Mundarija: Kirish i-bob: Turk xoqonligining tashkil topishi va davlat boshqaruv tartiblari


II-BOB. Turk xoqonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot



Download 1,06 Mb.
bet4/6
Sana14.07.2022
Hajmi1,06 Mb.
#798595
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi

II-BOB. Turk xoqonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot
2.1Turk xoqonligida qishloq va shahar jamoalri.
Toshkent vohasining urbanizatsiya jarayonlariga eng ko‘p e’tibor qaratgan arxeolog olim Yu.F. Buryakov o‘zining uzoq yillik izlanishlari davomida vohadagi shahar madaniyatining rivojlanib borishini 5 ta bosqichga ajratadi. Jumladan, u VI asr o‘rtalaridan to VIII asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davr bilan belgilanuvchi Mingo‘rik bosqichida vohada shahar madaniyati o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanini e’tirof etadi. Haqiqatan ham Chochda bu davrga oid jami 293 ta manzilgoh (shulardan 32 tasi shahar) arxeologlar tomonidan qayd etilgan bo‘lib, bu avvalgi davrlarga nisbatan shaharlarning soni 2,5 barobarga ko‘payganini ko‘rsatadi.Shahar madaniyatidagi bu tarzdagi keskin o‘zgarish qanday omillar bilan bog‘liq edi, degan savol o‘ylashimizcha, hammasidan muhim bo‘lib, nima sababdan VI–VIII asrlardan avval ham, keyin ham vohada shaharlarning bunchalik yuksak darajadagi o‘sishi boshqa kuzatilmadi? Bu kabi savollar uzoq vaqtdan beri mutaxassislarning diqqatini tortib kelayotgani uchun ham unga har kim o‘zicha javob berishga harakat qilgan. Ular orasida qulay geografik joylashuv, dasht hududlariga yaqinligi tufayli savdo va iqtisodiy aloqalarning jadallashuvi, Buyuk ipak yo‘li tarmoqlaridan birining shu yerdan o‘tishi va u bilan bog‘liq tarzda tijorat markazlarining vujudga kelishi, tog‘kon sanoatining yuksalishi, markazlashgan davlat uyushmasining vujudga kelishi, chorvadorlarning o‘troqlashuvi, hukmdor markazlarining aynan shu hududlarda joylashuvi kabi qator omillar ko‘rsatiladi. Bularning hammasiga birma-bir to‘xtab o‘tirmagan holda, faqat ulardan biri, bizning nazarimizda, eng asosiylaridan hisoblanuvchi siyosiy jarayonlar, aniqrog‘i, davlatchilik va urbanizatsiya jarayonlarining bog‘liqligi omiliga o‘z e’tiborimizni qaratsak. Chunki yuqorida keltirilgan sabablarning aksariyati bevosita markazlashgan kuchli davlatning vujudga kelishi bilan bog‘liqdir.10
Ma’lumki, sug‘orma dehqonchilik, demografik o‘sish, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, tijorat va urushlar kabi bir qancha sabablar tufayli vujudga kelgan ilk shaharlar keyinchalik dastlabki davlatlar ko‘rinishini ola boshlagan. Shu paytda paydo bo‘lgan shahar va davlat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik haligacha davom etib kelmoqda. Chunki shaharlar har qanday davlatning nafaqat iqtisodiy asosini, balki siyosiy va madaniy darajasini ham ko‘rsatib beruvchi eng muhim belgilardan sanaladi. Bu borada sivilizatsiya nazariyotchilarining u yoki bu xalqning sivilizatsiyaga mansubligini aniqlashda eng muhim belgilardan biri sifatida shaharni olishgani ham bejiz emas. Shundan kelib chiqib, masalani shu tarzda qo‘ysak: Turk xoqonligining mintaqada, xususan, Choch vohasidagi hukmronligi bu yerdagi shahar madaniyatiga qanday ta’sir ko‘rsatdi? Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, voha xoqonlik tarkibida bo‘lgan davrda shaharlarning o‘sishi o‘zining eng yuqori darajasiga chiqqan. Demak, avvaldan aytish mumkinki, bu jarayonlar shaharlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Lekin bunday ijobiy o‘zgarishlar qanday omillar evaziga ro‘y berdi va unda xoqonlikning roli nimalar bilan belgilanadi? Quyida aynan shu masalalarni tahlil etamiz.Turfon va Oltoyda mohir metallurglar sifatida nom chiqargan turklarning Ashina urug‘i o‘z xoqonliklarining poydevorini tashkil etuvchi harbiy yurishlar muvaffaqiyati hamda barqaror iqtisodiyotni eng avvalo, tog‘-kon sanoati bilan bog‘liq ishlab chiqarish orqali ta’minlar edilar. Buni juda yaxshi anglagan turk xoqonlari doimo birinchi navbatda tog‘li hududlarni o‘zlashtirish bilan tog‘-kon va metallurgiya sanoatini yo‘lga qo‘yish hamda shu yo‘l bilan o‘zlarining strategik maqsadlarini amalga oshirishga harakat qilganlar. Bu esa o‘z-o‘zidan Choch vohasining tog‘li zonalarida ko‘plab yangi manzilgohlarning vujudga kelishiga olib kelgan. Mutaxassislarning e’tirof etishicha, bu davrda voha shaharlarida, ayniqsa, metallurgiya va metallga ishlov berish, qurol-yarog‘ va egar-jabdug‘ tayyorlash kabi hunarmandchilik sohalari jadallik bilan rivojlangan. Demak, voha shaharsozligi taraqqiyotida qadimdan asosiy rol o‘ynab kelgan metallurgiya sanoati turk xoqonlarining maqsadli siyosati tufayli yanada tezlashadi.Choch vohasida ilk o‘rta asrlar, yana ham aniqrog‘i, VI asr oxirlarida vujudga kelgan Jabg‘ukat va Xotunkat shaharlari ham tadqiqotchilarning aniqlashlaricha, Turk xoqonligi bilan bog‘liq ravishda qad ko‘targan bo‘lib, ular xoqon va uning ayoli – xotunning ma’lum vaqtlarda istiqomat qilishlari uchun mo‘ljallangan siyosiy markazlari edi. Qolaversa, ba’zi tadqiqotchilar vohaning shimoliy hududlarida shaharlarning o‘sishi va voha markazining Qanqadan arab manbalarida Madina ash Shosh deb tilga olinuvchi Mingo‘rik shahriga ko‘chirilishini xoqonlikning vohadagi noibi – turk tudunining Sirdaryoning o‘rta havzasidagi turkiy qabilalar bilan aloqalarni yanada kuchaytirishga qaratilgan faoliyati bilan bog‘laydilar. Turkiyalik san’atshunos olima E. Esin esa 605-819 yillarda turk tudunlarining o‘rda shahari Yunusobod Oqtepasi bo‘lgan, deb hisoblaydi. Biroq, bu soha mutaxassislari ushbu masalada biror-bir fikr-mulohazalarni bildirishmagan bo‘lib, faqat ushbu yodgorlikni ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoning barcha vohalariga xos bo‘lgan zodagon qasri sifatida baholashgan. Demak, ushbu masala, qolaversa, vohadagi yana bir turkiy sulola bo‘lmish Choch Teginlarining shahar markazlari qayerda joylashganini aniqlash keyingi muhim vazifalardan sanaladi. Qolaversa, aynan shu hududlar, aniqrog‘i, Oltoy, Yettisuv va Chochda turk xoqonlarining markaz qarorgohlari joylashgan ediki, bu holat mazkur vohalardagi shaharsozlikning rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay iloji yo‘q edi. Vaholanki, Kushonlar va undan keyingi xoqonlikkacha bo‘lgan davlatlarning hukmronligi davrida Amudaryo va unga tutash hududlardan o‘tuvchi Janubiy tarmoq ancha taraqqiy topgandi. Ma’lumki, Kushonlar, Xionitlar, Kidaritlar, Eftalitlar kabi davlatlarning siyosiy markazlari asosan Janubiy yo‘nalish bo‘ylab joylashgan edi. Turk xoqonligining g‘arbiy qanoti markazlari esa, aksincha, Shimoliy tarmoqda tashkil topgandi. Demak, davlatlarning siyosiy markazlari xalqaro savdo va iqtisodiy hayotga ta’sir etibgina qolmay, urbanizatsiya jarayonlarida ham sezilarli rol o‘ynagan. Shu o‘rinda, asosiy boyliklar siyosiy markazga qarab oqqanligini nazarda tutish zarur.11


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish