. Berilliy ftoridi esa atom texnikasida neytron oqimini nazorat qiluvchi shishalar ishlab chiqarishda qo‘llanadi. Bunday shishaning eng yuqori samarali, sifatli markasida, tarkibning 60% qismi berilliy ftoriddan iborat bo‘ladi.
Shuningdek, berilliyning alyuminiy bilan qotishmasi lazer texnikasida ishlatiladi. Katta Adron Kollayderi (KAK) ning vakuum quvurlari aynan berilliydan tayyorlangan. Sababi, berilliy quvuri ichkaridagi zarrachalar bilan ta’sirlashmasligi bilan birga, ichkarida ushbu zarrachalarning to‘qnashuvlarining sodir bo‘lishidan hosil bo‘ladigan zarbalarga yetarli darajada chidamli metall ekani bilan ahamiyatlidir. Akustikada ham, elektrodinamik ovoz kuchaytirgichlar ishlab chiqarishda berilliy katta muvaffaqiyat bilan qo‘llaniladi.

Download 138,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish