Mundarija: kirish I. Bob. Milliy manaviyatimiz takomilining asosiy davrlari va xuxusiyatlari



Download 167 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi167 Kb.
#261054
  1   2
Bog'liq
MUNDARIJA TARIX 92971111



MUNDARIJA:

KIRISH………………………………………………………………………

I.BOB. MILLIY MANAVIYATIMIZ TAKOMILINING ASOSIY DAVRLARI VA XUXUSIYATLARI

1.1 ILK SHAXAR MA’NAVIYATI VA AVESTO KITOBI TURKIY TOSH BITIKLAR

………………………………………………………



1.2 ISLOM MINTAQA MADANIYATI DOIRASIDA MILLIY MA’NAVIYATIMIZ TAKOMILI…………………………………..

1.3MILLIY UYG’ONISH VA JADIDCHILIK MA’NAVIYATI

…………………………………………………………………………



II.BOB GLABALLASHUV VA JARAYONLARI VA MA’NAVIYATGA TAXDID

2.1 MUSTAQILLIK YILLLARIDA MILLIY MA’NAVIYATIMIZNING MOHIYATAN QAYTA TIKLANISH JARAYONI………………………….

2.2.SHAXS VA MILLAT MA’NAVIY TAKOMILIMIMG UYG’UNLIGI……………………………………….

XULOSA ………………………………………………………………………

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………..

KIRISH


Mustaqillikning dastlabki yillarida Prezident O’zbekistonning o’ziga xos iqtisodiy rivojlanish yo’li asoslarini ishlab chiqar ekan, birinchi marta “dunyoda 132 I.Karimov. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. T., “Ma’naviyat”,2008. S.18-70. 133 Shu kitob, s. 71-109. 134 Shu kitob, s. 110-127. 135 Shu kitob, s. 159. www.ziyouz.com kutubxonasi 186 umumiy yo’l-yo’riqlar, o’xshash andazalar yo’q” 136 ekanligini e’tirof etib, o’zimizning milliy “betakror yaxlit andazamizni ishlab chiqish”ni maqsad qilib qo’ydi. 137 Buning uchun milliy tafakkur an’analarimizni insonlar ongida qayta tiklash zarur edi. “Ajdodlarimizning ruhi poklari va urf-odatlari, bizning eng yaxshi an’analarimiz qayta tiklanganda islohotlar muvaffaqiyatga erishadi”, deb ta’kidladi Prezident. 138 Prezident I.A.Karimov asarlarida o’z aksini topgan g’oyalar va qarashlar bugungacha millatimiz va butun insoniyat bosib o’tgan taraqqiyot yo’llari tajribasini imkon va zarurat darajasida hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Demak, uning asarlarida taklif etilayotgan metodologik asoslar ham bugungacha bashariyat ilmi erishgan yutuqlarga begona emas. Islom Karimovning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobi mustaqillik davri milliy mafkurasining umummetodologik asoslari shakllanishida muhim bosqich bo’ldi. Bu asarda voqelikka yondoshuv va muammolar tahlilida mutlaqo yangicha g’oyalar olg’a surilgan. Ushbu kitobni o’qiganda bu yorug’ jahon marksizm talqiniga mutlaqo muvofiq emasligini yorqin tasavvur qilamiz. Masalan, sobiq “SSSR” davrida tashqi siyosat muammolari ham dunyoni qarama-qarshi ikki qutbga bo’lingan holda tasavvur qilish asosiga qurilar edi. Muallif bu tasavvurlarning o’tmishga aylanganini qayd etadi: “Ikki mafkuraviy tuzumning kurashi va bu kurashning xalqaro hayotning hamma sohalariga soya tashlashi ostida o’tgan kuchli qaramaqarshilik barham topdi”.139 Dunyo endi ikki qutbli emas, deb ta’kidlaydi Prezident o’z asarida va ushbu ko’p qutbli dunyoda har bir millat, har bir inson o’z yo’lini to’g’ri topib yura olishi uchun voqelikka qanday nazar bilan qarashni o’rgatadi. Nasihat qilib, ko’rsatma berib emas, shaxsiy namuna ko’rsatib, voqeiy ibrat orqali namoyon qiladi. Bu muhim g’oya Prezidentning falsafiy qarashlari uchun yangilik emas. I.A.Karimov 1995 yil 27 oktyabrda O’zbekiston teleko’rsatuvlar muxbiri bilan suhbatdayoq bugungi kunda “ko’p qutbli dunyo haqida fikr yuritish lozim bo’ladi”,140 deb aytgan edi. Prezidentning yangi kitobida xavfsizlikka tahdid soluvchi omillar ham, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari ham turfa yo’nalishda, yashab turgan dunyomiz, atrofvoqelik kabi serjilo va murakkab ekanligiga e’tibor qaratilgan. Muallif ularni bir-bir sanab ko’rsatar ekan, aslo yagona manbaga olib borib bog’lamaydi, yagona dushman axtarmaydi. Kitobda bayon etilgan mamlakat xavfsizligiga tahdid soluvchi kuchlar turlicha va turli darajada quvvatga ega, taraqqiyotimiz kafolatlari ham rang-barang va turli-tuman omillarning o’zaro uyg’unligiga bog’liq. Prezidentning bu yangicha yondoshuvi to’lig’icha, ham necha ming yillik milliy ma’naviyatimiz an’analariga, ham bugungi jahon fikriy kamolotining eng ilg’or tamoyillariga tayanadi. Unda har bir shaxs ma’naviy hurligi, bir tomondan, vatan va millat manfaatlariga muvofiqlik bilan, ikkinchi tomondan, umumbashariy qadriyatlar muhofazasi bilan uyg’unlashgan. Bu dunyo ko’p qutbli bo’lsa, uning mehvari, tayanchi qaerda, aniqroq aytadigan bo’lsak, dunyo ishlariga yondoshuvda qaysi nuqtaga tayanmoq kerak, degan savolga ham Prezident asarlaridan aniq javob topish mumkin. Ma’lumki, marksistlar jamiyatni birlamchi qilib olib, insonning mohiyatini undan keltirib chiqarmoqchi bo’lganlari uchun qanday usul bilan bo’lmasin (masalan, inqilob, ya’ni siyosiy to’ntarish vositasida) ijtimoiy vaziyatni o’zgartirishga erishilsa, inson ham shunga qarab o’zgaradi, degan aqidada bo’ldilar. Aslida inson ma’naviy kamoloti ta’minlanmasa, turli siyosiy to’ntarishlar faqat fojialarni ko’paytiradi, xolos. Bunga yaqin tarixning achchiq saboqlari - yorqin dalildir. Marksning «inson o’z mohiyatiga ko’ra barcha ijtimoiy munosabatlar majmuidir» degan aqidasiga zid o’laroq, Prezidentimiz: “Har bir kishi o’zicha noyob hodisa – bu mening qat’iy ishonch-e’tiqodim” 141 deb e’lon qiladi.Uning ma’naviyatga oid yangi kitobida shunday fikr bildiriladi: “O’ylaymanki, er yuzida qancha inson, qancha taqdir bo’lsa, har birining o’z ma’naviy olami bor. Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash kerak.”142 Darhaqiqat, bizning milliy ma’naviyatimiz an’nalariga binoan aslida bu yorug’ dunyoning markazida inson shaxsi turadi. Chunki Alloh Odam Atoni er yuzida xalifa qilib yaratgan. Inson er yuzidagi barcha Alloh yaratgan mavjudotlarni tasarruf qiladi, shu bilan birga ular uchun mas’ul hamdir. Bugun biz - O’zbekiston xalqi bir tanu bir jon bo’lib, o’zimiz saylab qo’ygan Prezidentimiz etakchiligida yangi voqelik – mustaqil va mutaraqqiy Vatan, farovon va ozod jamiyat yaratmoqdamiz. Buning uchun “ijtimoiy maxluq” emas, qudratli yaratuvchi kuch egasi bo’lmish erkin va sobitqadam Inson shakllanishiga erishmog’imiz kerak. “Bizning asosiy maqsadimiz,- deydi Prezident, - bir kishi yoki jamoat tashkilotlarining fikri davlat tuzilmalarining fikridan ustun bo’ladigan fuqarolar jamiyati qurishdan iborat.”143 Xullas, o’tmishimiz qancha buyuk bo’lmasin, kelajagimizning ulug’vorligi millatning har bir a’zosi, O’zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi ushbu kelajakda Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, inson baxti to’kis ta’minlanishi uchun qay darajada faollik ko’rsata bilishi va bu faolligining samaralari, unumi bilan belgilanadi. Har bir fuqarosining baxti uchun qayg’urmagan jamiyat etuk jamiyat bo’lmaydi. Shu sababli mustaqil yurtimizda o’tkazilayotgan barcha islohotlar, qabul qilinayotgan barcha qonunlar ruhi shunga yo’nalmoqda. Jahondagi eng 141 I.Karimov. Asarlar. 9-jild.T., 2001, s.287. 142 I.Karimov. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. T., “Ma’naviyat”,2008. S. 29. 143 I.Karimov. Asarlar. 4-jild.T., 1996, s.80 www.ziyouz.com kutubxonasi 188 oliyjanob va mas’uliyatli yumush - do’stingni, hamkoringni, qo’shningni, xullas, o’zga insonni “ulug’ maqsadlar yo’lida yo’ldoshlik qilishga ko’ndirish,” - deydi Yurtboshimiz. 144 Inson ma’naviyati undagi yuksak yaratuvchilik qudratining asosidir. Har bir zamon va makonda jamiyat taraqqiyotini insonlarning faol yaratuvchiligi belgilaydi, aksincha emas. Mustaqillik sharoitida nihoyat ushbu o’zak muammo to’g’ri hal qilindi. Hayotga yondoshuvda diqqat markazi “jamiyatga” emas, alohida insonga qaratildi. Iqtisod sohasida bu narsa ayniqsa yaqqol namoyon bo’lmoqda. “Jamiyat”ga tayangan tuzum “ijtimoiy” mulkning yakka hukmronligini o’rnatib, xususiy mulkka egalikni jinoyat darajasida talqin etib, qonun bilan taqiqlab qo’ygan edi. Faqat mustaqillik tufayli har bir insonning mulkni erkin tasarruf qilish huquqi Konstitutsiyamiz asosida to’liq qayta tiklandi, jumladan, endilikda xususiy mulk barcha boshqa mulk turlarining poydevori sifatida qaralmoqda. Bu o’zgarish iqtisod sohasida alohida inson shaxsi birinchi o’ringa chiqayotganligini anglatadi. Haqiqiy xalq hokimiyatchiligini mustahkamlash, qonun ustivorligini ta’minlash, fuqarolar jamiyatini shakllantirish yo’lida olib borilayotgan islohotlar esa siyosat sohasida alohida shaxs mavqeini birinchi o’ringa olib chiqishga qaratilgan. Siyosat sohasida erkinlashtirishni kengaytirish rejalari ham yana bir marta davlatimiz va Prezidentning ushbu yo’nalishga ustivor ahamiyat qaratayotganligidan darak beradi. Ma’lumki, inson jamoa bo’lib yashaydi, shu bilan birga har bir inson moddiy vujud sifatida nafaqat atrofidagi o’zi singari mavjudotlar bilan, balki tabiat, aniqrog’i moddiy borliq bilan ham doimo amaliy munosabatda bo’lishga majbur. Shundan kelib chiqib, moddiyunchilar insonning mohiyatini faqat biologik, iqtisodiy va ijtimoiy (jumladan, siyosiy) munosabatlar doirasida belgilashga harakat qilishdi. Alohida qayd etib o’tish joizki, milliy ma’naviyat nazariyasining shakllanishiga O’zbekiston Prezidentining qo’shgan eng muhim xissasi iqtisod va siyosat bilan bir qatorda ma’naviyatning inson va jamiyat hayotidagi alohida mustaqil o’rni va ahamiyatini ajratib ko’rsatish bo’ldi. Busiz nafaqat ma’naviyat nazariyasi, balki insonning mustaqil mohiyati haqidagi g’oya ham o’z mukammal izohini topmay qolib kelayotgan edi. Inson hayotida ma’naviyat 144 I.Karimov. Asarlar. 4-jild, s. 69 Inson – dunyo mehvari - Milliy dunyoqarashimizning tayanch nuqtalaridan biri, ma’naviyat nuqtai nazaridan, har bir insonga, imkoniyat (potentsiya) darajasida, bu moddiy olamning markazi deb qarash, chunki u Alloh tomonidan "er yuzining xalifasi" qilib yaratilgan va uning qalbi Borliq haqiqatining mazhari (namoyon bo’lish joyi)dir. Shunday ekan, har bir inson, agar astoydil xohlasa, butun olam holatiga sezilarli ta’sir ko’rsatish imkoniga ega. Siyosat - inson va jamiyat hayotining uch asosiy sohasidan (yo’nalishidan) biri, har bir insonning o’zga insonlar bilan bevosita munosabatlari. Siyosat sohasi o’z navbatida axloq va huquq qatlamlaridan iborat bo’lib, ularning har birini o’rganuvchi alohida fan yo’nalishlari mavjud. www.ziyouz.com kutubxonasi 189 sohasining mustaqil ahamiyati alohida ta’kidlanishi natijasida endilikda insonning ma’naviy kamolot imkoniga ega bo’lgan yagona moddiy mavjudot sifatidagi asl mohiyati haqida ravshan tasavvur hosil bo’ldi.

I.BOB. MILLIY MANAVIYATIMIZ TAKOMILINING ASOSIY DAVRLARI VA XUXUSIYATLARI

1.1 ILK SHAXAR MA’NAVIYATI VA AVESTO KITOBI TURKIY TOSH BITIKLAR

«Avesto» – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Avesto (parfiyoncha: apastak – matn; ko‘pincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb ataladi) – zardushtiylikning muqaddas kitoblari to‘plami.

Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan etuk odamlar hal qiladi. Shunday ekan, davlat tuzumini, jamiyat hayotini demokratlashtirish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish barobarida ma’naviyatga ham doimo alohida e’tibor ajratish talab etilishi voqeiy zaruratdir. Prezident ma’ruzaning “Yuksak ma’naviyat - kelajak poydevori” 126deb nomlangan faslida mustaqillikning dastlabki to’rt yilida bu sohada erishgan yutuqlarni tilga olish barobarida kelajak yo’nalishlarni ham batafsil tahlil etib berdi. “Endigi asosiy vazifa,-deb fikrini izhor etdi yurtboshimiz,-kishilarimizning mustaqil fikrlashga o’rganishi, o’ziga 1

Zardushtlik eʼtiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud.
«Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab toʻqqiz hoʻkiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yigʻilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand» nomi bilan sharhlar bitilgan.

Yasna tarkibiga kirgan madhlar «Gatlar» (ayrim manbalarda «gohlar») deb nomlanib, ularni Zardustning oʻzi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Ertoʻnga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi.


«Avesto» insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining eʼtiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O. Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud.
Oʻzbekistonda «Avesto»ni oʻrganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida «Avesto» taʼlimotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qoʻlyozma va bosma nusxalari O`R Fanlar Akademiyasi ShI jamgʻarmasida saqlanadi. Hozirgi oʻzbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Is’hoqov, N. Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari eʼtiborli.
Oʻzbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001 yilda «Avesto»ning 2700 yilligi nishonlandi. «Avesto» vatani Xorazmda bogʻ barpo qilindi, asarning oʻzbek tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, A. O‘rta Osiyoda, xususan Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. A.da keltirilgan geografik ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Mac, xudo yaratgan o‘lkalar sanab o‘tilar ekan, boyligi va ko‘rkamligi jihatidan qadimgi Xorazm, Gava (Sug‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi bo‘lib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. A.dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi bo‘lgan.A. uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri – 1-ming yillik boshiga oid bo‘lib, og‘zaki tarzda avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Keyingi asrlarda tar-kibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va hokazo qo‘shilib borgan. A.ni Zardusht di-niy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolaa saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51–78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davri (3–7-asr)da yaxlit kitob holiga keltirilgan. A. 21 nask (qism)dan iborat bo‘lgan. A. hajmi katta kitob bo‘lganligi sababli dindorlar kundalik faoliyatida foy-dalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli – "Kichik A." (Xurdak A.) yaratilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-asr) zardushtiy ruhoniylarining bir qismi Hindistonga ko‘chib o‘tgan. Ularning av-lodlari (parslar) Bombay shahrida o‘z jamo-alarida hozirgacha A.ning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron zardushtiylar jamoasida yashab, A. tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib nashr etgan (1771). A.ning bu nusxasi 27 jilddan iborat bo‘lib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladi-gan kitoblarni o‘z ichiga oladi. A.da bayon etilgan g‘oyalarga ko‘ra, olam ikki asosning, ikki ibtidoning, ya’ni yorug‘lik bilan zulmatning, yaxshilik bilan yomonlikning tuxtovsiz kurashidan iborat. Yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazda yer, o‘simlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi to‘xtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylashgan, yer sathi esa kurash maydonidir. Hayotdagi turfa o‘zgarishlar qaysi kuchning g‘alaba qilishiga bog‘liq. Inson ham tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning o‘zaro kurashidan iborat. Cheksiz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va Ahuramazda hukmron bo‘lgan abadiy yorug‘lik bilan yomonlik va Anhramaynu hukmron bo‘lgan abadiy zulmatdan tashkil topadi.A. ta’limotiga ko‘ra, birinchi inson Govamard (ho‘kiz-odam; forscha Qayumars) bo‘lib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda o‘lim bo‘lmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Ki-shilar bekamu kust, baxtiyor yashagan. 900 yil utgach shoh Yima g‘ururga berilib, man etilgan sigir go‘shtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh ko‘taradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qo‘rg‘on (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin davri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) o‘rtasidagi kurash davri bo‘lgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda g‘alaba qilib, ezgulik salta-nati barqaror bo‘ladi, o‘lganlar tiriladi. A.ning axloqiy-falsafiy mohiyati "ezgu fikr", "ezgu so‘z" va "ezgu amal" 2kabi muqaddas uchlik (axloqiy triada)da o‘z ifodasini topadi. Zardushtiylarning ibodat oldidan aytiladigan niyati, so‘zlari shu 3 ibora bilan boshlanadi.A. o‘zbek, umuman O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madani-yatlarini o‘rganishda muhim va yagona manba. "Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrgo‘zaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir" (I.A. Karimov, "Adolatli jamiyatsari". T., 1998, 39–40-betlar). O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi "Avesto" yaratilganining 2700 yilligini dunyo miqyosida nishon-lash haqida qaror qabul qildi (1999 yil noyabr). "Avesto"ning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan o‘rnini hisobga olgan holda hamda yuqoridagi qarordan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror e’lon qilib (2000 yil 29 mart), "Avesto"ning 2700 yilligini nishonlash tadbirlarini belgiladi. Unga ko‘ra 2001 yilning oktabr oyida O‘zbekistonda xalqaro ilmiy kon-ferensiya va tantanali bayram tadbirlari o‘tkaziladi3.

O‘zbekiston hududlaridagi eng qadimgi o‘troq dehqonchilik jarayonlari.O‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab O‘zbekistonning bronza davriga oid yodgorliklarni keng miqyosda tadqiq etilishi natijasida ushbu hududlarning qadimgi tarixi va madaniyati to‘g‘risida boy ma’lumotlar olindi. Turli yillarda janubiy O‘zbekiston hududlarida ilk, rivojlangan va so‘nggi bronza davri ilk dehqonchilikning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, urbanizatsiya jarayonlari hamda ilk davlatchilik masalalari, madaniy va iqtisodiy aloqalar, hunarmandchilikning taraqqiy etishi masalalari bo‘yicha A.Asqarov, E.Rtveladze, A.Sagdullayev, T.Shirinov, B.Abdullayev, U.Raxmonov, E.Sayko, Sh. Shaydullayev kabi olimlar tadqiqot ishlari olib bordilar. Ushbu tadqiqotlar natijasida bronza va ilk temir davri o‘lkamiz janubiy hududlarida bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyot masalalari va ayniqsa, ushbu hududlarda ilk shaharlarning paydo bo‘lish asoslari va rivojlanish bosqichlari, ilk davlatchilikning paydo bo‘lishi jarayonlariga ko‘plab aniqliklar kiritildi. Ushbu masalalar bo‘yicha juda ko‘p yangi ma’lumotlar fanga joriy etildi va etilmoqda.

Zamonaviy tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra Baqtriya yerlari bu -Afg‘onistonning shimoliy-sharqiy qismini, Janubiy-G‘arbiy Tojikiston va O‘zbekistonning janubidagi (Surxon vohasi) yerlarni o‘z ichiga olgan. Undan tashqari zamonaviy tarixiy adabiyotlarning barchasi hozirgi kunda Surxondaryo viloyati, Tojikistonning Ko‘lob va Qo‘rg‘ontepa viloyatlarini o‘z ichiga olgan yerlarni shimoliy Baqtriya sifatida e’tirof etadilar.

Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, neolit davriga kelib «hisorlik» ovchilar kichik va yirik daryolar vohalarini, Boysuntog‘ va Kuhitanggacha bo‘lgan tog‘ va tog‘ oldi hududlarini o‘zlashtiradilar. Bronza davriga kelib esa bu hududlarda boshqa ko‘rinishga ega bo‘lgan hamda o‘ziga xos xo‘jalik shaklidagi yangi madaniyatlar shakllana boshlaydi.

Ushbu madaniyat sohiblari yashagan maskanlardan biri Sopollitepa bo‘lib, bu yodgorlik Surxondaryo viloyati SHerobod tumani hududida, Kuhitangtog‘dan oqib tushuvchi kichik daryoning qadimgi irmog‘i bo‘yida joylashgan. Sopollitepa paydo bo‘lgan soy mahalliy aholi orasida O‘lanbuloqsoy deb ataladi.

Janubiy O‘zbekiston hududlarida hozirgi kunga qadar aniq bo‘lgan eng qadimgi o‘troq dehqonchilik jarayonlari, tadqiqotchilarning fikricha, quyidagi beshta asosiy bosqichga bo‘linadi:

Tadqiqotlar tahlilidan shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, Shimoliy Baqtriyaning qadimgi shaharlari uzoq davom etgan tarixiy jarayonlar va turli: ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va tabiiy-geografik omillarning ta’siri natijasida shakllanib kelgan. Qadimgi Sharq va mahalliy ko‘rinishdagi urbanistik madaniyatning uyg‘unlashuvi qadimgi Baqtriya shaharsozligining asosini tashkil etadi. Keyinroq esa o‘ziga xos bo‘lgan shahar madaniyati mustaqil ravishda rivojlanadi.

Mil. avv. II ming yillikning ikkinchi choragida Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida, aniqrog‘i, uning g‘arbiy qismida Sopollitepa ko‘rinishidagi dastlabki mustahkam qishloqlar paydo bo‘ladi. Ushbu qishloqlar bu hududlarda rivojlangan butunlay yangi ko‘rinishdagi qishloqlar bo‘lib, neolit davri (Hisor madaniyati) makonlaridan ajaralib turadi.

Sopollitepada uzoq yillar tadqiqotlar olib borgan A.Asqarovning fikricha, yodgorlik mustahkam asosda qad ko‘targan bo‘lib, quyidagi ajralib turuvchi belgilarga ega: ikki qismli tuzilish - mustahkam markaziy qism va uning atrofida mustahkamlanmagan maskan, uncha katta bo‘lmagan maydon, asosiy qismning aniq rejaviy tuzilishi, sakkizta ko‘p xonali turar-joylar qismlarining markazlashuvi va ularning yo‘laklar bilan ajralib turishi, bo‘lma (otsek)lari bo‘lgan himoya devorlari. Undan tashqari, kulolchilik va metallga ishlov berish hunarmandchiligi hamda dehqonchilikning yetakchi mavqega ega bo‘lishi ham Sopollitepa uchun xosdir.

Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Sopollitepa aholisining asosiy mashg‘uloti sun’iy sug‘orishga asoslangan o‘troq dehqonchilikdan iborat edi. Qazishmalar paytida katta xum ko‘rinishidagi idishlardan va omborxona vazifasini bajaruvchi xonalar sathidan topilgan arpa, bug‘doy, tariq donlari hamda butun Sopollitepa majmuida ko‘plab uchraydigan don yanchgich, kelisop, ketmon va o‘roqlar aynan dehqonchilik xo‘jaligidan dalolat beradi. Undan tashqari, turar-joy qoldiqlari, qishloqning tuzilishi va umuman arxeologik topilmalarning ko‘rinishi ham manzilgoh aholisining qadimgi dehqonchilik madaniyatiga xos bo‘lgan o‘troq turmush tarzini ifoda etadi.

Sopollitepa qishlog‘i aholisining yana bir muhim xo‘jalik tarmog‘i chorvachilik edi. Qazishmalar paytida juda ko‘plab topilgan uy va yovvoyi hayvonlarning suyaklari aynan mana shu jarayondan dalolat beradi. Umuman olganda, Sopolli madaniyati sohiblari xo‘jaligida sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik va uy chorvachiligi manzilgohdagi iqtisodiy hayotning asosini tashkil etgan. Undan tashqari ushbu madaniyatga xos bo‘lgan kulolchilik ishlab chiqarishning yuqori darajasi, metallga ishlov berishning jadal rivojlanishi, to‘qimachilik sohasining taraqqiyoti kabi omillar manzilgohning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy hayotida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Sopolli madaniyati hukm surgan davr tarixiy-madaniy jarayonlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, mil. avv. II ming yillikda Amudaryoning o‘ng va chap qirg‘og‘ida ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha ikkita: Sopolli madaniyati va Dashli madaniyati yoki Sopolli-Dashli madaniyatining ikki xil ko‘rinishi keng tarqaladi.

Sopolli - Dashli madaniyatining kelib chiqishini tahlil etar ekan A.Asqarov va T.Shirinovlar O‘rta Osiyoning janubi, shimoli-sharqiy Eron, sharqiy Eron va shimoliy Afg‘oniston hududlaridagi o‘troq dehqonchilik shaklidagi arxeologik majmualarni umumiy madaniy jamoalar sifatida Namozgoh tarixiy-madaniy birligi (NIKO - Namazginskaya istoriko-kulturnaya obshnost) deb atashni taklif etadilar. Shuningdek ular NIKOda mahalliy ko‘rinishlar va hatto, alohida madaniyatlar bo‘lishi mumkinligini inkor etmaydilar. Agar ma’lum hududlardagi tarixiy-madaniy jarayonlarning o‘ziga xosligini, geografik joylashuv va shart-sharoitlarni hisobga oladigan bo‘lsak, bu fikrga qo‘shilish mumkin.

1.2 ISLOM MINTAQA MADANIYATI DOIRASIDA MILLIY MA’NAVIYATIMIZ TAKOMILI

2015 yil Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) shaharlarga Islom madaniyati poytaxti maqomini berish bo‘yicha ikkinchi bosqich rejalarini e’lon qildi. Unga muvofiq 2015-2025 yillardan tashkilotga a’zo davlatlarning qaysi shaharlari yuqoridagi e’tirofga sazovor bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

  Bu olamshumul voqea respublikamizda va xorijda katta qiziqish uyg‘otdi, xalqimizga, ilmu fan vakillari hamda ziyolilarimizga alohida g‘urur bag‘ishladi. Qabul qilingan tartibga muvofiq, Islom hamkorlik tashkiloti har yili musulmon mamlakatlaridagi 3 ta shaharni “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qiladi. Ularning biri arab mamlakatlaridan, boshqasi Osiyo va uchinchisi Afrikadagi musulmon mamlakatlardagi shaharlardir. Quvonarlisi ushbu rejaga asosan 2020 O‘zbekistonning qadamiy Buxoro shahri ham shu kabi yuksak e’tirofga loyiq ko‘rilib, “Islom olami madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi nazarda tutilgan.

  Islom hamkorlik tashkiloti madaniyat vazirlari IX Islom konferensiyasida 2020 yilda Buxoro (O‘zbekiston), Qohira (Misr) va Bamako (Mali) shaharlari” Islom olami madaniyati poytaxti” sifatida tasdiqlandi.

Ushbu an’ana yo‘lga qo‘yilgan 2005 yildan beri o‘tgan davrda jonajon O‘zbekistonimizning ikki shahri – Toshkent va Buxoro bu yuksak nomga munosib topildi. Bu ish bir tarafdan tariximizga berilgan munosib va yuksak baho bo‘lsa, ikkinchi tarafdan har bir vatandoshimiz, millatimiz, xalqimiz uchun ham g‘urur, hamda sharaf desak, xato qilmagan bo‘lamiz.

  Sana munosabati bilan e’lon qilingan xabarlardan birida, “Aslida Buxoroi sharif bir necha asrlar davomida Islom madaniyati poytaxti bo‘lib kelgan. Uning “Qubbatul Islom”, ya’ni “Islom gumbazi” deb nomlangani ham bejiz emas. Tashkilot tomonidan ushbu shaharning Islom madaniyati poytaxti deb e’tirof etilishi asrlar davomida ushbu shahar va undan chiqqan olimlarning islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini yana bir bor tasdig‘i hisoblanadi", - deb ta’kidlangan.

  Aytib o‘tish joizki, islom olamidagi to‘rt sharif sanalgan shaharlardan biri Buxoroi sharifdir. Sharqda qadimdan “Samarqand sayqali ro‘i zamin ast, Buxoro quvvati dini islom ast”, deb bekorga aytilmagan. Buxoroi sharifni e’zozlab dunyoning juda ko‘p shoirlari, olimlari, mutafakkir va mutassavif donishmandlari, sayyohu elchilar, tarixchilar hamda geograflar qimmatli asarlar yaratgan.

  Buxoroning dovrug‘ini islom olami bo‘ylab, qolaversa, butun dunyoga keng taratgan yetti buzrugvor pir 1103 va 1389 yillar oralig‘ida, XII-XIV asrlarda birin-ketin, navbatma-navbat boshqarganlar va bag‘oyat xayrli faoliyat ko‘rsatganlar.

  Bu davr, ma’lumki, Movarounnahr va Xurosonda, butun Markaziy Osiyodagi keng va ulkan musulmon mintaqasida mo‘g‘ullar zulmi va istibdodi barham topib, Movaraunaxrda ulkan va qudratli temuriylar saltanati dadil qad ko‘tarayotgan ajoyib bir ma’naviy hamda madaniy uyg‘onish davri edi.

Alohida ta’kidlab, aytish kerakki, bugungi kunda ham tarixiy va diniy yodgorliklar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev diqqat e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Davlatimiz rahbari Buxoro viloyatiga oxirgi tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshlagan edi. Tashrif paytida, Buxoro viloyatida muqaddas qadamjolar ko‘pligi, ularni “ziyorat qilish ham qarz, ham ulkan saodat ekani” ta’kidlandi. Prezidentimiz rejalashtirilgan qurilish ishlari mazmunan chuqur o‘ylanmaganini tanqid qildi hamda Yetti pir maqbaralarini obod qilish, ularni bir yo‘l bilan bog‘lash loyihalarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

  O‘zbekiston bugungi kunda turizmni rivojlantirish va xorijliklarni mamlakat durdonalari sanalgan Buxoro, Samarqand va Xivaga jalb etish bo‘yicha misli ko‘rilmagan ishlarni amalga oshirmoqda. O‘zbekistonda turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilindi. Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasida 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantirish konsepsiyasi va chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. 2019 yil 1 fevraldan elektron kirish vizasini oluvchi mamlakatlar ro‘yxati kengaytirilib, 45 ta davlat fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilindi.

  Bundan tashqari, 2019 yil 15 martdan 30 kun davomida amal qilinuvchi elektron vizalar turlari tizimi hamda alohida xorijiy fuqarolar guruhlariga qo‘shimcha vizalar toifasi joriy etildi. Xorijiy davlat fuqarolariga viza rejimining soddalashtirilishi mamlakatga tashrif buyuruvchi mehmonlar sonini bir necha martaga oshiradi, albatta.

  Buxoroning tarixiy qismida yoki Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “shaharning yuragida” ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu yerda haqiqiy o‘rta asrlar hunarmandlari mavzesi paydo bo‘ladi, Poyi Kalon va Mir Arab madrasalari qayta ta’mirlanadi, Haqiqat va Nurobod ko‘chalari kengaytirilib, turistlar uchun sayohat xiyobonlariga aylantiriladi.

  Shaharga kelgan turistlar bugundanoq mazkur hunarmandlar ko‘chasida bo‘lishlari, o‘zlari yoqtirgan buyumlarni xarid qilishlari, ustalarning qanday ishlashlarini kuzatishlari mumkin.

Bundan tashqari, bu yil Poyi Kalon majmuasidagi tarixiy yodgorliklar, Abdulazizxon, Ulug‘bek va Mir Arab madrasalari ta’mirlanadi. Buxoroning yana bir ramzi - Ark qal’asi ham yangilanadi. Bu yerda inshootning ichki qismini ta’mirlash rejalashtirilgan.

Viloyatda turizmni rivojlantirish konsepsiyasida 61 loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Buxoroda 44 mehmonxona, 10 park quriladi, zamonaviy turistik avtobuslar sotib olinadi, yangi sayohat turlari tashkil etiladi.

Haqiqatda ham, sayyohlik iqtisodiyot tarmoqlarining yetakchi bo‘g‘inlaridan biriga aylanayapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Buxoro viloyati esa bu borada benihoya katta salohiyatga ega. Birgina Buxoroda 660 ta moddiy madaniy meros ob’ekti ro‘yxatga olinganining o‘ziyoq juda ko‘p narsani anglatadi.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 maydagi “2017-2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turistik salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017 yil 16 avgustdagi “2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari shu imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish sari tashlangan muhim qadam bo‘ldi. Mazkur qarorlarga muvofiq, viloyatga tashrif buyurayotgan chet ellik turistlar va mamlakatimiz sayyohlariga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

  Buxoro shahrida yangi mehmonxonalar, madaniy-ko‘ngilochar maskanlar va 500 kishiga mo‘ljallangan zamonaviy amfiteatr kabi ob’ektlarni o‘z ichiga oluvchi “Qadimiy Buxoro” turistik hududini barpo etish uchun 10 gektar yer maydoni ajratilib, xorijiy me’morlar bilan birgalikda loyihalash ishlari olib borilmoqda.

  Buxoro shahridagi sobiq “Shahriston” bozori hududida hunarmandlar markazini qurish, muqaddas qadamjolar - Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Orif ar-Revgariy, Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy, Xoja Ali Romitaniy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol, Xoja Bahouddin Naqshband va Chorbakr majmualarida keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilayapti. Hududning turistik salohiyatini yanada kengroq targ‘ib qilish maqsadida “Ipak va ziravorlar”, “Buxoro shahri kuni”, “Qovun sayli” va “Buxoro hunarmandlari” festivallari tashkil etilmoqda.

  Xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda. Jumladan, Xitoyning Loyan va Rossiyaning Vladimir shaharlari bilan Buxoro shahri o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish memorandumlari imzolandi. Ispaniya, Yaponiya, Singapur, Indoneziya, Malayziya, Rossiya, Latviya va Turkiya kabi davlatlar bilan shu yo‘nalishda muzokaralar olib borildi.

  O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi turizm sohasini jadal rivojlantirishga doir farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda “Uzbekistan Airports” AJ tomonidan xorijiy aviakompaniyalar bilan bir qator ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

  Mamlakatimizda turizmni jadal rivojlantirish bo‘yicha keyingi uch yilda 30 dan ortiq Farmon va qarorlar qabul qilinishi natijasida Buxoroda ham turistlar oqimining keskin ko‘payishi ta’minlanmoqda. Birgina 2019 yil 7 oyi davomida jami sayyohlar soni 2 milliondan, xorijiy turistlar soni 250 mingdan oshib, 2018 yil mos davriga nisbatan qariyb 2,2 baravarga ko‘paydi.

  Bugungi kunda viloyatga tashrif buyurayotgan sayyohlarga sifatli transport xizmati ko‘rsatish maqsadida Buxoro shahri ichida va “Yetti Pir” kabi ziyoratgohlarda transport qatnovlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

  Ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi ikki yilda “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lgan jismony shaxslar soni 3,1 baravarga ko‘payib, 3125 taga yetdi. Buxoro tarixiy markazida 383 ta tadbirkorlik sub’ektlari bilan madaniy meros ob’ektlaridan foydalanish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

Shuning bilan birga, “Buxoro bo‘ylab sayohat qil” dasturi asosida mahalladoshlar, Yoshlar ittifoqi a’zolari, mehnat va fermerlar jamoalari vakillari uchun sayohatlar tashkil etilmoqda.

  “Buxoro - Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi munosabati bilan respublikamizda, jumladan, Buxoro shahrida 2020 yil davomida qator ilmiy-amaliy anjumanlar, keng qamrovli tadbirlar majmuini ishlab chiqish va yuqori saviyada o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

  Chora-tadbirlar rejalari doirasida mamlakatimiz va xorijiy davlatlar kutubxonalarida saqlanayotgan Buxoro tarixi, madaniyati va ilm-fan, dinimiz tarixi haqidagi nodir qo‘lyozmalarni birgalikda o‘rganishga imkon paydo bo‘ladi. Islomiy merosni o‘rganish doirasida Samarqand shahridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorligida qator amaliy ishlar bajariladi. Mamlakatimizda, jumladan Buxoro shahrida turizm, madaniyat, fan va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

 

1.3 MILLIY UYG’ONISH VA JADIDCHILIK MA’NAVIYATI



“Jadid” so’zining ma’nosi “yangi” demakdir. U shunchaki “yangi” yo bo’lmasa, “yangilik tarafdori” degani emas. Balki “yangi tafakkur”, “yangi inson”, “yangi avlod ” singari keng ma’nolami o’zida mujassam etgan. Bu atama bizga XIX asming 80-yillaridan kirib kelgan. Jadidchilik harakatining ilk maqsadi yangi tipdagi maktablami ochish, yosh avlodni savodli qilish bo’lgan. Jadidlar ana shu jarayonda bu savodli avlod uchun yangi fikr, yangi g’oyalami eltuvchi xabarlar, maqolalar, ocherklar, she’r va hikoyalar zarurligini sezdilar. Shu tarzda jadid adabiyoti tug’ila va shakllana boshladi.

”Jadid ” istilohining kirib kelishi Ismoilbek Gasprali (Gasprinskiy) ochgan yangi maktab nomi bilan bog’liq. U yozadi: 1884 sanasi Boqchasaroyda bir maktabi usuli jadida (yoki usuli savtiya) qo’ymish edim”. 90-yillarda bu yangi usul Turkistonga yetib keladi. 1893-yili Ismoilbek Gaspralining o’zi Buxoroga kelib, amir bilan uchrashadi va yangi maktab ochishga muvaffaq bo’ladi. Ismoilbek Gasprali tashabbusi bilan paydo bo’lgan bu yangilikni Turkiston maktablarida Avloniy, Hamza, Shakuriy kabi ilg’or pedagoglar hayotga joriy eta boshladilar va maktablar uchun qator darsliklar yaratdilar. Mahmudxo’ja Behbudiy, Munawar qori Abdurashidov, Abdurauf Fitrat, Hoji Muin, Sadriddin Ayniy, Abdulla Avloniy, Ismoil Obidiy va boshqalar jadid g’oyalarini yoyishda nashriyot ishlariga, matbuot sohasiga katta e’tibor berdilar. Ular va ularning hammaslaklari “Vaqt”, “Osiyo”, “Shahrat”, “Hurriyat”, “Ulug’ Turkiston”, “Sadoyi Turkiston” gazetalarida Turkistonning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, milliy, madaniy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlardagi ravnaqi uchun zarur bo’lgan muammolami ko’tarib chiqdilar, kezi kelganda, mustamlaka siyosatiga qarshi fikrlarni ilgari surishda jasorat ko’rsatdilar.

“Jadidchilik” arabcha “jadid” (“yangi”) so’zidan. Keng ma’noda ijtimoiyma’naviy hayotning barcha jabhalarini yangilashni ko’zda tutadi. Jadidchilik, Turkiston ijtimoiy fikri taraqqiyotida, Fitrat qayd etganidek, islomchilik (panislomizm), turkchilik (panturkizm) va mahalliychilik (o’zbekchilik) ko’rinishlarida ham namoyon bo’lgan ediki, bularning o’z sabablari bor. Jadidchilik oqim emas, harakat. Ijtimoiy, siyosiy, ma’rifiy harakat. Yaqingacha u faqat ma’rifatchilik harakati deb kelindi. Maqsad - jadidchilikning doirasini toraytirish, sotsialistik-kommunistik mafkuradan boshqasi keng xalq ongini qamrab olishi, egallashi mumkin emas, degan soxta tushunchaning asorati edi

Taraqqiyparvar ziyolilarimiz mustaqillik uchun kurashnito’xtatmadilar va 1917-yilning 27 noyabrida Turkiston (Qo’qon) muxtoriyatini e’lon qildilar, biroq u uch oyga yetmay, sho’rolar tomonidan shafqatsizlarcha yo’q qilindi. ’’Millatchi” deya nom olgan millatparvarlarimizning omon qolganlari tog’- toshlarga qochib, kurashni davom ettirdilar va Vatan ozodligi yo’lida shahid ketdilar. Bu jarayon 20-yillaming oxirigacha davom etdi. 1905-1929-yillar jadidchilik (milliy uyg’onish) harakatining taraqqiyot va tugatilish davridir. 7. Milliy uyg’onish asosida qanday adabiyot paydo bo’Idi?

Milliy uyg’onish (jadid) adabiyoti XIX asr oxirlarida yuzaga kelgan mazkur harakat g’oyalarining adabiy-badiiy ifodasi edi. Lekin u jadidchilikning shunchaki bir ko’rgazmasi bo’lib qolmadi, chinakam adabiyotga aylandi. U yangi adabiyotni boshlab berdi. Avji taraqqiysi 1915 — 1925-yillarga to’g’ri keldi.

Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti 2 bosqichga ajraladi: 1. Milliy uyg’onish davri o ’zbek adabiyotining ilk bosqichi: manbalari va yuzaga kelishi(XIX asr oxirlari). 2. Milliy va ijtimoiy kurashlar davri: taraqqiyoti va tugati lishi (XX asr birinchi choragi). ’’Milliy uyg’onish” davri adabiyoti deganda XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlari adabiyotini ko’zda tutamiz. U o’ziga xos bir davrdir.

”Uyg’onish” tushunchasi qanday ma’nolarni o’z ichiga oladi? ’’Uyg’onish” (Renessans) tushunchasi qadim antik adabiyotga nisbatan olingan bo’lib, o’rta asrlardagi ilm-fan jonlanishini ko’zda tutadi. Uning doirasi turli mamlakatda turlicha, IX asrdan XV asrgacha bo’lgan davmi qamrab oladi. ’’Milliy uyg’onish”da esa, millatning o’zligini anglashi asos qilib olinadi. Biz ’’Milliy uyg’onish” davri adabiyoti deganda XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlari adabiyotini ko’zda tutamiz. U o’ziga xos bir davrdir.

“Adabiyot-millat oynasi” fikrlari kimga tegishli? Abdulla Avloniy bir she’rida ”Oyinayi har millat erur til-adabiyot” deb yozgan edi. Bu yerda alloma til-adabiyot har bir millatning yuzi, oynasi demoqda. Haqiqatan ham, jamiyatni tarbiyalashdagi adabiyotning buyuk rolini jadidlar yaxshi anglaganlar. Adabiyotni haqli ravishda millat oynasi deb aytishgan.

Ikki buyuk asr - XIX va XX asrlar oralig’idagi 50-60 yillik davr qadim va boy o’zbek adabiyoti tarixida g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. U, birinchidan, xalqimiz hayotida yuz bergan eng katta baxtsizlik - o’z mustaqilligini yo’qotishi voqealarini loqayd kuzatishdan uning fojiali oqibatlarini chuqur idrok etish va istiqlol uchun kurashga chaqirishgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. Ikkinchidan, adabiyot davr voqealari ta’sirida g’arblashdi; mazmun-mundarijasi kengaydi; 9 davriy matbuot va teatming paydo bo’lishi bilan yangi adabiy tur va janrlar paydo bo’Idi. An’anaviy she’riyat bilan bog’liq timsollarga yangi mazmun kirib keldi. Yakka hukmron aruz yoniga unutilgan eski barmoq vazni qo’shildi. Sarbastda ijod qilindi, mansuralar yozildi, ya’ni - zamonaviy realistik adabiyot maydonga keldi.
II.BOB GLABALLASHUV VA JARAYONLARI VA MA’NAVIYATGA TAXDID

2.1 MUSTAQILLIK YILLLARIDA MILLIY MA’NAVIYATIMIZNING MOHIYATAN QAYTA TIKLANISH JARAYONI



XX asrning 70-yillariga kelib, aytish mumkinki, «Sovet Ittifoqi» atalmish ulkan bir hududda voqean «manqurtlar saltanati» shakllangan edi. Keyinchalik O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining birinchi yig’ilishida Prezident I.A. Karimov bu haqda shunday fikr bildiradi: “Bu tuzum o’z xalqining tarixini, uning ruhi va urf-odatlarini, o’z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi.” Ular yo’q emas edi, hayotimizda mavjud edi. Xalq ongini, uning barcha faoliyatini markaz izmiga bo’ysundirish asosan o’shalarga ishonib topshirilgan edi. Allohga beadad shukrlar bo’lsinki, bizning xalqimiz aksariyati ushbu makr domiga to’liq tushib qolmadi. Chunki tuzum olg’a surgan marksistik mafkura bizning necha ming yillik ma’naviy merosimiz, milliy an’analarimiz, xalqimiz ruhi uchun mutlaqo begona bo’lib, faqat siyosiy va iqtisodiy qaramlik sharoitida chetdan zo’ravonlik yo’li bilan kiritilgan va shafqatsiz usullar bilan ongimizga singdirishga urinilgan edi. “O’z istiqlol va taraqqiyot yo’limiz,- deb yozgan edi I.A.Karimov mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq, - bu gul bilan qoplangan yo’l emas, totalitarizm merosidan xalos bo’lish va poklanish, mafkuraviylik illati etkazgan ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo’lidir”.119 Bugungi kunda ham ushbu poklanish jarayoni davom etmoqda. Yangicha, mustaqil tafakkur zarurati hanuz dolzarb, milliy mafkurani shakllantirish, xalq ma’naviyatini yuksaltirish bugunning ham eng muhim vazifasidir. Mustaqillik mas’uliyati ayni shu vazifalarni mukammal hal etishni taqozo qilib turipti. “Biz, - deydi Prezident, - iqtisodiy o’nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni ma’naviy o’nglanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg’un bo’lishini istaymiz” 120 . Chunki xalq ma’naviyati o’nglanmaguncha, na ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda, na iqtisodiy sohada jiddiy yangilanishlar quvvatga kirishi qiyin. I.A.Karimov O’zbekiston Prezidenti lavozimiga saylangan dastlabki kunlardan beri xalq ma’naviyatini yuksaltirishga birinchi darajali e’tibor qaratib kelmoqda. Hali sho’rolar tuzumi mavjud bo’lib, yurtimiz “sovet sotsialistik respublikasi” deb atalgan davrda - 1990 yil 24 mart Oliy Kengash sessiyasida O’zbekistonda birinchi marta prezident lavozimi joriy etilib, Islom Abdug’anievich Karimov ushbu lavozimga munosib topilgach, O’zbekiston Prezidentining birinchi nutqidayoq “xalqni ma’naviy yuksaltirish, insonni axloqiy va ma’naviy yuksaltirish” masalasi davlat rahbarining eng muhim vazifalaridan ekanligi alohida ta’kidlab o’tildi. 121 Ma’naviyat degan so’zni yuqori doiralarda ishlatish mutlaqo urf bo’lmagan o’sha zamonlarda bu mutlaqo yangicha yondoshuv, o’sha paytlar respublika rahbari uchun katta jasorat edi. Milliy mustaqilligimizning ikkinchi yilida Prezident “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” risolasini e’lon qildi. Ushbu kitobning alohida bobi “Mustaqil O’zbekistonni rivojlantirish-ning ma’naviy-axloqiy negizlari” deb nomlandi va unda ilk bor xalq ma’naviyatini rivojlantirish masalalari batafsil tahlil etildi. 122 Ma’naviyat juda murakkab, serqirra, shu bilan birga xalq diliga nihoyatda yaqin, tushunarli hodisa. Uni, bir tomondan, soxta «ilmiy» murakkab ta’riflar bilan mavhumlashtirmay, shu bilan bir paytda siyqa, odmi «targ’ibot»ga aylantirmay, xalq ongiga tiniq etkazmoq, yosh avlod ruhiga esh qilmoq lozim. Bunda qanday me’yorlarga rioya etish zarurligini o’sha davrdayoq O’zbekiston Prezidenti o’z kitobida aniq tavsiflab bergan edi: “Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; 4I

2.2.SHAXS VA MILLAT MA’NAVIY TAKOMILIMIMG UYG’UNLIGI

Ota-ona о‘z farzandidan hech narsani ayamaydi. Ularning tabiat ato etgan buyukliklari ham ana shunda. О‘zbek xalqi odob-axloqi bо‘yicha, keksalarning, ota-onaning oldidan salom bermasdan о‘tish gunoh hisoblanadi. Ota-onani qadrlash, ularning beо‘lchov, beminnat xizmatiga bir umr sodiq bо‘lish, duolarini olish – bolalarning farzandlik burchidir. Bu milliy qadriyatlarimizning eng muhim talablaridan biridir.

Buyuk bobomiz hazrat Alisher Navoiy aytganlaridek ota-onani hurmat qilish «…farzandlar uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating qancha ortiq bо‘lsa ham kam deb bil. Otang oldida boshingni fido qilib, onang uchun butun jismingni sadaqa qilsang arziydi! Ikki dunyong obod bо‘lishni istasang, shu ikki odamning roziligini ol! Tunu kuningga nur berib turgan – birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh. Ularning sо‘zlaridan tashqari bir narsa yozma, ular chizgan chiziqdan tashqariga bir qadam ham bosma. Hamma xizmatni sen odob bilan bajar, «adab» sо‘zidagi «dol» kabi qomatingni ham qil».

Tan olishimiz kerakki, shо‘rolar davrida keksalarni, ota-onalarni hurmat qilish haqidagi milliy qadriyatlarimiz biroz xira torta boshladi. Ba’zi yoshlarimizda о‘zlaridan kattalarni, nuroniy qariyalarni hurmat qilish, ularning nasihatlariga quloq solish singari yuksak ma’naviy fazilatlar yо‘qolib ketayotgani sezilmoqda. Ehtimol, boshqa millat kishilari bunga unchalik e’tibor berishmas, lekin biz, о‘zbeklar buni his qilmay ilojimiz yо‘q.

Keksalar uchun ajratilgan uylarda farzandlari tirik о‘ziga tо‘q bо‘lgan ota-onalar yashayotganligiga toqat qilib bо‘lmaydi. Gohi-gohada bо‘lsa ham, ota-onaga qо‘l kо‘tarish, undan ham og‘irroq jinoyat qilish hollari sodir bо‘lib turganligini eshitib turibmiz! Bu — oddiy nuqson emas, balki uchiga chiqkan tubanlik bag‘ritoshlik milliy qadriyatlarimizni oyoq-osti qilish, о‘z insoniyligini yо‘qotishdir. Milliy qadriyatlarimizga, о‘zbek xalqining sha’niga dog‘ tushuradigan bunday yaramas hodisalar zamini, ildizi, sababi nimada, degan savol paydo bо‘lishi tabiiy.

SHо‘rolar davrida, avlod-ajdodlarimizning о‘gitlari, pand-nasihatlari, ajoyib an’analarimiz targ‘ib qilinish о‘rniga nuqul qoralandi, yomon otli qilindi, bid’at, xurofot, deb baholandi. Milliy tarbiya borasidagi merosimiz о‘rganilmadi, targ‘ib etilmadi. Ularning о‘rniga ta’lim-tarbiya borasida Yevropa, Rusiya modelini kо‘klarga kо‘tarib maqtab, targ‘ib qilib, yoshlarimizni о‘z milliy qadriyatlarimizdan bebahra qilib qо‘ydik. Ana shu tufayli diniy-axloqiy, oila, qо‘ni-qо‘shni, mahalla-ko`ylar ta’siri kabi ta’lim-tarbiyaning hayot sinovidan о‘tgan bebaho boyliklaridan judo bо‘la boshladik. Mustaqilligimiz tufayli bularga chek qо‘yildi, bunday salbiy illatlarni tugatish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.

Kattalarga izzat-ikrom, kichiklarga mehr-shafqat, ota-onalarga e’zoz, farzandlarga mehr-sadoqat kabi insonni inson sifatida ulug‘laydigan, axloqiy, ma’naviy jihatdan gо‘zal va barkamol qiladigan qadriyatlarimiz odamlar, ayniqsa yoshlar qalbidan о‘rin ola boshlagani quvonchli bir holdir. Mustaqil О‘zbekiston Respublikasining asosiy qonuni – Konstitutsiyada farzandlarning jamiyat, oila, ota-onalari oldidagi insoniy burchlari va mas’uliyatlari nimalardan iboratligi milliy qadriyatlarimizdagi asosiy g‘oya va qoidalarga asoslanib belgilab berilgan. Uning 66-moddasida qayd qilinishicha, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar о‘z ota-onalari haqida g‘amhо‘rlik qilishga majburdirlar.

Xullas, har bir farzandning о‘z ota-onasini e’zozlashi farzandlik burchi va jamiyat oldidagi mas’uliyati sanaladi. Ota-onani e’zozlashning quyidagi sharqona talablariga hammamiz amal qilishimiz ham farz, ham qarz, farzandlik burchimizdir. Ota-onaga taom berish, ozoda qilib kiyintirib qо‘yish, kasal bо‘lganda shifokorga kо‘rsatish, kerakli dori-darmonni keltirib berish, doimo hol-ahvol, sihat-salomatliklarini sо‘rab turish, ota-ona oldida «uh» tortmaslik gerdaymaslik lozim bо‘ladi. Ota-ona norizo bо‘lgan ishni qilmaslik, aroq ichma, yomonlarga qо‘shilma, desa uni qilmaslik va qо‘shilmaslik kerak bо‘ladi. Kо‘chada yurganda otadan oldin yurmaslik, otadan avval ovqatga, dasturxonga qо‘l uzatmaslik, otadan avval о‘tirmaslik, otadan kо‘ra poygakda o`tirish lozim. Otaning oldida oyoqni uzatib, yonboshlab olish bizning axloq-odobimizga kirmaydi. Ota-ona chaqirganda labbay deb javob qaytarish, nima ish qilayotgan bо‘lsa, hech ikkilanmasdan darrov ularga javob berish farzandlik burchi hisoblanadi. Shunda ota-ona о‘z farzandidan rozi bо‘ladi. Ota-onaning roziligini olgan farzand baraka topadi, ishi о‘ngidan kelaveradi, oldiga qо‘ygan maqsadiga erishadi.

Ota-onasi norizo bо‘lgan farzand kechgacha yugursa ham, ishining barakasi bо‘lmaydi, biri ikkiga aylanmaydi. Turmushga chiqish, uylanishda ota-onaning roziligini, oq fotihasini olishda hikmat kо‘p. Yuqoridagilarning hammasi biz uchun bir hovuch oltin, xazina. Kelgusi hayotimiz uchun poydevor qо‘yish demakdir. Bu dunyo qaytar dunyo, nima eksang shuni o`rasan, siz ota-onangizga nima qilgan bо‘lsangiz, u sizga farzandlaringizdan qaytadi. Bu ham tabiat qonuni bо‘lsa neajab!

Endi ota-onani hurmat qilishning ulug‘vorligi haqidagi ba’zi ibratli fikrlarni hadislardan keltirib о‘tamiz. «qaysi bir musulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Olloh taolo unga jannatdan ikkita eshik ochadi. Agar ulardan bittasini ziyorat qilsa, unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa, uni rozi qilmaguncha, Olloh taolo undan rozi bо‘lmaydi»; «Kim ota-onasini rozi qilsa, unga tubo (jannatdagi daraxt) nasib bо‘lib, Olloh taolo uning umrini ham ziyoda qiladi»; «Uch toifa kishilarning duosi, hech shubhasiz, Olloh taologa maqbuldir: mazlum kishining duosi, musofirning duosi va ota-onaning duosi»; «Ota-onalarning keksaygan vaqtda har ikkisini yoki biri bо‘lmaganda boshqasini rozi qilib, jannatiy bо‘lib olmagan farzand xor bо‘lsin, xor bо‘lsin, va yana xor bо‘lsin»; «Ota-onaga itoat qilish – tangriga itoat qilishdir. Uni oldida gunoh qilish tangri oldida gunoh ish qilish bilan barobardir» va boshqalar.

Yuqorida farzandning ota-ona oldidagi burchi haqida fikr yuritdik. Ota-onaning ham farzand oldidagi burchi nihoyatda katta va mas’uliyatlidir. Farzandlarning kelajakda qanday ma’naviyat egasi bо‘lishi kо‘p jihatdan ota-ona, u bergan tarbiyaga bog‘lik. Har bir ota-ona farzandi oldida о‘z otalik, onalik burchini tо‘liq his etishi, unga javobgarligini ma’nan anglab yetishi kerak.

Sobiq shо‘rolar davrida uzoq vaqt milliy va ma’naviy tarbiya chetga surib qo`yildi. Oqibatda bolalar tarbiyasida ota-ona mas’uliyati pasayib ketganligi hech kimga sir emas. Vaholanki bola, о‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida ota-ona beradigan tarbiya juda muhim ahamiyatga ega. Farzand tarbiyasi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishini har bir ota-ona yaxshi bilishi foydadan holi bо‘lmaydi.

Birinchisi – nasl tarbiyasi, ya’ni bola tarbiyasi. Bola tug‘ilmasdan oldin boshlanishi kerak. YA’ni bо‘lg‘usi ona va otaning sog‘ligi, farzand tarbiyalashga mas’ulligini hisobga olish lozim bо‘ladi. Bu – bola, farzand kо‘rishni istagan ota-onaning bо‘lajak farzandlari taqdiriga mas’uliyat bilan qarab, о‘zlarining salomatliklarini yaxshilashlarini nazarda tutadi.

Ikkinchi bosqich – homiladorlik davridagi parvarish. Bu masala о‘ta muhim, о‘ta ahamiyatlidir. Rivojlangan mamlakatlarda homiladorlik davri tug‘ilajak inson taqdirining 60 foizini belgilashi kо‘zda tutiladi. Bu davrdagi chora-tadbirlar aksariyat ota-onalar tomonidan amalga oshiriladi.

Uchinchi davr bola tug‘ilgandan to 6-7 yoshgacha bо‘lgan davr. Shu davrga kelib, bola ma’naviyatining asosiy kurtaklari shakllanib bо‘ladi. Sо‘ng ana shu ma’naviy kurtaklarni parvarishlash va yanada rivojlantirish davri boshlanadi.

Ma’naviy barkamollik balki, beshikdagi allaning mazmunidan, bolani kiyintirish-u uni halol luqma bilan boqishdan boshlanishi mumkin. Hazrati Bahouddin Naqshband aytganlaridek insondagi yaxshi fe’llar, amollar halol luqmadandir.

Demak ota-ona farzandini halol luqma bilan boqsa, u farzand ma’nan pok va halol bо‘lib voyaga yetadi. Biz shо‘rolar zamonida buni unutayozdik, ahamiyat bermadik, boz ustiga tarbiyani ham tuzum о‘z manfaatlariga moslashtirib, uni о‘z qо‘liga oldi.

Xulosa shuki, bola tarbiyasini dono xalqimiz aytganidek u hali tug`ilmasdan ota, ona va butun oila a’zolari hamjihatligida boshlashimiz lozim bо‘ladi. Olamda barcha narsa juft-juft bо‘lib yaratilgan. Juft bо‘lib yashash tabiat qonuni, taqozosi. Lekin oila bо‘lib yashash barcha maxluqotlar orasida faqat odam nasliga xosdir.

Oila jamiyatning birinchi va birlamchi bо‘rini, zarrachasi. Jamiyat ana shu kichik zarralardan tashkil topadi. Er va xotin – ikki tirik vujudning, ikki olamning о‘zaro ittifoqidan paydo bо‘lgan uchinchi bir olam – bu oiladir. Agar oila tinch-totuv, ahil bо‘lsa, olam tinch va obod. Aks holda, turmush dо‘zaxga aylanadi, oila zindonning о‘zi bо‘ladi, buning jabrini esa er va xotinning о‘zigina emas, balki farzandlari, yaqinlari ham tortadi. Oila poklikka va soflikka, ikki tomonlama muhabbatga, sadoqat va vafodorlikka asoslanishi kerak. Bu farzandlar tarbiyasi uchun muhim omil hisoblanadi.

Eng qadimgi odatimizga kо‘ra, о‘zbek oilasi ham tо‘ydan boshlanadi. Xalqimiz saxovatli xalq. Topganini el-yurt oldiga qо‘ysam, deydi. Xalqimizni tо‘ysevarlikda ayblab bо‘lmaydi. Agar ayblasak о‘z-о‘zimizni kamsitgan bо‘lamiz. To`y va ma’rakalarimizga о‘rinsiz tosh otish insofdan emas. Lekin tо‘y bahona soxta obrо‘ olishga intilish, kimosharga isrofgarchilikka yо‘l qо‘yishni oqlab bо‘lmaydi. Tо‘y va ma’rakalarda musobaqa emas, xayr-saxovat va ma’naviyat qadriyatlarini mustahkamlash ustuvor bо‘lgani yaxshi.

О‘zbek oilasining tashqaridan sezilmaydigan о‘ziga xos ichki qonun-qoidalari, axloqiy, ma’naviy mezonlari bor. Quyida biz shulardan ba’zilari, turmush uchun zarurlari haqida tо‘xtab о‘tishni lozim topdik. Zero bu oila qurish oldida turgan yoshlar uchun foydadan holi bо‘lmas, degan niyatdamiz.

Rizq-rо‘z tongda har bir odamga, oilaga ulashiladi. Kimki g‘aflat bosib, о‘rnida yotaversa, rizqidan quruq qoladi, deyiladi. Barvaqt turilsa, ish unumli, o`sha kun xayrli bо‘ladi….

Yuz-qо‘lni yuvmasdan hol-ahvol so`ralmaydi, yuz-qo`lni yuvgandan sо‘ng kichiklar kattalarga salom beradilar, ayollar nonushta tayyorlaydilar, qizlar-kelinlar hovli, eshik oldini supurib, suv sepib qо‘yadilar…

Ish yoki о‘qishga oilaning tabarruk yoshlilaridan fotiha olib ketilishi axloq-odob doirasiga kiradi, qaytganda, avval ularga uchrashib, salom beriladi, hol-ahvol sо‘raladi…

Oila odobiga kо‘ra katta yoshlilar bolalarga, balog‘atga yetgan farzandlar, kelinlar katta yoshlilarga ochiq-sochiq holda kо‘rinmaydilar, bachkana qiliq qilmaydilar, pardasiz sо‘zlarni aytmaydilar. Kо‘chaga uy kiyimida chiqilmaydi. O‘zbek oilasiiing fazilatlari kо‘p, qonunlarda belgilanmagan, ammo millatimizning qadriyatlariga aylangan tartib va talablari mavjud. Ularni farzandlarimiz о‘zlashtirishi ham farz, ham qarzdir.

Shunday qilib, oila – jamiyatning asosiy bо‘g‘ini. Oilada singdirilgan tarbiya, Vatan, el-yurt, mustaqillik, ozodlik haqida berilgan tushuncha, tasavvur bolaning murg‘ak qalbila bir umr muhrlaiib qoladi. Oila mustahkam, tinch, farovon, sog‘lom bо‘lsagina, jamiyatda barqarorlik vujudga keladi. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek «Oilaning jamiyatdagi о‘rni, tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimatini anglab yetmasdan, oilaga millat manfaati nuqtai nazaridan yondashmasdan turib, xalqchil mafkura yaratolmaymiz». YA’ni ma’naviy sohadagi vazifalarimizni muvaffaqiyatli amalga oshira olmaymiz.

Shuning uchun ham mamlakatimizda oilani mustahkamlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, asosiy qonunimizning «Oila» deb atalgan 14-bobida quyidagi qoyidalarni о‘qish mumkin:

«63-modda» Oila jamiyatiing asosiy bо‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bо‘lish huquqiga ega…

64-modda. Ota-onalar о‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar…

65-modda. …Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi».

Mustaqil Respublikamizda Oila munosabatlariga alohida ahamiyat berilayotganligipi Oliy Majlisning birinchi chaqiriq о‘n birinchi sessiyasida «Oila kodeksi»ning qabul qilinishida ham ko`rishimiz mumkin. Davlatimizning oilaning rolini oshirishga qaratilgan siyosati albatta farzandlarimizning ma’naviyati yuksaltirishida katta ahamiyatga ega bо‘ladi.

 


  1. Adabiyot va san’at asarlari mustaqil respublikamiz fuqarolari ma’naviy dunyosini boyitish, ularni gо‘zal narsalarning hammasidan bahramand qilish kabi ajoyib xususiyatlarga ega. Ma’naviyat, yuksak badiiy, jozibali adabiyot va san’at asarlari kishilar qalbiga tezroq yо‘l topish, estetik hissiyotiga kuchli ta’sir qilish, hayotiy voqea-hodisalarni chuqur mushohada etishga da’vat etish kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shuning uchun adabiyot va san’at asarlarining kishilarni yuksak ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashdagi badiiy ta’sir etishdek vositalik xususiyatidan imkoni boricha kengroq foydalanish muhim ahamiyatga egadir.

Adabiyot va san’at asarlarining kuchi uning xalqchil va tushunarliligida, kishilar ichki — ruhiy dunyosiga emosional ta’sir kо‘rsata olishidadir. Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda adabiyot va san’atning ana shu xususiyatini hisobga olish muhimdir.

Ma’naviy tarbiyada о‘zbek xalqining boy ma’naviy merosidan keng foydalanish uning ta’sirchanligi, samaradorligini oshirishda muhim omil bо‘la oladi. Yoshlarimiz ma’naviy tarbiyasida Yusuf xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Mashrab, Muqumiy, Furqat, Abdulla Qodiriy, CHо‘lpon, Usmon Nosir kabi mumtoz shoir va yozuvchilarimiz asarlaridan foydalanishimiz ular qalbini, ruhiy dunyosini ma’naviy boyitishda katta ahamiyatga egadir. Ularning bizga qoldirgan boy badiiy-ma’naviy merosi о‘zining chuqur falsafiy mazmuni, axloqiy yо‘nalishi bilan ajralib turadi.

Mumtoz san’atkorlarimiz asarlarida halollik va poklik, tо‘g‘rilik, birovning haqiga kо‘z olaytirmaslik, xiyonat qilmaslik, insonparvarlik, vatanparvalik, mehnatsevarlik, diyonatlilik, iymonlilik, halol luqma bilan kun kо‘rish, ota-onani hurmat qilish kabi inson uchun zarur ma’naviy xislatlar yuqori badiiy saviyada bayon etilgan.

Ma’naviy tarbiyada Pirimqо‘l Qodirov, Odil Yoqubov, Sayd Ahmad, О‘tkir Hoshimov kabi yozuvchilarimiz; Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Oydin Hojiyeva, Omon Matchon kabi shoirlarimizning asarlaridan ham keng foydalanish, badiiy asarlar, ulardagi qahramonlarning fe’l-atvori, axloqi, ma’naviy dunyosi tо‘g‘risida suhbat, munozara о‘tkazish katta samara beradi.

Ma’naviy tarbiyada kishilar ongi, ruhiyatiga ta’sir etishda teatr san’atining ham roli, о‘rni va ahamiyati, ta’sir etish doirasi imkoniyatlari cheksizdir. Biz teatr san’atini ikki tomoni charxlangan shamshirga о‘xshatishimiz mumkin. U bir tomoni bilan kishilar qalbiga yorug‘lik olib kirsa, uni yuksak ma’naviylik tomon yо‘llasa, ikkinchi tomoni bilan inson qalbidagi nodonlik, jaholat, ya’ni, ma’naviyatsizlikka va jaholatga qarshi kurashadi.

Teatr san’ati boshqa san’at turlari kabi obrazli – badiiy tabiati bilan inson qalbiga emosional ta’sir kо‘rsatish, uning ruhiy dunyosiga chuqur kirib borish, shu orqali ma’naviy dunyosini boyitish xususiyatiga ega. Mustaqillikni mustahkamlash, kishilarni yuksak ma’naviylik ruhida tarbiyalashda teatr san’atining ana shu xususiyatidan unumli foydalanish zamon talabi. Afsuski, kishilarimiz, shu jumladan yoshlarimizning teatr, kino san’ati yoki san’atning boshqa turlariga bо‘lgan qiziqishi unchalik yetarli darajada emasligi kishini ajablantiradi.

Teatr voqeligimiz, kishilarimiz turmushi, intilishi, qiziqishi, xatti-harakatlarini hayajon bilan aks ettiradigan maydondir. U bir vaqtning о‘zida ham sо‘z, ham musiqa, ham xatti-harakat orqali inson qalbiga ta’sir etish xususiyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun teatr va kino san’atining bu xususiyatidan ma’naviy tarbiyada foydalanish katta samara berishi shubhasiz. Faqat ulardan samarali foydalanish lozim bо‘ladi.

Bunday asarlarni kishilar qalbiga kirib borishida televideniye imkoniyatlaridan foydalanishga alohida ahamiyat berish talab etiladi. Kishilarimiz «Otalar sо‘zi – aqlnini kо‘zi» kabi kо‘rsatuvlarni sabrsizlik bilan kutganidek ma’naviy yuksaklikka chorlaydigan, ya’ni jasorat va olijanoblikni, ma’naviy gо‘zallik va axloqiy poklikni, ulug‘vorlik, nafosat va ma’naviy qadriyatlarimizni targ‘ib etuvchi badiiy yuksak adabiyot va san’at asarlariga muhtojdir. Chunki, ular ma’naviyatimizni yuksaltiribgina qolmasdan, shu bilan birga yoshlarimizga ilm egallashda, millat va vatanni taraqqiy ettirishda, fidoyilik kо‘rsatishda, zavq-shavq va ilhom bag‘ishlaydigan vositalarning asosiylaridan biri hisoblanadi.

Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda va yoshlarimiz ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirishda Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining olib borayotgan amaliy ishlarini ham alohida ta’kidlash lozim bо‘ladi. Uning viloyatlardagi va Toshkent shahridagi bilimlarida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, talaba yoshlar bilan Respublikamizning kо‘zga kо‘ringan adabiyot va san’at arboblarining uchrashuvlarini tashkil qilish, kо‘zga kо‘ringan olimlar ishtirokida turli ilmiy-amaliy konferensiyalar uyushtirish kabi о‘ta muhim ishlarni amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu kengash tomonidan ma’naviyat, tarbiya va ta’lim masalalariga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-ommabop risolalarni bosib chiqarayotgani va ularni yoshlar о‘rtasida keng targ‘ib qilayotganligini alohida ta’kidlash lozim. Bu kengash о‘z faoliyati bilan mamlakatimizda tarbiya borasida olib borilayotgan umumiy ishga о‘z hissasini qо‘shib kelmoqda.

Xulosa qilib aytganda, ma’naviy tarbiya bugungi kunning eng dolzarb masalasi. Bu ishga yurtimizning barcha ziyolilari – о‘qituvchilar, jurnalistlar, yozuvchilar, shifokorlar, artistlar, barcha rahbarlar birdek mas’uldirlar. Mamlakatimizda tarbiyani hozirgi zamon talablari darajasida olib borishda mavjud barcha imkoniyatlar va vositalardan samarali foydalanganimizdagina ma’naviyati yuksak yoshlarni tarbiyalashga erishish mumkin bо‘ladi.

 

Tayanch sо‘z va tushunchalar:



 

Ota-ona — aziz va mo`’tabar zot; ota-ona farzandning suyanchig‘i, bitmas-tuganmas boyligi; birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh; ota-onani e’zozlash farzand burchi, jamiyat oldidagi mas’uliyat; ota rozi – xudo rozi; otalar sо‘zi – aqlning kо‘zi; ota-onaga itoat qilish – Tangriga itoat qilishdir; yaxshi fe’llar, a’mollar halol luqmadandir; oila jamiyatning asosiy bо‘g‘ini; adabiyot va san’at inson qalbiga, ruhiy dunyosiga chuqur kirib borishi va shu orqali uning ma’naviy dunyosini boyitish xususiyatiga ega

XULOSA

Mustaqillik ma’naviyatining asosini tashkil etuvchi bu to’rt negiz o’zaro chuqur ichki uyg’unlikka ega. Shu bilan birga bugungi kun uchun dolzarbligi jihatidan alohida inson shaxsining o’z ichki imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi masalasi birinchi o’ringa chiqib turipti. “Erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir” 124 , deb ta’kidladi I.A.Karimov 1999 yili 14 apreldagi ma’ruzasida. Davlatimiz va Prezidentimizning milliy ma’naviyatimizni rivojlantirishga e’tibori, aslida va birinchi navbatda, har bir insonning haqiqiy erkinligini ta’minlashga bo’lgan asosli e’tiborini ko’rsatadi. Chunki o’zligini anglamagan odam, unga qancha imkon va sharoit yaratib bermang, voqean hur va ozod bo’la olmaydi. Ammo o’zligini anglash degani, o’zining Vatanga, millatga, bashariyatga, Borliq haqiqatiga nisbatini to’g’ri belgilay bilish degani, bunga erishish osonlik bilan bo’lmaydi. 1994 yil bahorida “Ma’naviyat va ma’rifat” respublika jamoatchilik markazini tuzish haqida Prezidentning Farmoni chiqdi. 1996 yil sentyabrda ushbu markaz faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida yana alohida Farmon bo’ldi va uning asosida Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qildi. Nihoyat, 1999 yilga kelib, bu markaz Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga aylantirildi. 1995 yil fevral oyida ilk bor ko’ppartiyaviylik asosida o’tkazilgan erkin va demokratik saylovlar hosilasi bo’lmish O’zbekiston respublikasi birinchi chaqiriq Oliy majlisining birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda Prezident I.A.Karimov “O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” mavzuida katta ma’ruza qilib, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy rivojiga oid muhim masalalar bilan bir qatorda millatning ma’naviy takomili yo’nalishida ham yangicha yondoshuvlar, dolzarb muammolarning puxta o’ylangan echimlarini xalq namoyandalari muhokamasiga havola etdi. Unda, avvalo, 130 yillik mustamlaka asoratidan qutulib, qayta qad rostlagan mustaqil davlatchiligimizning betakror qiyofasi ochib berildi. Uning xalqimiz, millatimiz “tarixiy va ma’naviy taraqqiyotining” samarasi, “o’ziga xos, o’ziga mos madaniyati rivojining” natijasi ekanligi qayd etildi125. “Sotsializm” g’oyalarining xalqimiz hayotiga chetdan zo’ravonlik bilan joriy etilgani, ular xalqimizni manqurtlashtirish uchun xizmat qilgani ochiq aytildi.




Download 167 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish