Mundarija kirish I bob. O’quvchilarni chizma bajarish texnikasi bilan tanishtirish metodikasi


II BOB. CHIZMA BAJARISH TEXNIKASINI TAXT QILISH QOIDALARI HAQIDA



Download 0,53 Mb.
bet4/5
Sana14.07.2022
Hajmi0,53 Mb.
#799689
1   2   3   4   5
Bog'liq
ulcaw asboblari

II BOB. CHIZMA BAJARISH TEXNIKASINI TAXT QILISH QOIDALARI HAQIDA
2.1 Chizma bajarish texnikasini taxt qilish qoidalari
O’zDSt 2.109:2003 ga muvofiq ishlab chiqarishda har bir detal uchun alohida ish chizmalari bajariladi. Detaining ish chizmasida tasvirlar soni
(ko‘rinishlari, qirqim, kesim chiqarish elementlari) iloji boricha kam
bo‘lishi, lekin ular detaining shakli, o‘lchamlari va boshqa parametrlari
to‘g‘risida to‘la tassavur berish lozim. Detaining ish chizmalarida uni tayyorlashda va nazorat qilishda zarur bo‘lgan o‘lchamlari va chekli chetga chiqishlari, sirtning g‘adir- budurligi, materiali va tayyor detalga yig‘ish oldidan qo‘yiladigan boshqa texnikaviy talablar bo‘lishi kerak. Konstruksiyasi juda sodda bo‘lgan detallar chizmalarining tasvirini bitta bosh ko‘rinishda tasvirlashga yo‘l qo‘yiladi
detalda ko‘rsatishning iloji bo‘lmagan o‘lchamlar qo‘yiladi va tasvir
ustiga « Yoyilma» deb yozib ko‘yiladi. Chizmaning yaqqolligini buzmasdan detal ko‘rinishida uning yoyil­masini joylashtirib ko‘rsatish mumkin). Bunday hollardayoyilma to‘g‘risida hech qanday yozuv yozilmaydi.
Prujina turidagi detallaming boshlang‘ich shakli o‘zgartirilgandan
so‘ng bu holat ingichka ikki nuqtali shtrix-punktir chiziq bilan tasvirlanadi
va o‘lchash zamr bo‘lgan elementlaming o‘lchamlari shu
tasvirga qo‘yiladi. Batamom tayyorlangan buyumda uchlarini ishlatish va ta’mirlash nuqtayi nazardan saqlab qolish talab qilinsa, standart bo‘yicha zarur
o‘lchamlari va boshqa ma’lumotlari ko‘rsatilgan holda tasvirlanadi,) Ikkita bir xil bo‘lgan markaz uyalarining faqat bittasiga o‘lcham qo‘yiladi. Agar markaz uyalarining tayyor mahsulotda bo‘lishi ma’n etilsa, bdagidek belgilab qo‘yiladi. Asliga qarab detaining eskizi chizilgandan keyin uning ish chizmasini
chizishga o‘tiladi. Ish chizmalarini chizish eskizlami tahlil qilishdan boshlanadi.
Detallardagi texnikaviy atamalarda ko‘p uchraydigan galtel, o‘yiq
(paz), bobishka, faska, bo‘rtik kabi ba’zi bir elementlaming to‘g‘ri
tasvirlanishiga e’tibor beriladi. Galtel- valning bir silindrik yoki konus-
simon elementidan ikkinchisiga o‘tishda yumaloqlash radiusi, paz -vintlaming kallagidagi burash uchun moijallangan o‘yiq yoki shponka
uchun mo‘ljallangan chuqurcha, bo'rtik - silindrik yoki konussimon
detallardagi (muftalardagi) halqasimonyo‘g‘onlashish, bobishka-quyish
vaqtida hosil bo‘ladigan o‘sma, faska - val, bolt, vint, shtift, gayka
kabi detallaming toreslari oldidagi kesilgan cheti, faskalar yordamida
val teshikka osonlik bilan kiritiladi, tores - tikkayib turmoq, tikka qilib
qo‘ymoq degan ma’noni anglatadi. Tores - tekisligi, odatda, detaining
o‘qiga yoki yog‘och tolalarining yo‘nalishiga perpendikular bo‘ladi. Detallami konstruksiyalashda metallni bir tekisda taqsimlashga intilinadi, shu maqsadda, masalan, berilgan detal devori qalinliklarining turlicha bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ulardan foydalanish zarur bo‘lgan holda yupqa devordan qalin devorga asta sekin o‘tiladi. Ko‘pincha detaining tashqi va ichki devorlari bir xil radius bilan yumaloqlanadi, bu esa konstruktiv jihatdan xato hisoblanadi. Bunda devorlar (chizmadagi m o‘lcham) ancha qalinlashib ketadi. Shuning uchun yumaloqlash markazi umumiy bitta bo‘lishi taminlanishi zarur bo‘lib, turli R{ va R2 radiuslarda
chizilishi kerak (11.19- shakl, a).Quyish yo‘li bilan tayyorlangan detallraning ish chizmalarini chizishda quyish nishabligi, konuslik va radiuslari qolip (opoko) gacha bo‘lgan qiymatlarda bo‘lishi hisobga olinadi. Detallaming ish chizmalari eskizlari kabi bosqichlari chiziladi.
Detalga kiritilgan ba’zi bir «tuzatishlar» ish chizmalarida ham hisobga
olinadi. asliga qarab eskizi chizilgan detaining ish chizmasi misol tariqasida beriladi. Sanoatda ishlab chiqariladigan barcha buyumlaming ish chizmalari
«Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi»da qayd qilingan asosiy
talablarga amal qilingan holda bajarilishi kerak.
Buyumlaming ish chizmalarini loyihalash va tuzishda quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
1) standartlashtirilgan va sotib olinadigan buyumlar, ilgari ishlab
chiqarilishi o‘zlashtirilgan va hozirgi zamon texnikasi taraqqiyotiga
javob beradigan buyumlami optimal qo‘llash;
2) rezbalar, shlisalar va boshqa shunga o‘xshash konstruktiv element-
lardan, ulaming o‘lchamlaridan va qoplanishlaridan maqsadga muofiq,
chegaralangan nomenklaturada foydalanish;
3) materiallaming rusum (marka)lari va nav (sortament)laridan maq­
sadga muvofiq, chegaralangan nomenklaturada eng arzon va tanqis bo‘l-
magan materiallardan foydalanish;
4) buyumlami tayyorlashda va tamirlashda eng qulay usullar, ulaming
tarkibiy qismlarini almashtirsh darajasi, ishlatishda yuqori darajada
qulayliklar bo‘lishi nazarda tutilishi kerak.
Buyum tarkibiga kimvchi detallaming har biriga ish chizmalari
chiziladi. Ayrim hollarda ba’zi detallar uchun ish chizmalarini standart
bo‘yicha chizmasa ham bo‘ladi.
Yig‘ish chizmalarida tasvirlar soni mumkin qadar kam, lekin buyumni
tayyorlash, yig‘ish va tekshirish uchun yetarli bo‘lish lozim. Zarur hollrda
yig‘ish chizmalarida buyumning ishlash va tarkibiy qismlarining o ‘zaro
aloqasi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilishi kerak. Ish chizmalarini standartda belgilangan va qo‘yilgan soddalashti- rishlami tatbiq etib bajarish lozim. Ish chizmalari shunday tuzilishi kerakki, ulardan foydalanilganda mumkin qadar kam qo‘shimcha hujjatlar talab qilinadigan bo‘lsin. Ish chizmalarida texnologik ko‘rsatmalar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Lekin, istisno tariqasida, quyidagi hollarda texnologik qaytmalar keltiri­
lishi mumkin
Agar mazkur usul buyumning kerakli sifatini ta’min etuvchi birdan-
bir tayyorlash usuli bo‘lsa, masalan, pritirkalash (ishqalab yetkazish),
boshqa biror buyum yoki detal bilan birgalikda egish, bukish, turli
ishlovlar berish;
- payvandlashning turlari va usullari, ulaming birikmadagi belgilari.
Buyumning ish chizmasida uni yig‘ishdan yoki qo‘shimcha ishlov
berishdan aw al o‘lchamlari, chekli chetga chiqishlar, yuzaning g‘adir-
budurligi va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Detal elementlarining o‘lchamlari, chekli chetga chiqishlari va yuza-
larining gadir-budurliklari yig‘ish chizmalarida ko‘rsatilmaydi.
Buyumlaming ish chizmalarida qoplanadigan detallar bo‘Isa, ulaming
qoplanishiga qadar bo‘lgan o‘lchamlari va yuzalarining g‘adir-budurligi
ko‘rsatiladi. Ish chizmalarida detallaming qoplanishiga qadar va undan
keyingi o‘lchamlari va yuzalarining g‘adir-budurliklarini bir yo‘la ko‘r-
satish mumkin. G‘adir-budurlik belgisini esa qoplanishni belgilovchi
yo‘g‘onlashtirilgan shtrix-punktir chizig‘iga qo‘yiladi. Agar detaining o‘lchamlari va yuzalarining g‘adir-budurliklarini qoplanishdan keyin ko‘rsatish zarur bo‘lsa, u holda, bu o‘lchamlar va gadir-budurliklar «*» bilan belgilanadi va texnikaviy talablarda tegishli yozuvlar yozib qo‘yiladi.
Detal chizmasining asosiy yozuvida materialning faqat bir nomi va
msumi ko‘rsatiladi. Chizmalarda texnikaviy ma’lumotlar va parametrlar ulami hisob- lamasdan foydalanish mumkin bo‘ladigan qilib berilishi kerak.
Chizmalarda standartlar tomonidan qabul qilingan shartli belgilar
ishlatiladi, lekin ularga izoh berilmaydi. Shartli belgilar chizmada bir
necha marta takrorlanganda ham ular bir xil o‘lchamda bajariladi.
Detallarning ko’rinib turgan tashqi qiyofasining tasviriga ko’rinish deyiladi.
Ko’rinishlar soni kamroq bo’lishi uchun detalning ko’rinmas qisimlari shtrix chiziq yordamida ko’rsatiladi. Korinishlar mazmuni va ularning bajarilish holatlariga qarab asosiy, qo’shimcha va mahalliy kabi korinishlarga bo’linadi.
Asosiy ko`rinishlar. Asosiy ko`rinishda proeksiyalar tekisliklari uchun kubning olti tomoni qabul qilinadi. Detal fikran kubning ichiga joylashtirilib, uning tasviri har bir tomonga tushiriladi, so`ngra kubni yoyib chizma teksligi bilan jipslashtriladi. Natijada detalning proeksiyalar teksliklaridagi oltita tasviriga ega bo`linadi. Ko`rinishlarning chizma maydonida bunday joylanishini proyeksion bog`lanishlar deyiladi. Ko`rinishlar quyidagi nomlar bilan yuritiladi:
1-olddan ko`rinishi yoki bosh ko`rinish; 2-ustdan ko`rinish; 3-chapdan ko`rinish; 4-o`ngdan ko`rinish; 5-ostdan ko`rinish; 6-orqadan ko`rinish.
Shuni aytish kerakki, orqadan ko`rinish o`ngdan ko`rinishning yonida ham joylashishi mumkin. Chizmalarda ko`rinishlar nomi va proyeksion bog`lanish chiziqlari ko`rsatilmaydi. Lekin detalning ko`rinishlri o`zaro ma`lum masofada joylashgan bo`lib, bir-birlari bilan uzviy bog`langan bo`lishlari kerak. Masalan, ustdan ko`rinish olddan ko`rinishning tagiga joylashtiriladi.
Chapdan ko`rinish olddan ko`rinishning o`ng tomoniga, o`ngdan ko`rinish esa uning chap tomoniga joylashtiriladi. Agar biror ko`rinish (qirqim) bosh ko`rinish bilan proyeksion bog`lanmagan holda joylashgan yoki ko`rinishlar har xil qog`ozda joylashgan bo`lsa, kuzatib borish yo`nalishi boshqacha harfda yoziladi. Masalan, A belgi bilan ko`rsatiladi. Bunda qaysi tomonga qarash kerakligi strelka va tegishli harf bilan ko`rsatiladi. Chizmalarda o`zaro proyeksion bog`lanishda bo`lmagan uchta asosiy holatlarni uchratish mumkin. Chunonchi, birorta ko`rinish bosh ko`rinishga nisbatan boshqa tasvir bilan ajratilgan, ko`rinishlardan birortasi bosh ko`rinishga nisbatan siljitib tasvirlanganda ko`rinishlar bosh ko`rinishga nisbatan boshqa-boshqa qog`ozlarda tasvirlangan bo`ladilar. Qo`shimcha ko`rinishlar. Buyumning asosiy teksliklariga nisbatan parallel bo`lmagan tekslikdagi tasviriga qo`shimcha ko`rinish deyiladi. Buyumning biror qismining asosiy oltita ko`rinishlarda, uning shakli o`lchamlarni aniq ko`rsatish imkoni bo`lmagan holatlarda qo`shimcha ko`rinish usulidan foydalaniladi. Bunda shakl asosiy ko`rinish teksliklariga nisbatan parallel bo`lmagan yordamchi teksliklarda hosil bo`ladi. Asosiy proyeksiyalar teksliklariga nisbatan qiya qismiga ega bo`lgan detalning chizmasi tasvirlangan. Detalning qiya qismiga parallel bo`lgan tekslikka uning shaklini tasvirlash tavsiya etiladi. Natijada shakl o`zining haqiqiy ko`rinishi bilan tasvirlanadi. Agar qo`shimcha ko`rinish asosiy tasvir bilan o`zaro proyeksion bog`lanishda joylashgan bo`lsa yonalish va ko`rinish yozuvlari ko`rsatilmaydi, bordi-yu qo`shimcha ko`rinishlar bosh ko`rinishga nisbatan siljib tasvirlansa, yonalish va ko`rinish yozuvlari (A) harf bilan ko`rsatiladi. Mahalliy ko`rinishlar.
Mahalliy ko`rinish deb detallarning ayrim chegaralangan qismlarining tasviriga aytiladi. Mahalliy ko`rinishlar asosan ikki holatlarda tasvirlanishi mumkin: Birinchi holatda mahalliy ko’rinish detalning tasvirlanadigan yuzasi bilan qo’shilib, uzluksiz to’lqinsimon chiziq orqali chegaralangan hollarda chizilib ko’rsatiladi.
Ikkinchi holatda detalning tasvirlanadigan qismi faqat o`zining ko`rinar kontur chizig`i bilan ko`rsatiladi. Bunda to`lqinsimon chiziq ko`rsatilmaydi. Har ikki holatda ham mahalliy ko`rinish qo`shimcha ko`rinishdagidek yonalish va ko`rinish yozuvlari bilan ifodalab ko`rsatiladi. Qirqimlar. Texnikada ishlatiladigan detallarning ichki tuzilishlari har xil geometrik shakllardan tashkil topgan bo`lib, chizmada ular shtrix chiziqlar bilan ko`rsatiladi. Bunday hol chizmalarni o`qishni bir muncha qiyinlashtiradi.
Buyumlarni chizmalari bo`yicha mukammal tasavvur qilish va ularning ichki tuzilishlarini aniq qilib ko`rsatish uchun shartli ravishda qabul qilingan
“qirqimlar usuli” qo`llanadi. Qirqimlar ham O’z.Dav.Standarti. 2.3 05-97 da ko`rsatilgan qoidalarga muvofiq bajariladi. Qirqim deb, buyumning bitta yoki bir nechta fazoviy tekisliklar bilan fikran kesilishidan hosil bo`lgan tasviriy qismiga aytiladi.
Bunda tekslikning kesishgan joyi va uning orqasida ko`rinib qolgan chiziqlari (qismlari) ko`rsatiladi . Qirqim qoidasiga ko`ra buyumning ma`lum bir joyidan fikran kesuvchi tekislik o`tkaziladi. Buyumning kuzatuvchi va kesuvchi tekislik orqasidagi qismi fikran olib tashlanadi va qolgan qismi o`z o`rnida tegishli asosli proyeksiyalar tekisliklaridan birortasiga yoki chizma maydonining bo`sh joyiga tasvirlanadi.
Ayrimhollardaqirqimlarkerakliyozuvlarbilanko`rsatiladi.
178- shaklQirqimturlari. Kesuvchiteksliklarningjoylashishholatlarigako`ra qirqimlar gorizontal, vertikal hamda og`ma qirqimlarga bo`linadi. Bundan tashqari kesuvchi teksliklarning soniga qarab qirqimlar oddiy, murakkab va mahalliyga ajraladi.
Oddiy qirqimlarga kesuvchi tekslik bitta bo`lib, tekslikka nisbatan joylashish holatiga qarab u garizontal, frontal, profil va og`ma qirqimlarga bo`linadi. Garizontal qirqimida kesuvchi tekslik shu tekslikka parallel bo`ladi . Frontal qirqimida kesuvchi tekislik gorizontal tekislikka nisbatan perpendikulyar va frontalga parallel joylashgan bo`ladi. Agar kesuvchi tekislik profil tekislikka parallel joylashgan bo`lsa, profil qirqim deyiladi.
Kesimlar. Buyumning bitta yoki bir nechta teksliklar bilan fikran kesilishida ana shu kesishgan joyining chizmada tasvirlanishi kesim deb aytiladi.
Detalning chizmadagi ko`rinishi uning barcha tomonlarini mukammal to`la aniqlash imkonini bermaydi. Bunday hollarda kesim qo`llaniladi. Kesm ham qirqimga o`xshash shartli tasvirdir.
Chunki kesm shakli detal bilan birga joylashgan bo`lib, uni shartli ravishda fikran ajratib olib, chizma maydoning bo`sh joyiga chiziladi. Kesmning chizma tasvirini o`zida yoki chetga chiqarib chizish mumkin. Shuning uchun u chetga chiqarilgan va chizma ustida ko`rsatilgan kesimlarga bo`linadi. Chetga chiqarilgan asosiy kontur chiziq bilan, tasvir ustida chizilgan kesm esa ingichka tutash chiziq bilan chiziladi. Kesmning ko`rinishi qirqilgan kontur chiziqlar oralig`ida joylashgan bo`lishi mumkin Chizma chizish murakkab jarayon hisoblanadi, chizuvchidan sabr toqat va qunt bilan ishlashni talab qiladi.
Chizmaning sifati chizuvchining qo‘l sezgisiga bog‘liq bo‘ladi. Chizmalarni toza va chiroyli qilib chizishda, asosan, qo‘l sezgisi katta ahamiyatga ega. Chiziladigan bir hil turdagi chiziqlar bir hil y o ‘g ‘onlikda, bir tekis qilib chizilishi lozim. Insonda qo'I sezgisi yaxshi rivojlangan bo‘lsa, qoMiga olgan qalamni qog‘oz ustida mahorat bilan yurgiza oladi. Insonning qo‘l sezgisini tekshirish uchun qalam uchi ingichka qilib chiqariladi (uchlanadi) va chizg'ich yordamida bir nechta chiziq chizish mashq qilinadi. Shunda chizilgan chiziqlarning ko'pchiligi bir xil chiqsa, uning qo‘l sezgisi yaxshi rivojlangan hisoblanadi. Ba'zi odamlarning qo‘l sezgisi nisbatan rivojlanmagan bo‘ladi. Ular qalamning uchi ingichka yoki yo‘g‘onroq uchlangandan qat'iy nazar, qalamni bir xilda bosib chizishadi. Shunda ingichka uchli qalam uchi sinib ketadi, bu yerda, ingichka uchli qalamni ohistalik bilan bosib chizish lozimligiga ahamiyat berilmaydi. Muntazam ravishda ingichka uchli qalam bilan chizishni mashq qilib turish orqali qo‘l harakati sezgisini me'yorlash mumkin. Turli jismoniy mehnat jarayonidan keyin q o ‘l sezgisi pasayib ketadi.
Bunda chizmalarni chizish bir muncha qiyinlashishini ham hisobga olish tavsiya etiladi. Hayotimizda chizmaning o‘rni juda kattadir. Hozirgi ishlab chiqarishni chizmalarsiz tasaw u r etib boMmaydi. Narsalarni texnikada qabul qilingan tasvirlash usullari ko‘p asrlar davomida yaratilgan. Ishlab chgiqarishda biror buyumni, masalan, mashina va mexanizmlarning detallarini yasash hamda ularni yig‘ish, shuningdek, bino hamda inshootlar qurish uchun ularning chizmalari bo’ilishi zarur. Chunki chizmalarsiz buyumlarni yasab boMmaydi.
Buyumning shaklini va o ‘lchamlarini tekislikda aniq ko‘rsatadigan tasvir ko‘mpleks chizma yoki qisqacha qilib chizma deyiladi. Detalning ish chizmasi deb, detalni tayyorlash va nazorati uchun yetarli tasvirlari va boshqa ma’lumotlardan iborat chizmaga aytiladi. Ma’lumotlarga o‘lchamlar, shartli belgilar, yozuvlar, jadvallar va boshqalar kiradi. Shunday qilib chizma grafik qismdan tashqari matn qismini ham o‘z ichiga oladi.



Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish